NAYZ 0,1 tabletkalari N20
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Yallig'lanishga qarshi vositalar
Страна производитель:
Hindiston
Активное вещество:
Nimesulid
Производитель:
Д-р Редди с Лабораторис Лтд
Количество в упаковке:
20
Код ATX:
M01AХ17
Инструкция NAYZ 0,1 tabletkalari N20
Qadoqda soni
20
Umumiy ma'lumot
NAYZ 0,1 tabletkalari N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA NAYZ® NISE Preparatning savdo nomi: Nayz® Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): nimesulid, metilsalisilat, mentol, kapsaisin Dori shakli: gel Tarkibi: 1 g gel quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: nimesulid – 10 mg, metilsalisilat – 100 mg, mentol – 50 mg, kapsiasin – 0,25 mg; yordamchi moddalar: 50 mg dietilftalat, 50 mg dietilenglikol monoetil efiri, 50 mg gidrogenlangan polioksilkastor moyi, 70 mg propilenglikol, 1 mg natriy benzoati, 1 mg dinatriy edetati, 0,4 mg butillangan gidroksitoluol, 12 mg karbamer-980, 2 mg trometamol, tozalangan suv. Farmakoterapevtik guruhi: mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat ATX kodi: M01AX17 Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Nimesulid sulfonanilidlar sinfiga mansub nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositadir (NYAQV). Og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta‘sirga ega. Samarasi siklooksigenaza – 2 ni selektiv blokadasi bilan, shuningdek quyidagilar kabi qator boshqa mexanizmlar bilan bog‘liq: – trombositlar faollanishining faktori sintezini susaytirilishi; – proteinkinaza S va fosfodiesterazaning IV turini bilvosita susaytirilishi natijasida rag‘batlantirilgan polimorf yadroli leykositlar tomonidan superoksid-anionini ishlab chiqarilishini pasayishi; – o‘smalarning α nekroz faktori ajralishini ingibisiya qilish orqali bradikinin va sitokinlar tomonidan induksiyalangan giperalgeziyani oldini olish; – gipoxlor kislotasini neytralizasiyasi; – α -proteinaza ingibitorlarining faolsizlanishini oldini olish; – proteazalarni ingibisiya qilish (shu jumladan elastazani, kollagenazani); – bazofil va semiz hujayralardan gistamin ajralishini ingibisiya qilish. Mentol mahalliy qo‘zg‘atuvchi, og‘riq qoldiruvchi, chalg‘ituvchi, qichishishga qarshi, antiseptik, tinchlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Samarasi asosan sezuvchi nerv oxirlarini qo‘zg‘atilishi bilan bog‘liq bo‘lgan reflektor reaksiyalar bilan bog‘liq: teri yoki shilliq qavatlar reseptorlarini qo‘zg‘alishi og‘rik hissini, qon tomirlar o‘tkazuvchanligini va boshqa jarayonlarni boshqarishda ishtirok etuvchi endogen biologik faol moddalarni (enkefalinlar, endorfinlar, peptidlar, kininlar) hosil bo‘lishi va ajralib chiqishini rag‘batlantiradi va og‘riqsizlantiruvchi, chalg‘ituvchi va qichishishga qarshi ta‘sirini ta‘minlaydi. Antiseptik ta‘siri mikrob hujayralarini tanlamay shikastlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Qitiqlovchi (chalg‘ituvchi) samarasi og‘riq hislarini pasayishiga yordam beradi. Mahalliy ta‘siri yengil achishish va sanchiqni his qilishga o‘tuvchi qon tomirlarni torayishi, sovuqni his qilish bilan birga kechadi. Teri-visseral reflekslar (refleks yoyi bosh miyaga tegmaydi) to‘qimalar oziqlanishini yaxshilaydi (innervasiya zonalariga mos ravishda).To‘qimalar va ichki a‘zolarda ham yuza, ham chuqur joylashgan qon tomirlar tonusini reflektor o‘zgartiradi. Kapsaisin og‘riq va qichishish reaksiyalarini periferik nerv tizimi reseptorlaridan markaziyga o‘tkazilishini amalga oshiruvchi neyrotransmitter bo‘lgan R moddasi miqdorini pasaytirishi orqali ta‘sir ko‘rsatadi. Kapsaisin R moddasini sintezini va neyron bo‘ylab o‘tkazilishini bloklaydi, bu og‘riq impulsi jadalligini kamayishiga olib keladi. Metilsalisilat – salisil kislotasini hosilasi. Mahalliy applikasiyada tez terini chuqur qavatlariga o‘tadi, so‘riladi, gidrolizlanadi va salisil kislotasini anioniga aylanadi. Siklooksigenazani tanlamasdan ingibisiya qiladi, yallig‘lanish, og‘riq, haroratni ko‘tarilishiga javobgar prostaglandinlar sintezini pasaytiradi. O‘tkazuvchanligi oshgan kapillyarlarni normallashtiradi, mikrosirkulyasiya jarayonlarini yaxshilaydi, yallig‘langan to‘qimalarni shishi va infiltrasiyasini kamaytiradi, bo‘g‘imlar, mushaklar va yumshoq to‘qimalar patologiyasida og‘riq hislarini kamayishini chaqiradi. Teriga mahalliy qitiqlovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Mutagenligi va kanserogenligi Turli tadqiqotlar nimesulidni mutagen preparat emasligini ko‘rsatdi. Shuningdek in vitro sharoitlarida preparatni limfositlar xromosomalariga ta‘siri va N-timidin bilan kultivasiya qilingan odam limfositlari bilan o‘zaro ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q. Farmakokinetikasi Nimesulid: xalqaro tadqiqotlarning ma‘lumotlariga ko‘ra, 200 mg dozada bir marta mahalliy qo‘llangandan keyin qon plazmasida nimesulidni maksimal konsentrasiyasi, qo‘llagandan keyin 24 soat o‘tgach kuzatiladi va 9,77 ng/ml ga yetadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Nimesulidni asosiy metaboliti – 4-gidroksinimesulidni plazmada hech qanday izlari aniqlanmaydi. Uzoq muddat qo‘llanganda nimesulidni konsentrasiyasi 8-chi kuni qon plazmasida 37,25±13,25 ng/mg ni tashkil qilgan, bu o‘rtacha sutkalik dozada (sutkada 200 mg) ichga qabul qilgandagidan 100 marta kam. Ahamiyatsiz darajadagi tizimli so‘rilishi munosabati bilan, mahalliy qo‘llashdagi boshqa faol komponentlarini farmakokinetikasi haqidagi ma‘lumotlar yo‘q. Qo‘llanilishi Og‘riq va yallig‘lanish sindromlari bilan kechuvchi tayanch-harakat apparatini o‘tkir va surunkali kasalliklari, jumladan bo‘g‘imli revmatik sindromlar va yumshoq to‘qimalarni patologiyasi. Shuningdek, lyumbalgiya, tendinitlar, tendosinovitlar, chiqishlar va bo‘g‘imlar va paylarni cho‘zilishlari, degenerativ kasalliklar va teri qoplamalari butunligini buzilishlarisiz jarohatlar. Paylar, mushaklar, bo‘g‘imlarni jarohatdan keyingi yallig‘lanishida qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Faqat sirtga qo‘llash uchun. Gel (3 sm tayoqcha uzunligiga mos keladigan miqdorda) og‘riqli sohaga ehtiyotkorlik bilan yupqa qavat qilib, kunda 3-4 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha surtiladi. Surtish oldidan terini surtiladigan joyi yaxshilab yuviladi va quritiladi. Yupqa qavat qilib gel kerakli joyga va atrofdagi sohaga qo‘yiladi va yengil harakatlar bilan surkab singdiriladi. Bosuvchi tor kiyim kiyishdan saqlanish tavsiya etiladi. Muolajagacha va undan so‘ng qo‘lni yuvish kerak. Odatda davolash kursi 7-15 kun davom etadi. Zarurati bo‘lganida davolashni takroriy kurslarini 3-5 kun o‘tgach o‘tkazish tavsiya qilinadi. Nojo‘ya ta‘sirlari Nimesulidni mahalliy qo‘llanadigan preparatlari odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Kuzatiladigan nojo‘ya samaralariga o‘rtacha yoki yaqqol mahalliy irrtativ reaksiyalar, giperemiya, toshma, deskvamasiya, preparat qo‘yilgan sohada achishish va u bilan bog‘liq bo‘lgan reaksiyalar, preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikni ko‘rinishlari sifatida kiradi. Preparatni tarkibiga kiruvchi kapsaisin 1% va ko‘proq konsentrasiyalarda neyrotoksiklik va issiqlik giperalgeziya, achishish hissi, qizarishni chaqirishi mumkin. Nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lgan hollarda preparat qo‘llashni to‘xtatish va muvofiq davolashni buyurish kerak. Preparat qo‘llanganda tizimli nojo‘ya reaksiyalar kuzatilmagan. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Nimesulid, metilsalisilat, boshqa NYAQP lar, mentol, kapsaisin va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda. Jigar yetishmovchiligini o‘rtacha va og‘ir darajasida. Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Nimesulidni mahalliy qo‘llash boshqa preparatlarni metabolizmiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Maxsus ko‘rsatmalar Gelni ishlatish natijasida mahalliy irritativ reaksiyalar paydo bo‘lganda preparat qo‘llashni to‘xtatish va muvofiq davolash buyuriladi. Gelni shilliq qavatlarga, ko‘z, terini shikastlangan va infeksiyalangan joylari, teri kasalliklari bilan zararlangan sohalar va ochiq jarohatlarga surtish mumkin emas. Surtiish vaqtida jadal achishish hissi paydo bo‘lishi mumkin, u bir necha kun davomida yo‘qoladi. Muolaja vaqtida va preparatni qoldiqlaridan qo‘llar tozalanmagunicha terini sezuvchan joylariga teginmaslik kerak. Salisilatlar chaqirgan nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanishi xavfi bo‘lgan pasientlarda gelni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Homiladorlar va laktasiya davrida qo‘llash Nimesulid homiladorlar va emizuvchi ayollarda ishlatilmaydi. Homiladorlik va laktasiya davridagi uni samaradorligi va xavfsizligini tasdiqlovchi tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Homilani rivojlanishiga ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q. Pediatriyada qo‘llanilishi Bolalarda qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalar va tavsiyalar ma‘lum emas. Haydovchilarda va mexanizmlar bilan bog‘liq bo‘lgan ishchilarda ishlatish samarasi: Nimesulidni ichga qabul qilayotgan pasientlar uni nojo‘ya ta‘siri – bosh aylanishi haqida ogohlatirilgan bo‘lishlari kerak. Haydash va ishlash vaqtida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Nimesulid mahalliy qo‘llangandan keyin bosh aylanishi hollari ta‘riflangan emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi mahalliy qo‘llanganda dozani oshirib yuborish hollari ta‘riflanmagan. Chiqarilish shakli 20 g gel saqlovchi tuba, qo‘llash bo‘yicha yuriqnomasi bilan karton qutiga joylangan. Saqlash sharoiti Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin. Yaroqlilik muddati Ishlab chiqarilgan vaqtidan boshlab 24 oy. Dorixonalardan berish tartibi Reseptisiz. Ulashish: