BIORAN tabletkalari 50mg N100

Обновлено: 21.07.2022

BIORAN tabletkalari 50mg N100
  • Категория:

    Yallig'lanishga qarshi vositalar

  • Страна производитель:

    Hindiston

  • Активное вещество:

    diklofenak natriy

  • Производитель:

    Rusan Pharma LTD

  • Количество в упаковке:

    100

  • Код ATX:

    M01AВ05

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция BIORAN tabletkalari 50mg N100

  • Qadoqda soni

    100

  • Dozirovkasi

    Diklofenak tabletkalari 1 kunda 50, 75-150 mg dan 2-3 martaga bo'lib qabul qilinadi. In'ektsiya uchun mo'ljallangan diklofenak natriyni 75 mg dan mushak orasiga 1 -2 marta chuqur dumbaga ko'pi bilan 2-3 kun yuborish mumkin.

  • Dori vositalarining o'zaro ta'siri

    Aspirin diklofenakni bog'lanadigan joylaridan siqib chiqaradi va uni plazmadagi kontsentratsiyasini va eng yuqori darajaligini pasaytiradi. Antikoagulyantlar: Diklofenakni varfarin bilan birga qo'llanilganda bemorlarni qat'iy nazorat ostida olish kerak. Digoksin, metotreksat, siklosporinlar: Diklofenak digoksin va metotreksat miqdorini ko'paytirishi mumkin, buyrak prostaglandinlariga ta'siri natijasida diklofenak siklosporinlarni nefrotoksikligini kuchaytirishi mumkin. Litiy: Diklofenak litiyni klirensini kamaytiradi va uning plazmadagi miqdorini ko'paytiradi. Shu tufayli litiyli zaharlanish rivojlanishi mumkin. Diuretiklar: Diklofenak diuretiklar ta'sirini ingibirlashi mumkin.

  • Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

    Preparatga yuqori sezuvchan bo'lgan bemorlarga qo'llash mumkin emas. Diklofenak natriy aspirin va boshqa nosteroidli yallig'lanishga qarshi vositalar astma, toshmalar (urtikariyalar) va boshqa allergik turdagi reaktsiyalar chaqiradigan bemorlarga bu ireitni qo'llash tavsiya etilmaydi, chunki bunday bemorlarda og'ir va ba'zi hollarda, o'limga olib keluvchi anafilaktik reaktsiyalar qayd etilgan. Bundan tashqari preparatni faol peptik yarasi bo'lgan bemorlarga va oshqozon ichakdan qon ketishida qo'llash mumkin emas. Ogohlantirishlar: Preparat qo'llanganda ba'zida anafilaktsiyali allergik reaktsiyalar kuzatiladi. Suyuqlik tugilishi va shishlar bo'lishi hollari qayd etilganligi tufayli yurak xastaligi va gipertoniyasi bo'lgan bemorlarda preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Buyrak faoliyati buzilgan bemorlarni buyrak papillyar nekroz va buyrak yetishmovchiligi tufayli buyrakdagi qon aylanishini kamayib ketishi mumkinligini e'tiborga olib doim nazoratda ushlab turish lozim. Porfiriya kasalligi bo'lgan bemorlarda preparatni qo'llash mumkin emas. Diklofenakni homiladorlik, emiziklik davrda va bolalarga qo'llanilganda havfsizligi qayd etilmagan.

  • Nojo'ya samaralari

    Asosiy nojo'ya ta'sirlari oshqozon ichak simptomlari, peptik oshqozon yarasi va oshqozon ichakdagi qon ketishlardan iboratdir. Boshqa nojo'ya ta'sirlari - qorin sohasidagi og'riqlar va sanchiqlar, bosh og'rishi, suyuqlikni tutilishi, diareya, ko'ngil aynishi, ovqat hazm bo'lmasligi, bosh aylanishi, teridagi toshmalar va vaqtinchalik epigastriy sohasidagi og'riqlardir.

  • Dozani oshirib yuborilishi

    Dozasi o'gkir oshirib yuborilsa oshqozonni qusish yoki yuvish yo'li bilan bo'shatish lozim. Majburiy diurez ham foydali bo'lishi mumkin. Bulardan tashqari diklofenak natriyni absorbtsiyalash uchun faollangan ko'mir qo'llaniladi.

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?