MENOVAZIN eritma 40ml

Обновлено: 21.07.2022

MENOVAZIN eritma 40ml
  • Категория:

    Dermatologik

  • Страна производитель:

    Rossiya

  • Активное вещество:

    Prokain, Rasementol, Betaina glyukuronat (glyukometamin)

  • Производитель:

    Самарамедпром, ОАО

  • Количество в упаковке:

    ---

  • Код ATX:

    D04AB

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция MENOVAZIN eritma 40ml

  • Umumiy ma'lumot

    MENOVAZIN eritma 40ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA MENOVAZIN MENOVASINUM   Preparatning savdo nomi: Menovazin Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): rasemat mentol, novokain, anestezin. Dori shakli: suyuqlik Tarkibi: 100 ml suyuqlik quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: rasemat mentol – 2,5 g, novokain – 1 g, anestezin – 1 g; yordamchi modda: 70% etil spirti. Tarifi: rangsiz, tiniq mentol xidli suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vosita. ATX kodi: D04AB   Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Rasemat mentol teriga surtilganda oriqsizlantiruvchi samarasi va terini qichishishini yengillashtirish bilan kuzatiladigan nerv oxirlarini qo‘zg‘alishini va yuzaki qon tomirlarini kengayishi va salqinlik xissini chaqiradi. Novokain – o‘rtacha anesteziya faolligiga ega mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositadir. Natriy kanallarini bloklaydi, sezuvchi nerv oxirlaridagi impulsning va nerv tolalari bo‘ylab generasiyasiga to‘sqinlik qiladi. Anestezin – yuzaki anesteziya uchun mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositadir. Sezuvchi nerv oxirlarlaridagi og‘riq impulsini paydo bo‘lishiga va ularni nerv tolalari orqali o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Mentol – majmuaviy preparat tarkibidagi novokain va anestezinni bilan bir vaqtda qo‘llanilganda preparatning maxalliy og‘riqsizlantiruvchi tasirini kuchaytiradi.   Farmakokinetika Sirtga qo‘llanilganda preparat komponentlari tizimli qon oqimiga deyarli o‘tmaydi.   Qo‘llanilishi Nevralgiya, mialgiya va artralgiyada maxalliy og‘riqsizlantiruvchi, qichishuvchi dermatozda – mahalliy qichishishga qarshi vosita sifatida qo‘llanadi.   Qo‘llash usuli va dozalari Sirtga buyuriladi, terining og‘riqli sohalariga bir kunda 2-3 marta surtiladi.   Nojo‘ya ta‘sirlari Maxalliy allergik reaksiyalar, uzoq vaqt qo‘llanganda – bosh aylanishi, umumiy holsizlik, arterial bosimini pasayishi kuzatilishi mumkin.   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Preparat komponentlari (novokain, anestezin) sulfanilamid preparatlarini bakteriyalarga qarshi tasirini kamaytiradi. Mahalliy anesteziyalovchi ta‘sirga ega preparatlarni samarasini kuchaytiradi.   Maxsus ko‘rsatmalar Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri: Preparat yuqori e‘tibor konsentrasiyasiniva psixomotor reaksiya tezligini talab qiluvchi transport vositalari va potensial xavfli faoliyat turlarini boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Homiladorlik va laktasiya: Xomiladorlik va laktasiya davrida preparatni organizmga ta‘siri xaqida malumot yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin lozim.   Dozani oshirib yuborilishi Preparat uzoq vaqt qo‘llanganida, terida qo‘zg‘aluvchanlik, toshmalar kuzatilishi mumkin.   Chiqarilish shakli Spirtli eritma 25, 30, 40, 50 ml dan flakonlarda.   Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Olovdan uzoqroqda saqlansin.   Yaroqlilik muddati 3 yil.   Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?