ORGIL tabletkalari 500mg N10
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Ginekologik
Страна производитель:
Hindiston
Активное вещество:
Ornidazol
Производитель:
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Количество в упаковке:
10
Код ATX:
G01AF06
Инструкция ORGIL tabletkalari 500mg N10
Qadoqda soni
10
Umumiy ma'lumot
ORGIL tabletkalari 500mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA ORGIL® ORGYL® Preparatning savdo nomi: Orgil® Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ornidazol (ornidazole) Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tarkibi: 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 500 mg ornidazol; yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, kraxmal, natriy kroskarmeloza, magniy stearati, to‘q sariq bo‘yovchi. Ta‘rifi: to‘q sariq rangli qobiq bilan qoplangan dumaloq tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi. Tizimli qo‘llash uchun mikroblarga qarshi vositalar. Nitroimidazol hosilalari. ATX kodi: G01A. Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Orgil Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia (Giardia intestinalis) ga, shuningdek Gardnerella vaginalis, Bacteroides va Clostridium spp., Fusobacterium kabi ayrim anaerob bakteriyalar va anaerob kokklarga nisbatan samarali. Farmakokinetikasi So‘rilishi. Peroral qabul qilingandan so‘ng ornidazol tez so‘riladi. So‘rilishi o‘rtacha 90% ni tashkil etadi. Plazmadagi maksimal konsentrasiyalariga 3 soat davomida erishiladi. Taqsimlanishi. Ornidazolning oqsillar bilan bog‘lanishi taxminan 13%. Orgilning faol moddasi orqa miya suyuqligiga, organizmning boshqa suyuqliklariga va to‘qimalarga yaxshi o‘tadi. Ornidazolning plazmadagi konsentrasiyasi preparatni qo‘llanishi bo‘yicha turli ko‘rsatmalar uchun optimal diapazonda bo‘ladi (6-36 mg/l). Sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan har 12 soatda 500 mg yoki 1000 mg dozada ko‘p marta qabul qilinganidan keyin kumulyasiya koeffisienti 1,5-2,5 ni tashkil etadi. Metabolizmi. Ornidazol jigarda asosan 2-gidroksimetil va a-gidroksimetil metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Ikkala metabolitining ham o‘zgarmagan ornidazolga qaraganda Trichomonas vaginalis va anaerob bakteriyalarga nisbatan faolligi kamroq. Chiqarilishi. Yarim chiqarilish davri taxminan 13 soat. Bir marta qabul qilingandan so‘ng, ornidazol dozasining 85% birinchi 5 kunlar davomida, asosan metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 4% o‘zgarmagan holda buyraklar orqali chiqariladi. Qo‘llanilishi Trixomoniaz (Trichomonas vaginalis chaqirgan ayollar va erkaklarning siydik chiqarish yo‘llaridagi infeksiyalar); amyobiaz (Entamoeba histolytica chaqirgan barcha ichak infeksiyalari, shu jumladan amyob dizenteriya, amyobiazning barcha ichakdan tashqari shakllari, ayniqsa, jigarning amyob abssessi); lyamblioz, chambar ichak va ginekologiyadagi operativ aralashuvlardagi anaerob bakteriyalar chaqirgan infeksiyalarni oldini olish. Qo‘llash usuli va dozalari Orgil tabletkalari doimo ovqatdan so‘ng qabul qilinadi. Trixomoniaz. 1 tabletkadan sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) 5 kun davomida. Takroriy yuqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, barcha holatlarda jinsiy sherik xuddi shu davolash kursini olishi kerak. Tana vazni 20 kg dan ortiq 5 yoshdan oshgan bolalar uchun sutkalik doza har kg tana vazniga 25 mg/kg ni tashkil etadi (lekin sutkada 1 g dan ko‘p emas) va bir qabulga buyuriladi. Amyobiaz. Mumkin bo‘lgan davolash sxemasi: amyob dizenteriyasi bo‘lgan bemorlarni uch kunlik davolash kursi va amyobiazning barcha ko‘rinishlarida 5-10 kunlik davolash kursi. Davolashning davomiyligi Sutkalik doza Tana vazni 35 kg dan ortiq bo‘lgan kattalar va bolalar Tana vazni 35 kg gacha bo‘lgan bolalar a) ameb dizenteriya 3 kun bir qabulga 3 tabletka kechqurun; tana vazni 60 kg dan ortiq bo‘lsa: 4 tabletka (2 tabletkadan ertalab va kechqurun) 35 kg – bir qabulga 3 tabletka 25 kg – bir qabulga 2 tabletka 15 kg – bir qabulga 1 tabletka (bir qabulga tana vaznining har kg ga 40 mg dan hisoblanadi) b) amebiaz-ning boshqa shakllari 5-10 kun 2 tabletka (1 tabletkadan ertalab va kechqurun) 35 kg – bir qabulga 2 tabletka 25 kg – bir qabulga 1 tabletka 15 kg – bir qabulga 1/2 tabletka (bir qabulga tana vaznining har kg ga 25 mg dan hisoblanadi) Lyamblioz. Kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga bir marta kechqurun 3 tabletka buyuriladi, tana vazni 35 kg dan kam bo‘lgan bolalarga –tana vaznining har kg ga sutkada 40 mg doza bir marta qabul uchun buyuriladi. Davolashning davomiyligi 1-2 kunni tashkil etadi. Anaerob bakteriyalar chaqirgan infeksiyalarni oldini olish: Operasiyadan oldin preparatning 1-2 tabletkasi buyuriladi, operasiyadan keyin – 3-5 kun davomida 1 tabletkadan sutkada 2 marta. Nojo‘ya ta‘sirlari Kuchsiz namoyon bo‘ladigan uyquchanlik, bosh og‘rig‘i va me‘da-ichak buzilishlari (ko‘ngil aynashi). Alohida hollarda – markaziy nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, qaltirash, koordinasiyani buzilishi, tirishishlar, charchoqlik, xushni vaqtinchalik yo‘qotish, sensor yoki aralash periferik neyropatiya belgilari kabi buzilishlar. Ta‘m sezishni buzilishi, jigar funksional sinamalarini o‘zgarishi, teri reaksiyalari va o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kabi holatlar kuzatilgan. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Orgil®ni markaziy nerv tizimining kasalliklari, tutqanog‘i bo‘lgan pasientlarda, homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Ornidazol kumarin qatori peroral antikoagulyantlarning ta‘sirini potensiyalaydi, bu ularning dozasini mos ravishda to‘g‘rilashni talab etadi. Ornidazol vekuroniy bromidining mushaklarni bo‘shashtiruvchi ta‘sirini uzaytiradi. Maxsus ko‘rsatmalar Trixomoniazni davolashda ikkala sherikni ham bir vaqtda davolash lozim. Homiladorlik va laktasiya Homiladorlarda nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun homiladorlik vaqtida preparatni ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potensial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina buyurish mumkin. Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish lozim. Avtomobilni boshqarish va texnik moslamalarni ishlatish qobiliyatiga ta‘siri Orgil® transport vositalarini boshqarish va murakkab mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir etmaydi, lekin nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lgan holda bunday faoliyatdan saqlanish kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: tirishishlar, depressiya, periferik nevrit. Davolash: simptomatik, spesifik antidoti noma‘lum. Chiqarilish shakli 10 tabletkadan blisterda, 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. 10 tabletkadan blisterda, 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Saqlash sharoiti Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-25oS haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish: