PAPAZOL tabletkalari N10
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Shamollash va gripp uchun
Страна производитель:
Rossiya
Активное вещество:
Papaverin
Производитель:
Дальхимфарм, ОАО
Количество в упаковке:
10
Код ATX:
R05CA10
Инструкция PAPAZOL tabletkalari N10
Qadoqda soni
10
Umumiy ma'lumot
PAPAZOL tabletkalari N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA PAPAZOL PAPAZOLUM Preparatning savdo nomi: Papazol Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): bendazol (dibazol), papaverin Dori shakli: tabletki Tarkibi: 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddadlar: 0,03 g bendazol (dibazol), 0.03 g papaverin gidroxloridi; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, talk, kalsiy stearati. Ta‘rifi: oq rangli, riskali va faskali tabletkalar; Farmakoterapevtik guruhi: Antigipertenziv vositalar ATX kodi: AO3AD51 Farmakologik xususiyatlari Silliq mushaklar tonusini kamaytiradi va qisqaruvchanlik faoliyatini susaytiradi, shuning natijasida tomirlarga kengaytiruvchi va spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi. Fosfodiesterazani susaytiradi va sAMF miqdorini oshiradi, bu hujayralarining ichida kalsiy ionlarining bog‘lanishiga yordam beradi. Qo‘llanilishi Gipertoniya kasalligining yengil shakllarini, periferik qon tomirlar va bosh miya qon tomirlarining o‘rtacha namoyon bo‘lgan spazmlarini davolashda qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Ichga, 1 tabletkadan og‘iz orqali, chaynamasdan sutkada 2-3 marta qabul qilinadi. Nojo‘ya ta‘sirlari Eshakemi ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishida qo‘llash mumkin emas. Maxsus ko‘rsatmalar Keksa yoshdagi bemorlarga uzoq muddat buyurish mumkin emas, chunki preparatning gipotenziv samarasi yurakning qonni haydab chiqarishini kamayishi bilan bog‘liq va elektrokardiogramma ko‘rsatkichlarini yomonlashishi kuzatilishi mumkin. Ichak peristaltikasi susaygan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Chiqarilish shakli 10 tabletkadan kontur uyali va kontur uyasiz o‘ramlarda; 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 5 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: