SANDIMMUN NEORAL kapsulalar 25mg N50
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Immunomodulyatorlar
Страна производитель:
Germaniya
Активное вещество:
Siklosporin
Производитель:
Novartis Pharma AG, Швейцария производитель: Сatalent Germany Eberbach GmbH, Германия упаковщик: Novartis Pharma Stein AG, Швейцария
Количество в упаковке:
50
Код ATX:
L04AA01
Инструкция SANDIMMUN NEORAL kapsulalar 25mg N50
Qadoqda soni
50
Umumiy ma'lumot
SANDIMMUN NEORAL kapsulalar 25mg N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA SANDIMMUN NEORAL® SANDIMMUN NEORAL® Preparatning savdo nomi: Sandimmun Neoral® Ta‘sir etuvchi modda (XPN): siklosporin (siclosporin) Dori shakli: yumshoq kapsulalar. Tarkibi: 1 jelatin kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 25, 50 yoki 100 mg siklosporin; yordamchi moddalar: alfa-tokoferol, suvsiz etanol, makkajo‘xori moyining mono- va ditrigliseridlari, makrogolgliserin gidroksisteorati, polietoksillangan gidrogenlangan kanakunjit moyi, propilenglikol; kapsula qobig‘ining tarkibi: temir II,III oksidi (Ye172) (25 va 100 mg li kapsulalar), temir III oksidi (Ye172) (50 mg li kapsulalar), titan dioksidi (Ye171), gliserin 85%, propilenglikol, jelatin. Ta‘rifi: Kapsulalar 25 mg dan: oval shaklli, kulrang-moviy rangli, qizil rangli “NVR 25 mg” yozuvli yumshoq jelatin kapsulalar; Kapsulalar 50 mg dan: uzunchoq shaklli, oq-sariq rangli, qizil rangli “NVR 50 mg” yozuvli yumshoq jelatin kapsulalar; Kapsulalar 100 mg dan: uzunchoq shaklli, kulrang-moviy rangli, qizil rangli “NVR 100 mg” yozuvli yumshoq jelatin kapsulalar. Farmakoterapevtik guruhi: Selektiv immunosupressantlar. Kalsinevrinning ingibitorlari. ATX kodi: L04AD01. Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Siklosporin 11 aminokislotalardan tashkil topgan siklik polipeptid bo‘lib, kuchli immunosupressiv vosita hisoblanadi. Hayvonlardagi tadqiqotlarda siklosporinni teri, shox parda, buyrak, jigar, yurak, o‘pka, me‘da-osti bezi, ingichka ichak, suyak ko‘migining allogen transplantatlarini yashab qolishini uzaytirishi aniqlangan. U shuningdek, terining sekin tipdagi o‘ta yuqori sezuvchanligi, eksperimental allergik ensefalomielit, Freynd ad‘yuvanti artriti, “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiya (TXQR) va T-xujayralar bilan bog‘liq antitelalarni hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi xujayra orqali bo‘ladigan reaksiyalarni tormozlaydi. Eksperimental ma‘lumotlar sefalosporinning samaradorligi, asosan T-limfositlarga ta‘siri bilan, ulardan T-xelperlar asosiy nishon xujayralar hisoblanadi, G0 yoki G1 xujayra fazasidagi immunokompetent limfositlarni spesifik va qaytuvchan bostirilishi bilan bog‘liq. Shunday qilib, siklosporin limfokinlarning, shu jumladan interleykin 2 (IL-2, T-xujayralarning o‘sish omili) hosil bo‘lishini va chiqishini bostiradi. Odamlarda ko‘chib ketish va “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyasini oldini olish va davolash uchun Sandimmun Neoral®ni ishlatish bilan katta a‘zolar va suyak ko‘migining muvaffaqiyatli transplantasiyasi o‘tkazilgan. Siklosporin S gepatiti virusi bo‘yicha ijobiy va salbiy resipientlarda jigar transplantasiyasida muvaffaqiyatli ishlatilgan. Sandimmun Neoral® preparati bilan davolashni yaqqol yaxshi samarasi shuningdek turli holatlarda topilgan, ularni immunologik mexanizmlarga asoslanganligi aniqlangan yoki taxmin qilinadi. Siklosporinni gemopoezni bostirmasligi va fagositar xujayralarning faoliyatini yomonlashtirmasligi tufayli, Sandimmun Neoral® qabul qilayotgan pasientlar, immunosupressiya maqsadida sitostatiklarni qabul qilayotganlarga qaraganda, kamroq darajada infeksiyalarga duchor bo‘ladilar. Farmakokinetikasi Dozalarni barcha klinik diapazonida Sandimmun Neoral® siklosporinning dozasi va ekspozisiyasi (AUC) to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlik va so‘rilishni doimiy profilini namoyish qiladi; va faqat ovqat qabul qilish yoki sirkad ritmni yondosh ahamiyatsiz ta‘siri aniqlanadi. Shu xususiyatlari oqibatida alohida pasientlar orasidagi farmakokinetik turliligi past, qondagi preparatning minimal darajalari va siklosporinning umumiy ekspozisiyasi (AUC) orasidagi korrelyasiya yuqori hisoblanadi, shuning uchun preparatni peroral qabul qilishni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar o‘tkazish mumkin. Sandimmun Neoral®, yumshoq jelatin kapsulalari, va Sandimmun, ichga qabul qilish uchun eritma, bioekvivalentdir. Siklosporin 3,5 l/kg o‘rtacha taxminiy taqsimlanish hajmi bilan asosan aylanib yuruvchi qon hajmidan tashqarida taqsimlanadi. Qonda taqsimlanishi, plazmada 33 dan 47% gacha, limfositlarda 4 dan 9% gacha, granulositlarda 5 dan 12% gacha va eritrositlarda 41 dan 58% gacha saqlanish bilan konsentrasiyaga bog‘liq. Plazmada taxminan 90% oqsillar, asosan lipoproteinlar bilan bog‘langan bo‘ladi. Siklosporin 15 dan ko‘proq metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan yaqqol metabolizmga uchraydi. Chiqarilishi asosan safro bilan bo‘ladi, peroral dozaning faqat 6% siydik bilan chiqariladi; va faqat 0,1% siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Qo‘llangan tahlil usuli va maqsadli populyasiyaga qarab, siklosporinning yarim chiqarilishini yakuniy eliminasion davriga taalluqli ma‘lumotlarni yuqori turliligi mavjud. Yarim chiqarilishini yakuniy eliminasion davri sog‘lom ko‘ngillilarda 6,3 soatdan, jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda 20,4 soatgachani tashkil qilgan. Eliminasiya, asosan safro bilan bo‘ladi va peroral dozaning faqat 6% siydik bilan, shuningdek 1% dan kamrog‘i o‘zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak faoliyatini buzilishi Terminal buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda, 3,5 mg/kg vena ichiga yuborilganidan keyin 4 soat davomida qonda 1800 ng/ml (diapazon 1536 dan 2331 ng/ml gacha) o‘rtacha minimal konsentrasiya kuzatilgan. Taqsimlanishni o‘rtacha hajmi (TO‘X) 3,49 l/kg, tizimli klirensi esa (KL) – soatiga 0,360 l/kg ni tashkil qilgan. Bu tizimli KL (soatiga 0,360 l/kg) buyraklari normal ishlayotgan pasientlardagi o‘rtacha tizimli KL (soatiga 0,56 l/kg) taxminan uchdan ikkisini tashkil qilgan. Buyrak yetishmovchiligi siklosporinni chiqarilishiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Jigar faoliyatini buzilishi Jigarni og‘ir kasalliklari va biopsiya bilan tasdiqlangan jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarda, siklosporinning yarim chiqarilishini terminal davri 20,4 soatni tashkil qilgan (diapazon sog‘lom odamlardagi 7,4 soatdan 11,0 soatlar bilan solishtirganda, 10,8 soatdan 48,0 soatgacha). Qo‘llanilishi Transplantasiyalardagi qo‘llanishi: katta a‘zolarning transplantasiyasi: buyrak, jigar, yurak transplantatlar, majmuaviy yurak-o‘pka allotransplantatlar, o‘pka va me‘da osti bezi allotransplantatlarni ko‘chib ketishini oldini olish; ilgari boshqa immunosupressiv preparatlar bilan davolangan pasientlarda transplantatni ko‘chib ketishini davolash. suyak ko‘migining transplantasiyasi: transplantatning ko‘chib ketishini oldini olish; “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyalarni oldini olish va davolashda qo‘llanadi. Transplantasiya bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatmalar: Endogen uveit: an‘anaviy davolash samarasiz yoki noxush nojo‘ya samaralar chaqiradigan pasientlarda, faol o‘rta yoki ko‘rishni yo‘qotish xavfi bo‘lgan noinfeksion etiologiyali orqa uveitni davolash. to‘r pardani jalb qilinishi bilan yallig‘lanishni takroriy xurujlari bo‘lgan Bexchet uveitini davolash. Nefrotik sindrom: minimal o‘zgarishlar bilan nefropatiya, o‘choqli va segmentar glomeruloskleroz, membranoz glomerulonefrit kabi buyrak kalavalarining patologiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan kattalar va bolalardagi steroidga bog‘liq va steroidga chidamli nefrotik sindrom; remissiyalarni induksiya qilish va tutib turish; steroidlarni bekor qilish imkoniyatini beruvchi, ular chaqirgan remissiyani tutib turish. Revmatoid artrit: faol fazadagi revmatoid artritning og‘ir shakllarini davolash. Psoriaz: standart davolash samarasiz yoki noma‘qul bo‘lgan psoriazning og‘ir shakllari. Atopik dermatit: tizimli davolashni talab qiluvchi atopik dermatitning og‘ir shakllari. Qo‘llash usuli va dozalari Sandimmun Neoral®ning sutkalik dozasini doimo ikki qabulda (ertalab va kechqurun) qabul qilish kerak. So‘rilishi va chiqarilishining yaqqol inter- va shaxs ichki o‘zgaruvchanligini, shuningdek dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri imkoniyatlarini e‘tiborga olib, klinik natija va o‘zlashtiraolishishiga qarab dozani shaxsiy ravishda tanlash kerak. Kapsulalarni blisterlardan faqat qo‘llash oldidan olish kerak. Blisterlar osilganida paydo bo‘ladigan o‘ziga xos xid normal bo‘lib, kapsulalarning sifati yomonlashganini ko‘rsatmaydi. Kapsulalarni butunligicha yutish kerak. Peroral qo‘llash uchun quyida keltirilgan dozalar doirasi faqat tavsiya sifatida qaralishi kerak. Transplantasiyadan keyingi pasientlarda yuqori darajalari oqibatidagi noxush reaksiyalardan va past darajalari oqibatidagi a‘zoni ko‘chib ketishini oldini olish uchun, qondagi siklosporinning darajasini muntazam nazoratini o‘tkazish kerak. Transplantasiya Yirik a‘zolarning transplantasiyasi Sandimmun Neoral® bilan davolashni operasiyagacha 12 soat davomida, 2 qabulga bo‘lingan 10 mg/kg dan 15 mg/kg gacha dozada boshlash kerak. Operasiyadan keyin 1-2 hafta davomida preparat har kuni xuddi shu dozada buyuriladi, shundan keyin doza qondagi siklosporinning konsentrasiyasini nazorati ostida ikki qabulga bo‘lingan 2-6 mg/kg samarani bir maromda ushlab turuvchi dozaga erishilgunicha asta-sekin pasaytiriladi. Sandimmun Neoral® boshqa immunodepressantlar (kortikosteroidlar yoki uch- yoki to‘rt komponentli dorili davolashni qismi sifatida) bilan qo‘llanganida, pastroq dozalar ishlatilishi mumkin (masalan, 3 mg/kg dan 6 mg/kg gacha 2 qabulda davolashni boshida). Agar Sandimmun Neoral® infuziya uchun eritma uchun konsentrat ishlatilsa, tavsiya etilgan doza peroral qo‘llash uchun Sandimmun Neoral®ning muvofiq dozasini taxminan uchdan birini tashkil qiladi va pasientlarni iloji boricha tezroq peroral qo‘llashga o‘tkazish tavsiya etiladi. Suyak ko‘migining transplantasiyasi Boshlang‘ich dozani transplantasiyadan bir kun oldin yuborish kerak. Ko‘pchilik bunday hollarda Sandimmun Neoral®ni vena ichiga yuborish afzalroq bo‘ladi. Vena ichiga tavsiya etiladigan doza sutkada 3-5 mg/kg ni tashkil qiladi. Shu dozada vena ichiga yuborish ko‘chirib o‘tkazilishdan keyin 2 hafta davomida davom ettiriladi, so‘ngra Sandimmun Neoral®ning 2 qabulga bo‘lingan taxminan 12,5 mg/kg sutkalik dozadagi peroral samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashga o‘tiladi. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash kamida 3 oy davomida (afzalrog‘i 6 oy) o‘tkaziladi, shundan keyin transplantasiyadan keyin 1 yil o‘tguniga qadar preparat to‘liq bekor qilingunicha doza asta-sekin pasaytiriladi. Agar Sandimmun Neoral® davolashni boshlang‘ich bosqichi uchun ham buyurilsa, ko‘chirib o‘tkazilishdan oldingi kundan boshlab tavsiya etiladigan sutkalik doza 2 qabulda 12,5-15 mg/mg ni tashkil qiladi. So‘rilishini kamayishiga olib keluvchi MIY kasalliklari bo‘lganida, yuqoriroq peroral dozalari yoki Sandimmun Neoral®ning vena ichiga infuziyalarini qo‘llash talab qilinishi mumkin. Sandimmun Neoral®ni yuborish to‘xtatilganidan keyin ayrim pasientlarda “transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiya rivojlanishi mumkin, u odatda davolash qayta boshlanganidan keyin orqaga qaytadi. Bunday hollarda dastlabki 10-12,5 mg/kg to‘yintiruvchi dozani peroral buyurish shundan keyin ilgari yetarli bo‘lgan samarani bir maromda ushlab turuvchi dozani har kuni peroral yuborishga o‘tish kerak. “Transplantat xo‘jayinga qarshi” reaksiyani davolash uchun, u kuchsiz ifodalangan shaklda surunkali kechganida, Sandimmun Neoral®ni past dozalarda qo‘llash kerak. Transplantasiya bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatmalar Transplantasiya bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda Sandimmun Neoral® ishlatilganida, quyidagi umumiy qoidalarga rioya qilish kerak: Davolashni boshlash oldidan hech bo‘lmaganda ikki ko‘rsatgich bo‘yicha qon zardobidagi kreatininning ishonchli dastlabki darajasini aniqlash, shuningdek davolash davomida dozaga tuzatish kiritish uchun buyrak faoliyatini muntazam baholash kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” 6 bo‘limga qarang). Yakka yo‘l qo‘yiladigan qo‘llash usuli peroral hisoblanadi (vena ichiga infuziyalar uchun konsentratni ishlatish mumkin emas), sutkalik dozani esa ikki qabulga bo‘lish kerak. Umumiy sutkalik doza, ko‘rishni yo‘qotish xavfi bo‘lgan uveitli pasientlar va nefrotik sindromi bo‘lgan bolalardan tashqari, 5 mg/kg dan oshmasligi kerak. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun minimal samarali va yaxshi o‘zlashtiriladigan dozani shaxsiy ravishda belgilash kerak. Ma‘lum muddat davomida adekvat javob bo‘lmagan (aniq ma‘lumot olish uchun pastga qarang), yoki samarali doza xavfsizlik bo‘yicha belgilangan ko‘rsatmalarga to‘g‘ri kelmaganida, Sandimmun Neoral® bilan davolash to‘xtatilishi kerak. Endogen uveit Remissiyani induksiyasi uchun preparat peroral 2 qabulda 5 mg/kg sutkalik dozada ko‘z soqqasi tomirli qavatining faol yallig‘lanish belgilari yo‘qolgunicha va ko‘rish o‘tkirligi yaxshilangunicha buyuriladi. Davolashga qiyin beriluvchi hollarda davomli bo‘lmagan davrga doza sutkada 7 mg/kg gacha oshirilishi mumkin. Agar vaziyatni bir Sandimmun Neoral® bilan nazorat qilish mumkin bo‘lmasa, unda boshlang‘ich remissiyaga erishish uchun yoki ko‘zni yallig‘lanish xurujini bartaraf qilish uchun tizimli kortikosteroidlarni, 0,2-0,6 mg/kg sutkalik dozada prednizolonni (yoki ekvivalent dozada boshqa preparatni) qo‘shish mumkin. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash davomida dozani eng kam samarali dozaga erishilgunicha asta-sekin pasaytirish kerak, u kasallikni remissiya davrida sutkada 5 mg/kg dan oshmasligi kerak. Nefrotik sindrom Remissiyani induksiyasi uchun tavsiya etilgan sutkalik dozani 2 qabulda peroral qo‘llash kerak. Agar buyrak faoliyati normal bo‘lsa (proteinuriyani hisoblamasdan), unda tavsiya etilgan sutkalik doza – kattalar uchun 5 mg/kg va – bolalar uchun 6 mg/kg ni tashkil qiladi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda (buyrak faoliyatini yo‘l qo‘yilgan darajali pasientlar: qon zardobida kreatininning maksimal darajasi kattalarda 200 mikromol/l va bolalarda 140 mikromol/l), boshlang‘ich doza sutkada 2,5 mg/kg dan oshmasligi kerak. Agar bir Sandimmun Neoral® qo‘llanganida qoniqarli samaraga erishib bo‘lmasa, ayniqsa steroidga chidamli pasientlarda, unda uni past dozalardagi peroral kortikosteroidlar bilan birga qo‘llash tavsiya etiladi. Agar 3 oy davolashdan keyin yaxshilanish yuz bermasa, Sandimmun Neoral®ni bekor qilish kerak. Dozalar samaradorlik (proteinuriya) va xavfsizlik (birinchi navbatda qon zardobidagi kreatinin) ko‘rsatgichlarning hisobi bilan shaxsiy ravishda tanlanishi kerak, lekin kattalar uchun sutkada 5 mg/kg va bolalar uchun sutkada 6 mg/kg dozadan oshmasligi kerak. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun dozani minimal samaraligacha shaxsiy ravishda pasaytirish kerak. Revmatoid artrit Davolashni birinchi 6 haftasi davomida tavsiya etiladigan doza peroral 2 qabulda sutkada 3 mg/kg ni tashkil qiladi. Samarasi yetarli bo‘lmagan holda, agar o‘zlashtirilishi imkoniyat bersa, sutkalik doza asta-sekin oshirilishi mumkin, lekin 5 mg/kg dan oshmasligi kerak. To‘liq samaradorlikka ega bo‘lish uchun Sandimmun Neoral® bilan 12 haftagacha davolash talab qilinishi mumkin. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun preparatni o‘zlashtirilishiga qarab dozani shaxsiy eng kam samarali darajagacha pasaytirish kerak. Sandimmun Neoral®ni past dozalardagi kortikosteroidlar va/yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan birga buyurish mumkin. Sandimmun Neoral®ni shuningdek metotreksat bilan monoterapiyaga qoniqarsiz javobi bo‘lgan pasientlarda past dozalardagi metotreksatning haftalik kursi bilan qo‘shish mumkin, Sandimmun Neoral®ning boshlang‘ich dozasi, o‘zlashtirilishi imkoniyat berganicha dozani oshirish mumkinligi bilan 2 qabulda sutkada 2,5 mg/kg ni tashkil qiladi. Psoriaz Bu kasallikning o‘zgaruvchanligi tufayli, davolashni shaxsiy ravishda tanlash kerak. Remissiyani induksiyasi uchun tavsiya etilgan boshlang‘ich doza peroral 2 qabulda 2,5 mg/kg ni tashkil qiladi. 1 oy davolashdan keyin yaxshilanish bo‘lmaganida sutkalik doza asta-sekin oshirilishi mumkin, lekin 5 mg/kg dan oshishi mumkin emas. Agar sutkada 5 mg/kg dozada 6 hafta davolashdan keyin qoniqarli terapevtik samara olinmasa yoki agar samarali doza xavfsizligi bo‘yicha belgilangan ko‘rsatmalarga to‘g‘ri kelmasa, davolashni to‘xtatish kerak. Sutkalik 5 mg/kg boshlang‘ich dozani qo‘llash, holati tezroq yaxshilanishni talab qiluvchi bemorlarda oqlangan. Agar qoniqarli samaraga erishilsa, Sandimmun Neoral®ni bekor qilish, yangi qaytalanish xolida esa uni ilgari samarali bo‘lgan dozada qayta buyurish mumkin. Ayrim pasientlarga uzluksiz samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash talab qilinishi mumkin. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash uchun dozalarni minimal samarali darajada shaxsiy ravishda tanlash, ular sutkada 5 mg/kg dan oshmasliklari kerak. Atopik dermatit Bu holatning o‘zgaruvchanligi tufayli, davolashni shaxsiy ravishda tanlash kerak. Tavsiya etilgan doza peroral 2 qabulda sutkada 2,5-5 mg/kg ni tashkil qiladi. Agar sutkalik 2,5 mg/kg doza 2 hafta davomida qoniqarli samaraga erishish imkoniyatini bermasa, sutkalik dozani tez maksimal – 5 mg/kg gacha oshirish mumkin. Juda og‘ir hollarda kasallik ustidan tez va adekvat nazoratga sutkada 5 mg/kg boshlang‘ich dozani qo‘llab erishish mumkin. Qoniqarli samaraga erishilganda doza asta-sekin pasaytiriladi va, iloji boricha, Sandimmum Neoral®ni bekor qilish kerak. Qaytalanish paydo bo‘lgan xolda, Sandimmun Neoral® bilan takroriy davolash kursi o‘tkazilishi mumkin. Kasallikning simptomlarini yo‘qotish uchun 8 hafta davomiylikdagi davolash kursi yetarli bo‘lishiga qaramasdan, nazorat o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalarga rioya qilish sharti bilan 1 yilgacha davomiylikdagi davolash samarali va yaxshi o‘zlashtirilishi ko‘rsatilgan. Pasientlarning alohida toifalari Buyrak faoliyatini buzilishi Siklosporin minimal buyrak eliminasiyasiga duchor bo‘ladi va uning farmakokinetikasi buyrak faoliyatini buzilishiga bog‘liq emas. Lekin, uning nefrotik potensiali bilan buyrak faoliyatini sinchiklab monitoring qilish tavsiya etiladi. Transplantasiya bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatmalar Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar, nefrotik sindromi bo‘lgan pasientlaradan tashqari, siklosporinni qabul qilmasliklari kerak. Nefrotik sindromi va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda boshlang‘ich doza sutkada 2,5 mg/kg dan oshmasligi kerak. Jigar faoliyatini buzilishi Siklosporin jigarda jadal metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilishining yakuniy davri sog‘lom ko‘ngillilardagi 6,3 soatdan jigarni og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientda 20,4 soatgacha o‘zgargan. Qondagi preparatning darajalarini tavsiya etilgan maqsadli doirada tutib turish uchun, jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda dozani pasaytirish talab qilinishi mumkin. Bolalarni davolashda qo‘llanishi. Klinik tadqiqotlar maxsus muammolarsiz 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda siklosporinning standart dozasini qabul qilishni o‘z ichiga olgan. Bir necha tadqiqotlarda, pediatrik pasientlarda, kattalarda ishlatiladiganga qaraganda 1 kg tana vazniga siklosporinning yuqoriroq dozalarini zarurati va o‘zlashtirilishi kuzatilgan. Bolalarda nefrotik sindromdan tashqari, transplantasiya bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatmalarda Sandimmun Neoral®ni ishlatish tavsiya etilmaydi. Keksa pasientlarni davolashda qo‘llanishi. Keksa odamlarda Sandimmun Neoral®ni qo‘llash tajribasi cheklangan, lekin tavsiya etilgan dozalarda preparat qo‘llanganidan keyin, hech qanday spesifik muammolar xaqida xabar berilmagan. Siklosporinni qo‘llash bilan revmatoid artritni davolashni klinik tadqiqotlari o‘tkazilganida, 17,5% prasientlar 65 yoshli va undan katta bo‘lganlar. Davolash o‘tkazilganida ularda sistolik arterial bosimni oshishiga ko‘proq moyillik, shuningdek 3 oydan 4 oylikkacha davomiylikdagi davolash kursidan keyin dastlabki darajasi bilan solishtirganda zardobda kreatininning konsentrasiyasi >50% ga oshishi aniqlangan. Transplantasiyadan keyingi pasientlarda va psoriazi bo‘lgan pasientlarda siklosporinning klinik tadqiqotlari, ularning preparatga reaksiyasi yosh pasientlar reaksiyasidan farqini aniqlash uchun, 65 yoshli va undan katta shaxslarning yetarli miqdori kiritilmagan. Boshqa chop etilgan klinik tekshirishlarda keksa va yosh pasientlar orasida preparatga reaksiyada farqlar aniqlanmagan. Umuman, keksa pasientlar uchun doza tanlashni, odatda minimal dozadan boshlab ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish kerak, bu jigar, buyrak, yurak faoliyatini pasayishi, yondosh kasalliklar yoki boshqa dorili davolashning yuqori tez-tezligi bilan bog‘liq. Siklosporinning peroral chiqarilish shakllari orasida o‘tish Siklosporinni bir peroral chiqarilish shaklidan boshqasiga o‘tishni ehtiyotkorlik bilan va shifokor nazorati ostida amalga oshirish kerak. Chiqarilishini yangi shaklini yuborish, o‘tishgacha kuzatilgan darajalarga erishilganiga ishonch hosil qilish uchun, qondagi siklosporinning darajasini monitoringi bilan birga kechishi kerak. Nojo‘ya ta‘sirlari Siklosporinni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan va klinik sinovlar davomida kuzatilgan asosiy noxush reaksiyalar buyrak faoliyatini buzilishi, tremor, girsutizm, arterial gipertenziya, diareya, ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil ayinishi va qusishni o‘z ichiga oladi. Siklosporin bilan davolash bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pchilik noxush reaksiyalar, dozalashga bog‘liq va dozani pasaytirishga javob beradi. Turli ko‘rsatmalarda noxush reaksiyalarning umumiy doirasi, asosan o‘xshashdir; lekin ko‘rinishlarining tez-tezligi va og‘irligida farq kuzatiladi. Natijada transplantasiyadan keyingi yuqoriroq boshlang‘ich dozalarda va davomliroq tutib turuvchi davolashda, nojo‘ya samaralar, boshqa ko‘rsatmalar bo‘yicha preparatni qabul qilayotgan pasientlardagiga qaraganda, transplantasiyada pasientlarda tez-tezroq va odatda og‘irroq namoyon bo‘ladi. Anafilaktoid reaksiyalar preparat vena ichiga yuborilganidan keyin kuzatilgan. Immunodepressantlarni qabul qilayotgan, shu jumladan sefalosporin bilan davolashni va sefalosporinni o‘z ichiga olgan davolash sxemasini, infeksiyalar (virusli, bakterial, zamburug‘li, parazitar) yuqishini yuqori xavf zonasida bo‘ladilar. Ham umumiy, ham mahalliy infeksiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, organizmda davolashgacha bo‘lgan infeksiyalar yomonlashishi mumkin, poliomavirusli infeksiyalarning faollashishi esa poliomavirus-assosiasiyalangan nefropatiyani (PVAN) yoki DK virus-assosiasiyalangan avj olib boruvchi multifokal leykoensefalopatiyaga (PML) olib kelishi mumkin. Jiddiy va/yoki o‘lim hollari qayd qilingan. Immunosupressantlarni, shu jumladan sefalosporin bilan davolashni va sefalosporinni o‘z ichiga olgan davolash sxemasini qabul qilayotgan pasientlar limfomalar yoki limfoproliferativ kasalliklar va boshqa xavfli o‘smalar, ayniqsa terini, rivojlanishini yuqori xavfi zonasida bo‘ladilar. Xavfli o‘smalar paydo bo‘lishini tez-tezligi davolashning jadalligi va davomiyligi oshishi bilan oshadi. Ayrim xavfli o‘smalar o‘limga olib kelishi mumkin. Dori vositasining noxush reaksiyalari klinik sinovlarning ma‘lumotlari bo‘yicha a‘zolar tizimi sinflari bo‘yicha sanab o‘tilgan. Har bir a‘zolar tizimi sinfida dori vositasining noxush reaksiyalari tez-tezligi bo‘yicha keltirilgan, eng tez-tez reaksiyalar boshida ko‘rsatilgan. Xar bir tez-tezlik guruhida noxush reaksiyalar og‘irligini kamayishi tartibida berilgan. Bundan tashqari, dori vositasining har bir noxush reaksiyasi uchun muvofiq tez-tezlik toifasi quyidagi mezonlar yordamida aniqlanadi (CIOMS III): juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); tez-tez emas (≥1/1000, <1/100); kam hollarda (≥1/10000, <1/1000); juda kam hollarda (<1/10000), shu jumladan istisno hollari. Qon va limfatik tizimi tomonidan: tez-tez: leykopeniya. Moddalar almashinuvi va metabolizm tomonidan: juda tez-tez: anoreksiya; giperglikemiya. Nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez: tremor; bosh og‘rig‘i; tez-tez: konvulsiyalar; paresteziya. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda tez-tez: gipertenziya; tez-tez: giperemiya Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: juda tez-tez: ko‘ngil aynishi; qusish; me‘da-ichak diskomforti; diareya; gipertrofik gingivit; tez-tez: peptik yara. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: tez-tez: gepatotoksiklik. Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: juda tez-tez: girsutizm; tez-tez: akne, toshma. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: juda tez-tez: buyrak disfunksiyasi. Reproduktiv tizimi tomonidan: juda tez-tez: hayz ko‘rish siklini buzilishi. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiyalar: tez-tez: giperemiya; shish. Postmarketing qo‘llash tajribasida quyidagi nojo‘ya reaksiyalar kuzatilgan, ularning tez-tezligi noma‘lum: Qon va limfatik tizimi tomonidan: trombotik mikroangiopatiya, gemolitiko-uremik sindrom, trombotik trombositopenik purpura; anemiya; trombositopeniya. Moddalar almashinuvi va metabolizm tomonidan: giperlipidemiya, giperurikemiya, giperkaliemiya, gipomagniemiya. Nerv tizimi tomonidan: ensefalopatiya, shu jumladan qaytuvchan orqa ensefalopatiya sindromi (COZE), tirishishlar, ongni chalkashishi, dezorientasiya, reaksiyani pasayishi, qo‘zg‘alish, uyqusizlik, ko‘rishni buzilishi, po‘stloq ko‘rligi, koma, parezlar, miyachali ataksiya, ko‘rish nervi diskini shishi, shu jumladan xavfsiz bosh miya ichki gipertenziyaga nisbatan ikkilamchi bo‘lgan, ko‘rishni buzilish ehtimoli bilan dimlangan shishi, periferik neyropatiya, migren. Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: o‘tkir pankreatit Jigar va o‘t-chiqarish yo‘llari tomonidan: gepatotoksiklik va jigarni shikastlanishi, shu jumladan xolestaz, gepatit va ba‘zida o‘lim bilan yakunlanuvchi jigar yetishmovchiligi. Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: gipertrixoz Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: miopatiya, mushak spazmlari, mialgiya, mushak kuchsizligi, oyoqlarda og‘riq. Reproduktiv tizimi tomonidan: ginekomastiya. Umumiy buzilishlar va preparatni yuborish joyini holati: charchoqlik, tana vaznini oshishi. Ayrim nojo‘ya reaksiyalarning ta‘rifi Oyoqlarda og‘riq Siklosporinni qo‘llanishi bilan bog‘liq oyoqlardagi og‘riq holatlari haqida xabar berilgan. Oyoqlardagi og‘riq adabiyotlarda ta‘riflangan kalsinevrin ingibitori tomonidan induksiyalangan og‘riq sindromining (Calcineurin-Inhibitor Induced Pain Syndrome (CIPS)) ko‘rinishlari bo‘lgan. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Siklosporinga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Transplantasiya bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatmalarda qo‘llash bo‘yicha ogohlantirish choralari. Quyidagi qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud: buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda (buyrak yetishmovchiligini yo‘l qo‘yilgan darajasi bo‘lgan nefrotik sindromdan tashqari); nazorat qilinmaydigan arterial gipertenziyada: nazorat qilinmaydigan infeksiya yoki har qanday xavfli o‘smada; bir vaqtda rozuvastatin qo‘llanganida siklosporinni qo‘llash. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Ovqat bilan o‘zaro ta‘sirlar Bir vaqtda yog‘larning miqdori yuqori bo‘lgan ovqat yoki greypfrut sharbati bir vaqtda qo‘llanganida, siklosporinning biokiraolishligini oshishi aniqlangan. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Turli preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri haqida xabar berilmagan. Quyida yaxshi xujjatlashtirilgan va klinik ahamiyatli deb hisoblangan preparatlar sanab o‘tilgan. Qator preparatlarni siklosporinning metabolizmi va chiqarilishida ishtirok etuvchi jigar fermentlari, ayniqsa CYP3A4 ta‘sirini raqobatli susaytirish yoki qo‘zg‘atish yo‘li bilan plazma yoki qonda siklosporinning konsentrasiyasini oshirishi yoki pasaytirishi ma‘lum. Shuningdek siklosporin CYP3A4 va ko‘pchilik dori vositalari uchun yakuniy tashib o‘tkazuvchi R-glikoproteining (Rgp) ingibitori hisoblanadi. Bu CYP3A4 yoki aliskiren kabi Rgp substratlari bo‘lgan bir vaqtda qo‘llanayotgan dori preparatlarining plazma konsentrasiyalarini oshirishi mumkin. Nefrotoksiklik rivojlanishini sababi bo‘lgan, sinergik ta‘sirga ega preparatlar Asiklovir, aminoglikozidlar (shu jumladan gentamisin va tobramisin), amfoterisin V, siprofloksasin, furomemid, mannitol, melfalan, trimetoprim (+sulfometoksazol), vankomisin, NYAQP (shu jumladan diklofenak, indometasin, naproksen va sulindak), gistamin N2-reseptorlarining blokatorlari (masalan, simetidin, ranitidin), metotreksat. Takrolimusni birga qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki bu nefrotoksiklik rivojlanishi xavfini oshiradi. Siklosporin va rozuvastatinni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Siklosporinning konsentrasiyasini pasaytiruvchi preparatlar Barbituratlar, karbamazepin, okskarbazepin, fenitoin, nafsillin, sulfadimidin vena ichiga; orlistat, rifampisin, okteotid, probukol, trimetoprim vena ichiga, dalachoy saqlovchi preparatlar, tiklopedin, sulfinpirazon, terbinafin, bozentan. Siklosporinning konsentrasiyasini oshiruvchi preparatlar Xloroxin, makrolid-antibiotiklar (masalan, eritromisin, azitromisin va klaritromisin); ketokonazol va qarama-qarshi va kamroq ifodalangan samara bilan – flukonazol va itrakonazol, vorikonazol, diltiazem, nikardipin, verapamil, metoklopramid, peroral kontraseptivlar, danazol, metilprednizolon (yuqori dozalarda), allopurinol, amiodaron, xoloat kislotasi va uning hosilalari, proteaza ingibitorlari, imatinib, kolxisin, nefazodon. Dori vositalari bilan boshqa ahamiyatli o‘zaro ta‘sirlari Nifedipin va siklosporinni bir vaqtda qo‘llash, faqat bir siklosporinni qo‘llash bilan solishtirganda milklarning giperplaziyasi hollari sonini oshishiga olib kelishi mumkin. Siklosporin va lerkanidipin bir vaqtda qo‘llanganidan keyin, lerkanidipinning AUC uch marta, siklosporinning AUC esa 21% ga oshadi. Shuning uchun siklosporin va lerkanidipinni bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Diklofenak va siklosporinni bir vaqtda qo‘llash, buyrak yetishmovchiligini rivojlanish ehtimoli bilan, u qaytuvchan xarakterga ega, diklofenakning biokiraolishligini ahamiyatli oshishiga olib keladi. Bu o‘sish diklofenakning “birinchi o‘tish” yuqori samarasini pasayishi bilan chaqirilishini ehtimoli katta. Siklosporin va “birinchi o‘tish”ni past samarasiga ega bo‘lgan NYAQP (masalan asetilsalisil kislotasi) bir vaqtda qo‘llash, odatda, ularning biokiraolishligini o‘sishi bilan bog‘liq emas. Siklosporin shuningdek digoksin, kolxisin, prednizolon, GMG-KoA reduktaza ingibitorlari (statinlar), etopozid, aliskiren va bosentan yoki dabigatrinning klirensini pasaytirishi mumkin. Digoksin qabul qilgan pasientlarda siklosporin bilan davolash boshlanganida, bir necha kun davomida angishvonagul bilan jiddiy intoksikasiya kuzatilgan. Shuningdek siklosporinni kolxisinning ayniqsa buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda miopatiya va neyropatiyani rivojlanishi kabi toksik samaralarini kuchaytirishi mumkinligi xabar berilgan. Agar digoksin yoki kolxisin siklosporin bilan bir vaqtda buyurilsa, zarurati bo‘lgan holda dozani kamaytirish yoki preparatni bekor qilish mumkin bo‘lishi uchun, digoksin yoki kolxisinning toksikligi ko‘rinishlarini esa aniqlash uchun, sinchkov klinik monitoring o‘tkazish kerak. Bir vaqtda lovastatin, simvastatin, atorvastatin, pravastatin va kam hollarda, fluvastatin bir vaqtda qabul qilayotgan pasientlarda siklosporin qo‘llanganida, postmarketing tadqiqotlar o‘tkazilganida va adabiyot ma‘lumotlariga muvofiq miotoksiklik rivojlanishi hollari haqida xabar berilgan, ular mushaklarda og‘riq va kuchsizlik, miozit va rabdomiolizni o‘z ichiga olgan. Siklosporin bilan bir vaqtda qo‘llanganida bu statinlarning dozasini, buyurish xaqidagi muvofiq ma‘lumotda keltirilgan ko‘rsatmalar bo‘yicha pasaytirish kerak. Miopatiya simptomlari bo‘lgan pasientlarda yoki buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlarini rivojlanishini, shu jumladan rabdomioliz oqibatida rivojlangan ikkilamchi buyrak yetishmovchiligi, xavf omillari bo‘lgan pasientlarda, statinlar bilan davolash vaqtincha bekor qilinishi yoki to‘xtatilishi mumkin. Everolimus yoki sirolimus va mikroemulsiya ko‘rinishida siklosporinning to‘liq dozalari bir vaqtda qo‘llangan tadqiqotlarda zardob kreatininni oshishi kuzatilgan. Bu samara ko‘pincha siklosporinning dozalari kamaytirilganda qaytuvchan xarakterga ega. Everolimus va sirolimus siklosporinning farmakokinetikasiga faqat biroz ta‘sir qiladi. Siklosporinni bir vaqtda qo‘llash qonda everolimus va sirolimusning konsentrasiyasini ahamiyatli oshiradi. Siklosporin va kaliy tejovchi preparatlarni (masalan, kaliy tejovchi diuretiklar, AAF ingibitorlari, angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari) yoki kaliy saqlovchi preparatlarni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, chunki bu qon zardobida kaliyning darajasini ahamiyatli oshishiga olib kelishi mumkin. Bosentan bilan bir vaqtda qo‘llanganida, siklosporin qon plazmasida bosentanning darajasini oshiradi. Siklosporin shuningdek gipoglikemiya paydo bo‘lishi xavfini oshirib, repaglinpidning plazmadagi darajalarini oshirishi mumkin. Siklosporin va aliskiren birga qo‘llanganida Smax taxminan 2,5 mar