SINAFLAN maz 15g 0,025%

Обновлено: 21.07.2022

SINAFLAN maz 15g 0,025%
  • Категория:

    Dermatologik

  • Страна производитель:

    Rossiya

  • Активное вещество:

    Fluosinolona asetonid

  • Производитель:

    ООО «Озон»

  • Количество в упаковке:

    ---

  • Код ATX:

    D07AC04 Флуоцинолона ацетонид

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция SINAFLAN maz 15g 0,025%

  • Umumiy ma'lumot

    SINAFLAN maz 15g 0,025% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA SINAFLAN Preparatning savdo nomi: Sinaflan Xalqaro patentlanmagan nomi Fluosinolon asetonidi. Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma 100 g surtmaning tarkibi: Faol modda: fluosinolon asetonidi (sinaflan) – 0,025 g, Yordamchi moddalar: propilenglikol – 4,975 g, vazelin (tibbiy vazelin) – 80,0 g, lanolin (suvsiz lanolin) –    5,0 g, serezin – 10,0 g. Ta‘rifi: Och-sariqdan to sariq rangligacha bo‘lgan surtma. Farmakoterapevtik guruhi: Mahalliy qo‘llash uchun glyukokortikosteroid ATX kodi: D07AC04. Farmakologik ta‘siri Yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va qichishishga qarshi ta‘sirga ega. Teriga ta‘sirida neytrofillarning chetki to‘planishini oldini olish yuz beradi, bu yallig‘lanish ekssudatining va sitokinlarning ishlab chiqarilishini kamayishiga, makrofaglarning migrasiyasini tormozlanishiga, infiltrasiya va granulyasiya jarayonlarini kamayishiga olib keladi. Farmakokinetikasi Teri yuzasidan so‘rilganidan keyin plazma oqsillari bilan bog‘lanadi, asosan jigarda metabolizmga uchraydi. Buyraklar orqali chiqariladi. Qo‘llanilishi Terining quruqligi bilan birga kechuvchi mikrobsiz etiologiyali terining o‘tkir va surunkali yallig‘lanish va allergik kasalliklari (seboreyali dermatit, turli genezli va lokalizasiyali ekzema, neyrodermit, terini qichishishi, psoriaz, quyoshli kuyishlar, hashoratlarni chaqishi) da qo‘llanadi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Fluosinolon yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik, pushti xusnbuzar, akne, perioral dermatit, terining bakterial, virusli, zamburug‘li kasalliklari, teri tuberkulyozi, sifilis, postvaksinal reaksiyalar, boldirning trofik yaralari, anogenital qichima, teri raki, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik, laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan Qiz bolalarning jinsiy yetilish davrida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarga sirtga qo‘llanadi. Antiseptik suyuqlik bilan xo‘llangan tampon bilan oldindan artilgan teriga preparatning katta bo‘lmagan miqdori kuniga 2-4 marta qo‘yiladi va biroz ishqalanadi. Davolash davomiyligi kasallikning xarakteriga bog‘liq va odatda 5-10 kunni tashkil qiladi, kasallikni davomli kechishida 25 kungacha. Bolalarda davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak. Shikastlanishning cheklangan o‘choqlarida samarasini kuchaytirish uchun surtmani okklyuzion bog‘lov ostiga qo‘llash mumkin. Bog‘lov ostida sutkada 2 g dan ortiq surtmani qo‘llashga ruxsat berilmaydi. Surtmani dermatozlarning quruq shakllarida ishlatgan afzalroq. Agar davolagandan keyin yaxshilanish kuzatilmasa yoki yangi simptomlar paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Preparatni faqat yo‘riqnomada ko‘rsatilgan dozalarda qo‘llang. Zarurati bo‘lganida, iltimos dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. Nojo‘ya ta‘siri Achishish, teri qichimasi, terining quruqligi, «steroid» xusnbuzar, follikulit. Terini ikkilamchi infeksion shikastlanishlari va unda atrofik o‘zgarishlarni rivojlanishi mumkin. Uzoq muddat qo‘llanganida – ikkilamchi immuntanqisligi, gipertrixoz, alopesiya, ayniqsa ayollarda, terining atrofiyasi, girsutizm, preparat qo‘yilgan joyda, teleangioektaziyalar, purpura, pigmentasiyani buzilishi. Terining katta yuzalariga qo‘yilganida, tizimli ko‘rinishlari bo‘lishi mumkin (gastrit, me‘daning “steroid” yarasi, buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi, Isenko-Kushing sindromi, “steroid” qandli diabet, striyalar, reparativ jarayonlarni sekinlashishi). Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan biron-bir nojo‘ya og‘irlashsa yoki yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralar kuzatilsa, bu haqida darhol shifokorga xabar berish kerak. Dozani oshirib yuborilishi Dozani o‘tkir oshirib yuborilishi ehtimoli kam, lekin preparatni so‘rilishga moyilligi yuqori bo‘lgan shikastlangan terining katta yuzalarida uzoq vaqt davomida okklyuzion bog‘lam bilan qo‘llanilganda giperkortisizm belgilari: giperglikemiya, glyukozuriya, buyrak usti bezining funksiyasini qaytuvchan susayishi, Isenko-Kushing sindromi ko‘rinishlari bilan kechuvchi dozani surunkali oshirib yuborilishi kuzatilishi mumkin. Davolash: simptomatik, zarurati bo‘lganida suv-elektrolit muvozanatini muvofiqlashtirish, preparatni bekor qilish (uzoq vaqt davolaganda – asta-sekin bekor qilish). Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri Mikroblarga qarshi vositalar bilan mutanosib. Gipotenziv, diuretik, antiaritmik dori vositalari, kaliy preparatlarining faolligini pasaytiradi. Siydik haydovchi preparatlar (kaliy tejovchilaridan tashqari) gipokaliemiya rivojlanishining xavfini oshiradi. Glyukokortikosteroidlar bilan davolash vaqtida preparatning immunodepressiv samarasi tufayli, vaksinasiya va immunizasiyani o‘tkazish mumkin emas. Maxsus ko‘rsatmalar Faqat terining katta bo‘lmagan sohalarida qisqa kurslar bilan qo‘llanadi. Preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Davolanish vaqtida erkin kiyim kiyish tavsiya qilinadi. Oddiy yoki pushti xusnbuzari bo‘lgan bemorlarda davolanish fonida kasallikni zo‘rayishi mumkin. Mahalliy infeksion asoratlarni oldini olish uchun mikroblarga qarshi vositalar bilan birga buyurish tavsiya qilinadi. Terining atrofik o‘zgarishlari bo‘lgan shaxslarda, ayniqsa keksa yoshli shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Agar preparatni qo‘llash bilan bog‘liq yuqori sezuvchanlik belgilari yoki terini ta‘sirlanishi kuzatilsa, davolashni bekor qilish va shifokorga murojaat etish kerak. Uzoq vaqt davolaganda, preparatni terining katta yuzasiga surtilganda, okklyuzion bog‘lam ishlatilganda, shuningdek bolalarda glyukokortikosteroidni tizimli so‘rilishi kuzatilishi mumkin; gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi funksiyasi susayishi va giperkortisizm simptomlari rivojlanishi mumkin. Terining boshqa yuzalariga nisbatan yuz terisida mahalliy ta‘sirga ega glyukokorstikosteroidlar bilan davolagandan keyin atrofik o‘zagarishlar ko‘proq kuzatilishi mumkin; bunday hollarda davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak. Preparatni yuzga, burmalarga, tabiiy bukilmalar sohasiga, yupqa teri sohalariga surtilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparat shilliq qavatlarga surtilmasin. Glyukokortikosteroidlar terining ayrim kasalliklarini ko‘rinishini o‘zgarishi mumkinligini yodda tutish kerak, bu diagnoz qo‘yishni qiyinlashtirishi mumkin. Bunday tashqari, glyukokortikosteroidlarni qo‘llash yaralarni bitishini sekinlashishining sababchisi bo‘lishi mumkin. Glyukokortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolashni to‘satdan bekor qilish terini jadal qizarishi va achishish hissi bilan kechuvchi dermatit ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi rikoshet sindromi rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun uzoq vaqt davolagandan keyin preparatni asta-sekin bekor qilish kerak, masalan uni to‘liq bekor qilishdan oldin vaqti-vaqti bilan davolash sxemasiga o‘tish. Preparatning tarkibiga kiruvchi propilenglikol, lanolin surtilgan joyda ta‘sirlanish chaqirishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qo‘llashni bekor qilish kerak. Pediatriyada qo‘llanishi Preparatni 2 yoshdan oshgan bolalarda qo‘llash mumkin. Kichik bolalarda teri burmalari, pelenka, tagliklar okklyuzion bog‘lamga o‘xshash ta‘sir ko‘rsatishi va glyukokortikosteroidni tizimli so‘rilishini oshirishi mumkinligini e‘tiborga olish kerak. Bunday tashqari bolalarda teri qoplamalari yuzasi va tana vazni nisbati, shuningdek terini yetilmaganligi tufayli tizimli so‘rilish darajasi yuqori bo‘lishi mumkin. Glyukokortikosteroid bilan uzoq vaqt davolash ularda o‘sish va rivojlanishni buzilishlariga olib kelishi mumkin. Shuning uchun preparatni uzoq vaqt qo‘llash shifokor nazorati ostida olib borilishi kerak. Bolalar samaraga erishish uchun yetarli bo‘lgan minimal dozani olishlari kerak. Bolalarda davolash kursi 5 kundan oshmasligi kerak. Dori preparatini transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri O‘rganilmagan. Chiqarilish shakli Sirtga qo‘llash uchun 0,025% surtma. 10 g dan alyuminiy tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi. Saqlash sharoiti: 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati 5 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparat qo‘llanmasin. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?