METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Antibiotiklar
Страна производитель:
O'zbekiston
Активное вещество:
Metronidazol
Производитель:
Remedy, СП ООО Узбекско-Британское
Количество в упаковке:
20
Код ATX:
J01XD01
Инструкция METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20
Qadoqda soni
20
Umumiy ma'lumot
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA METRONIDAZOL METRONIDAZOLE Preparatning savdo nomi: Metronidazol Ta‘sir etuvchi modda (XPN): metronidazol Dori shakli: infuziya uchun eritma Tarkibi: 100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: metronidazol – 500 mg. yordamchi moddalar: natriy xloridi, limon kislotasi, in‘eksiya uchun suv. Ta‘rifi: yashil tusli biroz sarg‘ish tiniq suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: protozoylarga qarshi vosita. ATX kodi: J01XD01. Farmakologik xususiyatlari Protozoylarga qarshi va mikroblarga qarshi preparat, 5-nitroimidazol hosilasi. Ta‘sir mexanizmi anaerob mikroorganizmlar va sodda hayvonlarning hujayra ichki transport oqsillarining 5-nitroguruhini biokimyoviy jihatdan qaytarilishiga bog‘liq. Biokimyoviy qaytarilgan 5-nitroguruh mikroorganizmlar hujayrasining DNK si bilan o‘zaro ta‘sirga kirishib, ularning nuklein kislotalari sintezini ingibisiya qiladi, bu bakteriyaning nobud bo‘lishiga olib keladi. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Gardnerella vaginalis, Giardia intestinalis, Lamblia spp., hamda obligat anaeroblar Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaiotaomicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp., Veillonela spp., Prevotella (P.bivia, P.buccae, P.disiens), va ayrim grammusbat mikroorganizmlarga (Eubacterium spp., Clostridium spp., Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp.) nisbatan faol. Ushbu shtammalar uchun MBK 0,125-6,25 mkg/ml ni tashkil qiladi. Amoksisillin bilan birga Helicobacter pylori ga nisbatan faollikni namoyon etadi (amoksisillin metronidazolga chidamlilik rivojlanishini susaytiradi). Metronidazolga aerob mikroorganizmlar va fakultativ anaeroblar sezgir emas, ammo aralash flora borligida (aeroblar va anaeroblar) metronidazol antibiotiklar bilan oddiy aeroblarga qarshi samarali sinergik ta‘sir qiladi. O‘smalarni nurlanishga sezgirligini oshiradi, alkogolga sensibilizasiya (disulfiramsimon ta‘sir) chaqiradi, reparativ jarayonlarni rag‘batlantiradi. Farmakokinetikasi Organizmning ko‘pchilik to‘qima va suyuqliklarida, shu jumladan o‘pka, buyrak, jigar, teri, orqa miya suyuqligi, miya, safro, so‘lak, amniotik suyuqlik, abssesslar bo‘shlig‘i, qin sekreti, urug‘ suyuqligi, ko‘krak sutida bakterisid konsentrasiyalariga erishiladi. Gemato-ensefalik va yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi. Taqsimlanish hajmi: (Vα): kattalarda – taxminan 0,55 l/kg; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda – 0,54–0,81 l/kg ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 10-20% ni tashkil qiladi. Qondagi maksimal konsentrasiyasiga (Smax) 30-60 minutdan keyin erishiladi, terapevtik konsentrasiyasi 6-8 soat davomida saqlanadi. Preparatning qondagi minimal konsentrasiyasi (Smin) keyingi yuborishda – 18 mkg/ml. Normal safro hosil bo‘lishida metronidazolning safrodagi konsentrasiyasi vena ichiga (v/i) yuborilganida, plazmadagi konsentrasiyasidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Organizmda metronidazolning taxminan 30-60% gidroksillanish, oksidlanish va glyukuronlanish yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Asosiy metaboliti (2-oksi metronidazol) ham protozoylarga va mikroblarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Jigarning me‘yoriy faoliyatida yarim chiqarilish davri (T1/2) – 8 soat (6 soatdan 12 soatgacha), jigarning alkogolli shikastlanishida – 18 soat (10 soatdan 29 soatgacha), yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda: homiladorlikning 28-30 haftaligida tug‘ilgan – taxminan 75 soat, 32-35 haftaligida muvofiq – 35 soat, 36-40 haftaligida – 25 soat. Buyrak orqali – 60-80%, (20% o‘zgarmagan holda), ichaklar orqali – 6-15% chiqariladi. Buyrak klirensi – minutiga 10,2 ml. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga qayta yuborilganidan keyin metronidazolning qon zardobida to‘planishi kuzatilishi mumkin (shuning uchun buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarda qabul qilish sonini kamaytirish kerak). Metronidazol va asosiy metbolitlari gemodializda qondan tez chiqariladi (T½ 2,6 soatgacha qisqaradi). Peritoneal dializda oz miqdorda chiqariladi. Qo‘llanilishi Protozoy infeksiyalari: ichakdan tashqari amyobiaz, shu jumladan jigarning amyobali abssessi, ichak amyobiazi (amyobali dizenteriya), trixomoniaz, giardiazis, balantidioz, lyamblioz, teri leyshmoniozi, trixomonad vaginit, trixomonad uretrit. Bacteroides spp. (shu jumladan B.fragilis, B.distasonis, B.ovatus, B.thetaiotaomicron, B.vulgatus) chaqirgan infeksiyalar: suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari, markaziy nerv tizimining (MNT) infeksiyalari, shu jumladan meningit, miya abssessi, bakterial endokardit, pnevmoniya, o‘pka empiemasi va abssessi. Bacteroides turlari, shu jumladan B.fragilis guruhi, Slostridium, Peptococcus va Peptostreptococcus turlari tomonidan chaqirilgan infeksiyalar: qorin bo‘shlig‘ining infeksiyalari (peritonit, jigar abssessi), chanoq a‘zolarining infeksiyalari (endometrit, endomiometrit, fallopiy naylari va tuxumdonlar abssessi, jarrohlik operasiyalaridan keyingi qin ravog‘i infeksiyalari), teri va yumshoq to‘qimalarining infeksiyalari, sepsis. Soxtamembranoz kolitda (antibiotiklarni qo‘llash bilan bog‘liq) qo‘llaniladi. Helicobacter pylori bilan bog‘liq bo‘lgan gastrit yoki o‘n ikki barmoq ichak yarasi. Operasiyadan keyingi asoratlarni (ayniqsa chambar ichak, to‘g‘ri ichak oldi sohasidagi aralashuvlar, appendektomiya, ginekologik operasiyalar) oldini olish. O‘smalari bo‘lgan bemorlarni nur bilan davolash (o‘smaning chidamliligi o‘sma hujayralaridagi gipoksiya bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda, radiosensibilizasiyalovchi vositasi sifatida) qo‘llaniladi. Alkogolizmda qo‘llaniladi. Qo‘llash usuli va dozalari Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga boshlang‘ich 0,5-1 g dozada v/i tomchilab (infuziyaning davomiyligi 30-40 minut), so‘ngra esa, har 8 soatda 500 mg dan minutiga 5 ml tezlikda yuboriladi. Yaxshi o‘zlashtirilganida birinchi 2-3 infuziyadan keyin oqim bilan yuborishga o‘tiladi. Davolash kursi – 7 kun. Zarurati bo‘lganida v/i yuborish uzoqroq muddat davom ettiriladi. Maksimal sutkalik doza – 4 g. Ko‘rsatmalar bo‘yicha ichga, 400 mg dozada sutkada 3 marta erishilgan samarani bir maromda ushlab turuvchi qabulga o‘tish amalga oshiriladi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga xuddi shunday bir martalik 7,5 mg/kg dozadagi tartibda buyuriladi. Yiringli-septik kasalliklarda odatda 1 davolash kursi o‘tkaziladi. Profilaktika maqsadida kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga v/i tomchilab operasiya arafasida 0,5-1 g dan, operasiya kuni va keyingi kunlari sutkada 1,5 g dan (500 mg dan har 8 soatda) buyuriladi. 1-2 kundan keyin ichga bir maromda ushlab turuvchi davolashga o‘tiladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi (SBE) va kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 ml dan kam va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda maksimal sutkalik doza – 1 g dan ko‘p emas, qabul qilishlar soni – sutkada 2 marta. Radiosensibilizasiyalovchi vosita sifatida v/i tomchilab 160 mg/kg yoki tana yuzasining 4-6 g/kv. m hisobidan nurlanishni boshlashdan 0,5 – 1 soat oldin yuboriladi. Nur bilan davolashning har bir seansidan oldin 1-2 hafta davomida qo‘llanadi. Nur bilan davolashning qolgan davrida metronidazol qo‘llanmaydi. Maksimal bir martalik doza 10 g dan, kurslik – 60 g dan oshmasligi kerak. Nurlanish oqibatidagi intoksikasiyani bartaraf qilish uchun glyukoza, gemodez yoki natriy xloridining izotonik eritmalarini tomchilab yuborish qo‘llanadi. Nojo‘ya ta‘sirlari Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, ichak sanchig‘i, qabziyat, og‘izda «metall» ta‘mi, og‘izni qurishi, glossit, stomatit, pankreatit. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, harakat koordinasiyasini buzilishi, ataksiya, ongni chalkashishi, ta‘sirchanlik, depressiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, holsizlik, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, tirishishlar, gallyusinasiyalar, periferik neyropatiya. Allergik reaksiyalar: eshakemi, teri toshmasi, terini qizarishi, burunni bitishi, isitma, artralgiyalar. Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: dizuriya, sistit, poliuriya, siydikni tutib turaolmaslik, kandidoz, siydikni qizil-jigarrang rangga bo‘yalishi. Mahalliy reaksiyalar: tromboflebit (og‘riq, in‘eksiya qilingan joyda qizarish va shish). Boshqalar: neytropeniya, leykopeniya, EKG da T tishini tekislanishi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar O‘ta yuqori sezuvchanlik, leykopeniya (shu jumladan anamnezdagi), MNT organik shikastlanishlari (shu jumladan tutqanoq), jigar yetishmovchiligi (katta dozalarda buyurilgan holda), homiladorlik (I uch oyligi), laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan – homiladorlik (II-III uch oyliklar), buyrak/jigar yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Vena ichiga yuboriladigan Metronidazolni boshqa dori vositalari bilan aralashtirish tavsiya qilinmaydi. Bilvosita antikoagulyantlarning ta‘sirini kuchaytiradi, bu protrombin hosil bo‘lishi vaqtini uzayishiga olib keladi. Disulfiramga o‘xshab, etanolni o‘zlashtiraolmaslikni chaqiradi. Disulfiram bilan bir vaqtda qo‘llash turli nevrologik simptomlarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin (buyurishlar orasidagi interval – 2 haftadan kam bo‘lmasligi kerak). Simetidin metronidazolning metabolizmini ingibisiya qiladi, bu qon zardobida uning konsentrasiyasini oshishiga va nojo‘ya ta‘sirlarini rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. Jigar mikrosomol oksidlanish fermentlarini rag‘batlantiruvchi preparatlarni (fenobarbital, fenitoin) bir vaqtda buyurish, metronidazolning eliminasiyasini tezlashtirishi mumkin, buning natijasida uning plazmadagi konsentrasiyasi pasayadi. Litiy preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida, oxirgisining plazmadagi konsentrasiyasi oshishi va intoksikasiya belgilari rivojlanishi mumkin. Qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlar (vekuroniy bromidi) bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Sulfanilamidlar metronidazolning mikroblarga qarshi ta‘sirini kuchaytiradi. Maxsus ko‘rsatmalar Davolash davrida etanolni qabul qilish mumkin emas (disulfiramsimon reaksiyalar rivojlanishi mumkin: qorinda spastik og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzga to‘satdan qon oqib kelishi yuz berishi mumkin). 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlarda amoksisillin bilan majmuada qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Uzoq muddat davolanishda qon manzarasini nazorat qilish kerak. Leykopeniyada davolashni davom ettirish infeksion jarayonni rivojlanish xavfiga bog‘liq. Ataksiya, bosh aylanishini paydo bo‘lishi va bemorlarda boshqa har qanday nevrologik holatning yomonlashishi davolashni to‘xtatishni talab qiladi. Treponemalarni immobilizasiya qilishi va soxtamusbat Nelson sinamasiga olib kelishi mumkin. Siydikni to‘q rangga bo‘yaydi. Ayollardagi trixomonadali vaginitni va erkaklardagi trixomonadali uretritni davolashda jinsiy aloqadan saqlanish kerak. Davolash xayz ko‘rish vaqtida to‘xtatilmaydi. Trixomoniazni davolashdan keyin hayz ko‘rishning navbatdagi uch sikli davomida xayz ko‘rish oldidan va keyin nazorat sinamalarini o‘tkazish lozim. Lyambliozni davolashdan keyin, agarda belgilari saqlansa, 3-4 haftadan keyin bir necha kun oralig‘ida ahlatni 3 marta tahlilini (ayrim muvaffaqiyatli davolangan bemorlarda invaziya chaqirgan laktozani o‘zlashtiraolmaslik bir necha hafta yoki oylar davomida lyamblioz belgilarini eslatib saqlanishi mumkin) o‘tkazish lozim. Laktasiya davrida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, ataksiya. Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni yuborish (preparat ichga qabul qilingan holda), gemodializni o‘tkazish. Metronidazol va uning metabolitlari gemodializda yaxshi chiqariladi. Chiqarilish shakli Birlamchi o‘ram: 100 ml eritma infuzion eritmalar uchun rangsiz plastik (RR) flakonda. Ikkilamchi o‘ram: 1 flakon karton qutida (qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga). Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha Ulashish: