ELYUDRIL PRO eritma 90ml

Обновлено: 21.07.2022

ELYUDRIL PRO eritma 90ml
  • Категория:

    Stomatologik vositalar

  • Страна производитель:

    Frantsiya

  • Активное вещество:

    xlorbutanol, Xlorgeksidin

  • Производитель:

    “Пьер Фабр Медикамент”

  • Количество в упаковке:

    ---

  • Код ATX:

    A01AВ11

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция ELYUDRIL PRO eritma 90ml

  • Dozirovkasi

    Elyudril yarim stakan qaynatilgan suvga 10-15 ml eritma hisobida suyultirilsin. 30 sekund davomida chayilsin. Yutilmasin. Preparatni kuniga 3 martagacha qo'llash mumkin. Maksimal sutkalik doza 20 ml eritmani (suyultirilguniga qadar) tashkil qiladi. Davolash kursi 2 xafta. Shifokor tavsiyasi bo'yicha davolash kursi uzaytirilishi mumkin. Elyudril eritmasini har bir qo'llashdan oldin og'izni sinchiklab chaying va tishlarni tozalang.

  • Dori vositalarining o'zaro ta'siri

    Ta'sir etuvchi modda, xlorgeksidin, ayrim tish pastalari bilan nomutanosib. Shuning uchun eritmani tishlarni tozalagandan keyin faqat kichik oraliqdan keyin va sinchkov og'iz bo'shlig'ini chaygandan so'ng qo'llash kerak.

  • Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar

    - 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi (shifokor nazorati ostida). - preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

  • Maxsus shartlar

    - Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. - Yutilmasin. - Bu maxsulotni ko'zga, burunga yoki quloqqa tushishiga yo'l qo'ymang. Quloq yo'liga qo'llamang. - Kontakt xollarida ko'p miqdordagi suv bilan yuvib tashlash kerak. - Preparat uzoq qo'llanganda til, tish, plomba uchun material va tish protezlarini bo'yalishiga olib kelishi mumkin. Agar tishlarni xar kuni og'izni chayish uchun eritmani qo'llashdan oldin tozalansa yoki tish protezlari uchun va plomba materiallari uchun eritmani qo'llansa bu rangini o'zgarishi qaytuvchan bo'lishi va undan saqlanish mumkin. Agar Elyudril 6 yoshdan katta bolada qo'llansa, bola dorini yutmayotgani xaqida ishonch xosil qilishingiz kerak chunki eritma spirt saqlaydi. Alkogolli abstinentsiyada spirt mavjudligini inobatga olish kerak. Normal sharoitlarda og'iz bo'shlig'ini chayish uchun ushbu eritmani qo'llashda dozani oshirib yuborilishi kuzatilmaydi. Eritmani yutganda maxalliy samaralar paydo bo'lishi mumkin, masalan: og'izni achishishi, tomoqda va qizilo'ngachda maxalliy qo'zg'aluvchanlik. Ko'p miqdorda yutganda sizda ovqat xazm qilishda diskomfort siptomlari paydo bo'lishi mumkin (ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq va diareya), yengil xarakatlar koordinatsiyasini buzilishi yoki jigarga toksik ta'siri. Agar ko'p miqdorda eritma yutgan bo'lsangiz shifokor, jarrox-stomatolog yoki toksikologik markazga murojaat qiling. Eritmada spirt saqlanishi tufayli suyultirilmagan miqdorda ko'p eritma chayish uchun bolalarda qo'llanganda muvofiq choralarni ko'rish uchun darxol tibbiy yordam talab qilinadi.

  • Nojo'ya samaralari

    Quyidagi nojo'ya samaralar paydo bo'lishi mumkin (tez-tezligi noma'lum): Terida toshma, qichishish, tomoqni, yuzni va bo'yinni shishi, bular nafas qiyinlashishini sababi bo'lishi mumkin. Bu doriga allergik reaktsiya bo'lishi mumkin. Agar siz bu simptomlardan biron-birini sezgan bo'lsangiz zudlik bilan davolashni bekor qilishingiz kerak va iloji boricha tezroq shifokor bilan bog'lanishingiz kerak. Tilda ta'mni o'zgarishi va achishish xissi, ayniqsa davolash boshida. Bu samaralar asta-sekin davolash davomida o'tib ketadi. Tilni jigarrang rangga bo'yalishi. Bu zarar yetkazmaydi va darxol davolashdan keyin o'tib ketadi. Tishlarni, tish protezlarini va tishlarni qayta tiklash uchun materiallarni bo'yalishi. Agar xar kuni tishlar tozalansa yoki stomatologga murojaat qilinsa bu bo'yalishlardan oson saqlanish mumkin. So'lak bezlarini shishi (quloq oldi bezlari), bu davolash bekor qilingandan keyin yo'qoladi. Og'iz bo'shlig'i shilliq qavatida epiteliyni ko'chishi. Agar bu yuz bersa, siz 50% ga suv bilan chayqash uchun eritmani suyultirishingiz kerak va shifokorga murojaat qilishingiz kerak.

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?