PERSEN NOCH kapsulalar N20

Обновлено: 21.07.2022

PERSEN NOCH kapsulalar  N20
  • Категория:

    Uyqu va tinchlantiruvchi vositalar

  • Страна производитель:

    Sloveniya

  • Активное вещество:

    ---

  • Производитель:

    Lek d.d.

  • Количество в упаковке:

    20

  • Код ATX:

    N05CM

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция PERSEN NOCH kapsulalar N20

  • Qadoqda soni

    20

  • Umumiy ma'lumot

    PERSEN NOCH kapsulalar N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar ILOVA-VARAQA: ISTE‘MOLCHILAR UCHUN MA‘LUMOT   Ushbu ilovani diqqat bilan o‘qib chiqing: u Siz uchun muhim ma‘lumotni saqlaydi. Ushbu preparat shifokor reseptisiz beriladi. Biroq, optimal natijaga erishish uchun uni yo‘riqnomaga aniq rioya qilgan holda qabul qiling. –      Ushbu ilova varaqani saqlang. Ehtimol, Siz uni yana bir bor o‘qib chiqishni istab qolarsiz. –      Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. –      Agar davolanishning 14 kunidan keyin simptomlar saqlansa yoki zo‘raysa, shifokorga murojaat qiling. –      Jiddiy yoki ushbu yo‘riqnomada ta‘riflanmagan yangi nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida, iltimos, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting. Mazmuni: Persen Forte nima va u nima uchun qo‘llanadi Persen Forteni qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak Persen Forteni qanday qabul qilish kerak Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari Saqlash sharoiti PERSEN® FORTE kapsulalar (PERSEN® FORTE)   Tinchlantiradi Dorivor valeriana (Valeriana officinalis L.) Dorivor limon o‘ti (Melissa officinalis L.) Qalampir yalpizi (Mentha piperita L.) Persen Forte preparatining tarkibi Faol moddalar: – 87,5 mg valeriana ildizining quruq suvli-spirtli ekstrakti (Valeriana officinalis L., Valeriana radix extractum siccum) – 17,5 mg dorivor limon o‘ti barglarining quruq ekstrakti (Melissa officinalis L., Melissa folium extractum siccum) – 17,5 mg qalampir yalpizi barglarining quruq ekstrakti (Mentha piperita L., Mentha piperita folium extractum siccum) Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, magniy oksidi, magniy stearati, talk, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, jelatin, temir (III) oksidi (Ye 172), titan dioksidi (Ye 171), temir (II) oksidi (Ye 172). Chiqarilish shakli: 20 kapsuladan karton qutida. PERSEN FORTE NIMA VA U NIMA UCHUN QO‘LLANADI Persen Forte yumshoq tinchlantiruvchi ta‘sirga ega fitopreparatdir. Valeriana ildizining ekstrakti tinchlantiruvchi samara ega. U nerv zo‘riqishi simptomlarini yengillashtiradi, uyqusizlik holatlarida esa – uyquga ketishga yordam beradi. Limono‘ti barglarining ekstrakti preparatning tinchlantiruvchi ta‘sirini to‘ldiradi. Qalampir yalpiz barglarining ekstrakti valeriana ildizining ekstraktlari bilan majmuada tinchlantiruvchi vosita sifatida ana‘naviy ishlatiladi. Persen Forte nevrozlarni davolashning boshlang‘ich bosqichlarida, kuchliroq preparatlarni qo‘llash asoslanmagan hollarda ishlatiladi. Persen Forteni vaqtinchalik yengil nerv zo‘riqishi simptomlarini yengillashtirish uchun (yuqori aqliy faollikda, bezovtalikda, qo‘zg‘aluvchanlikda kundalik tinchlantiruvchi vosita sifatida) va (yoki) uyquga ketish bilan bog‘liq vaqtinchalik qiyinchiliklar mavjud bo‘lganida qabul qilish tavsiya qilinadi.   PERSEN FORTENI QABUL QILISHDAN OLDIN NIMALARNI BILISH KERAK Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar: Valeriana ildizlariga, dorivor limono‘tining barglariga, qalampir yalpiz barglariga, mentolga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Maxsus ko‘rsatmalar va ehtiyotkorlik choralari O‘t-tosh kasalligi va o‘t chiqarish yo‘llarining boshqa kasalliklari bo‘lgan pasientlar qalampir yalpiz barglari preparatlarini qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilishlari kerak. Gastroezofageal reflyuks kasalligi (jig‘ildon qaynashi) bo‘lgan pasientlar qalampir yalpiz barglari preparatlarini qo‘llashdan saqlanishlari kerak, chunki qo‘llash jig‘ildon qaynashini kuchaytirishi mumkin. Bolalar Persen Forte preparatini bolalarda qo‘llash tajribasi cheklanganligi tufayli, uni 12 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.   Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri Agar Siz biron bir dori preparatlarini, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori vositalarini hozirgi vaqtda qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, bu haqida davolovchi shifokorga yoki farmasevtga xabar bering. Boshqa dori vositalari bilan farmakologik o‘zaro ta‘siri haqidagi ma‘lumotlar cheklangan. CYP2D6, CYP3A4/5, CYP1A2 va CYP2E1 izofermentlari ishtirokida metabolizmga uchraydigan preparatlar bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Sintetik sedativ preparatlar bilan majmuaviy davolash tavsiya etilmaydi. Uni tibbiy ko‘rsatmalar bo‘lganida va shifokorning doimiy kuzatuvi ostida o‘tkaziladi. Agar Siz qanday preparatlar qo‘llayotganligingizni bilmasangiz, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting.   Homiladorlik va emizish Agar Siz homilador bo‘lsangiz, homiladorman deb gumon qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz yoki emizayotgan bo‘lsangiz, ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Homiladorlik va emizish vaqtida preparatni qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun ehtiyotkorlik chorasi sifatida, Persen Forteni bu davrda qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Avtomobilni boshqarish va texnika bilan ishlash Ushbu dori vositasini qo‘llash avtomobilni haydash va texnikani boshqarish qabiliyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Preparatning ta‘siri ostida avtomobilni boshqarish yoki texnik moslamalar bilan ishlash mumkin emas. Preparatning ayrim ingredientlari to‘g‘risida ma‘lumot Persen Forte kapsulalari laktoza saqlaydi. Ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bo‘lganida ushbu dori preparatni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing. PERSEN FORTENI QANDAY QABUL QILISH KERAK Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar: Kuchli aqliy yuklamalarda, bezovtalikda yoki qo‘zg‘aluvchanlikda: 2 kapsuladan kuniga ikki marta qabul qilish kerak. Uyqusizlikda: 2 kapsuladan uyqudan bir soat oldin qabul qilinadi. Ichga qabul qilish uchun buyuriladi. Kapsulalar suv bilan birga yutiladi. Ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilinadi. Persen Fortening ta‘siri asta-sekin namoyon bo‘ladi. Optimal samarasini olish uchun kapsulalarni kamida 2 hafta davomida uzluksiz qabul qilish kerak. Davolash davomiyligi cheklanmagan. Persen Forte preparati tavsiya etilgan dozalarda davomli qo‘llanganida qaramlik yoki bekor qilish sindromi paydo bo‘lmaydi. Agar 14 kun davolashdan keyin simptomlar saqlansa yoki zo‘raysa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Persen Forte preparati kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun mo‘ljallangan. Dozani oshirib yuborilishi Preparatning taxminan 20 g valeriana ildizlari (Persen Fortening taxminan 42 kapsulasiga ekvivalent) teng dozasini qabul qilish, toliqish, qorinda spazmlar, ko‘krak qafasida og‘irlik, bosh aylanishi, qo‘llarni qaltirashi va qorachiqni kengayishi o‘tkinchi simptomlarni chaqirishi mumkin. Bu simptomlar 24 soat davomida yo‘qoladi. Agar Siz Persen Fortening dozasini oshirib yuborgan bo‘lsangiz va ta‘riflangan simptomlar 24 soatdan ortiqroq saqlanib tursa, darhol shifokor bilan bog‘laning. Shunga o‘xshash simptomlar paydo bo‘lganida samarani bir maromda tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi. Dorivor limono‘ti va qalampir yalpiz preparatlarining dozasini oshirib yuborish hollari ta‘riflanmagan. Qabul qilishni o‘tkazib yuborish Agar Siz kapsulani qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, uni iloji boricha tezroq qabul qiling. Agar keyingi dozani qabul qilish vaqti kelgan bo‘lsa, preparatni qabul qilishni odatdagi tartibiga rioya qiling. O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun preparatning ikki marta dozasini qabul qilmang. BO‘LISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA SAMARALAR Barcha dori preparatlari kabi, Persen Forte ham nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, biroq ular barcha pasientlarda ham rivojlanavermaydi. Tez-tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi): o‘zini yomon his qilish (ko‘ngil aynishi); qorin sohasida spazmlar. Ushbu simptomlar valeriana ildizlari preparatlarini ichga qabul qilingandan keyin paydo bo‘lishi mumkin. Qalampir yalpizni ichga qabul qilingandan keyin gastroezofageal reflyuks kasalligi (jig‘ildon qaynashi) simptomlarni kuchayishi mumkin. Har qanday nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida, shifokor yoki farmasevtga murojaat eting. Bu shuningdek ushbu yo‘riqnomada ta‘riflanmagan nojo‘ya samaralarga ham taalluqli. SAQLASH SHAROITI Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, namlikdan himoyalangan joyda saqlansin. Preparatni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Yaroqlilik muddatini tugashi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga  to‘g‘ri keladi. Dori vositalarini kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilarga tashlash mumkin emas. Kerak bo‘lmagan dori vositalarini yo‘qotish tartibi to‘g‘risida farmasevtdan so‘rang. Bunday choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz beriladi. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?