BEROTEK N aerozol 100mkg

Обновлено: 21.07.2022

BEROTEK N aerozol 100mkg
  • Категория:

    Nafas olish tizimi uchun

  • Страна производитель:

    Germaniya

  • Активное вещество:

    Fenoterol

  • Производитель:

    Boehringer Ingelheim International GmbH, Германия произведено: Boehringer Ingelheim Pharma GmbH & Co. KG

  • Количество в упаковке:

    ---

  • Код ATX:

    R03АC04

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция BEROTEK N aerozol 100mkg

  • Umumiy ma'lumot

    BEROTEK N aerozol 100mkg qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA BEROTEK®   N   BEROTEC® N   Preparatning savdo nomi: Berotek N Ta‘sir etuvchi modda (XPN): fenoterol Dori shakli: ingalyasiyalar uchun 100 mkg/doza dozalangan aerozol flakonlarda 200 doza. Tarkibi: Bir ingalyasion doza quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 100 mkg (0,100 mg) fenoterol gidrobromidi; yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, tozalangan suv, absolyut etanol. Propellent: 1,1,1,2 – tetroftoretan (HFA 134a). Ta‘rifi: 17 ml hajmli, 50 mkl dozalovchi klapanli butun zanglamaydigan po‘latdan yasalgan ballonchaga bosim ostida joylangan, suspenzion zarrachalardan xoli bo‘lgan tiniq rangsiz yoki deyarli rangsiz suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: Nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklarini davolash uchun vositalar. Beta2-adrenoreseptorlarning selektiv agonistlari. ATX kodi: R03AC04.   Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi BEROTEK N bronxial astma xurujlarida va o‘pka emfizemasi yoki usiz kechuvchi surunkali obstruktiv bronxit kabi nafas yo‘llarining obstruksiyasi bilan birga kechuvchi boshqa holatlarda samarali bronxodilatator xisoblanadi. O‘pkaning obstruktiv kasalliklarida fenoterol ingalyasion yuborilganidan keyin, bronxlarning kengayishi bir necha minut davomida yuz beradi. Bronxodilatasion ta‘siri 3-5 soat davom etadi. Fenoterol ko‘proq beta2-reseptorlarga ta‘siri bilan bevosita ta‘sir etuvchi beta-adrenomimetik xisoblanadi. Beta1-adrenoreseptorlarning stimulyasiyasi faqat preparat yuqori dozalarda yuborilganida yuz beradi. Fenoterol bronxlar va qon tomirlarning silliq mushaklari tonusining pasayishini chaqiradi. Silliq mushak tonusini pasayishining yaqqolligi dozaga bog‘liq. Beta2-adrenoreseptor bilan bog‘lanishi, keyingi sAMF hosil bo‘lishini oshishi bilan rag‘batlantiruvchi Gs-oqsil orqali adenilatsiklazani faollashtiradi, u o‘z navbatida, proteinkinaza A ni faollashtiradi. Proteinkinaza A silliq mushak xujayralaridagi nishon oqsillarni fosforlaydi, bu ularning bo‘shashishini chaqiradi. Fenoterol yuqori dozalarda shuningdek ko‘ndalang-targ‘il mushaklarga ham ta‘sir qiladi (tremor). Bundan tashqari, fenoterol semiz xujayralardan mediatorlarning ajralib chiqishini ingibisiya qiladi. 0,6 mg fenoterol qabul qilinganidan keyin mukosiliar tashilishni kuchayishi kuzatiladi. Fenoterol yurakka musbat inotrop va xronotrop ta‘sir ko‘rsatadi (bevosita va/yoki reflektor). Lipidlar va uglevodlar almashinuvidagi o‘zgarishlar (lipoliz, glikogenolizga ta‘siri va giperglikemiya), shuningdek skelet mushaklariga K+ kirishini oshishi oqibatidagi nisbiy gipokaliemiya, faqat preparat yuqori dozalarda qo‘llanganida namoyon bo‘luvchi farmakologik samaralari hisoblanadi. Boshqa beta-adrenergik vositalarni qo‘llashdagi kabi, QTc intervalini uzayishi xaqida xabarlar berilgan. Dozalovchi ingalyator yordamida yuboriladigan fenoterol uchun bu ko‘rinishlar kuchsiz ifodalangan va tavsiya etilgandan yuqori dozalarda kuzatilgan. Pasientlar uchun ahamiyati isbotlanmagan. Miometriyda beta2-reseptorlarning zichligini yuqoriligi tufayli, fenoterol bachadon mushagining tonusini pasayishini chaqirishi mumkin. Bu samara ayniqsa homiladorlik vaqtida yaqqol bo‘ladi. Tokoliz o‘tkazish uchun fenoterolning dozasi, bronxospazmni davolash uchun dozadan ahamiyatli yuqori bo‘ladi. Dozani oshirilishi tufayli nojo‘ya samaralarining paydo bo‘lishini ehtimoli oshadi.   Farmakokinetikasi BEROTEK N ning terapevtik samarasiga nafas yo‘llariga mahalliy ta‘siri orqali erishiladi. Fenoterolning qondagi konsentrasiyasi,  va bronxodilatasiya qiluvchi samarasi orasida korrelyasiya mavjud emas. So‘rilishi Ingalyasiya usuli va ishlatilayotgan ingalyasion tizimga qarab, ingalyasiyada aerozol preparatdan ajralib chiqayotgan faol moddaning taxminan 10-30% quyi nafas yo‘llariga yetib boradi, qolgan qismi esa yuqori nafas yo‘llarida qoladi va so‘ngra yutiladi. BEROTEK N ning bir dozasi ingalyasion yuborilganidan keyin fenoterolning mutloq biokiraolishligi 18,7% ni tashkil qiladi. Ingalyasion yuborilganidan keyin so‘rilish tezligi yuborilgan dozaning 13% ni tashkil qilgan, bunda so‘rilish ikki fazali bo‘lgan – 30% fenoterol gidrobromidi tez so‘rilgan, yarim chiqarilish davri esa 11 minutni tashkil qilgan; 70% sekin so‘rilgan, yarim chiqarilish davri 120 minutni tashkil qilgan. Peroral yuborilganidan keyin fenoterolning taxminan 60% so‘riladi. So‘rilgan qismi jigar orqali “birinchi o‘tish samarasi” oqibatida jadal biotransformasiyaga duchor bo‘ladi, buning natijasida peroral yuborilganidan keyin preparatning biokiraolishligi taxminan 1,5% ni tashkil qiladi. Shunday qilib, ingalyasion yuborilganda yutib yuborilgan preparat, deyarli faol moddaning qon plazmasidagi konsentrasiyasiga ta‘sir qilmaydi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga 60-120 minut davomida erishiladi. Taqsimlanishi Fenoterol turli a‘zolar va to‘qimalarga taqsimlanadi. Vena ichiga yuborilganidan keyin stasionar holatidagi taqsimlanish xajmi (Vss) 1,9-2,7 l/kg ni tashkil qiladi. Vena ichiga yuborilganidan keyin qon plazmasida fenoterolning taqsimlanishi yarim chiqarilish davrlari tά=0,42 minut, tβ=14,3 minut va tγ=3,2 soat bilan uchfazali modelga muvofiq yuz beradi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 40-55% ni tashkil qiladi. Biotransformasiyasi Fenoterol odamda glyukuronidlar va sulfatlargacha kon‘yugasiyasi yo‘li bilan jadal metabolizmga duchor bo‘ladi. Fenoterol peroral yuborilganidan keyin asosan sulfatizasiya yo‘li bilan metabolizmga uchradi. Dastlabki moddaning metabolik faolsizlanishi ichak devoridayoq boshlanadi. Chiqarilishi Biotransformasiyasi, shu jumladan safro bilan chiqarilishi, vena ichiga yuborilganidan keyin, minutiga 1,1-1,8 l ga teng o‘rtacha umumiy klirensining asosiy qismini (taxminan 85%) tashkil qiladi. Fenoterolni siydik bilan chiqarilishi (minutiga 0,27 l), tizimli kirgan dozaning o‘rtacha umumiy klirensidan taxminan 15% ga to‘g‘ri keladi. Dori vositasini qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadigan ulushini e‘tiborga olib, buyrak klirensini hajmi glomerulyar filtrasiyaga qo‘shimcha fenoterolning tubulyar sekresiyasi mavjudligidan dalolat beradi. Peroral va vena ichiga yuborilganidan keyin 48 soat davomida siydik bilan chiqarilgan umumiy radiofaollik muvofiq ravishda dozaning taxminan 39% va 65% ni tashkil qiladi, axlat bilan chiqarilgan radiofaollik esa muvofiq ravishda dozaning 40,2% va 14,8% ni tashkil qiladi. Peroral yuborilganidan keyin dozaning 0,38% siydik bilan dastlabki substansiya ko‘rinishida chiqariladi, shu vaqtning o‘zida vena ichiga yuborilganidan keyin 15% o‘zgarmagan xolda chiqariladi. Dozalangan aerozol yordamida ingalyasion yuborilganidan keyin o‘zgarmagan ko‘rinishda buyraklar orqali dozaning 2% 24 soat davomida chiqariladi. Fenoterol metabolizmga uchramagan holatida yo‘ldosh orqali o‘tishga qodir. Homilada simpatomimetik samaralarining ko‘rinishlari kuzatilishi mumkin. Davomli infuziyadan keyin homila qonidagi fenoterolning aniqlangan darajasi ona qonidagi fenoterolning konsentrasiyasining 50% gachasini tashkil qilgan. Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda fenoterolni chiqarilishi, kattalarda chiqarilishi bilan solishtirganda, ahamiyatli darajada sekinroq bo‘lgan. Fenoterol ko‘krak sutiga o‘tadi. Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda fenoterolni moddalar almashinuviga ta‘siri xaqida yetarli miqdorda ma‘lumotlar yo‘q. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 20 oylikkacha bo‘lgan bolalarda samara yetarlicha ifodalanmagan bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligi mumkin. Qo‘llanilishi Astmaning o‘tkir xurujlarini simptomatik davolash. Jismoniy kuchlanishli bronxial astmada xurujlarni oldini olish. Allergik va noallergik bronxial astma va/yoki nafas yo‘llarining qaytuvchan obstruksiyasi bilan birga kechuvchi boshqa kasalliklarni, masalan, o‘pka emfizemasi yoki usiz surunkali obstruktiv bronxitni simptomatik davolashda qo‘llanadi. Davomli davolash muvofiq yallig‘lanishga qarshi davolash bilan birga kechishi kerak.   Qo‘llash usuli va dozalari Dozalash kasallik va uning og‘irligiga bog‘liq. Agar boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalar uchun quyidagi dozalash tartibi tavsiya etiladi: Xansirash xuruji bilan bronxlar silliq mushaklarining to‘satdan paydo bo‘lgan spazmini barqaror etish uchun, bir dozani (100 mkg fenoterol gidrobromidi) ingalyasiya qilish tavsiya etiladi. Odatda, bronxlarning o‘tkazuvchanligini ahamiyatli oshishini ta‘minlash uchun bir ingalyasion doza yetarli bo‘ladi. Birinchi dozadan keyin 5 minut davomida ahamiyatli yaxshilanish bo‘lmaganida, ikkinchi ingalyasion dozani qo‘llash mumkin. Xansirashning og‘ir xuruji va ikkinchi ingalyasion dozaning samarasizligi, qo‘shimcha dozalarni qo‘llash kerakligini bildirishi mumkin. Bunday hollarda pasient darhol tibbiy yordamga murojaat qilishi kerak. Davomli davolashning zarurati bo‘lganda BEROTEK N ning tavsiya etiladigan dozasi kuniga 3-4 marta 1-2 ingalyasion dozani tashkil qiladi. Xar bir yuborish vaqti va dozani xansirashning tez-tezligi va og‘irligiga muvofiq tanlash afzal hisoblanadi (simptomatik davolash). Bunday davolash davomli yallig‘lanishga qarshi davolash bilan, ayniqsa bronxial astmada, birga kechishi kerak. Ingalyasiyalar orasidagi interval 3 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Sutkalik doza 8 ingalyasion dozalardan, maksimal bir martalik doza – 4 ingalyasion dozalardan oshmasligi kerak, chunki yuqoriroq dozalari, odatda, qo‘shimcha terapevtik samara ko‘rsatmaydi, lekin potensial jiddiy nojo‘ya samaralar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Maqsadga yo‘naltirilgan jismoniy kuchlanishli bronxial astma xurujining oldini olish uchun yoki allergen bilan kutilgan kontakda, taxmin qilingan jismoniy yuklama/allergen bilan kontaktdan 10-15 minut oldin BEROTEK N ning 1-2 ingalyasion dozasi tavsiya etiladi. Agar boshqacha buyurilmagan bo‘lsa, 4-6 yoshli bolalar uchun quyidagi dozalash tartibi tavsiya etiladi: Hansirash xuruji bilan bronxlar silliq mushaklarining to‘satdan paydo bo‘lgan spazmini barqaror etish uchun, bir ingalayasion doza (100 mkg fenoterol gidrobromidi) tavsiya etiladi Davomli davolashning zarurati bo‘lganda BEROTEK N ning tavsiya etiladigan dozasi kuniga 4 marta 1 ingalyasion doza (100 mkg fenoterol gidrobromidi) ni tashkil qiladi. Har bir yuborish vaqti va dozani hansirashning tez-tezligi va og‘irligiga muvofiq tanlash afzal xisoblanadi (simptomatik davolash). Bunday davolash davomli yallig‘lanishga qarshi davolash bilan, ayniqsa bronxial astmada, birga kechishi kerak. Ingalyasiyalar orasidagi interval 3 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Sutkalik doza 4 ingalyasion dozalardan, maksimal bir martalik doza – 2 ingalyasion dozalardan oshmasligi kerak, chunki yuqoriroq dozalari, odatda, qo‘shimcha terapevtik samara ko‘rsatmaydi, lekin potensial jiddiy nojo‘ya samaralar rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Maqsadga yo‘naltirilgan jismoniy kuchlanishli bronxial astma xurujining oldini olish uchun yoki allergen bilan kutilgan kontaktda, taxmin qilingan jismoniy yuklama/allergen bilan kontaktdan 10-15 minut oldin BEROTEK N ning 1 ingalyasion dozasi tavsiya etiladi. Bu dori shakli 4 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Bronxial astmani davolash kasallikning og‘irlik darajasiga muvofiq kelishi kerak. O‘tkazilayotgan davolashning adekvatligi muntazam tibbiy tekshirishlarning natijalari bilan tasdiqlanishi kerak. Beta2-simpatomimetiklarning, shu jumladan BEROTEK N ni ham tavsiya etilgan dozasini shifokorning maslaxatisiz mustaqil oshirish,  pasient uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Kasallikning kechishini, shuningdek buyurilgan bronxodilatasiya qiluvchi va yallig‘lanishga qarshi davolashning adekvatligini tibbiy baxolash uchun, shifokorning yo‘riqnomalariga muvofiq xar kungi mustaqil nazorat juda muxim. Uni, masalan, pikfluometr yordamida nafas faoliyatini aniqlab amalga oshirish mumkin. Qo‘llash usuli Preparatni noto‘g‘ri ishlatishdan saqlanish uchun, papsientni ingalyatorni to‘g‘ri ishlatishga o‘rgatish kerak. Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga muvofiq ishlating! Muvaffaqiyatli davolash uchun dozalangan aerozollarning moslamalari bilan to‘g‘ri muomala qilish juda muhim. Ingalyasiyada ballonchadagi ko‘rsatkich, ingalyasiya qilinayotgan pasientning tanasini holatidan qat‘iy nazar yuqoriga, mundshtuk esa – pastga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Preparatni o‘tirgan yoki turgan holatda qo‘llash tavsiya etiladi. Birinchi qo‘llash oldidan ballonchaning tubiga ikki marta bosing. Har bir bosishda quyidagilarni bajarish kerak: Himoya qalpoqchani yechib oling (1-rasm) 1-rasm Chuqur nafas oling. Ballonchani 2-rasmda ko‘rsatilganidek tutib turib, mundshtukni lablar bilan zich o‘rab oling. Ballonchaning tubi yuqoriga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. 2-rasm Sekin chuqur nafas oling va bir vaqtda ballonchaning tubiga kuchli bosing, bunda bir doza preparat ajralib chiqadi. Nafas bir necha sekund tutib turiladi, so‘ngra mundshtuk og‘izdan chiqariladi va sekin nafas chiqariladi. Agar yaqqol nafas yetishmovchiligi oqibatida chuqur nafas olishning imkoniyati bo‘lmasa, nafasni yengillashtirish va keyinchalik preparatni to‘g‘ri qo‘llash mumkinligi maqsadida, birinchi marta 1 doza aerozolni og‘iz bo‘shlig‘iga purkash mumkin. Agar ikkinchi ingalyasiya talab qilinsa 2-4 harakatlarni takrorlang. Ishlatgandan keyin himoya qalpoqchani kiygizish kerak. BEROTEK N ni aerozolli kortikosteroidlar, tuzli eritmalar va kromoglisil kislotasining dinatriyli tuzi bilan davolashga tayyorlash (“o‘pkalarni ochish”) va tutib turish uchun oldindan qo‘llash kerak. Davolash davomiyligi kasallikning turi, og‘irligi va kechishiga bog‘liq va shifokor tomonidan xar bir xolda individual ravishda buyurilishi kerak. Agar balloncha 3 kundan ko‘proq ishlatilmasa, navbatdagi qo‘llash oldidan ballonchaning tubiga bir marta bosish kerak. Balloncha tiniq emas, shuning uchun qachon u bo‘shashini ko‘rish mumkin emas. Balloncha 200 ingalyasiyalarga mo‘ljallangan. Xatto barcha dozalar ishlatilgadan keyin ham, ballonchada ozgina suyuqlik bo‘lishi mumkin. Lekin, ingalyator almashtirilishi kerak, chunki bunday vaziyatda Siz nafas olishda preparatning kerakli miqdorini olmasligingiz mumkin. Ballonchada qolgan preparatning taxminiy miqdorini quyidagi tarzda tekshirish mumkin: balloncha mundshtukdan chiqarib olinadi va uni suvli idishga joylashtiriladi. Preparatning miqdori ballonchaning suvda joylashishiga qarab aniqlanadi. 3-rasm. Mundshtukni kamida haftada bir marta tozalash kerak. Mundshtukni, unda dori vositasi to‘planmasligi va aerozolni bloklamasligi uchun toza bo‘lishi juda muhim. Tozalash uchun oldin himoya qalpoqchani yechib olish, mundshtukni ballonchadan ajratish va mundshtukni iliq suv bilan dori vositasi va/yoki ifloslarni ko‘rinuvchan qoldiqlari qolmaguncha yuvish kerak. 4-rasm Tozalangandan keyin silkitib mundshtukdan suvni tushiring va uni isituvchi moslamalarni ishlatmasdan quriting. Quritilgandan keyin mundshtuk ballonchaga kiritiladi va himoya qalpoqchasi kiygiziladi. 5-rasm Mundshtuk BEROTEK N ni ishlatish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Mundshtukni boshqa aerozollar bilan ishlatmang. BEROTEK N ni faqat to‘plangan kiruvchi mundshtuk bilan qo‘llang. Bosim ostida bo‘lgan ballonchani, kuch ishlatib ochish mumkin emas. Nojo‘ya ta‘sirlari Barcha dori vositalari kabi, BEROTEK N xam nojo‘ya ta‘sirlar chaqirishi mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlarning paydo bo‘lish tez-tezligi quyida ko‘rsatilgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas (≥1/1000 dan ˂1/100 gacha); kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (˂1/10000); noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha baxolash mumkin emas). Immun tizimi tomonidan buzilishlar Noma‘lum: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (masalan, qichishish, toshma, purpura, trombositopeniya, yuzni shishi). Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: gipokaliemiya (shu jumladan og‘ir gipokaliemiya); kam hollarda: giperglikemiya. Yaqqol gipokaliemiyani rivojlanish xavfi og‘ir bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda ksantin hosilalari (masalan, teofillin), kortikosteroidlar va/yoki diuretiklar bilan bir vaqtda qabul qilganda oshadi. Bundan tashqari, gipoksiya gipokaliemiyaning aritmogen ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Bunday holda qon zardobida kaliyning darajasining nazoratini o‘tkazish kerak. Shuningdek qonda insulin, erkin yog‘ kislotalari, gliserol va keton tanalarining darajasini oshishi ham kuzatilgan. Ruhiyatni buzilishi Tez-tez emas: ruhiy o‘zgarishlar, qo‘zg‘alish; noma‘lum: asabiylik. Ruhiy o‘zgarishlar yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, hatti-harakatdagi o‘ta yuqori reaktivlik, uyquning buzilishi, shuningdek gallyusinasiyalar ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. Bu nojo‘ya samaralari asosan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda kuzatilgan. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar Tez-tez: tremor, bosh aylanishi; noma‘lum: bosh og‘rig‘i. Yurak tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: aritmiya, stenokardiya, qorinchali ekstrasistoliya; noma‘lum: taxikardiya, yurak urib ketishi, miokard ishemiyasi. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar Tez-tez: yo‘tal; tez-tez emas: parodoksal  bronxospazm; noma‘lum: maxalliy ta‘sirlanish. Parodoksal bronxospazm paydo bo‘lganida darhol preparatni yuborishni to‘xtatish kerak. Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Tez-tez: ko‘ngil aynishi; tez-tez emas: qusish, jig‘ildon qaynashi. Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan Tez-tez: terlash; tez-tez emas: qichishish; noma‘lum: eshakemi, teri reaksiyalari, masalan, toshma. Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: mushak spazmlari; noma‘lum: mushak kuchsizligi, mialgiya. Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Tez-tez emas: siyishni buzilishi. Boshqalar Tez-tez emas: arterial bosimini pasayishi yoki oshishi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Fenoterol gidrobromidiga yoki preparatning boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik. Obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiya. Taxiaritmiyalarda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Boshqa beta2-adrenomimetiklar, metilksantinlar (masalan, teofillin), antixolinergik vositalar va kortikosteroidlar bir vaqtda qabul qilinganida, BEROTEK N ning ta‘siri kuchayishi mumkin. BEROTEK N beta2-adrenomimetiklar, metilksantinlar (masalan, teofillin) yoki tizimli ta‘sirga ega bo‘lgan antixolinergik vositalar (masalan, pirenzepin saqlovchi preparatlar) bilan bir vaqtda qabul qilinganida, yaqqol nojo‘ya samaralari (masalan, taxikardiya, aritmiya) paydo bo‘lishi mumin. Beta2-agonistlarni qabul qilish qo‘zg‘atgan gipokaliemiya, ksantin hosilalari, kortikosteroidlar va diuretiklarni bir vaqtda qo‘llash bilan kuchaytirilishi mumkin. Buni ayniqsa nafas yo‘llarining og‘ir obstruksiyasi bo‘lgan pasientlarda xisobga olish kerak. Elektrolitlarning darajasini nazorat qilish lozim. Elektrolitlarni nazorat qilish ayniqsa diuretiklar yoki yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida muxim xisoblanadi. BEROTEK N va beta-adrenoblokatorlarni bir vaqtda qo‘llash ikkala preparatlarning ta‘sirini pasayishiga olib keladi, bunda bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarni beta-adrenoblokatorlarni qabul qilishi og‘ir bronxospazm rivojlanishi xavfini oshiradi. BEROTEK N qabul qilganda diabetga qarshi vositalarning gipoglikemik ta‘sirini kamayishi mumkin. Lekin, odatda, bu samara yuborishning tizimli yo‘llarini (tabletkalar yoki in‘eksiyalar/infuziyalar ko‘rinishida) ishlatish bilan BEROTEK N ning yuqori dozalari qo‘llanganida paydo bo‘ladi. Galotan, metoksifluran yoki enfluran kabi galogen saqlovchi anestetiklar ishlatilganida, BEROTEK N qabul qilayotgan pasientlarda yurak ritmining jiddiy buzilishlari rivojlanishining  va arterial bosimning pasayishi xavfining oshishi mumkin. Agar galogen saqlovchi anestetiklarni ishlatish bilan anesteziyani o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lsa, iloji boricha, narkoz yuborishni boshlashdan 6 soat oldin fenoterol qabul qilishni to‘xtatish kerak. Maxsus ko‘rsatmalar BEROTEK N quyidagi hollarda faqat foyda-xavf nisbati sinchiklab baholanganidan keyin qo‘llanishi mumkin: yurakning og‘ir kasalliklarida, ayniqsa yaqindagi miokard infarktida va yurak ishemik kasalligida; pasient yurak glikozidlarini qabul qilganda; og‘ir va nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziyada; anevrizmalarda; gipertireozda; dekompensasiyalangan qandli diabetda; feoxromositoma. Bu baxolash ayniqsa tavsiya etiladigan eng yuqori dozalar buyurilganida zarur. Parodoksal bronxospazm Boshqa ingalyasion dori vositalari kabi, BEROTEK N paradoksal bronxospazmga olib kelishi mumkin, u xayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Paradoksal bronxospazm rivojlanganida BEROTEK N darxol bekor qilinishi va muqobil davolash buyurilishi kerak. Kardiovaskulyar samaralar Simpatomimetik vositalarni, shu jumladan BEROTEK N ni qo‘llashda, yurak-qon tomir tizimi tomonidan samaralar paydo bo‘lishi mumkin. Chop etilgan adabiyotlarda va qo‘llashning postmarketing  ma‘lumotlarida, beta-agonistlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan miokard ishemiyasi rivojlanishini kam hollari ta‘riflangan. BEROTEK N qabul qilayotgan yurakning og‘ir surunkali kasalliklari (masalan, yurak ishemik kasalligi, aritmiyasi yoki yaqqol yurak yetishmovchiligi) bo‘lgan pasientlar, ko‘krak qafasida og‘riq sindromi yoki yurak kasalligining zo‘rayishini boshqa simptomlari paydo bo‘lganda shifokor bilan maslaxatlashishlari kerakligi xaqida ogoxlantirilgan bo‘lishlari kerak. Xansirash va ko‘krak qafasida og‘riq kabi simptomlarga alohida e‘tibor berish kerak, chunki ular respirator ham, kardial etiologiyali ham bo‘lishlari mumkin. Gipokaliemiya Beta2-agonistlar bilan davolash potensial og‘ir gipokaliemiya rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Beta2-agonistlar bilan induksiya qilingan gipokaliemiya ksantin hosilalari, yoki glyukokortikoidlar, yoki diuretiklar bir vaqtda  qo‘llanganida kuchayishi mumkin. Og‘ir bronxial astmasi bo‘lgan pasientlarda buni ayniqsa xisobga olish kerak. Bundan tashqari, gipokaliemiyaning aritmogen samaralarini gipoksiya kuchaytirishi mumkin. Gipokaliemiya digoksinning aritmogen potensialini oshishini chaqirishi mumkin. Qon zardobida kaliyning darajasini monitoringini o‘tkazish tavsiya etiladi. O‘tkir rivojlanib boruvchi xansirash O‘tkir, tez rivojlanib boruvchi xansirash hollarida darxol shifokor bilan maslaxatlashish kerak. Muntazam qo‘llashdagi maxsus ko‘rsatmalar BEROTEK N kabi beta2-agonistlarga ehtiyojni oshishi, holatning yomonlashishining belgisi xisoblanadi. Bu vaziyatda yallig‘lanishga qarshi davolashni boshlash yoki kuchaytirish, yoki qo‘shimcha dori vositalarini buyurish xaqidagi masalani ko‘rish birdan pasientni davolash dasturini qayta ko‘rish uchun shifokorga murojaat qilish kerak. Dori vositasini tavsiya etilgandan ahamiyatli yuqori dozalarda qabul qilish, xavfli qilishi mumkin. Ingalyasion beta2-agonistlarni yuqori yoki tavsiya etilgandan yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llash va noadekvat yallig‘lanishga qarshi davolashda bronxial astmaning og‘ir asoratlari xavfini oshishi, shu jumladan o‘lim bilan yakunlangan, xaqida ko‘plab xabarlar qayd etilgan. Sabablarini aniqlash kerak bo‘ladi. Lekin noadekvat yallig‘lanishga qarshi davolash, ehtimol, xal qiluvchi rol o‘ynaydi. Simpatomimetiklar yoki antixolinergik bronxodilatatorlar bilan birga qo‘llash Boshqa adrenergik bronxodilatatorlar bilan birga qo‘llash faqat sinchikov tibbiy kuzatuv xolidagina mumkin. BEROTEK N ni antixolinergik bronxodilatatorlar bilan birga qo‘llash mumkin Bolalar bu dori vositasini faqat kattalarning kuzatuvi ostida va shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llashlari kerak. Yuqori dozalarda qabul qilinganida qonda glyukozaning darajasini oshishi mumkinligi tufayli, qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda qondagi glyukozaning darajasini muntazam nazorat qilish kerak. Buyrak va jigar yetishmovchiligida fenoterolning farmakokinetikasi bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli, bu preparatni bunday pasientlarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. 99% li etanol saqlaydi (spirt; 1 dozada 100 mg dan kam). BEROTEK N ni qo‘llash doping-nazoratni ijobiy natijalariga olib kelishi mumkin. Homiladorlik va emizish davri Homiladorlik Fenoterol yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Hayvonlardagi tadqiqotlarda embrionga salbiy ta‘siri aniqlanmaganligiga qaramasdan, homiladorlikda fenoterolni ingalyasion qo‘llash, ayniqsa birinchi uch oyi davomida, va emizish davrida faqat xavf va foyda nisbati sinchiklab baholanganidan keyingina mumkin. Preparatni ingalyasion yuborish usulida tokolitik ta‘sirini ehtimoli kam, lekin butunlay istisno qilinishi mumkin emas. Emizish davri Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga fenoterolning noxush ta‘sir ko‘rsatishi noma‘lum. Fenoterolni ko‘krak sutiga o‘tishi tufayli, emizish davrida preparatni faqat xavf va foyda nisbati sinchiklab baholanganidan keyingina qo‘llash tavsiya etiladi. Fertillik Fenoterolni fertillikka ta‘siri bo‘yicha klinik ma‘lumotlar yo‘q. Fenoterol uchun o‘tkazilgan klinika oldi tadqiqotlarda, fertillikka noxush ta‘siri aniqlanmagan. Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Dori vositasini avtomobil va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirining tadqiqotlari o‘tkazilmagan. Lekin pasientlarni BEROTEK N preparati bilan davolashda bosh aylanishi kabi nojo‘ya samarasi xaqida xabar berilganligi, u transportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkinligi xaqida xabardor qilish kerak. Pasientlarda yuqorida ko‘rsatilgan nojo‘ya ta‘siri paydo bo‘lganida, ular avtomobil va mexanizmlarni boshqarish kabi potensial xavfli faoliyat turlaridan saqlanishlari kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari Dozani oshirib yuborilishining darajasiga qarab, beta2-adrenomimetiklar uchun tipik bo‘lgan quyidagi nojo‘ya samaralari paydo bo‘lishi mumkin: yuzga qonni oqib kelishi hissi, xushdan ketish oldi holatini xis qilish, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, yurak urishini hissi, aritmiya, xatto shokkacha bo‘lgan arterial gipotenziya, arterial bosimni oshishi, bezovtalik, ko‘krak qafasida og‘riq, qo‘zg‘alish, ekstrasistolalar va yaqqol tremor paydo bo‘lishi mumkin, ayniqsa barmoqlarda, lekin butun tanada ham bo‘lishi mumkin. Giperglikemiya, giperlipidemiya va giperketonemiya rivojlanishi mumkin. Fenoterol qo‘llash ko‘rsatmalariga muvofiq tavsiya etilgandan yuqori dozalarda qo‘llanganda metabolik asidoz rivojlanishining hollari qayd etilgan. Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan mumkin bo‘lgan ko‘rinishlar ko‘ngil aynishi va qusishni o‘z ichiga oladi, ayniqsa peroral doza oshirib yuborilganida. Davolash BEROTEK N bilan davolash to‘xtatilishi kerak. Kislota-ishqor muvozanatini monitoringini o‘tkazish kerak. Beta-simpatomimetiklar dozasini oshirib yuborilishini davolash asosan simptomatik. Fenoterolning antidoti sifatida beta-adrenoblokatorlarni ishlatish mumkin; lekin og‘ir bronxospazm rivojlanishi xavfini xisobga olish kerak, bu preparatning dozasini sinchiklab tanlashni talab qiladi. Bu shuningdek kardioselektiv beta-adrenoblokatorlarga ham taalluqlidir. Yurak faoliyatini EKG-monitoring tavsiya etiladi. Chiqarilish shakli 10 ml dan dozalovchi klapanli zanglamas po‘lat ballonchalarda. Xar bir balloncha qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi. Saqlash sharoiti Bevosita quyosh nurlaridan himoyalangan joyda, 25oS dan past haroratda saqlansin. Yuqori harorat ta‘siriga duchor qilinmasin va muzlatilmasin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Shifokor resepti bo‘yicha beriladi. Ulashish:

Аналоги лекарств

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?