BENZONAL RG tabletkalari 100mg N10

Обновлено: 21.07.2022

BENZONAL RG tabletkalari 100mg N10
  • Категория:

    Tutqanoqqa qarshi dorilar

  • Страна производитель:

    O'zbekiston

  • Активное вещество:

    ---

  • Производитель:

    Remedy Group,СП,ООО Узбекско-Британское

  • Количество в упаковке:

    10

  • Код ATX:

    N03AA

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция BENZONAL RG tabletkalari 100mg N10

  • Qadoqda soni

    10

  • Umumiy ma'lumot

    BENZONAL RG tabletkalari 100mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA BENZONAL BENZONAL   Preparatning savdo nomi: Benzonal Ta‘sir etuvchi modda (XPN): benzobarbital (benzobarbital) Dori shakli: ichga qabul qilish uchun tabletkalar Tarkibi: Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: benzobarbital – 100 g; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, metilsellyuloza, stearin kislotasi. Ta‘rifi: dumaloq, bir tomonida riskasi va ikki tomonida faskasi bo‘lgan, xidsiz yassi, oq rangli, tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: tirishishga qarshi preparat ATX kodi: N03AA. Farmakologik xususiyatlari Tutqanoqqa qarshi vosita, deyarli uxlatuvchi ta‘sir ko‘rsatmaydi. Markaziy nerv tizimida, ayniqsa talamusda, oraliq neyronlar darajasida miya ustunining markazga intilgan faollashtiruvchi retikulyar formasiyasiga tormozlovchi GAMK-ergik ta‘sirlarini kuchaytiradi. Nerv tolalari membranalarini Na+ ionlari uchun o‘tkazuvchanligini kamaytirib, tutqanoq faol o‘choqdan impulslarni tarqalishini pasaytiradi. Samarasi peroral qo‘llangandan so‘ng 20-60 minutdan keyin boshlanadi. Farmakokinetikasi So‘rilishi Benzobarbital me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Taqsimlanishi Plazma oqsillari bilan sust bog‘lanadi. Miyada, jigarda va buyrakda yuqori konsentrasiyalari hosil bo‘ladi. Gistogematik to‘siq orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 3-4 kunni tashkil qiladi. Metabolizmi va chiqarilishi Tutqanoqqa qarshi ta‘sir ko‘rsatuvchi fenobarbitalni ajratib, organizmda tez metabolizmga uchraydi. Keyinchalik sitoxrom R450 mikrosomal tizimi orqali oksidlanadi. Ham o‘zgarmagan holda, ham metabolitlar ko‘rinishida buyrak orqali chiqariladi.   Qo‘llanilishi Tirishish sindromi. Turli genezli tutqanoq (djekson, kojevnikov – fokal xurujlar). Kichik xurujlarda (tirishishlarsiz) qo‘llaniladi. Qo‘llash usuli va dozalari Ichga, ovqatdan keyin qabul qilinadi. Dozalash tartibi shaxsiy ravishda belgilanib, shifokor tomonidan buyuriladi. Kattalar uchun bir martalik doza 100 mg dan 300 mg gacha, sutkalik doza – 800 mg gacha o‘zgarib turadi. Ko‘pchilik hollarda Benzonalni 100 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. Davolash bir martalik dozani bir marta qabul qilishdan  boshlanadi. 2-3 kundan keyin dozani klinik samaraga erishgungacha (xurujlar sonini kamayishi yoki to‘liq yo‘qolishigacha) oshirish kerak. Davolashni uzoq, kamida 1-3 yil (xatto xurujlar bo‘lmaganda ham) sutkada bitta bir martalik dozadan buyurib davom ettirish kerak. xurujlar qaytadan boshlagan hollarda avvalgi sutkalik dozaga qaytish lozim. Kattalar uchun eng yuqori dozalar: bir martalik doza – 300 mg, sutkalik doza – 1000 mg. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bir martalik doza – 25-50 mg, sutkalik doza – 100- 150 mg ni tashkil qiladi; 7 yoshdan 10 yoshgacha: bir martalik doza – 50-100 mg; 11 yoshdan 14 yoshgacha: bir martalik doza – 100 mg, sutkalik – 300-400 mg ni tashkil etadi; Katta yoshdagi bolalar uchun eng katta doza: bir martalik – 150 mg, sutkalik doza – 450 mg ni tashkil etadi. Agar bemor ilgari boshqa tutqanoqqa qarshi vositalarni qabul qilgan bo‘lsa, Benzonal bilan davolashga asta sekin o‘tish kerak: avval bir dozani benzonal bilan almashtiriladi, so‘ngra (3-5 kundan keyin) preparatning ikkinchi va uchinchi dozalari almashtiriladi.   Nojo‘ya ta‘sirlari Markaziy nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – ko‘nikish, doriga qaramlik, “bekor qilish” sindromi, uyquchanlik, holsizlik, tormozlanish, bosh og‘rig‘i, nutqni qiyinlashishi, ataksiya, nistagm, ruhiy reaksiyalarni sekinlashuvi. Nafas tizimi tomonidan: bronxospazm. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi, trombositopeniya, anemiya, tromboflebit. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ishtaxani pasayishi. Boshqalar: allergik reaksiyalar. Odatda, bu holatlar 3-4 kundan keyin mustaqil ravishda o‘tib ketadi. Zarurat bo‘lganda preparatning dozasini kamaytirish yoki kofein buyurish mumkin.   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar shaxsiy o‘zlashtira olmaslik. jigar va/yoki buyrak faoliyatini buzilishlari bilan kechuvchi og‘ir kasalliklari, dekompensasiya fazasidagi surunkali yurak yetishmovchiligi depressiv holatlar (o‘z joniga qasd qilishga urinishlar bilan kechuvchi holatlar) anemiya bronxial astma gipertireoz qandli diabet buyrak usti bezi yetishmovchiligi, giperkinezlar, homiladorlik (I uch oylik), emizish davri, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Narkotik analgetiklarni, umumiy anesteziya dori vositalarini, neyroleptiklarni, trankvilizatorlarni, trisiklik antidepressantlarni, etanolni, uxlatuvchi dori vositalarining samarasini kuchaytiradi; parasetamol, antikoagulyantlar, tetrasiklinlar, grizeofulvin, glyukokortikosteroidlar, mineralokortikoidlar, yurak glikozidlari, xinidin, D vitamini va ksantinlarning samarasini susaytiradi. Maxsus ko‘rsatmalar Xozirgi vaqtda tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarni davolashni boshqa tutqanoqqa qarshi vositalar, nojo‘ya samaralari kamroq bo‘lgan dori vositalari (valproat kislotasi, karbamazepin va boshqalar) bilan boshlash kerak. Benzonalni majmuaviy davolash tarkibida buyurish mumkin. Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Benzobarbitalni qabul qilayotgan pasientlar yuqori diqqatni jamlashni va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: doza oshirib yuborilganda yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi xolatlarda ongni chalkashishi, uyquchanlik kuzatiladi. Og‘ir xolatlarda – koma, ongni buzilishi, taxikardiya, aritmiya, arterial bosimni pasayishi, reflekslarni pasayishi yuz beradi. Davolash: zarurat bo‘lganida simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Chiqarilish shakli 48 tabletka saqlovchi karton o‘ram: xar birida 24 tabletkadan 2 blister. Saqlash sharoiti Preparat yorug‘likdan va namlikdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?