ALYUSIT suspenziya 100ml
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Oshqozon kasalliklari uchun dorilar
Страна производитель:
O'zbekiston
Активное вещество:
---
Производитель:
Remedy Group, СП ООО для Citco Chemicals Ltd
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
A02AX
Инструкция ALYUSIT suspenziya 100ml
Umumiy ma'lumot
ALYUSIT suspenziya 100ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YIICHA YO‘RIQNOMA ALYUSIT ALUCIT Preparatning savdo nomi: Alyusit Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Alyuminiy gidroksidi, magniy gidroksidi, simetikon. Dori shakli: Suspenziya Tarkibi: 5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: Alyuminiy gidroksidi quritilgan gel (alyuminiy gidroksidiga ekvivalent) – 405 mg, magniy gidroksidi – 100 mg, simetikon – 125 mg. Yordamchi moddalar: 70% sorbitol, mannitol, vodorod peroksidi, metilparaben, propilparaben, limon kislotasi, natriy saxarin, 95% etanol, qalampir yalpiz moyi, guaron qatroni, tozalangan suv. Ta‘rifi: Oq yoki deyarli oq rangli, o‘ziga xos yalpiz hidli suspenziya. Farmakoterapevtik guruhi: Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi vosita (antasidlar). ATX kodi: A02AX Farmakologik xususiyatlari Preparat faol moddalarni yaxshi muvozanatlangan majmuasidir. Alyuminiy gidroksidi – alyuminiy xloridini hosil qilib me‘dada xlorid kislotani ortiqchasini neytrallizasiya qiladi. Alyuminiy xloridi xlorid kislota ta‘siri ostida alyuminiyni ishqoriy tuzlariga aylanadi, ular qayta juda yomon so‘riladi, ammo me‘da-ichak yo‘llari orqali chiqariladi.Bunda qon zardobida alyuminiy ionlari deyarli o‘zgarmaydi. Magniy gidroksidi – shuningdek magniy xloridiga aylanib, me‘dada xlorid kislotasini neytrallizasiya qiladi. Ichakda bu tuz yomon so‘riladigan magniy karbonatini hosil qiladi va qonda magniy ionlarini konsentrasiyalarini ahamiyatli o‘zgartirmaydi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qon zardobida magniy va alyuminiy ionlari darajasi ularning chiqarilishini buzilishi natijasida toksik o‘lchamlargacha oshishi mumkin. Simetikon – butun me‘da- ichak yo‘llari bo‘yicha ta‘sir qiladi va inert birikma hisoblanadi. Karminativ ta‘sir (meteorizmni bartaraf qiladi) ko‘rsatadi. Bo‘linish fazasi chegarasida sirt tarangligini pasaytiradi bu havo pufakchalarini hosil bo‘lishini qiyinlashtiradi va ularni me‘da-ichak yo‘llarini shillig‘i va ichidagilarni parchalanishga yordam beradi. Simetikonni antasidlar bilan qo‘llanganda ularni o‘rab oluvchi samarasini kuchaytiradi va shu orqali shilliq qavatini agressiv omillar ta‘siridan himoya qiladi. U boshqa moddalarni so‘rilishga ta‘sir qilmaydi, to‘planmaydi va to‘planib qolishga imkon bermaydi, me‘da-ichak yo‘llarini rH va kimyoviy muhitini o‘zgartirmaydi va o‘zgarmagan holda chiqariladi. Preparat umuman, erkin xlorid kislotasiga nisbatan yuqori neytrallizasiya qiluvchi va me‘da-ichak yo‘llarini shilliq qavatiga nisbatan himoyalovchi xususiyatlar bilan ta‘minlanishga yordam beradi. Antasid, o‘rab oluvchi va so‘rib oluvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Xlorid kislotasini neytrallizasiya qilish hisobiga kislotalikni kamaytiradi, uni doimiy darajada ushlab turadi. Qo‘llanilishi me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini zo‘rayishlarini oldini olish (majmuaviy davolash tarkibida). o‘tkir gastrit, surunkali gastritni zo‘rayishi bosqichi; difragmaning qizilo‘ngach teshigini churrasi; reflyuks-ezofagit; duodenit; diskomfort, meteorizm, epigastriyada og‘riqlar, jig‘ildon qaynashi, noto‘g‘ri ovqatlanish paytida paydo bo‘ladigan nordon kekirish, alkogolni, qahvani, nikotinni haddan tashqari ko‘p iste‘mol qilishda qo‘llaniladi. Qo‘llash usuli va dozalari Ichga qabul qilish uchun suspenziya. Qo‘llashdan avval suspenziyali flakonni yaxshilab chayqating. Kattalarga 2 choy qoshiqda (10 ml) ovqatdan 30-40 minut oldin sutkada 4 marta (agar shifokor boshqacha ko‘rsatma bermagan bo‘lsa) qabul qilish kerak. Reflyuks- ezofagitda preparatni shuningdek 2 choy qoshikdan (10 ml) ovqatdan bir soat keyin qabul qilinadi. Epizodik qo‘llanganida (noto‘g‘ri ovqatlangandagi diskomfort) 2 choy qoshiqdan (10 ml) bir marta. Maksimal sutkalik doza 16 choy qoshiq (80 ml). 10 yoshdan katta bolalar uchun bir choy qoshiqdan (5 ml) sutkadan 2 marta ovqatdan 1 soat keyin (agar shifokor boshqacha ko‘rsatma bermagan bo‘lsa). Nojo‘ya ta‘sirlari Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: kam hollarda yuqori dozalarda qabul qilinganda ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki qabziyat, ta‘m bilishni o‘zgarishi. Moddalar almashinuvi tomonidan: preparat buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda yuqori dozalarda qabul qilinganda alyuminiyni buyraklar orqali chiqarilishini buzilishi va uni suyaklarda to‘planishini buzilishi bilan bog‘liq osteomalyasiya kuzatilishi mumkin, uzoq vaqt qo‘llanganda gipofosfotemiyani rivojlanishi mumkin bo‘lib, u og‘irroq shakllarda anoreksiyaga, mushak holsizligiga va osteomalyasiyaga olib kelishi mumkin. Boshqalar: artralgiyalar, Alsgeymer kasalligini zo‘rayishi (keksa odamlarda). Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar – preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; – buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari; – 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar; – homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Preparatni tetrasiklin qatori antibiotiklari, vitaminlar, digoksin, H2-gistamin reseptorlarining blokatorlari, temir tuzlari, siprofloksasin, fenotiazin, izoniozid, beta-adrenoblokatorlar, indometasin va ketokonazol biron bir vaqtda qo‘llanganda ularning terapevtik samarasini pasaytirish qobiliyatiga ega. Maxsus ko‘rsatmalar Preparatni jigar va markaziy nerv tizimi kasalliklariga, alkogolizm va tutqanoq bilan og‘rigan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Preparatni boshqa dori vositalari bilan birga qo‘llanganda qabullar o‘rtasida interval kamida 2 soatni tashkil qilishi kerak. Zarurat bo‘lganida preparat buyrak, jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarga va keksa yoshdagi pasietlarga o‘ta ehtiyotkorlik bilan va davolovchi shifokorni nazorati ostida buyuriladi. Preparatni uzoq qo‘llanganda qonda fosfor va magniy miqdorini nazorat qilish tavsiya qilinadi. Preparat pasientni psixofizik holatini o‘zgarishini chaqirmaydi, avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatini buzmaydi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: kalsiy, magniy, fosfor almashinuvini buzilish belgilari (holsizlik, suyaklarda og‘riq, terini qizarishi, noadekvat xulq) Davolash: zarurati bo‘lganda simptomatik davolashni o‘tkaziladi. Chiqarilish shakli Suspenziya flakonlarda 90 ml, 100 ml, 150 ml, 200 ml dan. Saqlash sharoiti Kuruq yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: