LAMIKTAL 0,005 tabletkalari N30

Обновлено: 21.07.2022

LAMIKTAL 0,005 tabletkalari N30
  • Категория:

    Tutqanoqqa qarshi dorilar

  • Страна производитель:

    Polsha

  • Активное вещество:

    Lamotridjin

  • Производитель:

    Глаксо Смит Кляйн Фармасьютикалз С.А.

  • Количество в упаковке:

    30

  • Код ATX:

    N03AX09

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция LAMIKTAL 0,005 tabletkalari N30

  • Qadoqda soni

    30

  • Umumiy ma'lumot

    LAMIKTAL 0,005 tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA LAMIKTALTM LAMICTAL™   Preparatning savdo nomi: Lamiktaltm Ta‘sir etuvchi modda (XPN): lamotridjin Dori shakli: tabletkalar. Tarkibi: 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: lamotridjin – 25,0 mg; 50,0 mg yoki 100,0 mg yordamchi moddalar: 24,7 mg; 49,4 mg yoki 98,8 mg laktoza monogidrati; 24,7 mg; 49,4 mg yoki 98,8 mg mikrokristall sellyuloza; 2,5 mg; 5,0 mg yoki 10,0 mg natriy kraxmal glikolati, A tipi; 2,5 mg; 5,0 mg yoki 10,0 mg povidon; 0,4 mg; 0,8 mg yoki 1,6 mg magniy stearati; 0,2 mg; 0,4 mg yoki 0,8 mg temir II oksidi Ye172. Ta‘rifi: Tabletkalar 50 mg: och-sariq-jigarrang, qirrali, ellipsoid bo‘rtmalari bo‘lgan, bir tomonida «GSEC7» boshqa tomonida «25» markirovkasi bo‘lgan tabletkalar. Tabletkalar 25 mg: och-sariq-jigarrang, qirrali, ellipsoid bo‘rtmalari bo‘lgan, bir tomonida «GSEYe1» boshqa tomonida «50» markirovkasi bo‘lgan tabletkalar. Tabletkalar 100 mg: och-sariq-jigarrang, qirrali, ellipsoid bo‘rtmalari bo‘lgan, bir tomonida «GSEYe5» boshqa tomonida «100» markirovkasi bo‘lgan tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: tutqanoqqa qarshi preparatlar. ATX kodi: N03AX09.   Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Ta‘sir mexanizmi Farmakologik tadqiqotlarning natijalari lamotridjin potensialga bog‘liq natriy kanallarining blokatori ekanligini namoyish etdi. Neyronlar kulturasida u to‘xtovsiz takrorlanayotgan impulsasiyani potensialga bog‘liq blokadasini chaqiradi va glyutamin kislotasining (tutqanoq xurujlarini rivojlanishida asosiy rolni o‘ynovchi aminokislota) patologik ajralib chiqishini susaytiradi, shuningdek glyutamat tomonidan chaqirilgan depolyarizasiya (qutbsizlanishni) ni ingibisiya qiladi. Farmakodinamik samaralar Preparatning markaziy nerv tizimiga ta‘sirini baholashga yo‘naltirilgan tadqiqotlar davomida olingan natijalar, sog‘lom ko‘ngillilarga lamotridjinni 240 mg dozada va plaseboni buyurilishi orasida farqlarni namoyish qilmagan, ayni paytda 1000 mg fenitoin va 10 mg diazepam esa ko‘rish koordinasiyasi va ko‘zlarni harakatini, harakat koordinasiyasini sezilarli darajada yomonlashtiradi va ayrim pasientlarga sedativ ta‘sir ko‘rsatadi. Boshqa tadqiqotda karbamazepin 600 mg oral dozada bir marta qo‘llaganida ko‘rish koordinasiyasini va ko‘zlarni harakatini, harakat koordinasiyasini va yurak ritmini ahamiyatli darajada yomonlashishi namoyon bo‘lgan, ayni paytda lamotridjinni 150 mg va 300 mg dozalarda qo‘llash natijalari esa, plaseboga nisbatan xech qanday farqlar namoyish etmagan. Farmakokinetikasi So‘rilishi Ichga qabul qilinganidan keyin lamotridjin me‘da-ichak yo‘llari (MIY) dan tez va to‘liq so‘riladi, birinchi o‘tish jarayonida tizimoldi metabolizmiga deyarli duchor bo‘lmaydi. Plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga Smax preparat ichga qabul qilinganidan keyin taxminan 2,5 soatdan so‘ng erishiladi. Smax ga erishish vaqti ovqat qabul qilinganidan keyin biroz oshadi, ammo so‘rilish darajasi o‘zgarmaydi. 450 mg doza (eng katta tekshirilgan doza) bir marta qabul qilinganida lamotridjinning farmakokinetikasi to‘g‘ri proporsional xarakterga ega. Muvozanat holatida maksimal konsentrasiyasining ahamiyatli individual o‘zgarishlari kuzatiladi, biroq har bir alohida pasientda o‘zgarishlari kam uchraydi. Taqsimlanishi Lamotridjin plazma oqsillari bilan taxminan 55% ga bog‘lanadi. Preparatni oqsil bilan bog‘idan ajralib chiqishini zaharli samarani rivojlanishiga olib kelishi mumkinligining ehtimoli kam. Taqsimlanish xajmi 0,92-1,22 l/kg ni tashkil qiladi. Metabolizmi Lamotridjinning metabolizmida uridindifosfatglyukuroniltransferaza (UDG-glyukuroniltransferaza) fermenti ishtirok etadi. Lamotridjin dozasiga qarab, katta bo‘lmagan darajada o‘zining xususiy metabolizmini oshiradi. Biroq lamotridjin, lamotridjin boshqa tutqanoqqa qarshi preparatlarning farmakokinetikasiga ta‘sir qilishi va metabolizmi sitoxrom R450 ferment tizimi ishtirokida yuz beradigan boshqa preparatlar va lamotridjin orasida o‘zaro ta‘sir bo‘lishini isbotlovchi xech qanday ma‘lumotlar yo‘q. Chiqarilishi Sog‘lom kattalarda lamotridjinning o‘rtacha muvozanatli klirensi o‘rtacha minutiga 39±14 ml ni tashkil qiladi. Lamotridjin glyukuronidlar hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi, ular buyrak orqali chiqariladi. Preparatning 10% dan kamrog‘i buyrak orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Faqat preparat bilan bog‘liq materialning taxminan 2% ichak orqali chiqariladi. Klirensi va yarim chiqarilish davri (T1/2) dozaga bog‘liq emas. Sog‘lom katta odamlarda preparatning yarim chiqarilish davri o‘rtacha 24 soatdan 35 soatgachani tashkil qiladi. Jilber sindromi bo‘lgan bemorlar ishtirokidagi tadqiqotda preparatning klirensini, nazorat guruhiga nisbatan 32% ga pasayishi kuzatilgan, biroq bu umumiy populyasiya uchun normal qiymatlar chegaralaridan tashqariga chiqmagan. Lamotridjinning yarim chiqarilish davriga bir vaqtda qabul qilinayotgan dori preparatlari katta ta‘sir ko‘rsatadi. Karbamazepin va fenitoin kabi glyukuronizasiyani rag‘batlantiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida o‘rtacha yarim chiqarilish davri taxminan 14 soatgacha kamayadi va valproatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida esa o‘rtacha 70 soatgacha oshadi (Qo‘llash usuli va dozalari va Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limlariga qarang). Maxsus pasientlar guruhi Bolalar Bolalarda lamotridjinning klirensi tana vazniga hisoblaganda kattalardagiga qaraganda yuqori; u besh yoshgacha bo‘lgan bolalarda eng yuqoridir. Bolalarda lamotridjinning T1/2 ko‘rsatkichi odatda kattalarnikidan kam. Uning o‘rtacha qiymati, karbamazepin va fenitoin kabi glyukuronizasiyani rag‘batlantiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida taxminan 7 soatga teng va valproatlar bilan birga qabul qilinganida o‘rtacha 45-50 soatgacha oshadi (Qo‘llash usuli va dozalari bo‘limiga qarang). Keksa yoshdagi pasientlar Bir tadqiqotda ishtirok etgan tutqanog‘i bo‘lgan yosh pasientlar va keksa yoshdagi pasientlarni o‘z ichiga olgan populyasion farmakokinetik tahlil natijalari, lamotridjinning klirensi klinik ahamiyatli ko‘rsatkichgacha o‘zgarmasligini namoyish etdi. Lamotridjinning bir martalik dozalari qabul qilingandan keyin taxminiy klirens 20 yoshli pasientlar uchun minutiga 35 ml dan 12% ga pasaygan, 70 yoshli pasientlarda minutiga 31 ml gacha pasaygan. 48 hafta davolangandan keyin pasayish yosh va keksa pasientlar guruhlari orasida minutiga 41 dan 37 ml gacha 10% ni tashkil etgan. Qo‘shimcha ravishda lamotridjinning farmakokinetikasi lamotridjinning 150 mg li bir martalik dozasini qabul qilgan keksa yoshdagi 12 nafar sog‘lom ko‘ngillilarda o‘rganilgan. Keksa yoshdagi pasientlarda klirensining o‘rtacha qiymati (minutiga 0,39 ml/kg), keksa yoshdagi pasientlar ishtirokisiz o‘tkazilgan 9 ta tadqiqot vaqtida 30 dan 450 mg gacha bo‘lgan bir martalik dozalar qabul qilingandan keyin olingan o‘rtacha klirens qiymatlari (minutiga 0,31-0,65 ml/kg) chegaralarida bo‘lgan. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan o‘n ikki nafar ko‘ngilli va gemodializda bo‘lgan olti nafar pasient har biri 100 mg li bir martalik dozada lamotridjin qabul qilishgan. Taxminiy klirensning o‘rtacha qiymatlari sog‘lom ko‘ngillilardagi minutiga 0,58 ml/kg qiymatga nisbatan, minutiga minutiga 0,42 ml/kg ni (surunkali buyrak yetishmovchiligida), minutiga 0,33 ml/kg ni (gemodializ sessiyalari orasida) va minutiga 1,57 ml/kg ni (gemodializ vaqtida) tashkil qilgan. Qon plazmasidan yarim chiqarilish davri – T½ sog‘lom ko‘ngillilardagi 26,2 soatga nisbatan, 42,9 soatni (surunkali buyrak yetishmovchiligida), 57,4 soatni (gemodializ sessiyalari orasida) va 13,0 soatni (gemodializ vaqtida) tashkil qilgan. O‘rtacha organizmda bo‘lgan lamotridjinning miqdorini taxminan 20% (diapazon = 5,6 dan 35,1 gacha) organizmdan 4-soatlik gemodializ sessiyasi davomida chiqarilgan. Mazkur pasientlar guruhi uchun Lamiktal™ preparatining boshlang‘ich dozasini aniqlash pasient tomonidan tutqanoqqa qarshi preparatlarni qabul qilish tartibiga asoslangan bo‘lishi lozim; samarani bir maromda saqlab turuvchi dozani pasaytirish sezilarli funksional buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun samarali bo‘lishi mumkin. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar Bir martalik dozaning farmakokinetik tadqiqoti turli darajadagi jigar yetishmovchiligi 24 nafar pasient va nazorat guruhining 12 sog‘lom pasienti ishtirokida o‘tkazildi. Lamotridjinning taxminiy klirensining o‘rtacha qiymatlari nazorat guruhining sog‘lom pasientlaridagi minutiga 0,34 ml/kg ko‘rsatkichga nisbatan jigar yetishmovchiligining A, V, yoki S (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha) darajalari bo‘lgan pasientlarda muvofiq ravishda minutiga 0,31; 0,24 yoki 0,10 ml/kg ni tashkil etgan. Boshlang‘ich, oshib boruvchi va samarani bir maromda saqlab turuvchi dozalari o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha V daraja) bo‘lgan pasientlarda taxminan 50% ga va og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi (Chayl-Pyu tasnifi bo‘yicha S daraja) bo‘lgan pasientlarda 75% ga kamaytirilishi kerak. Dozani oshirish va samarani bir maromda saqlab turuvchi dozaga klinik javobga qarab tuzatish kiritilishi lozim. Qo‘llanilishi TUTQANOQ Kattalar (12 yoshdan oshgan pasientlar) Lamiktal™ tutqanoqni, parsial va yoyilgan xurujlarni, shu jumladan tonik-klinik tirishishlar, shuningdek Lennoks-Gasto sindromidagi xurujlarni majmuaviy davolash tarkibida va monoterapiyada davolash uchun qo‘llaniladi. Bolalar (2 yoshdan 12 yoshgacha) Lamiktal™ tutqanoqni, parsial va yoyilgan xurujlarni, shu jumladan tonik-klinik tirishishlar, shuningdek Lennoks-Gasto sindromidagi xurujlarni majmuaviy davolash tarkibida davolash uchun qo‘llaniladi. Majmuaviy davolash fonida tutqanoqning nazoratiga erishilganidan so‘ng, tutqanoqqa qarshi yondosh preparatlar bekor qilinishi va Lamiktal™ ni monoterapiyada qabul qilish davom ettirilishi mumin. Lamiktal™ tipik absanslarni monoterapiyasida qo‘llanilishi mumkin. BIPOLYAR BUZILISHLAR Kattalar (18 yosh va undan katta pasientlar) Lamiktal™ bipolyar buzilishlari bo‘lgan bemorlarda kayfiyatni o‘zgarishlarini oldini olish uchun, asosan depressiya xurujlarini oldini olish uchun qo‘llaniladi.   Qo‘llash usuli va dozalarii Lamiktal™ tabletkalarini chaynamay va sindirmay, butunligicha qabul qilish kerak. Agar Lamiktal™ ning hisoblangan dozasi (masalan bolalarga (faqat tutqanoqda) yoki jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarga buyurilganda) kichikroq dozali butun tabletkalarning miqdoriga bo‘lish mumkin bo‘lmasa, unda pasientga kichikroq dozali butun tabletkaning eng yaqin qiymatiga to‘g‘ri keladigan doza buyurilishi kerak. Preparatni qabul qilishni qayta boshlash Lamiktal™ preparatini qo‘llashni qayta boshlash hollarida, shifokorlar biron-bir sabablarga ko‘ra preparatni qabul qilishni to‘xtatgan bemorlarda samarani bir maromda saqlab turuvchi dozani oshirish lozimligini baholashlari lozim, chunki yuqori boshlang‘ich dozalar va tavsiya qilingan dozalarni oshirish kuchli toshmani rivojlanish xavfi bilan assosiasiyalangan bo‘ladi (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang). Preparatni so‘nggi marta qabul qilingandan keyingi vaqt intervali qanchalik katta bo‘lsa, dozani samarani bir maromda saqlab turuvchi dozagacha shunchalik katta ehtiyotkorlik bilan oshirish kerak. Agar Lamiktal™ preparatini qabul qiilish to‘xtatilganidan keyin interval beshta yarim chiqarilish davrlaridan ortiq bo‘lsa (Farmakokinetikasi bo‘limiga qarang), unda Lamiktal™ ning dozasi teshishli sxemaga muvofiq samarani bir maromda saqlab turuvchi dozagacha oshirilishi kerak. Lamiktal™ bilan davolashni, Lamiktal™ bilan oldingi davolashda toshma paydo bo‘lganligi tufayli davolashni to‘xtatgan pasientlarda, potensial foyda xavfdan aniq ustun bo‘lmagan hollardan tashqari hollarda, boshlash tavsiya etilmaydi. TUTQANOQ Tutqanoqni monoterapiyasida dozalash Kattalar (12 yoshdan oshganlar) (1 jadvalga qarang) Monoterapiyada Lamiktal™ preparatining boshlang‘ich dozasi, keyinchalik dozani keyingi 2 hafta davomida sutkada bir marta 50 mg gacha oshirilishi bilan 2 hafta davomida, sutkada bir marta 25 mg ni tashkil qiladi. So‘ngra dozani, optimal samaraga erishilmagunicha har 1-2 haftada maksimum 50-100 mg gacha oshirish lozim. Odatda optimal terapevtik samaraga erishish uchun standart tutib turuvchi doza bir yoki ikki marta qabul qilish uchun sutkada 100-200 mg ni tashkil qiladi. Ayrim pasientlarga istalgan terapevtik samaraga erishish uchun Lamiktal™ ning sutkada 500 mg gacha dozasi talab qilinadi. Bolalar (2 yoshdan 12 yoshgacha) (2 jadvalga qarang) Tipik absanslari bo‘lgan bemorlarni monoterapiyasida Lamiktal™ preparatining boshlang‘ich dozasi, keyinchalik dozani keyingi 2 hafta davomida sutkada bir yoki ikki marta qabul qilish uchun sutkada tana vazniga 0,6 mg/kg gacha gacha oshirilishi bilan 2 hafta davomida, sutkada bir yoki ikki marta qabul qilish uchun tana vazniga 0,3 mg/kg ni tashkil qiladi. So‘ngra dozani, optimal samaraga erishilmagunicha har 1-2 haftada ko‘pi bilan 0,6 mg/kg ga oshirish kerak. Odatda optimal terapevtik samaraga erishish uchun standart tutib turuvchi doza bir yoki ikki marta qabul qilish uchun sutkada 1 mg/kg dan 10 mg/kg gachani tashkil qiladi. Tipik absanslari bo‘lgan ayrim pasientlarga istalgan terapevtik samaraga erishish uchun yanada yuqoriroq dozalar talab qilinadi. Toshma rivojlanishining xavfi tufayli, preparatning boshlang‘ich dozasini va dozani titrlashning tavsiya qilingan tartibini oshirmaslik kerak (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang). Tutqanoqni majmuaviy davolashda dozalash Kattalar (12 yoshdan oshganlar) (1 jadvalga qarang) Valproat kislotasining preparatini boshqa tutqanoqqa qarshi preparatlar (TQP) bilan birga qo‘shib yoki ularsiz qabul qilayotgan pasientlarda, Lamiktal™ preparatining boshlang‘ich dozasi birinchi 2 hafta davomida kunora 25 mg ni tashkil qiladi; keyinchalik keyingi 2 hafta davomida doza 25 mg dan sutkada bir marta qabul qilinadi. So‘ngra dozani har 1-2 haftada sutkada maksimal 25-50 mg ga, optimal terapevtik samaraga erishilgunicha oshirish kerak. Odatda optimal terapevtik samaraga erishish uchun samarani tutib turuvchi doza, bir yoki ikki marta qabul qilish uchun sutkada 100-200 mg ni tashkil qiladi. Tutqanoqqa qarshi preparatlar bilan yondosh davolash va lamotrijinning glyukuronizasiyasini induksiya qiluvchi boshqa preparatlarni (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang), boshqa tutqanoqqa qarshi preparatlar (valproatdan tashqari) bilan birga yoki ularsiz qabul qilayotgan pasientlarda, Lamiktal™ preparatining boshlang‘ich dozasi 2 hafta davomida sutkada bir marta 50 mg ni tashkil qiladi, keyinchalik keyingi 2 hafta davomida sutkada ikki marta qabul qilish bilan sutkada 100 mg ni tashkil qiladi. So‘ngra doza har 1-2 haftada optimal terapevtik samaraga erishilgunicha ko‘pi bilan 100 mg ga oshiriladi. Odatda samarani bir maromda saqlab turuvchi doza ikki marta qabul qilish uchun sutkada 200 mg dan 400 mg gachani tashkil qiladi. Ayrim pasientlarga terapevtik samaraga erishish uchun sutkada 700 mg doza talab qilinishi mumkin. Lamotrijinning glyukuronizasiyasini sezilarli ingibisiya qilmaydigan va induksiya qilmaydigan preparatlarni qabul qilayotgan bemorlarda (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang), Lamiktal™ preparatining boshlang‘ich dozasi 2 hafta davomida sutkada bir marta 25 mg ni tashkil qiladi, keyinchalik keyingi 2 hafta davomida sutkada ikki marta qabul qilish bilan sutkada 50 mg ni tashkil qiladi. So‘ngra doza har 1-2 haftada optimal terapevtik samaraga erishilgunicha ko‘pi bilan 50-100 mg ga oshiriladi. Odatda samarani bir maromda saqlab turuvchi doza ikki marta qabul qilish uchun sutkada 100 mg dan 200 mg gachani tashkil qiladi. 1 jadval. TUTQANOQNI davolashda 12 yoshdan oshgan kattalarga Lamiktal™ preparatining tavsiya qilinadigan dozalash tartibi Buyurish tartibi 1-2 hafta 3-4 hafta Samarani bir maromda saqlab turuvchi doza       Monoterapiya     25 mg sutkada 1 marta     50 mg sutkada 1 marta 100-200 mg (sutkada 1 marta 1 yoki 2 marta qabul qilish uchun). Terapevtik samaraga erishish uchun har 1-2 haftada doza 50-100 mg ga oshirilishi mumkin   Boshqa yondosh davolashdan qat‘iy nazar LamiktalTM va valproat kislotasi preparatlari bilan majmuaviy davolash   12,5 mg (yoki 25 mg kunora)   25 mg sutkada 1 marta 100-200 mg (sutkada 1 marta 1 yoki 2 marta qabul qilish uchun). Terapevtik samaraga erishish uchun har 1-2 haftada doza 25-50 mg ga oshirilishi mumkin           Valproat kislotasi preparatlarisiz majmuaviy davolash Ushbu tartib quyidagi: fenitoin, karbama-zepin, fenobarbital, primidon bilan yoki lamotridjinning glyukuronizasiyasining boshqa induktorlari bilan ishlatilishi lozim («Dorilarning o‘zaro ta‘siri» bo‘limiga qarang) 50 mg sutkada 1 marta 100 mg sutkada 1 marta 200-400 mg (2 marta qabul qilish uchun). Terapevtik samaraga erishish uchun har 1-2 haftada doza 100 mg ga oshiriladi Ushbu tartib lamotrijinning glyukuronizasiyasini sezilarli ingibisiya qilmaydigan va induksiya qilmaydigan preparatlar bilan ishlatilishi lozim («Dorilarning o‘zaro ta‘siri» bo‘limiga qarang)   25 mg sutkada 1 marta   50 mg sutkada 1 marta 100-200 mg (1 yoki 2 marta qabul qilish uchun) Terapevtik samaraga erishish uchun har 1-2 haftada doza 50-100 mg ga oshirilishi mumkin Hozirgi vaqtda lamotridjin bilan farmakokinetik o‘zaro ta‘siri noma‘lum bo‘lgan tutqanoqqa qarshi preparatlarni («Dorilarning o‘zaro ta‘siri» bo‘limiga qarang) qabul qilayotgan bemorlarda, Lamiktal™ preparatini valproat kislotasining preparatlari bilan birga buyurish uchun tavsiya qilingan dozalash tartibi ishlatilishi kerak. Toshmani rivojlanish xavfi tufayli preparatning boshlang‘ich dozasini va oshirishni tavsiya etilgan dozalar tartibini oshirmaslik kerak (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar (2 jadvalga qarang). Valproat kislotasining preparatini boshqa tutqanoqqa qarshi preparatlari bilan birga qo‘shib yoki ularsiz qo‘llanganda, Lamiktal™ preparatining boshlang‘ich dozasi 2 hafta davomida sutkada tana vazniga 0,15 mg/kg ni tashkil qiladi; keyinchalik – keyingi ikki hafta davomida 0,3 mg/kg dan sutkada bir marta buyuriladi. So‘ngra dozani optimal terapevtik samaraga erishilgunicha har 1-2 haftada sutkada 0,3 mg/kg ga oshirish kerak. Bunda odatdagi samarani bir maromda saqlab turuvchi doza sutkada 1-5 mg/kg ni tashkil qiladi, 1-2 qabulda. Maksimal sutkalik doza – sutkada 200 mg ni tashkil qiladi. Tutqanoqqa qarshi preparatlarni yoki lamotridjinning glyukuronizasiyasini induksiya qiluvchi boshqa preparatlarni (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang), boshqa tutqanoqqa qarshi preparatlar bilan birga yoki ularsiz (valproat kislotasi preparatlaridan tashqari) qabul qilayotgan bolalarda, Lamiktal™ preparatining boshlang‘ich dozasi birinchi ikki hafta davomida sutkada bir marta tana vazniga sutkada 0,6 mg/kg ni tashkil qiladi, keyinchalik – navbatdagi 2 hafta davomida sutkada 1,2 mg/kg ikki marta qabul qilishga buyuriladi. So‘ngra doza har 1-2 haftada optimal terapevtik samaraga erishilgunicha sutkada 1,2 mg/kg ga oshiriladi. Optimal terapevtik samaraga erishiladigan odatdagi samarani bir maromda saqlab turuvchi doza ikki marta qabul qilishga sutkada 5-15 mg/kg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza sutkada 400 mg ni tashkil etadi. Lamotrijinning glyukuronizasiyasini sezilarli ingibisiya qilmaydigan va induksiya qilmaydigan preparatlarni qabul qilayotgan bemorlarda (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang), Lamiktal™ preparatining boshlang‘ich dozasi birinchi 2 hafta davomida sutkada bir marta tana vazniga sutkada 0,3 mg/kg ni tashkil qiladi, keyinchalik – navbatdagi 2 hafta davomida sutkada 0,6 mg/kg ikki marta qabul qilishga buyuriladi. So‘ngra doza har 1-2 haftada optimal terapevtik samaraga erishilgunicha sutkada 0,6 mg/kg ga oshiriladi. Optimal terapevtik samaraga erishiladigan odatdagi samarani bir maromda saqlab turuvchi doza bir yoki ikki marta qabul qilishga sutkada 1-10 mg/kg ni tashkil qiladi. Maksimal doza sutkada 200 mg ni tashkil etadi. Ikki yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan pasientlarda tavsiya qilingan diapazonning yuqori chegarasi darajasidagi samarani bir maromda saqlab turuvchi doza talab etilishi ehtimoldan holi emas. 2 Jadval. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda TUTQANOQNI davolashda Lamiktal™ preparatining tavsiya etilgan dozalash tartibi (umumiy sutkalik doza tana vazniga mg/kg da) Buyurish tartibi 1-2 hafta 3-4 hafta Samarani bir maromda saqlab turuvchi doza Tipik absanslarni monoterapiyasi             0,3 mg/kg (sutkada 1 yoki 2 marta qabul qilish uchun)         0,6 mg/kg (sutkada 1 yoki 2 marta qabul qilish uchun)     Sutkada 200 mg li maksimal dozagacha sutkada 1-10 mg/kg li samarani bir maromda saqlab turuvchi dozaga erishilgunicha dozani har 1-2 haftada 0,6 mg/kg ga oshirish Boshqa yondosh davolashdan qat‘iy nazar, Lamiktal™ preparati va valproat kislotasi preparatlari bilan majmuaviy davolash 0,15 mg/kg* (sutkada 1 marta qabul qilish uchun) 0,3 mg/kg (sutkada 1 marta qabul qilish uchun) Sutkada 200 mg li maksimal dozagacha sutkada 1-5 mg/kg li samarani bir maromda saqlab turuvchi dozaga erishilgunicha dozani har 1-2 haftada 0,3 mg/kg ga oshirish Valproat kislotasi preparatlarisiz majmuaviy davolash Ushbu tartib quyidagi: fenitoin, karbamazepin, fenobarbital, primidon bilan yoki lamotridjinning glyukuronizasiyasining boshqa induktorlari bilan ishlatilishi lozim (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang) 0,6 mg/kg (2 marta qabul qilish uchun) 1,2 mg/kg (2 marta qabul qilish uchun) Sutkada 400 mg li maksimal dozagacha sutkada 5-15 mg/kg li samarani bir maromda saqlab turuvchi dozaga (sutkada 1 marta 1 yoki 2 marta qabul qilish uchun) erishilgunicha dozani har 1-2 haftada 1,2 mg/kg ga oshirish     Ushbu tartib lamotrijinning glyukuronizasiyasini sezilarli ingibisiya qilmaydigan va induksiya qilmaydigan preparatlar bilan ishlatilishi lozim 0,3 mg/kg (1 yoki 2 marta qabul qilish uchun) 0,6 mg/kg (1 yoki 2 marta qabul qilish uchun) Sutkada 200 mg li maksimal dozagacha sutkada 1-10 mg/kg li samarani bir maromda saqlab turuvchi dozaga (sutkada 1 marta 1 yoki 2 marta qabul qilish uchun) erishilgunicha dozani har 1-2 haftada 0,6 mg/kg ga oshirish   Hozirgi vaqtda lamotridjin bilan farmakokinetik o‘zaro ta‘siri noma‘lum bo‘lgan tutqanoqqa qarshi preparatlarni (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang) qabul qilayotgan bemorlarda, Lamiktal™ preparatini valproat kislotasi preparatlari bilan birga buyurish uchun tavsiya qilingan dozalash tartibi ishlatilishi kerak. * Agar valproat kislotasining preparatlarini qabul qilayotgan pasientlarda hisoblangan sutkalik doza 1-2 mg ni tashkil qilsa va 2 mg li tabletkalar bor bo‘lgan eng kichik dozasi bo‘lsa, unda 2 mg Lamiktal™ preparatini kunora birinchi ikki hafta davomida qabul qilish mumkin. Agar valproat kislotasining preparatlarini qabul qilayotgan pasientlarda hisoblangan sutkalik doza 1 mg dan kamni tashkil qilsa, Lamiktal™ preparatini buyurmaslik kerak. Toshmani rivojlanish xavfi tufayli preparatning boshlang‘ich dozasini va tavsiya qilingan dozalash tartibini oshirish mumkin emas (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang). Terapevtik dozaga rioya qilinayotganiga ishonch hosil qilish uchun bolaning tana vaznini nazorat qilish va u o‘zgarganida preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak.   Tutqanoqni monoterapiya va majmuaviy davolash 2 yoshdan kichik bolalar Lamiktal™ preparatini 2 yoshdan kichik bolalarda monoterapiya sifatida yoki 1 oylikdan kichik bolalarda qo‘shimcha davolash vositasi sifatida qo‘llash o‘rganilmagan. 1 oylikdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda parsial xurujlarni majmuaviy davolash sifatida Lamiktal™ preparatining xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan (Klinik tadqiqotlar bo‘limiga qarang). Shuning uchun Lamiktal™ preparatini 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Tutqanoqni davolashda Lamiktal™ preparatini dozalash bo‘yicha umumiy tavsiyalar Lamiktal™ preparati bilan monoterapiyaga o‘tish uchun yondosh tutqanoqqa qarshi preparatlarni bekor qilinganda yoki Lamiktal™ preparatini qabul qilish fonida boshqa tutqanoqqa qarshi preparatlarni yoki dori preparatlarini buyurishda, bu lamotridjinning farmakokinetikasiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkinligini e‘tiborga olish lozim (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang). BIPOLYAR BUZILISHLAR Kattalar (18 yosh va undan katta pasientlar) Toshmani rivojlanish xavfi tufayli preparatning boshlang‘ich dozasini va tavsiya qilingan dozalar tartibini oshirmaslik kerak (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang). Lamiktal™ preparatini depressiv epizodlarni rivojlanish xavfiga duchor bo‘lgan bipolyar buzilishlari bo‘lgan pasientlarda qo‘llash tavsiya etiladi. Lamiktal™ preparatining dozasini 6 hafta davomida samarani bir maromda saqlab turuvchi barqarorlashtiruvchi dozagacha oshirishni o‘z ichiga oluvchi dozalashning o‘tuvchi tartibiga amal qilish kerak (3 jadval), shundan so‘ng, ko‘rsatmalar bo‘lganida boshqa psixotrop va/yoki tutqanoqqa qarshi preparatlarni bekor qilish mumkin (4 jadval). Maniakal epizodlarni oldini olish uchun qo‘shimcha davolashni qo‘llashni ko‘rib chiqish kerak, chunki maniakal holatlarni davolash uchun Lamiktal™ preparatining  samaradorligi ishonchli darajada aniqlanmagan. 3 Jadval. BIPOLYAR BUZILISHLARDA kattalar (18 yosh va undan katta) uchun samarani bir maromda saqlab turuvchi sutkalik barqarorlashtiruvchi dozaga erishish uchun Lamiktal™ preparatining dozalarini oshirishning tavsiya qilingan tartibi Buyurish tartibi 1-2 hafta 3-4 hafta 5 hafta Maqsadli barqarorlashti-ruvchi doza (6 hafta)** a) Lamitridjinning glyukuronizasiyasini ingibitorlari (masalan, valroat kislotasi preparat-lari) bilan majmuaviy davolash   12,5 mg (25 mg kunora) 25 mg sutkada 1 marta 50 mg (sutkada 1 marta 1 yoki 2 marta qabul qilish uchun) 100 mg (sutkada 1 marta 1 yoki 2 marta qabul qilish uchun), maksimal sutkalik doza 200 mg b) Valproat kislota-si preparatlari kabi ingibitorlarni qabul qilmayotgan pasient-larda, lamotridjin-ning glyukuronizasiya-sini ingibitorlari bilan majmuaviy davolash. Bu tartib fenitoin, karbamazepin, fenobar-bital, primidon yoki lamotridjinning glyukuronizasiyasini boshqa ingibitorlari bilan ishlatilmasligi kerak (Dorilarning o‘zaro ta‘siri ga qarang) 50 mg (sutkada 1 marta qabul qilish uchun) Sutkada 100 mg (2 marta qabul qilish uchun) Sutkada 200 mg (2 marta qabul qilish uchun) Davolashning 6 haftasida 300 mg, zarurati bo‘lganida davolashning 7 haftasida doza sutkada 400 mg gacha oshiriladi (2 marta qabul qilish uchun)   s) Lamiktal™ prepa-rati bilan monoterapiya yoki lamotridjinning glyukuronizasiyasiga ahamiyatli induksiya qiluvchi yoki ingibisiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatmaydigan boshqa preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda qo‘shimcha davolash (Dorilarning o‘zaro ta‘siri ga qarang) 25 mg sutkada 1 marta Sutkada 50 mg (1 yoki 2 marta qabul qilish uchun) Sutkada 100 mg (1 yoki 2 marta qabul qilish uchun) 200 mg (100 mg dan 400 mg gacha) sutkada 1 yoki 2 marta qabul qilish uchun Izoh: tutqanoqqa qarshi preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda lamotridjin bilan farmakokinetik o‘zaro ta‘siri hozirgi vaqtgacha noma‘lum (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang), Lamiktal™ preparatini valproat kislotasi preparatlari bilan majmuada buyurish uchun tavsiya etilgan dozalarni oshirish tartibidan foydalanish kerak. ** Maqsadli barqarorlashtiruvchi doza klinik samaraga qarab o‘zgaradi. a) Lamotridjinning glyukuronizasiyasini ingibitorlari (masalan, valproat kislotasi preparatlari bilan) bilan majmuaviy davolash. Glyukuronizasiyani ingibisiya qiluvchi valproatlar kabi preparatlarni qo‘shimcha ravishda qabul qilayotgan bemorlarda Lamiktal™ preparatining boshlang‘ich dozasi 2 hafta davomida kunora 25 mg ni tashkil qiladi, so‘ngra 25 mg sutkada bir marta 2 hafta davomida qo‘llanadi. Dozani 5-chi haftada sutkada bir marta (yoki ikki marta qabulga) 50 mg gacha oshirish kerak. Optimal terapevtik samaraga erishish uchun odatdagi maqsadli doza bir yoki ikki marta qabul qilish uchun sutkada 100 mg ni tashkil etadi. Biroq doza  klinik samarasiga qarab, 200 mg li maksimal sutkalik dozagacha oshirilishi mumkin. b) Lamotridjinning glyukuronizasiyasini valproat kislotasi preparatlari kabi ingibitorlarini qabul QILMAYOTGAN pasientlarda lamotridjinning glyukuronizasiyasini ingibitorlari bilan majmuaviy davolash. Bu dozalash tartibi fenitoin, karbamazepin, fenobarbital, primidon va lamotridjinning glyukuronizasiyasini boshqa ingibitorlari bilan birga ishlatilishi kerak (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang). Lamotridjinning glyukuronizasiyasini rag‘batlantiruvchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilayotgan va valproatlarni qabul qilmayotgan pasientlarda Lamiktal™ preparatining boshlang‘ich doza 2 hafta davomida sutkada bir marta 50 mg ni tashkil qiladi, so‘ngra 100 mg sutkada ikki marta qabul qilish uchun 2 hafta davomida buyuriladi. 5-nchi haftada dozani ikki marta qabul qilishda sutkada 200 mg gacha oshirish mumkin. 6-nchi haftada doza sutkada 300 mg gacha oshirilishi mumkin, biroq optimal terapevtik samaraga erishish uchun odatdagi maqsadli doza ikki marta qabul qilishda  sutkada 400 mg ni tashkil qiladi va 7-nchi haftasidan boshlab buyuriladi. s) Lamiktal™ preparati bilan monoterapiya yoki lamotridjinning glyukuronizasiyasiga ahamiyatli induksiya qiluvchi yoki ingibisiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatmaydigan boshqa preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda qo‘shimcha davolash (Dorilarning o‘zaro ta‘siri ga qarang). Lamotridjinning glyukuronizasiyasini induktorlari yoki ingibitorlarini qabul qilmayotgan yoki Lamiktal™ preparatini monoterapiya ko‘rinishida qabul qilayotgan pasientlarda Lamiktal™ preparatining boshlang‘ich dozasi 2 hafta davomida sutkada bir marta 25 mg ni tashkil etadi, so‘ngra 2 hafta davomida sutkada (bir yoki ikki marta qabul qilish uchun) 50 mg ni tashkil qiladi. Dozani 5-chi haftada 100 gacha oshirish kerak. Optimal terapevtik samaraga erishish uchun odatdagi maqsadli doza bir yoki ikki marta qabul qilishda sutkada 200 mg ni tashkil qiladi. Biroq klinik tadqiqotlarda 100 mg dan 400 mg gacha bo‘lgan diapazondagi dozalar qo‘llangan. Sutkalik maqsadli samarani bir maromda saqlab turuvchi barqarorlashtiruvchi dozaga erishilganidan keyin boshqa psixotrop preparatlar bekor qilinishi mumkin (4 jadvalga qarang). 4 Jadval. Yondosh psixotrop va tutqanoqqa qarshi vositalar bekor qilinganidan keyin kattalarda (18 yosh va undan katta pasientlarda) BIPOLYAR BUZILISHLARNI davolash uchun Lamiktal™ preparatining samarani bir maromda saqlab turuvchi barqarorlashtiruvchi umumiy sutkalik dozasi   Dozalash tartibi 1 hafta 2 hafta 3 hafta va keyinchalik* (a) Lamotridjinning glyukuronizasiyasini ingibitorlarini, masalan, valproat kislotasi preparatlari bekor qilingandan keyin Barqarorlashtiruvchi dozani haftada 100 mg dan oshirmasdan ikki barobar oshirish, ya‘ni sutkada 100 mg li maqsadli barqaror-lashtiruvchi doza 1-nchi haftada sutkada 200 mg gacha oshiriladi     Sutkada 200 mg doza 2 marta qabul qilishda saqlansin (b) Lamitridjinning glyukuronizasiyasini induktorlarini, dastlabki dozaga qarab, bekor qilinganidan keyin. Bu tartib fenitoin, karbama-zepin, fenobarbital, pirimi-don yoki lamotridjinning glyukuronizasiyasini boshqa induktorlari qo‘llanganida ishlatilishi kerak (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang)   400 mg   300 mg   200 mg     300 mg     225 mg     150 mg     200 mg     150 mg     100 mg (s) Lamotridjinning glyukuronizasiyasiga sezilarli induksiya qiluvchi yoki ingibisiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatmaydigan boshqa preparatlar bekor qilinganidan keyin (Dorilarning o‘zaro ta‘siri bo‘limiga qarang)         Oshirish tartibi jarayonida erishilgan barqarorlashtiruvchi dozani tutib turish kerak (sutkada 200 mg 2 marta qabul qilishda; dozalar diapazoni 100 mg dan 400 mg gacha) IZOH: Hozirgi vaqtda lamotridjin bilan farmakokinetik o‘zaro ta‘siri ma‘lum bo‘lmagan tutqanoqqa qarshi preparatlarni qabul qilayotgan pasientlarda, Lamiktal™ preparati bilan davolashga klinik javob asosida tuzatish kiritishni o‘tkazish va joriy dozani tutib turish tavsiya qilinadi. * Zarurati bo‘lganida doza sutkada 400 mg gacha oshirilishi mumkin. (a) Lamitridjinning glyukuronizasiyasini ingibitorlari, masalan, valproat kislotasining preparatlari bekor qilinganidan keyin. Valproatlar bekor qilinganidan keyinoq, Lamiktal™ preparatining maqsadli barqarorlashtiruvchi dozasi ikki barobar oshiriladi va shu darajada tutib turiladi. (b) Lamitridjinning glyukuronizasiyasini indukto

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?