MIKOSTER krem 30g 1%
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Dermatologik
Страна производитель:
Frantsiya
Активное вещество:
Siklopiroksolomamin
Производитель:
Пьер Фабр Медикамент Продакшн.
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
D01AE14
Инструкция MIKOSTER krem 30g 1%
Dozirovkasi
Agar Siz Mikoster 1% kremni samarasi xaddan tashqari kuchli yoki xaddan tashqari kuchsizligini sezsangiz shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing. Terida qo'llash. Faqat sirtga qo'llash uchun. Terini zamburug'li infektsiyalari: sutkada 2 marta o'rtacha 21 kun davomida. Tirnoqlarni zamburug'li shikastlanishi: kremni bir necha oy davomida sutkada 2 marta surtish kerak. Yuzni yengildan to o'rtacha yaqqol darajadagi seboreyali dermatitida: davolashni zarb doza bilan boshlash : 2-4 xafta davomida kuniga ikki marta surtiladi, so'ngra tutib turuvchi davolash: 28 kun davomida kuniga 1 marta surtish kerak. Shifokor tavsiyalariga rioya qiling. Qo'llash usuli Sirtga qo'llash uchun Davolashning davomiyligi: Shifokoringiz tavsiyalariga rioya qiling Doza oshirib yuborilgandagi simptomlar va qo'llashdagi ta'sirlari Qo'llanmaydi. Agar bir yoki bir nechta doza o'tkazib yuborilgan bo'lsa qo'llash kerak bo'lgan xarakatlar Qo'llanmaydi Bekor qilish samarasini xavfini aniqlash Qo'llanmaydi Agar Sizda ushbu maxsulotni qo'llash bo'yicha qo'shimcha savollar bo'lsa, o'zingizning shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing.
Nojo'ya samaralari
Agar Sizda qandaydir nojo'ya reaktsiyalar paydo bo'lsa, davolovchi shifokor yoki farmatsevt bilan maslaxatlashing. Bu xar qanday, shu jumladan ushbu ilova-varaqasida ko'rsatilmagan nojo'ya ta'sirlarga taalluqli. Siz shuningdek nojo'ya samaralar xaqida to'g'ridan to'g'ri milliy ma'lumot tizimi orqali xabar berishingiz mumkin. Medikamentlarni xavfsizligi milliy agentligi va sog'liqni saqlash maxsulotlari (ANSM) va farmakonadzor regional markazi orqali - Internet-sayt: www.ansm.sante.fr. Nojo'ya ta'sirlar xaqida xabar berib Siz ushbu preparatni xavfsizligi xaqida qo'shimcha ma'lumotni berishga yordam berasiz.