ADJISEPT PLYUS pastilkalar so vkusom mentola i evkalipta N100
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Tomoq hastaliklariga qarshi dorilar
Страна производитель:
Hindiston
Активное вещество:
Amilmetakrezol, 2,4 dixlorbenziloviy spirt
Производитель:
Agio Pharmaceuticals Ltd
Количество в упаковке:
100
Код ATX:
R02AA20
Инструкция ADJISEPT PLYUS pastilkalar so vkusom mentola i evkalipta N100
Qadoqda soni
100
Dozani oshirib yuborilishi
Дозанинг ошириб юборилиши хақида хабарлар йўқ
Umumiy ma'lumot
ADJISEPT PLYUS pastilkalar so vkusom mentola i evkalipta N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA Adjisept AGISEPT Preparatning savdo nomi: Adjisept Dori shakli: shimish uchun klassik; asal va limonli, mentol va evkaliptli pastilkalar Tarkibi: Har bil pastilka quyidagilarni saqlaydi Klassik pastilkalar: faol moddalar: 2,4-dixlorbenzil spirti – 1,20 mg, amilmetakrezol – 0,60 mg; yordamchi moddalar: qand, suyuq glyukoza, suvsiz limon kislotasi, mentol, Ponso 4R bo‘yovchisi, Karmoizin bo‘yovchisi, anis moyi, qalampir yalpizi moyi, tozalangan suv. Asal va limonli pastilkalar: faol moddalar: 2,4-dixlorbenzil spirti – 1,20 mg, amilmetakrezol – 0,60 mg; yordamchi moddalar: qand, suyuq glyukoza, suvsiz limon kislotasi, mentol, karamel, asal ta‘mli qo‘shimcha, limon moyi, tozalangan suv. Mentol va evkaliptli pastilkalar: faol moddalar: 2,4-dixlorbenzil spirti – 1,20 mg, amilmetakrezol – 0,60 mg; yordamchi moddalar: qand, suyuq glyukoza, suvsiz limon kislotasi, mentol, indigokarmin, evkalipt moyi, tozalangan suv. Ta‘rifi: Klassik shimish uchun pastilkalar: Dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, qizg‘ish-qizil rangli anis va yalpiz hidli pastilkalar; bir xil bo‘yalmaslikka, karamel massasida havo pufakchalari borligiga sezilarsiz darajada chetlari notekisligiga yo‘l qo‘yiladi. Asal va limonli pastilkalar: Dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, och sariq rangli, limon hidli pastilkalar; bir xil bo‘yalmaslikka, karamel massasida havo pufakchalari borligiga, sezilarsiz darajada chetlari notekisligiga yo‘l qo‘yiladi. Mentol va evkaliptli pastilkalar: Dumaloq, ikkiyoqlama qavariq, moviy rangli, mentol va evkalipt hidli pastilkalar; bir xil bo‘yalmaslikka, karamel massasida havo pufakchalari borligiga, sezilarsiz darajada chetlari notekisligiga yo‘l qo‘yiladi. Farmakoterapevtik guruhi: antiseptiklar. ATX kodi: R02AA20 Farmakologik xususiyatlari Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumda mahalliy qo‘llash uchun majmuaviy antiseptik preparat. Mikroblarga qarshi ta‘sirga ega. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga nisbatan faol. Tabiiy dorivor qo‘shimcha og‘iz va xalqum shilliq qavatlarida yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Tizimli so‘rilishi pastligi sababli, Adjisept preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar mavjud emas. Qo‘llanilishi Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumning infeksion-yallig‘lanish kasalliklarida qo‘llaniladi. Qo‘llash usuli va dozalari Kattalarga 1 pastilkadan har 2 soatda buyuriladi. Maksimal sutkalik doza – 8 pastilka. 5 yoshdan katta bolalarga 1 pastilkadan har 4 soatda buyuriladi. Pastilkalar to‘liq erib ketgunicha shimiladi. Nojo‘ya ta‘sirlari Ko‘rsatmalar bo‘yicha tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida preparatning nojo‘ya ta‘sirlari aniqlanmagan. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Adjisept preparatini boshqa guruh dori preparatlari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Maxsus ko‘rsatmalar Adjisept preparati qandli diabeti bo‘lgan bemorlar tomonidan qabul qilinganda, har bir pastilka 1,56 g qand saqlashini hisobga olish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin Chiqarilish shakli 6 pastilkadan stripda; 2 yoki 4 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: