VALERIANI nastoyka 25ml
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Uyqu va tinchlantiruvchi vositalar
Страна производитель:
Rossiya
Активное вещество:
Valeriani kornevisha s kornyami
Производитель:
Обновление ПФК АО
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
N05CM
Инструкция VALERIANI nastoyka 25ml
Umumiy ma'lumot
VALERIANI nastoyka 25ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA VALERIANЫ EKSTRAKT EXTRACT VALERIANAE Preparatning savdo nomi: Valerianы ekstrakt Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: valeriananing quyuq ekstrakti – 20,00 mg, yordamchi moddalar: yadrosi: magniy gidroksikarbonati (magniy karbonat asosi)–50,50 mg, kartoshka kraxmali – 26,69 mg, jelatin – 0,23 mg, talk – 2,58 mg; qobig‘i: VIVACOAT PM-2P-051 – 10,00 mg [gipromelloza (gidroksipropil-metilsellyuloza) (Ye 464) – 5,000 mg, titan dioksidi – 1,280 mg, makrogol-3350 (polietilenglikol-3350) – 0,500 mg, talk – 2,350 mg, giproloza (gidroksipropil-sellyuloza) – 0,500 mg, shafaq sarig‘i bo‘yovchisi (Ye 110) – 0,013 mg, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi (Ye 104) – 0,345 mg, temir II oksidi bo‘yovchisi (Ye 172) – 0,012 mg] tiniq OPADRAY II 85F19250 (OPADRY II 85F19250 Clear) – 1,00 mg [polivinil spirti – 0,523 mg, makrogol (polietilenglikol) – 0,147 mg, talk – 0,300 mg, polisorbat-80 (tvin-80) – 0,030 mg]. Ta‘rifi: dumaloq, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, ikki tomonlama qavariq tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida och jigarrangli bo‘lib, och va to‘q dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Farmakoterapevtik guruhi: o‘simliklardan olinadigan sedativ vosita. ATX kodi: N05CM09 Farmakologik xususiyatlari Preparatning ta‘sir etuvchi moddasi borneol va izovalerian kislotasining murakkab efiridir. Asta-sekin boshlanuvchi, lekin yetarli darajada barqaror bo‘lgan o‘rtacha darajadagi sedativ ta‘sir ko‘rsatadi. Tabiiy uyquga ketishni yengillashtiradi. Bundan tashqari, preparat me‘da-ichak yo‘llarining silliq mushaklariga spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi. Qo‘llanilishi Yuqori asabiy qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik (uyquga ketishni buzilishi); majmuaviy davolash tarkibida – yurak-qon tomir tizimining funksional buzilishlari, me‘da-ichak yo‘llari a‘zolarining spazmlari. Qo‘llash usuli va dozalari Ichga qabul qilish buyuriladi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar – 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta ovqatdan keyin qabul qiladilar. Davolash davomiyligi 2-4 haftani tashkil qiladi. Takroriy davolash kurslari shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlari Tormozlanish, uyquchanlik, mushak kuchsizligi, tushkunlik, ish qobiliyatini pasayishi (ayniqsa yuqori dozalarda qo‘llanganida), uzoq muddat qo‘llanganida – qabziyat. Ayrim hollarda allergik reaksiyalar rivojlanishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, saxaroza-izomaltoza tanqisligi, fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani malabsorbsiyasi, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Surunkali enterokolitda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Uyqu vositalari va markaziy nerv tizimini susaytiruvchi boshqa dori vositalari, shuningdek spazmolitiklarning ta‘sirini kuchaytiradi. Maxsus ko‘rsatmalar Preparatni har kuni 1,5-2 oydan ortiq qabul qilish mumkin emas. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Preparatni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Preparatni xomiladorlikning II va III uch oyliklarida va emizish davrida, faqat agar ona uchun kutilayotgan foyda, homila va bola uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgan xoldagina qo‘llash mumkin. Shifokor bilan maslaxatlashish kerak. Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Davolanish davrida transport vositalari va mexanizmlarni boshqarishda xamda diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Doza oshirib yuborilganida tormozlanish, uyquchanlik, mushak kuchsizligi, tushkunlik, ish qobiliyatini pasayishi kabi nojo‘ya samaralari kuchayishi mumkin. Davolash simptomatik. Chiqarilish shakli Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 20 mg. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda; kontur uyali o‘ramlar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan guruh o‘ramiga joylanadi. 50 tabletkadan shisha trubkali flakonda. 50 tabletkadan amortizatori bo‘lgan polimer bankada yoki polimer tubada. Flakonlar, bankalar yoki tubalar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan bo‘luvchi to‘siqlari bo‘lgan guruh o‘ramiga joylanadi. Saqlash sharoiti 25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalarda berish tartibi Reseptsiz beriladi. Ulashish: