SENADEKSIN GR tabletkalari N30
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Ovqat hazm qilish tizimi va modda almashinuvi uchun
Страна производитель:
O'zbekiston
Активное вещество:
---
Производитель:
Grace Pharma, ООО
Количество в упаковке:
30
Код ATX:
A06AB06
Инструкция SENADEKSIN GR tabletkalari N30
Qadoqda soni
30
Umumiy ma'lumot
SENADEKSIN GR tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA SENADEKSIN SENADEXINUM Preparatning savdo nomi: Senadeksin Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): A va V sennozidlar (kalsiy tuzlari ko‘rinishida). Dori shakli: Tabletkalar. Tarkibi: xar bir tabletka saqlaydi: faol modda: 20% kalsiy sennoizidlari – 70 mg. yordamchi moddalar: monogidrat laktozasi, makkajo‘xori kraxmali, vanilin, magniy stearati, nipagin, stearin kislotasi. Ta‘rifi: yassisilindrik shaklli faskasi bilan, bir tomoni riskali kul rang tusli, och jigarrang ranglidan to‘q jigarrang rangligacha bo‘lgan,oq va to‘q rangli dog‘li, vanilin hidli tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: Surgi vosita. ATX kodi: A06AV06 Farmakologik xususiyatlari Preparatni ichilgandan 8-10 soatdan keyin ich keltiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Preparatni bu xususiyati, yo‘g‘on ichak reseptorlariga ta‘siri natijasida ichak peristaltikasini kuchaytirishi bilan belgilanadi. Chambarak ichakka tanlab ta‘sir ko‘rsatadi, ichakni me‘yoriy faoliyatini tiklaydi, preparatga o‘rganib qolish holatlari uchramaydi va ovqatni hazm qilishga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Farmakokinetikasi Preparatni ta‘sir etuvchi moddalari qisman ingichka ichakda so‘riladi va yo‘g‘on ichakda ajralib chiqadi, bir qismi esa bakteriyalar ta‘siri natijasida aynan yo‘g‘on ichakda ajralib chiqadi. Organizmdan siydik va ahlat bilan chiqib ketadi. Qo‘llanilishi Senadeksin turli etiologiyali spastik va atonik qabziyatlarda, shu jumladan yo‘g‘on ichak peristaltikasini susayishiga va gipotoniyasiga qo‘llaniladi. Ich kelishini tartibga solish maqsadida gemorroyda, proktitda va orqa teshik yoriqlari kasalliklarida tavsiya etiladi. Qo‘llash usuli va dozasi Senadeksin ichga kechki ovqatdan keyin odatda 1 tabletkadan ichiladi. Ta‘siri sezilmasa bir necha kundan so‘ng bir martalik dozasini 2-3 tabletkagacha oshirish mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlari Preparat qabul qilingandan so‘ng meteorizm, qorinda sanchiqsimon og‘riq va ich surish holatlari kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda dozasini kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish lozim bo‘ladi. Uzoq vaqt qo‘llanganda, ayniqsa katta dozalarda, elektrolitlarni yo‘qolishi asosan, kaliy, albuminuriya, gematuriya, ichak shilliq qavatida melaninni to‘planishi va muskullararo bog‘lanishlarni buzilishi holatlari kuzatilishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Spastik kolitda, ko‘richakda, ichakni bekilib qolishida, cababi noaniq qorindagi og‘riqlarda, suv va elektrolit almashinuvi buzilishida, jaroxatlangan churra, qorin bo‘shlig‘i a‘zolarini o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida, peritonitda, me‘da-ichak yo‘lidan va bachadondan qon ketishi holatlarida, sistitda, qo‘llanilmaydi. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Senadeksinning katta dozalarini uzoq vaqt qabul qilish yurak glikozidlari ta‘sirini kuchaytiradi va gipokaliemiya rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan antiaritmik preparatlarga ta‘sir qiladi. Tiazid diuretiklar, glyukokortikoidlar, qizil miya ildizi preparatlari bilan birga qabul qilganda gipokaliemiya xavfi oshadi. Tetrosiklin qatoridagi antibiotiklar absorbsiyasi buziladi. Maxsus ko‘rsatmalar Jigar va buyrak kasalliklarida, homiladorlikda va emizikli davrida ehtiyotkorlik bilan tavsiya etiladi. Ba‘zan senadeksin qabul qilinganda siydikni rangi o‘zgarishi mumkin, buni klinik ahamiyati yo‘q. Homiladorlik va emizish davri: Homiladorlikda senadeksin preparatini qabul qilgandagi xavfsizligi isbotlanmagan. Abdominal og‘riq, diareya, ichaklar spazmini rivojlanish xavfi bo‘lgani uchun buyurish tavsiya etilmaydi. Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri: Preparat avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim. Dozani oshirib yuborilishi Terapevtik dozani oshirib yuborish kuchli diareya suv-elektrolit disbalansi rivojlanishi bilan kechadi. Preparat bekor qilinib, simptomatik dori vositalarini buyurish o‘tkaziladi. Chiqarilish shakli Tabletkalar. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: