ASINOPRAZ kapsulalar 20mg N30

Обновлено: 21.07.2022

ASINOPRAZ kapsulalar  20mg N30
  • Категория:

    Oshqozon kasalliklari uchun dorilar

  • Страна производитель:

    Hindiston

  • Активное вещество:

    Omeprazol

  • Производитель:

    Agio Pharmaceutical Limited

  • Количество в упаковке:

    30

  • Код ATX:

    A02BC01

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция ASINOPRAZ kapsulalar 20mg N30

  • Qadoqda soni

    30

  • Dori vositalarining o'zaro ta'siri

    Omeprazol jigarda oksidlanish yo'li bilan metabolizmga uchraydigan masalan, varfarin, diazepam va fenitoin, dori preparatlarining organizmdan chiqarilish jarayonini sekinlashtirish qobiliyatiga ega. Omeprazol bilan birgalikda varfarin yoki fenitoinni qabul qiluvchi bemorlar doimiy nazorat ostida bo'lishlari kerak, chunki ularga varfarin yoki fenitoinning dozasini pasaytirish talab etilishi mumkin. Shunga qaramay, sutkada 20 mg omeprazol va fenitoinni bir vaqtda qabul qiluvchi bemorlarga nisbatan, bu ikki preparatni bir vaqtning o'zida qabul qilinishi qonda fenitoinning kontsentratsiyasiga ta'sir ko'rsatmasligi isbotlab berilgan

  • Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

    Preparatning biron-bir komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

  • Maxsus saqlash sharoitlari

    Quruq joyda 250S dan baland bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Qo'llashdan avval diqqat bilan yo'riqnomani o'rganib chiqish lozim. Yaroqlilik muddati 3 yil. Yaroqlilik muddati o'tgch qo'llanilmasin

  • Maxsus shartlar

    Har qanday vositalar, shu jumladan proton nasosi ingibitorlarini qabul qilish sababli me'da shirasining kislotaliligi pasayishi odatda me'da-ichak yo'llaridagi mavjud bo'lgan bakteriyalar miqdorini oshishiga olib keladi. Kislota tanqisligi preparatlari bilan davolash salьmonella va kampilobakter kabi me'da-ichak infektsiyalari rivojlanishi xavfini ahamiyatsiz oshishiga olib kelishi mumkin. Uzoq vaqt davomida omeprazolni qabul qilish zarur bo'lgan og'ir kasallangan va V12 vitaminining past darajasi qayd qilingan bolalar yoshidagi patsiyentlarga nisbatan uzoq vaqt davomida davolash o'tkazishda qon zardobida V12 darajasining monitoringini o'tkazish tavsiya etiladi. Homiladorlik va laktatsiya Homiladorlik vaqtida yoki emizish davrida preparatni qabul qilishning xavfsizlik omili aniqlanmagan.

  • Nojo'ya samaralari

    Ko'p hollarda tez-tez namoyon bo'luvchi nojo'ya samaralar ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rig'i, diareya, qabziyat, qorinda og'riq va meteorizm, toshmalar va/yoki qichishish, bosh aylanishi, paresteziya, uyquchanlik, uyqusizlik, bosh aylanishi, fermentlarning oshishi va xolsizlik hisoblanadi.

  • Farmakokinetikasi

    Omeprazol me'daning pariyental hujayralaridagi proton nasosning o'ziga xos ingibitorlari hisoblanadi va shu tarzda me'da shirasining sekretsiyasini pasaytiradi. Me'da shirasining sekretsiyasini reversiv nazorati omeprazolni bir martalik sutkalik dozalashni qo'llashda amalga oshiriladi. Omeprazolda o'zi bilan me'daning pariyental hujayralarini hujayra ichi kanalchalarida kontsentratsiyalanuvchi kuchsiz asosni ko'rsatadi. Bu hujayralarning kuchli nordon muhit sharoitlarida omeprazol faol shaklga o'tadi va proton nasosining fazasi H +, K + -AT fermenti ingibitori sifatida namoyon bo'ladi. Dozalash va me'da shirasining shakllanishini yakuniy bosqichi orasida bog'liqlik mavjud, u sekret enxanserga bog'liq bo'lmagan holda bazal kislotali mahsulot kabi, kislotani ajralishini ham rag'batlantirishi xuddi shunday ingibitsiya qilish samaradorligini ta'minlaydi. Agar omeprazol birgina peroral sutkalik doza ko'rinishida buyurilgan holatda, me'da shirasining sekretsiyasi maksimal darajada susaytiriladi, bunga davolash boshlangandan keyin 4 kun o'tib erishiladi. O'n ikki barmoqli ichak yarasi bilan bo'lgan patsiyentlar orasida kislotalik ko'rsatkichi tahminan 80% ni tashkil qiluvchi pasayishning o'rtacha darajasi keyinchalik 24 soat davomida saqlanib turadi. Omeprazol bilan davolash boshlangandan keyin 24 soat o'tib, bunda pentagastrinni rag'batlantirilgandan keyin kislotaning cho'qqiga chiqishining pasayishni o'rtacha ko'rsatkichi tahminan 70% ni tashkil qiladi.

  • Farmakodinamikasi

    Omeprazolning kislotaga turg'un bo'lmagan sababli peroral qabul qilish kompozitsiyasi kapsulalarga joylashtirilgan ichakda eruvchan granulalarda ko'rsatilgan. Omeprazol, odatda, uch-olti soat davomida ingichka ichakda to'liq so'riladi. Bir martalik dozani peroral qabul qilgandan keyin omeprazolning tizimli biokiraolishligi tahminan 35% ni tashkil qiladi. Ushbu ko'rsatkich bir dozani takroran qabul qilingandan keyin tahminan 60% gacha oshirilishi mumkin. Bir vaqtning o'zida oziq-ovqatlarni qabul qilish uning biokiraolishligiga ta'sir ko'rsatmaydi. Omeprazolning plazma oqsillari bilan bog'lanishi tahminan 95% ni tashkil qiladi. "Kontsentratsiya - vaqt" bog'liq egri chizig'ining yakuniy fazasida yarim chiqarishning o'rtacha davri tahminan qirq minutni tashkil qiladi. Davolash vaqtida yarim parchalanish ko'rsatkichining o'zgarishi kuzatilmagan. Kislota sekretsiyasining ingibitsiya qilinishi "kontsentratsiya - vaqt" (AUC) bog'liq egri chiziq ostida joylashgan maydonga taaluqli va ayni payitda plazmadagi haqiqiy kontsentratsiya bilan bog'liq emas. Omeprazol asosan jigarda to'liq metabolizmga uchraydi. Sulьfon, sulьfid va gidroksi - omeprazol plazmada aniqlangan metabolitlar hisoblanadi. Ushbu metabolitlar faol emas va kislotaning sekretsiyasiga ahamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi. Metabolitlarning taxminan 80% buyraklar va axlat bilan chiqariladi. Buyraklar bilan ajralib chiquvchi ikki asosiy metabolit bo'lib gidroksi -omeprazol va muvofiq karbon kislotasi hisoblanadi. Buyraklar funktsiyasining buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda omeprazolni tizimli biokiraolishligida ahamiyatli o'zgarishlar kuzatilmaydi. Jigarning funktsiyasi pasayishi bo'lgan patsiyentlarda "kontsentratsiya - vaqt" egri chiziq ostida maydon sohasi oshishiga qaramasdan, omeprazolning yaqqol to'planishi to'g'risidagi ma'lumotlar mavjud emas.

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?