TRANZIK inyeksiya uchun eritma 5ml 250mg/5ml N10

Обновлено: 21.07.2022

TRANZIK inyeksiya uchun eritma 5ml 250mg/5ml N10
  • Категория:

    Qon uchun

  • Страна производитель:

    Pokiston

  • Активное вещество:

    Traneksamovaya kislota

  • Производитель:

    Nabiqasim Industries (Pvt.) Ltd, Пакистан произведено: Surge Laboratories (Pvt.) Ltd

  • Количество в упаковке:

    10

  • Код ATX:

    B02AA02

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция TRANZIK inyeksiya uchun eritma 5ml 250mg/5ml N10

  • Qadoqda soni

    10

  • Dozirovkasi

    Vena ichiga (tomchilab, oqim bilan). Tarqalgan fibrinolizda tana vazniga 15 mg/kg bir martalik dozada har 6-8 soatda, minutiga 1 ml tezlikda yuboriladi. Mahalliy fibrinolizda tavsiya etilgan standart doza 5-10 ml (500-1000 mg) dan sutkada 2-3 marta. Prostatektomiya yoki siydik pufagidagi operatsiyalarda operatsiya vaqtida 1 g, so'ngra 1 g dan har 8 soatda 3 kun davomida yuboriladi, shundan so'ng makrogematuriya yo'qolgunicha tabletka shaklini ichga qabul qilishga o'tiladi. Qon ketishlarni rivojlanish xavfi yuqori bo'lganda, tizimli yallig'lanish reaktsiyalarida 20-30 minut ichida aralashuvgacha 10-11 mg/kg dozada buyuriladi. Koagulopatiyasi bo'lgan bemorlarga tish sug'irishdan oldin tana vazniga 10 mg/kg dozada yuboriladi, tish sug'irilgandan keyin preparatni tabletka shakli ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Buyrakning ajratuvchi funktsiyasini buzilishi hollarida dozalash tartibini tuzatish lozim: qonda kreatinin kontsentratsiyasi 120-150 mkmolь/l bo'lganda 10 mg/kg dan sutkada ikki marta buyuriladi; kreatinin kontsentratsiyasi 250-500 mkmolь/l bo'lganda 10 mg/kg dan sutkada bir marta buyuriladi; kreatinin kontsentratsiyasi 500 mgmolь/l dan yuqori bo'lganda 5 mg/kg dan sutkada bir marta buyuriladi. Bolalar Bolalarda hozirgi tasdiqlangan ko'rsatmalar bo'yicha dozalash kuniga 20 mg/kg ni tashkil qiladi. Biroq samaradorligi va xavfsizligi haqidagi ma'lumotlar bu ko'rsatkichlar uchun cheklangan. In'ektsion eritma: yurak operatsiyasini o'tkazuvchi bolalarda traneksam kislotasining samaradorligi, dozasi va xavfsizligi to'liq o'rganilmagan. Keksa yoshdagi patsiyentlar Agar buyrak yetishmovchiligi belgilari bo'lmasa, dozasiga hech qanday tuzatish kiritish talab etilmaydi.

  • Dori vositalarining o'zaro ta'siri

    In'ektsiya uchun eritmani quyidagi eritmalar bilan aralashtirish mumkin: 5% li dekstroza, 0,9% li natriy xlorid, 5% li dekstrozada dekstran 40 va 0,9% li natriy xloridda dekstran 40. Traneksam kislotasining in'ektsiya uchun eritmasini geparin bilan aralashtirish mumkin.

  • Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

    Traneksam kislotasiga yoki biron-bir boshqa komponetlariga o'ta yuqori sezuvchanlik. Anamnezidagi venozli yoki arterial tromboz. Anamnezidagi tirishishlar. Intratekal va qorinchalar ichiga yuborish, miya ichiga (miya shishi va tirishishlar xavfi sababli) qo'llash mumkin emas.

  • Maxsus shartlar

    - Vena ichiga in'ektsiyani juda sekinlik bilan qo'llash kerak; - Tranzik in'ektsiyani mushak ichiga yuborish mumkin emas; - Miya shishi va tirishishlar xavfi tufayli preparatni intratekal yoki qorinchalar ichiga in'ektsiyasi va miya ichiga qo'llash mumkin emas. Anamnezida tirishishlari bo'lgan patsiyentlarda traneksam kislotasini yuborish mumkin emas. - Traneksam kislotasini ishlatishdan oldin tromboembolik kasalliklarni rivojlanish xavfi omillarini tekshirish kerak. - Traneksam kislotasini oral kontratseptivlarni qabul qiluvchi patsiyentlarda trombozni yuqori xavfi tufayli ehtiyotkorlik bilan yuborish kerak. Nomutanosibligi In'ektsiya uchun traneksam kislotasining eritmasini quyish uchun qonga yoki penitsillin saqlangan in'ektsiyaga qo'shish kerak emas.

  • Nojo'ya samaralari

    Me'da-ichak buzilishlari: - ko'ngil aynishi, qusish va diareya kabi hazm qilishni buzilishlari Yurak-qon tomir buzilishlari: - gipotoniya bilan lohaslik, yoki usiz hushni yo'qotish (odatda juda tez vena ichiga yuborilganidan so'ng, peroral yuborish bundan mustasno). - arterial va venozli tromboz Nerv tizimini buzilishi: - bosh aylanishi, tirishishlar, ayniqsa noto'g'ri foydalanilgan hollarda. Umumiy buzilishlar: - o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, jumladan anafilaksiya.

  • Dozani oshirib yuborilishi

    Simptomlari: ko'ngil aynishi, qusish, ortostatik simptomlar va/yoki gipotoniya bo'lishi mumkin. Davolash: buyrakdan chiqarilishiga yordam berishda samarani bir maromda ushlab turish uchun ko'p suyuqlik iste'mol qilish. Antikoagulyant davolashni inobatga olish kerak. Moyil shaxslarda tromboz xavfi madjud.

Новые лекарства

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?