PANTOKALSIN tabletkalari 250mg N50
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Asab tizimi uchun
Страна производитель:
Rossiya Federatsiyasi
Активное вещество:
Gopantenovaya kislota
Производитель:
Валента фарм АО
Количество в упаковке:
50
Код ATX:
N06BX
Инструкция PANTOKALSIN tabletkalari 250mg N50
Qadoqda soni
50
Umumiy ma'lumot
PANTOKALSIN tabletkalari 250mg N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA PANTOKALSIN® PANTOCALCIN® Preparatning savdo nomi: Pantokalsin® Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): gopanten kislotasi Dori shakli: tabletkalar Tarkibi 1 tabletka saqlaydi: faol modda: kalsiy gopantenati (gopanten kislotasi yoki gopanten kislotasining kalsiyli tuzi) – 0,25 g (250 mg) yoki 0,5 g (500 mg); yordamchi moddalar: 250 mg doza uchun: magniy gidroksikarbonati – 46,77 mg, kalsiy stearati – 3,1 mg, talk – 6,2 mg, kartoshka kraxmali – 3,93 mg. 500 mg doza uchun: magniy gidroksikarbonati – 93,54 mg, kalsiy stearati – 6,2 mg, talk – 12,4 mg, kartoshka kraxmali – 7,86 mg. Ta‘rifi: oq rangli, yassisilindrik shaklli, 500 mg li doza uchun faska va riskali, 250 mg li doza uchun faska va xochsimon riskali tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: nootrop vosita. ATS kodi: N06VX Farmakologik xususiyatlari Ta‘sir doirasi strukturasida gamma-aminomoy kislotasining borligi bilan bog‘liq. Ta‘sir mexanizmi pantokalsinni GAMKB-reseptor-kanal kompleksiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta‘siri bilan bog‘liq. Neyrometabolik, neyroprotektor va neyrotrofik xususiyatlarga ega. Miyaning gipoksiyaga va zaharli moddalarning ta‘siriga chidamliligini oshiradi, neyronlarda anabolik jarayonlarni rag‘batlantiradi. Tirishishga qarshi ta‘sirga ega, xulqni tartibga solish bilan bir vaqtda motor qo‘zg‘aluvchanlikni kamaytiradi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi. Surunkali alkogolli zaharlanishda va keyingi etanolni bekor qilishda gamma-aminomoy kislotasining miqdorini me‘yorlashishiga yordam beradi. Analgeziyalovchi ta‘sir namoyon qiladi. Novokain va sulfanilamidlarni faolsizlantirish mexanizmlarida ishtirok etuvchi asetillanish reaksiyalarni ingibirlashga qodir, shu tufayli oxirgilarning ta‘sirini uzaytirishga erishiladi. Patologik oshgan qovuq refleksi va detruzor tonusini tormozlanishini chaqiradi. Farmakokinetikasi Me‘da–ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Qon plazmasida maksimal konsentrasiyaga yetish vaqti 1 soatni tashkil qiladi. Eng yuqori konsentrasiyalari jigar, buyraklar, me‘da devori, terida yaratiladi. Gematoensefalitik to‘sig‘i orqali o‘tadi. Metabolizmga uchramaydi. O‘zgarmagan holda 48 soat davomida (qabul qilingan dozaning 67,5% siydik bilan, 28,5% – ahlat bilan) chiqariladi. Qo‘llanilishi bosh miyaning organik shikastlanishlaridagi va nevrotik buzilishlardagi kognitiv buzilishlar; bosh miya qon tomirlarining aterosklerotik o‘zgarishlari chaqirgan serebrovaskulyar yetishmovchilikni majmuaviy davolash tarkibida; senil demensiyada (boshlang‘ich shaklida), yetuk yoshli va keksa shaxslardagi miyani rezidual organik shikastlanishlarida; shizofreniya bo‘lgan bemorlardagi serebral organik yetishmovchilik (neyroleptiklar, antidepressantlar bilan majmuada); nerv tizimining nasliy kasalliklari bo‘lgan bemorlardagi ekstrapiramid giperkinezlarda (Gentington xoreyasi, gepatoserebral distrofiya, Parkinson kasalligi va boshqalar); o‘tkazilgan neyroinfeksiyalar va bosh miya jarohatlarining oqibatlari (majmuaviy davolash tarkibida); neyroleptiklarning nojo‘ya ta‘sirini to‘g‘rilash uchun va oldini olish maqsadida bir vaqtda «to‘sish terapiyasi» sifatida; ekstrapiramid neyroleptik sindromi (giperkinetik va akinetik); ruxiy jarayonlarni sekinlashishi bilan kechuvchi tutqanoq (tirishishga qarshi preparatlar bilan majmuada); psixoemosional zo‘riqishlar, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini pasayishi; diqqatni jamlashni va eslab qolishni yaxshilash uchun; siyishni buzilishlari: enurez, siydikni kunduzgi tutib turaolmaslik, pollakiuriya, imperativ qistashlar; bolalarga aqliy qoloqlikda (ruxiy, nutq, motor rivojlanishni yoki ularning yig‘indisini kechikishi); bolalar serebral falajida; duduqlanishda (asosan klonik shaklida); tutqanoqda (tirishishga qarshi preparatlar bilan majmuaviy davolash tarkibida, ayniqsa ko‘p shaklli xurujlarda va kichik tutqanoq xurujlarida). Qo‘llash usuli va dozalari Ichga, ovqatlangandan keyin 15-30 minut o‘tgach buyuriladi. Kattalar uchun bir martalik doza 0,5-1 g, bolalar uchun – 0,25-0,5 g; kattalar uchun sutkalik doza – 1,5-3 g, bolalar uchun – 0,75-3 g. Davolash kursining davomiyligi 1 oydan 4 oygacha, ba‘zi hollarda – 6 oygacha. 3-6 oydan so‘ng takroriy davolash kursi o‘tkazilishi mumkin. Bolalarga aqliy qoloqlikda: 0,5 g dan kuniga 4-6 marta, har kuni 3 oy davomida; nutqning rivojlanishini kechikishida – 0,5 g dan kuniga 3-4 marta, 2-3 oy davomida. Neyroleptik sindromida (neyroleptik vositalarning nojo‘ya ta‘sirlarini korrektori sifatida): kattalarga 0,5-1 g dan kuniga 3 marta, bolalarga – 0,25-0,5 g kuniga 3-4 marta. Davolash kursining davomiyligi – 1-3 oy. Tutqanoqda: bolalarga 0,25-0,5 g dan kuniga 3-4 marta har kuni, kattalarga 0,5 -1 g dan kuniga 3-4 marta har kuni, uzoq vaqt davomida (6 oygacha). Giperkinezlarda (pir-pir uchishlarda): bolalarga 0,25-0,5 g dan kuniga 3-6 marta har kuni 1-4 oy davomida, kattalarga – 1,5-3 g dan har kuni 1-5 oy davomida. Siyishni buzilishlarida: kattalarga 0,5-1 g dan kuniga 2-3 marta (sutkalik doza 2-3 g), bolalarga – 0,25-0,5 g dan (sutkalik doza 25-50 mg/kg). Davolash kursining davomiyligi – 2 haftadan to 3 oygacha (buzilishlarning yaqqolligi va terapevtik samaraga bog‘liq). Neyroinfeksiyalar va bosh suyagi – miya jarohatlarining asoratlarida: 0,25 g dan kuniga 3-4 marta. Kuchli zo‘riqishlar va astenik holatlarda ish qobiliyatini tiklash uchun: 0,25 g dan kuniga 3 marta. Ushbu dori shakli 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tavsiya etilmagan. Nojo‘ya ta‘sirlari Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin: rinit, kon‘yunktivit, teri toshmalari. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar O‘ta yuqori sezuvchanlik; o‘tkir buyrak yetishmovchiligi; homiladorlik (1 uch oyligi). Dorilarning o‘zaro ta‘siri Barbituratlarning ta‘sirini uzaytiradi; markaziy nerv tizimini rag‘batlantiruvchi, tirishishga qarshi dori vositalarining samarasini, mahalliy anestetiklarning (prokainning) ta‘sirini kuchaytiradi. Fenobarbital, karbamazepin, antipsixotik vositalarning (neyroleptiklar) nojo‘ya ta‘sirlarini oldini oladi. Glisin, ksidifon bilan birga qo‘llanganda gopanten kislotasining ta‘siri kuchayadi. Maxsus ko‘rsatmalar Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Chiqarilish shakli Tabletkalar 250 mg yoki 500 mg dan. 10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va laklangan bosma alyumin folga kontur uyali o‘ramda. 5 kontur o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi. Saqlash sharoiti Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Yaroqlilik muddati 4 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish: