DITILIN DARNISA inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N10
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Tayanch-harakat tizimi uchun
Страна производитель:
Ukraina
Активное вещество:
Suksametoniya yodid
Производитель:
Дарница,Фарм.фирма, ЧАО
Количество в упаковке:
10
Код ATX:
M03AВ01
Инструкция DITILIN DARNISA inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N10
Qadoqda soni
10
Umumiy ma'lumot
DITILIN DARNISA inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA DITILIN-DARNISA DITHYLIN-DARNITSA Preparatning savdo nomi: Ditilin-Darnisa Ta‘sir etuvchi modda (XPN): suksametoniy yodidi (suxamethonium iodide); Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma Tarkibi: 1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: suksametoniy yodidi (ditillin) – 20 mg; yordamchi moddalar: natriy xloridi, dinatriy edetati, askorbin kislotasi, suyultirilgan xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv Ta‘rifi: tiniq, rangsiz suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: Miorelaksantlar. Xolin hosilalari. ATX kodi: M03AV01 Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Ditilin qisqa ta‘sirga ega qutbsizlantiruvchi miorelaksantdir. Kimyoviy tuzilishiga ko‘ra ditilinni asetilxolinning ikkilangan molekulasi sifatida qarash mumkin. Postsinaptik nerv-mushak reseptoriga yuqori yaqinlikka ega, nerv-mushak o‘tkazilishini raqobatli bloklaydi, postsinaptik membrananing qutbsizlanishini va skelet mushaklarning qisqa muddatli relaksasiyasini chaqiradi. Psevdoxolinesteraza ta‘sirida, xolin va qahrabo kislotasini hosil bo‘lishi bilan tez parchalanadi, shuning uchun ditilinning samarasi qisqa muddatli. Vena ichiga yuborilganidan so‘ng preparatning ta‘siri 2-3 minutdan keyin namoyon bo‘ladi va to‘liq hajmda 3 minutgacha saqlanib turadi. Preparatni yuborish tugagandan keyin taxminan 5 minut o‘tgach samarasi to‘liq to‘xtaydi. Samarani tez boshlanishi va keyinchalik mushak tonusini tez tiklanishi skelet mushaklarining nazorat qilinadigan va boshqariladigan relaksasiyasini yaratishga imkon beradi. Farmakokinetikasi Ditilinning farmakokinetikasi bo‘yicha ma‘lumotlar, preparatning ta‘sir vaqtini qisqaligi tufayli ahamiyatli cheklangan. Vena ichiga yuborilganidan keyinoq preparat qonning soxtaxolinesterazasini ta‘siriga uchraydi. Keyinchalik asetilxolinning sintezi uchun ishlatiladigan xolinga va to‘qimalar nafasida ishtirok qiluvchi qahrabo kislotasiga parchalanadi. Preparat gematoensefalik va yo‘ldosh to‘siqlari orqali o‘tadi. Qo‘llanilishi Traxeyani intubasiya qilishda, endoskopik muolajalarda (bronxo-, ezofago-, laringo-, sistoskopiya), miorelaksasiyani talab qiluvchi qisqa muddatli operasiyalarda (chiqishlarni to‘g‘rilash, suyak siniqlarini repozisiyasi), jarrohlik aralashuvlari (ginekologik, torakal, abdominal), mioplegiyani tutib turish uchun, qoqsholda tirishishlarni bartaraf qilish uchun qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Vena ichiga oqim bilan va infuziyalar ko‘rinishida yoki mushak ichiga qo‘llanadi. Ditilin-Darnisani yuborishga faqat o‘pkaning sun‘iy ventilyasiyasini o‘tkazish uchun barcha sharoitlar mavjud bo‘lganida ruxsat beriladi. Kattalar. Tana vazni, pasientning reaksiyasi, kerakli mushak relaksasiyasining darajasi, yuborish yo‘lini hisobga olib, shifokor dozalarni individual ravishda belgilaydi. Endotraxeal intubasiyani o‘tkazish uchun tana vazniga 1 mg/kg dozada vena ichiga yuboriladi. Bu doza odatda 30-60 sekunddan keyin davomiyligi 2 dan 6 minutgacha bo‘lgan mushak relaksasiyasini chaqiradi. Yuqori dozalari davomliroq mushak relaksasiyasini chaqiradi, lekin dozani ikki marta oshirish relaksasiyaning davomiyligini ikki marta oshishiga har doim ham olib kelmaydi. Ditilinning dastlabki dozasini 50% dan 100% gacha miqdorini tashkil qiluvchi qo‘shimcha dozalari, 5 minutdan 10 minutgacha bo‘lgan oraliqlarda yuboriladi va umumiy anesteziya ostidagi qisqa muddatli jarrohlik aralashuvi davomidagi mushak relaksasiyasini tutib turadi. Butun operasiya davomida mushaklarni uzoq muddatli bo‘shashtirish uchun Ditilin-Darnisaning 5% li glyukoza eritmasida yoki 0,9% li natriy xloridi eritmasida suyultirilgan 0,1-0,2% li eritmasini infuziya ko‘rinishida, minutiga 2,5-4 mg tezlikda yuborish mumkin. Infuziyaning tezligini konkret bemorning reaksiyasiga qarab muvofiqlashtirish kerak. Takroriy vena ichiga in‘eksiyalarda yoki uzluksiz infuziyalarda Ditilin-Darnisaning umumiy dozasi soatiga 500 mg dan oshmasligi lozim. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Ushbu yosh guruhidagi pasientlar ditilinning ta‘siriga kattalarga nisbatan chidamliroqdirlar. Vena ichiga tavsiya etilgan doza – tana vazniga 1 mg/kg ni tashkil qiladi. Ditilin-Darnisani bolalarga vena ichiga infuziya yo‘li bilan yuborilganida, doza kattalarnikidek belgilanadi, lekin infuziyaning boshlang‘ich tezligi tana vazniga proporsional pasaytiriladi. Yoshgacha bo‘lgan bo‘lgan bolalar uchun mushak ichiga tavsiya etilgan doza- tana vazniga 4 mg/kg gachani tashkil qiladi. Ushbu dozalar taxminan 3 minut davom etadiga mushak relaksasiyasini chaqiradi. Yig‘indi doza 150 mg dan oshmasligi kerak. Keksa pasientlarda qo‘llanishi: keksa yoshli odamlar uchun Ditilin-Darnisaning dozalari kattalar uchun belgilangan dozalar bilan o‘xshash. Keksa odamlar yurak aritmiyalarini paydo bo‘lishiga moyilroqdirlar, ayniqsa ular agarda yurak glikozidlarini qabul qilayotgan bo‘lsalar. Bolalar. Preparat bolalarga 1 yoshdan boshlab qo‘llanadi. Preparat bu yosh guruhidagi bemorlarga qo‘llanganida ehtiyotkorlik ko‘rsatish kerak, chunki bolalarda miopatiya ko‘proq aniqlanadi, ular xavfli gipertermiyani va rabdomiolizni rivojlanishiga moyilroqdirlar va suksametoniy yuborilganidan keyin jiddiy nojo‘ya reaksiyalarning rivojlanishini yuqori xavfiga egadirlar. Nojo‘ya ta‘sirlari Sezgi a‘zolari tomonidan: ko‘zning ichki bosimini oshishi. Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: so‘lak ajralishini oshishi, me‘da ichidagi bosimni oshishi (va, oqibati sifatida, regurgitasiya xavfi va me‘daning ichidagisini nafas yo‘llariga tushish xavfini oshishi). Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: jigar funksiyasining buzilishi. Metabolik buzilishlar: giperglikemiya, kaliyning darajasini tranzitor oshishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipertenziya yoki gipotenziya, qonni oqib kelishlari, qisqa muddatli bradikardiya, asistoliya, taxikardiya, aritmiya (shu jumladan qorinchalar aritmiyasi), yurak o‘tkazuvchanligini buzilishlari, kardiogen shok, yurakni to‘xtashi, kollaps. Nafas a‘zolari tomonidan: apnoe, bronxospazm, nafas mushaklarining davomli falaji (soxtaxolinesterazani ishlab chiqarilishini genetik buzilishi bilan bog‘liq). Tayanch-harakat apparati tomonidan: ditilin yuborilganidan keyin 10-12 soat o‘tgach mushak og‘riqlarini paydo bo‘lishi, mushaklarning fassikulyasiyasi, trizm, rabdomioliz, keyingi mioglobinemiya va mioglobinuriyani rivojlanishi bilan. Dermatologik buzilishlar: terini qizarishi, toshma. Allergik reaksiyalar: o‘ta yuqori sezuvchanlik, shu jumladan eshakemi, anafilaktik shok. Umuman organizm tomonidan: gipertermiya, yuborish joyida o‘zgarish. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, glaukoma, miasteniya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, yaqqol anemiya, anamnezdagi xavfli gipertermiya, plazmadagi xolinesterazani atipik faolligi; katta jarohatlar yoki kuyishlar, bemorni uzoq muddatli immobilizasiyasi, skelet mushaklarining falaji; buyrak yetishmovchiligi bilan bog‘liq gipekaliemiya; ko‘zning ochiq jarohati va ko‘z ichki bosimini oshishi maqsadi muvofiq bo‘lmagan hollar; skelet mushaklarining miopatiyasi, rabdomioliz. Suksametoniyga sezuvchanlikni oshiruvchi preparatlarni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Quyida sanab o‘tilgan dori moddalar va kimyoviy birikmalar qon plazmasidagi xolinesterazaning normal faolligini pasaytiradi, shu bilan Ditilin-Darnisaning relaksasiya qiluvchi ta‘sirining jadalligi va davomiyligini oshiradi. Ularga quyidagilar kiradi: fosfororganik insektisidlar va metrifonat; exotifatli ko‘z tomchilari; trimetafan; spesifik antixolinesteraz agentlar: neostigmin, piridostigmin, fizostigmin, endofonium; takrin gidroxloridi; sitotoksik dori vositalari: siklofosfamid, mexloretamin, trietilenmelamin, tiotepa; psixiatriya amaliyotida qo‘llanadigan dori vositalari: fenelzin, propazin, xlorpromazin; anestetik dori vositalari: ketamin, morfin, morfin antagonistlari, petidin, pankuroniy, propanidid. Qon plazmasidagi psevdoxolinesterazaning faolligiga salbiy ta‘sir qilishi mumkin bo‘lgan boshqa dori vositalarga aprotinin, difeningidramin, prometazin, estrogenlar, oksitosin, glyukokortikosteroidlar (yuqori dozalarda), oral kontraseptivlar, terbutalin, metoklopramid kiradi. Quyida keltirilgan dori moddalari va kimyoviy birikmalar Ditilin-Darnisaning miorelaksasiya qiluvchi ta‘sirining jadalligi va davomiyligini, qon plazmasidagi xolesterazning faolligini almashishi bilan bog‘liq bo‘lmagan yo‘llar bilan oshiradi. Ularga quyidagilar kiradi: magniy tuzlari; litiy karbonati; azatioprin; xinin va xlorxinin; aminoglikozid guruhi antibiotiklari, klindamisin, polimiksinlar: aritmiyaga qarshi preparatlar: xinidin, prokainamid, verapamil, beta-adrenoblokatorlar, lidokain, prokain; uchuvchi va ingalyasion anesteziyalovchi dori vositalari: galotan, enfluran, desfluran, izofluran, dietilefir va metoksifluran – Ditilin-Darnisa tomonidan nerv-mushak o‘tkazuvchanligini bloklanishi I fazasiga ahamiyatsiz ta‘sirga ega, biroq suksametoniy tomonidan nerv-mushak o‘tkazuvchanligini bloklanishining II fazasini boshlanishini tezlashtiradi va jadalligini oshiradi. Yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, yurak glikozidlarining samarasi oshadi. Miasteniyani davolash uchun vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida bu vositalarning samaradorligi pasayadi. Umumiy anesteziya uchun galogen saqlovchi vositalari ditilinning yurak-qon tomir tizimiga noxush samarasini oshiradi. Tiopental natriy, atropin ditilinning yurak-qon tomir tizimiga noxush samarasini pasaytiradi. Nomutanosibligi Ditilin-Darnisa eritmasi donor qoni bilan (gidroliz kuzatiladi), qon konservantlari, zardob konservantlari bilan, qon preparatlari, barbituratlarning eritmalari, ayniqsa tiopental bilan (cho‘kma hosil bo‘ladi) va ishqoriy eritmalar bilan farmasevtik jihatdan nomutanosib. Ditilin-Darnisa 0,9% li natriy xloridi eritmasi, Ringer eritmasi, 5% li fruktoza eritmasi va 6% li dekstran eritmasi bilan mutanosib. Ditilin-Darnisa boshqa miorelaksantlar va opioid analgetiklar bilan mutanosib. Maxsus ko‘rsatmalar Faqat stasionarning ixtisoslashgan bo‘limi sharoitlarida tajribali anesteziologning qarori va sinchkov nazorati ostida va traxeyani darhol intubasiyasi, kislorod ingalyasiyasi va O‘SV ni o‘tkazish uchun apparatura bo‘lgandagina qo‘llanadi. Ilgari aniqlanmagan nerv-mushak kasalliklari bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda suksametoniy xloridi qo‘llanganidan keyin yurakni qaytmas to‘xtab qolish hollari to‘g‘risida ma‘lumotlar mavjud. Nojo‘ya ko‘rinishlarining xavfi tufayli, darhol intubasiya yoki kritik vaziyatlarda nafas yo‘llarini ozod qilishni talab qiladigan hollardan tashqari, hatto tashqi sog‘lom ko‘ringan bolalar va o‘smirlarga suksametoniy xloridini qo‘llashni cheklash tavsiya etiladi. Yuqori dozalarda ditilin, qutbsizlantiruvchi ta‘sirdan keyin qutbsizlantirishga qarshi samara rivojlangan hollarda “ikki tomonlama blok”ni chaqirishi mumkinligini hisobga olish kerak. Shuning uchun ditilinning oxirgi in‘eksiyasidan keyin ta‘siri uzoq vaqt (25-30 minutgacha) o‘tib ketmaydi va mustaqil nafas tiklanmaydi. Buni bartaraf etish uchun oldindan atropin yuborilganidan keyin prozerin yoki galantamin yuboriladi. Prozerin va boshqa antixolinesteraz preparatlar xolinesterazaning faolligini bostirib, ditilinning ta‘sirini uzaytirishini yodda tutish lozim. Boshqa miorelaksantlarga yoki umumiy anesteziyaning biron-bir komponetiga ma‘lum o‘ta yuqori sezuvchanlikda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Aholining taxminan 0,05% plazma xolinsterazasining nasliy pasaygan faolligiga ega. Bunday bemorlarda suksametoniyning ta‘siri, shuningdek xolinesterazaning faolligini pasayishi bilan kechuvchi holatlarda: homiladorlik va/yoki tug‘ruqdan keyingi davr; qoqshol, tuberkulyoz, shuningdek boshqa og‘ir va/yoki surunkali infeksion kasalliklarni og‘ir kechishi; katta kuyishlar; xavfli o‘smalar; surunkali kamqonlik va to‘yib ovqatlanmaslik; jigar yetishmovchiligining terminal bosqichlari; o‘tkir yoki surunkali buyrak yetishmovchiligi; autoimmun kasalliklar: miksedema, kollagen kasalliklar; plazmani massiv transfuziyasidan keyin; plazmaferez o‘tkazilganidan keyin, shuningdek ayrimi yondosh davolashdan keyin uzayishi mumkin “Dorilarning o‘zaro ta‘siri”bo‘limiga qarang). Suksametoniy takroriy yuborilganidan keyin preparatga o‘rganib qolish paydo bo‘lishi mumkin. Suksametoniyni qo‘llash keyinchalik mushak og‘riqlari bilan kechishi mumkin, ularning jadalligi preparat yuborilganida ko‘rinadigan mushak qisqarishlari bilan kuchsiz mos keladi. Qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlarni Ditilin-Darnisani yuborishdan bir necha minut oldin in‘eksiya qilish, mushak og‘riqlarining ko‘rinishlarini kamayishiga yordam berishi mumkin. Bu usul endotraxeal intubasiya uchun qoniqarli sharoitlarga erishish uchun, suksametoniyning tana vazniga 1 mg/kg dan ortiq dozasini yuborishni talab qilishi mumkin. Og‘ir sepsisli bemorlar giperkaliemiyani rivojlanishiga moyildirlar, buni Ditilin-Darnisa qo‘llanganida e‘tiborga olish lozim. Miasteniya gravis bo‘lgan bemorlarga “ikki tomonlama blok” ni rivojlanishini yuqori xavfini nazarda tutib, Ditilin-Darnisani buyurish tavsiya qilinmaydi. Iton-Lambert miastenik sindromi bo‘lgan bemorlar suksametoniyning ta‘siriga ko‘proq sezuvchandirlar, bu preparatning dozasini pasaytirishni talab qilishi mumkin. Sog‘lom pasientlarda (kattalar va bolalar) suksametoniy ba‘zida bradikardiya chaqirishi mumkin, uni oldindan atropinni vena ichiga yuborish bilan oldini olish mumkin. Giperkaliemiya yo‘qligida kam bo‘lsada, lekin suksametoniyni qo‘llash bilan bog‘liq qorincha aritmiyasi paydo bo‘lishi mumkin. Biroq, digitalis preparatlarini qabul qilayotgan bemorlar bunday aritmiyalarni rivojlanishiga moyilroqdirlar. Suksametoniyning yurakka ta‘siri yurak ritmini o‘zgarishiga, shu jumladan yurakni to‘xtashiga olib kelishi mumkin. Xolinesterazaning genetik tanqisligi bo‘lgan, shuningdek gipokaliemiyasi bo‘lgan bemorlarda Ditilin-Darnisa nafasni davomli susayishini chaqirishi mumkinligini hisobga olish kerak. Jigar kasalliklari, anemiyasi, kaxeksiyasi bo‘lgan bemorlarni davolash uchun preparat ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi lozim. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Suksametoniy bachadonga va boshqa silliq mushaklarga bevosita ta‘sir ko‘rsatmaydi. Normal terapevtik dozalarda preparat yangi tug‘ilgan chaqaloqning nafasiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan miqdorlarda yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tmaydi. Homiladorlik davrida preparat, faqat agar ona uchun foyda homila uchun xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llanadi. Emizish: preparatni ko‘krak sutiga o‘tish xususiyati to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Ditilin-Darnisani har doim davolash muassasasi sharoitlarida, umumiy anesteziya vositalari bilan birga qo‘llanadi, shuning uchun umumiy anesteziya uchun vositalarni qo‘llashga xos barcha ehtiyotkorliklarga rioya qilish lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: Ditilinning dozasini oshirib yuborilishi nafasni uzoq to‘xtab qolishi va mushaklarni falaji bilan namoyon bo‘ladi. Davolash. O‘pkaning sun‘iy ventilyasiyasi, zarurati bo‘lganida – yangi, ya‘ni o‘zining tarkibida soxtaxolinesterazani saqlovchi qon quyish. Chiqarilish shakli 5 ml dan ampulada; 10 ampula dan korobkada; 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda; 1 yoki 2 kontur uyali o‘ramdan qutida. Saqlash sharoiti Original o‘ramida, 2oS dan 8oS gacha haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish: