LEGALON 140 kapsulalar 140mg N60
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Gepatoprotektorlar, fosfolipidlar
Страна производитель:
Germaniya
Активное вещество:
Silimarin
Производитель:
MEDA Pharma GmbH & Co.KG, Германия произведено: Madaus GmbH
Количество в упаковке:
60
Код ATX:
A05BA03
Инструкция LEGALON 140 kapsulalar 140mg N60
Qadoqda soni
60
Umumiy ma'lumot
LEGALON 140 kapsulalar 140mg N60 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA LEGALON® 140 LEGALON® 140 Preparatning savdo nomi: LEGALON® 140 Dori shakli: kapsulalar Tarkibi: 1 kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda dog‘li Rastoropsha mevalarini quruq ekstrakti (36-44:1) silibininga hisoblanganda 140 mg silimaringa (DNFG) ekvivalent 108,2 mg silimaringa (VEJX/DAB) ekvivalent; 173,0–186,7 mg yordamchi moddalar polisorbat 80 4,0–4,30 mg; povidon K-25 124,20–134,00 mg; mannitol 38,20–14,40 mg; poli(0-karboksimetil) kraxmal, natriy tuzi 10.60 mg; magniy stearati 1,75 mg; quyidagilardan tarkib topgan qattiq jelatin kapsulalar: jelatin 75,2752 mg; temir (III) oksidi Ye 172 0,77 mg; titan dioksidi Ye 171 0,77 mg; natriy dodesulfati 0,154 mg; temir (II,III) oksidi bo‘yovchisi Ye 172 0,0308 mg. Ta‘rifi: jigarrang rangli “1” o‘lchamli qattiq jelatin kapsula. Kapsulaning ichidagisi: sariq rangli kukun Farmakoterapevtik guruhi: Jigar kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan vositalar, lipotrop vositalar. Gepatoprotektor. ATX kodi: A05VA03 Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Silimarinning antitoksik ta‘siri hayvonlarda jigarni, masalan, oq poganka zamburug‘ining zahari (falloidin va alfa-amantin bilan), shuningdek lintinidlar, tetraxlor uglerodi, galaktozamin, tiosetamin va qurbaqaning FV3 gepatotoksik virusi bilan jigarni shikastlanishini ko‘p sonli modellari yordamida o‘tkazilgan modellarida namoyish etilgan. Silimarinning terapevtik samarasi bir qancha ta‘sir mexanizmlari bilan bog‘liq: Silimarin erkin radikallarni bog‘lab olish hususiyati borligi tufayli, antioksidant faollikka ega, hujayralarning membranalarini parchalanishiga olib keladigan lipidlarni patofiziologik peroksidli oksidlanish jarayonini to‘xtatadi va bartaraf qiladi. Bundan tashqari, jigarning allaqachon shikastlangan hujayralarida silimarin oqsillar sintezini rag‘batlantiradi va fosfolipidlarning metabolizmini normallashtiradi. Uning ta‘sirini umumiy natijasi bo‘lib hujayra membranasini barqarorlashuvi hisoblanadi, shuningdek hujayraning ichida erigan holatda bo‘lgan ichidagisini (masalan, transaminazalar) yo‘qolishini kamaytiradi yoki oldini oladi. Silimarin hujayralarga ma‘lum gepatoksik moddalar (oq poganka zahari) ni kirishini cheklaydi. Silimarin fermentning yadrosida joylashgan RNK-polimeraza I rag‘batlantirishi hisobiga oqsil sintezini rag‘batlantiradi. Bu ribosomal RNK jadal hosil bo‘lishiga olib keladi, shu tufayli struktur va funksional oqsillar (fermentlar) katta miqdorda sintezlanadi. Natijada jigarning reparativ hususiyati va regenerativ potensiali oshadi. Farmakokinetikasi Silimarinning asosiy ta‘sir etuvchi moddasi bo‘lib silibinin hisoblanadi. Klinik tadqiqotlar, silimarin ovqat hazm qilish yo‘llarida so‘rilganidan so‘ng, u asosan, safro bilan (so‘rilgan miqdorining 80% dan ko‘proq qismi) chiqarilishini ko‘rsatdi. Uning metabolitlari, glyukuronidlar va sulfatlar safroda aniqlanganligi sababli, silibinin dekon‘yugasiyadan so‘ng qayta so‘riladi, so‘ngra esa ichak-jigar qon oqimiga tushadi degan xulosaga kelindi va bu hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimentlarda namoyish etilgan. Silibinin asosan biliar yo‘l bilan chiqarilishi (faollashadigan joyi: jigar) dan kelib chiqib, shuni taxmin qilish mumkinki, qonda silibininning darajasi past, siydik bilan chiqarilishi esa katta emas. Yarim so‘rilish davri 2,2 soatni tashkil etadi, yarim chiqarilish davri esa – 6,3 soatni tashkil etadi. LEGALON® 140 terapevtik dozalarda (140 mg silimarin kuniga 3 marta) qo‘llanganida odamning safrosida silibininning miqdori bir marta qabul qilingandan keyin ham, ko‘p marta qabul qilingandan keyin ham bir xil bo‘ladi. Bu silibinin organizmda to‘planmasligidan dalolat beradi. Silibinin 140 mg dozada, kuniga 3 marta takroran yuborilganidan so‘ng, biliar yo‘l bilan chiqarilishi barqaror darajaga yetadi. Qo‘llanilishi Jigarni toksik shikastlanishi: jigarni surunkali yallig‘lanish kasalliklari yoki jigar sirrozi bo‘lgan pasientlarni samarasini bir maromda saqlab turuvchi davolash uchun qo‘llanadi. Izoh: LEGALON® 140 bilan davolash jigarni shikastlaydigan toksik agent (masalan, alkogol) ning ta‘siri bartaraf qilingan holdagina samaralidir. Qo‘llash usuli va dozalari Boshqa ko‘rsatmalar bo‘lmasa, kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 kapsuladan sutkada 3 marta qabul qilish tavsiya etiladi. Kapsulalarni butun holda, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan birga yutish kerak. Davolash kursining davomiyligini shifokor kasallikni kechishi va xarakteriga qarab, individual ravishda belgilaydi. Nojo‘ya ta‘sirlari Dori vositasining nojo‘ya reaksiyalarini rivojlanish tez-tezligini baholash mezonlari: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100, < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1000, < 1/100), kam hollarda (≥ 1/10000, < 1/1000), juda kam hollarda (< 1/10000). Kam hollarda quyidagi nojo‘ya samaralarni kutish mumkin: Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, yengil diareya. Nafas tizimi tomonidan: hansirash. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: diurezni kuchayishi. Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan teri toshmalari, qichishish; noma‘lum chastotada anafilaktik shok rivojlanishi mumkin. Juda kam hollarda mavjud bo‘lgan vestibulyar buzilishlar kuchayishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar LEGALON® 140 preparatini dog‘li rastoropsha mevalariga, preparatning boshqa komponentlari yoki to‘ldiruvchilariga o‘ta yuqori sezuvchanligi ma‘lum bo‘lgan shaxslarga qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik choralari Preparat o‘tkir zaharlanishlarni davolash uchun ko‘rsatilmagan. Ushbu dori vositasi bilan davolash jigarni shikastlanishini chaqiradigan modda (masalan, alkogol) bekor qilishni o‘zgartirishga xizmat qilmaydi. Sariqlikni belgilari (terini och sariq rangdan to‘q sariq ranggacha bo‘lgan tusga kirishi, ko‘z sklerasini sarg‘ayishi) paydo bo‘lganida shifokor bilan maslahatlashish kerak. Silimarin estrogenga o‘xshab ta‘sir qilishi mumkinligi tufayli, gormonal buzilishlari (endometrioz, bachadon miomasi, sut bezi, tuxumdonlar va bachadon karsinomasi, prostata bezi karsinomasi) bo‘lgan pasientlarga uni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Silimarin maksimal yuqori dozalarda peroral kontraseptivlar yoki estrogenlar bilan davolashni o‘rnini bosish uchun qo‘llanadigan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida, oxirgilarining samaradorligi pasayishi mumkin. Silimarinni sitoxrom R450 tizimiga ta‘sir qilishi tufayli, diazepam, alprazol, ketokonazol, lovastatin, atorvastatin, vinblastin kabi dori preparatlarining samarasini kuchayishi ehtimoli mavjud. Maxsus ko‘rsatmalar Homiladorlik va laktasiya Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash samaradorligi va havfsizligi yuzasidan ishonchli ma‘lumotlar yo‘qligi tufayli, uni toifadagi pasientlarda qo‘llash mumkin emas. Preparatni bolalarda qo‘llanishi Preparatni bolalarda qo‘llash samaradorligi va havfsizligi yuzasidan yetarli ma‘lumotlar mavjud emas. Preparatni 12 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Mexanik harakatlanish vositalarini boshqarish va harakatdagi mexanik moslamalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri Preparat mexanik transport vositalarini boshqarish va harakatlanayotgan mexanik uskunalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Dozani oshirib yuborilish yoki zaharlanish belgilari yoki simptomlari qayd etilmagan. Yuqorida ta‘riflangan noxush samaralari kuchayishi mumkin. Maxsus zaharga qarshi dori ma‘lum emas. Zarurat bo‘lganida, simptomatik choralarni qo‘llash tavsiya etiladi. Chiqarilish shakli Har biri 10 kapsuladan iborat bo‘lgan PXV/al. blisterlar ma‘lumot varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan. PVX/alyumin blisterlar karton qutilarga joylangan. O‘ramlarning o‘lchami: 20 kapsula (10 kapsuladan x 2 blister), 30 kapsula (10 kapsuladan x 3 blister), 60 kapsula (10 kapsuladan x 6 blister). Saqlash sharoiti 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 5 yil. Yaroqlilik muddati tugagan preparat o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinadi. Dorixonalardan berish tartibi Shifokor reseptisiz. Ulashish: