TOPEPSIL tabletkalari 100mg N28
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Tutqanoqqa qarshi dorilar
Страна производитель:
Vengriya
Активное вещество:
---
Производитель:
Фармацевтический завод Эгис, ЗАО
Количество в упаковке:
28
Код ATX:
N03AX11
Инструкция TOPEPSIL tabletkalari 100mg N28
Qadoqda soni
28
Umumiy ma'lumot
TOPEPSIL tabletkalari 100mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA (pasientlar uchun ma‘lumot) TOPEPSIL® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 25 mg, 50 mg, 100 mg, 200 mg Topiramat Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi. Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni qayta o‘qib chiqishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Agar Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokoringiz, farmasevtga yoki Sizga yordam ko‘rsatayotgan shaxsga murojaat qiling. Bu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa odamlarga bermang. U ularga, xatto ularda kasallikning xuddi shu simptomlari bo‘lsa ham zarar keltirishi mumkin. Agar Sizda biron-bir nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralari sezsangiz, shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat qiling (4 Bo‘limga qarang). Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotlarni saqlaydi Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qanday qabul qilish kerak Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qanday saqlash kerak Yaroqlilik muddati Dorixonalardan berish tartibi O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati nima va u nima uchun qo‘llanadi Topepsil® «tutqanoqqa qarshi» deb ataluvchi preparatlar guruhiga kiradi. U quyidagilarda qo‘llanadi: Kattalarda va 6 yoshdan oshgan bolalarda tirishish xurujlarini davolash uchun monoterapiya sifatida Kattalarda va 2 yoshdan oshgan bolalarda tirishish xurujlarini davolash uchun boshqa preparatlar bilan majmuada Kattalarda migrenda bosh og‘riqlarini bartaraf qilish uchun qo‘llanadi. Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati qabul qilishdan oldin nimalarni bilish kerak Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini quyidagi hollarda qabul qilmang: Agar Sizda topiramatga yoki 8 bo‘limda keltirilgan Topepsil® preparatining har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik bo‘lsa. migrenni profilaktik davolash vaqtida, agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki agar homilador bo‘lib qolishingiz mumkin bo‘lsa, Siz esa kontrasepsiyaning samarali vositalarini ishlatmasangiz («Homiladorlik va emizish» bo‘limidagi qo‘shimcha ma‘lumotga qarang). Agar Siz yuqorida keltirilganlar Sizga tegishli ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, Topepsil® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin buni shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Tibbiyotda qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari Agar Sizda quyidagilar bo‘lsa, bu haqida Topepsil® preparatini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing: buyrak tomonidan buzilishlar bo‘lsa, ayniqsa siydik-tosh kasalligi bo‘lsa yoki gemodializda bo‘lsangiz qachonlardir qon va organizmning biologik suyuqliklarining kasalliklari (metabolik asidoz) bo‘lgan bo‘lsa jigar kasalliklari bo‘lsa ko‘z kasalliklari, ayniqsa glaukoma bo‘lsa o‘sishning buzilishi bo‘lsa yog‘larni yuqori iste‘mol qilish bilan (ketogen parhez) parhezda bo‘lsangiz aqliy faoliyat buzilishlarini sezsangiz. Agar Siz yuqorida keltirilganlar Sizga tegishli ekanligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, Topepsil® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin buni davolovchi shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Shifokor bilan maslahatlashmasdan preparatni qabul qilishni to‘xtatmaslik muhim. Shuningdek, Siz topiramat saqlovchi har qanday preparatlarni, ular Sizga Topepsil® preparatining o‘rniga buyurilganida, qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak. Agar Siz Topepsil® preparatini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Sizda tana vazni kamayishi mumkin, shuning uchun bu preparat bilan davolanishda tana vaznini muntazam nazorat qilish kerak. Agar Sizda tana vazni haddan ziyod kamaysa yoki bolada bu preparat bilan davolanishda tana vazni yetarli darajada ko‘paymasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Kam odamlarda tutqanoqqa qarshi preparatlar, shu jumladan Topepsil® preparati bilan davolanish fonida, o‘ziga zarar keltirish yoki xatto o‘zini-o‘zi o‘ldirish haqida fikrlar paydo bo‘lishi mumkin. Agar Siz o‘zingizda har qanday vaqtda shunday fikrlarni sezsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Boshqa dori vositalari va Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati Davolovchi shifokorga yoki farmasevtga Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan, shu jumladan reseptsiz beriladigan har qanday dori vositalari haqida xabar qiling. Topepsil® va ayrim boshqa preparatlar bir-birlarining ta‘siriga ta‘sir qilishi mumkin. Ba‘zida, Siz qabul qilayotgan preparatlarning yoki Topepsil® preparatining dozalariga tuzatish kiritish talab etiladi. Xususan, agar Siz quyidagilarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokorga yoki farmasevtga xabar qiling: Fikrlashga ta‘sir qiluvchi, diqqatni jamlash, harakat koordinasiyasiga yoki ularni buzuvchi (masalan, markaziy nerv tizimining faolligini bostiruvchi, xususan miorelaksantlar va sedativ preparatlar) boshqa preparatlar. Homiladorlikni oldini oluvchi vositalar. Topepsil® homilaga qarshi vositalarning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Sizda homiladorlikni oldini oluvchi vositalar va Topepsil® preparatini qabul qilish davrida kuzatilgan hayz ko‘rish siklining barcha o‘zgarishlari haqida davolovchi shifokoringizga xabar qiling. Siz qabul qilayotgan dori vositalar ro‘yxatini tuzing. Yangi preparat bilan davolashni boshlashdan oldin bu ro‘yxatni davolovchi shifokoringizga va farmasevtga ko‘rsating. Bundan tashqari, Sizga davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan qator boshqa preparatlarni, shu jumladan tutqanoqqa qarshi boshqa preparatlar, risperidon, litiy preparatlari, gidroxlortiazid, metformin, pioglitazon, glibutid, amitriptilin, propranolol, diltiazem, venlafaksin, flunarazin, dalachoy (Hypericum perforatum) saqlovchi fitopreparatlarni qabul qilishni hal qilish kerak. Agar Siz yuqorida keltirilganlar sizga tegishliligiga ishonchingiz komil bo‘lmasa, Topepsil® preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin buni davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini ovqat,ichimliklar va alkogol bilan qabul qilish Topepsil® ni ovqatni qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin. Topepsil® preparati bilan davolash fonida kun davomida siydik toshlarining hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ko‘p miqdorda suyuqlik qabul qiling. Topepsil® preparati bilan davolanganda spirtli ichimliklarni qabul qilishdan saqlaning. Fertillik, homiladorlik va emizish Agar Siz homilador bo‘lsangiz, bola emizsangiz, homiladorman deb hisoblansangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga bu haqida xabar bering. Homiladorlik Davolovchi shifokoringiz Sizga Topepsil® ni qabul qilish mumkinligini hal qiladi. Topiramatni boshqa tutqanoqqa qarshi preparatlar kabi homiladorlikda qo‘llash tug‘ilmagan bolaga zarar keltirish xavfi bilan kechadi. Sizga Topepsil® preparatini homiladorlikda tutqanoqni davolash uchun qo‘llashning foydasi va xavfi nisbatini aniq tasavvur qilishingiz kerak. Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki agar homiladorlik boshlanishi mumkin bo‘lsa, ammo Siz kontrasepsiyaning samarali vositalarini ishlatmayotgan bo‘lsangiz, migrenni oldini olish uchun Topepsil® ni qabul qilmasligingiz kerak. Emizish Topepsil® preparatini qabul qilayotgan onalar, agar bolada har qanday odatdagi bo‘lmagan simptomlar paydo bo‘lsa, iloji boricha tezroq davolovchi shifokorga xabar qilishlari kerak. Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, har qanday preparatlarni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri Topepsil® preparati bilan davolash vaqtida bosh aylanishi, toliqish, ko‘rishni buzilishi rivojlanishi mumkin. Rulga o‘tirishdan, asboblardan foydalanishdan va murakkab mexanizmlarini boshqarishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing. Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati laktoza saqlaydi Topepsil® preparati laktoza saqlaydi. Agar davolovchi shifokor Sizga ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmasligingizni ma‘lum qilgan bo‘lsa, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin albatta davolovchi shifokor bilan maslahatlashing. Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qanday qabul qilish kerak Har doim ushbu preparatni shifokorning qat‘iy ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qiling. Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat eting. Dozalash tartibi Odatda davolovchi shifokor Topepsil® preparati bilan davolashni kichik dozadan boshlaydi va asta-sekin dozani Siz uchun samaraliroq bo‘lgan doza aniqlangunicha oshiradi. Qo‘llash usuli Topepsil® tabletkalarini butunligicha yutish kerak. Tabletkalarni chaynamaslikka harakat qiling, chunki u og‘izda achchiq ta‘m qoldirishi mumkin. Topepsil® preparatini ovqatdan oldin, ovqat vaqtida yoki undan keyin qabul qilish mumkin. Topepsil® preparati bilan davolash fonida siydik toshlarining hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, kun davomida ko‘p miqdorda suyuqlik qabul qiling. Agar Siz Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini keragidan ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz Darhol shifokorga murojaat qiling. O‘zingiz bilan preparatning o‘ramini olib boring. Siz uyquchanlik yoki charchoqlikni sezishingiz mumkin yoki Sizda odatdagi bo‘lmagan tananing harakati, turish va yurishga harakat qilganda buzilishlar, nutqni yoki diqqatni jamlashda qiyinchiliklar, ikkilangan ko‘rish yoki ko‘rishni buzilishi, past arterial bosim oqibatida bosh aylanishi, tushkin kayfiyat yoki hayajonlanish, qorinda og‘riq yoki tirishish xurujlari paydo bo‘lishi mumkin. Agar Siz Topepsil® preparati bilan boshqa preparatlarni qabul qilsangiz, dozani oshirib yuborilish hollari rivojlanishi mumkin. Agar Siz Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz Agar Siz preparatning dozasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, bu haqida eslashingiz bilan darhol qabul qiling. Ammo agar keyingi dozani qabul qilish vaqti yaqinlashgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan dozani qabul qilmang, davolashni odatdagi sxema bo‘yicha davom ettiring. Agar Siz ikki yoki undan ko‘p dozani o‘tkazib yuborsangiz, davolovchi shifokorga murojaat qiling. O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini qoplash uchun ikkilangan dozani (ikkita tabletkani bir vaqtda) qabul qilmang. Agar Siz Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qabul qilishni to‘xtatsangiz Davolovchi shifokoringiz Sizga preparatni qabul qilishni to‘xtatishni taklif qilmasidan oldin to‘xtatmang. Sizning kasalligingizning simptomlari qaytalanishi mumkin. Agar davolovchi shifokoringiz ushbu preparatni qabul qilishni to‘xtatish haqida qaror qabul qilgan bo‘lsa, preparatning dozasi asta-sekin bir necha kun davomida pasaytirilishi kerak. Agar Sizda bu preparatani qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari Barcha dori preparatlari kabi ushbu preparat ham nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, biroq ular hamma pasientlarda ham paydo bo‘lavermaydi. Quyida sanab o‘tilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarining tez-tezligi quyidagiga muvofiq aniqlanadi: Juda tez-tez (10 dan 1 pasientdan ko‘prog‘ida rivojlanadi) Tez-tez (10 dan 1 pasientdan kamrog‘ida rivojlanadi) Tez-tez emas (100 dan 1 pasientdan kamrog‘ida rivojlanadi) Kam hollarda (1000 dan 1 pasientdan kamrog‘ida rivojlanadi) Juda kam hollarda (10000 dan 1 pasientdan kamrog‘ida rivojlanadi) Noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar bo‘yicha rivojlanish tez-tezligini aniqlash mumkin emas). Agar Sizda quyidagi nojo‘ya samaralar rivojlansa, darhol davolovchi shifokoringizga murojaat eting va Sizga tibbiy yordam ko‘rsatishini so‘rang: Juda tez-tez rivojlanadigan nojo‘ya samaralari: depressiya Tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralari: tirishish hurujlari havotirlik, ta‘sirchanlik, kayfiyatni o‘zgarishi, ongni chalkashishi, orientasiyani buzilishi diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolar, fikrlash jarayonini sekinlashishi, hotirani yo‘qolishi, xotirani buzilishi (ushbu jarayonni birinchi namoyon bo‘lishi yoki to‘satdan o‘zgarishi yoki og‘irligini yomonlashishi) buyrakda toshlar, tez-tez siyish yoki siyganda og‘riq Tez-tez bo‘lmagan nojo‘ya samaralar: qonda kislotalik darajasini oshishi (hansirash, havo yetmaslik hissi, ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qusish, yuqori toliqish, yurak ritmini tezlashishi yoki buzilishini chaqirishi mumkin) terlashni kamayishi yoki terlamaslik o‘ziga zarar yetkazish haqida fikrlash yoki o‘ziga zarar yetkazishga urinishlar Kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralari: glaukoma (ko‘zda suyuqlikni tutilishi, bu ko‘z ichki bosimini oshishiga, og‘riq yoki ko‘rishni buzilishiga olib kelishi mumkin) teri tomonidan og‘ir reaksiyalar, shu jumladan hayot uchun xavf soluvchi Stivens-Djonson sindromi, bunda terini tashqi qavatini ko‘chishi kuzatiladi va ko‘p shaklli eritema – ter yuzasidan ko‘tarilib turuvchi qizil toshma va pufaklar rivojlanishi bilan kechuvchi holat. Rivojlanish tez-tezligi noma‘lum nojo‘ya samaralari: Stivens-Djonson sindromining og‘ir shakli hisoblangan toksik epidermal nekroliz (terining yuqori qavatini toksik shikastlanishi). Boshqa nojo‘ya samaralar: Juda tez-tez rivojlanadigan nojo‘ya samaralari Vaznni yo‘qotish Qo‘l va oyoqlarda sanchilish hissi uyqusizlik Bosh aylanishi Diareya Ko‘ngil aynishi Burunni bitishi, tumov, tomoqda og‘riq Toliqish Tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralari Xulqni o‘zgarishi, shu jumladan g‘azab, asabiylik, agressiya Tana vaznini oshishi Ishtahani pasayishi yoki yo‘qolishi Qonda eritrositlar miqdorini kamayishi (anemiya) Noaniq nutq, gaplashish orqali muomala qilish bilan bog‘liq muammolar, nutqni buzilishi Beso‘naqaylik, harakat koordinasiyasini o‘zgarishi, yurishni buzilishi Aqliy faoliyatni buzilishi Har kungi faoliyat vazifalarini bajarish qobiliyatini buzilishi Ishtiyoqni yo‘qolishi Tinchlantiruvchi harakat Qo‘l va oyoqlarni ixtiyorsiz titrashi Hid bilish va umumiy sezuvchanlikni pasayishi Ko‘zlarning ixtiyorsiz harakati Ta‘m bilishni o‘zgarishi Ko‘rishni buzilishi, noaniq ko‘rish, ikkilangan ko‘rish, ko‘rishni yomonlashishi, akkomodasiyani yomonlashishi Quloqlarda shang‘illash Bosh aylanishi (vertigo) Quloqlarda shang‘illash Quloqlarda og‘riq Havoni yetishmasligi Yo‘tal Burun qonashi Burun bitishi Qusish Qabziyat Qorinda og‘riq, qorinda yoki me‘dada yoqimsiz hislar Me‘dani yallig‘lanishi Ovqat hazm qilishni buzilishi Me‘da yoki ichak infeksiyalari Og‘izni qurishi Og‘izda sanchilish yoki uvishish hissi Sochlarni to‘kilishi Teri toshmalari va/yoki teri qichishishi Bo‘g‘imlarda og‘riq Mushak spazmlari, mushaklarning tirishishli harakatlari, mushak zaifligi Ko‘krak qafasida og‘riqlar Isitma Kuchni yo‘qolishi (asteniya) Umumiy lohaslik Allergik reaksiyalar (masalan, teri toshmasi, qizarishi, qichishish, yuzni shishi, eshakemi) Uyquga ketishni qiyinlashishi yoki tungi uyg‘onishlarsiz tush ko‘rishni qiyinligi Tez-tez bo‘lmagan nojo‘ya samaralar Siydik chiqarish tizimida kristallarni yoki mayda toshlarni paydo bo‘lishi Qonning klinik tahlilidagi buzilishlar, shu jumladan oq qon tanachalari (leykopeniya) yoki trombositlar (qon plastinkalari) sonini kamayishi yoki eozinofillar sonini oshishi Yurak ritmini notekisligi yoki sekinlashishi, ko‘krak qafasida kuchli yurak urishi hissi Bo‘yin, qo‘ltiq osti yoki chov limfa tugunlarining shishi Tirishish xurujlarini rivojlanish tez-tezligini oshishi O‘qish va nutqli muloqatni buzilishi So‘lak oqishi Bezovtalik yoki aqliy va jismoniy faollikni oshishi Xushni yo‘qotish Xushdan ketish Harakatlarni sekinlashishi yoki hajmini kamayishi Mushaklarni ixtiyorsiz normal bo‘lmagan yoki takrorlanuvchi harakatlari Uyquning davomiyligini yoki sifatini buzilishi, yuqori uyquchanlik Hid bilishni susayishi yoki buzilishi Xusnixatni buzilishi Teri ostida qimirlash hissi Ko‘z tomonidan buzilishlar, shu jumladan ko‘zlarni qurishi, yorug‘likka yuqori sezuvchanlik, ixtiyorsiz harakatlar, ko‘zni yoshlanishi, ko‘rishni yomonlashishi, ko‘rish maydonlarini tushib qolishi, ko‘zlarda odatdagi bo‘lmagan hislar, qovoqlarni tirishishsimon qisqarishi, ko‘zlarda yorqin yorug‘likni his qilish Eshitishni pasayishi yoki yo‘qolishi, eshitishni bir tomonlama yo‘qolishi, quloqlarda yoqimsiz hislar Ovozni dag‘allashishi (disfoniya) Me‘da osti bezini yallig‘lanishi Ichakda gaz hosil bo‘lishi Jig‘ildon qaynashi Og‘iz bo‘shlig‘ida sezuvchanlikni buzilishi, ta‘m bilishni yomonlashishi Milklarni qonashi, ko‘p so‘lak ajralishi Qorinni to‘lib ketganligi hissi yoki dam bo‘lishi, qorinda og‘riq, bosganda og‘riq Qorinning yuqori sohasida og‘riq Og‘izda og‘riq yoki achishish hissi Og‘izdan hid kelishi Tilda og‘riq Siydikni ixtiyorsiz ajralishi, siydikda qon paydo bo‘lishi Siyishga imperativ qistovlar, chov sohasida og‘riq Buyrak sohasida og‘riq Mastlik holati Asabiylik Yuz sezuvchanligini pasayishi Eshakemi Terini qizarishi va tananing barcha sohasida qichishish Teri rangini o‘zgarishi Terini lokal shishi Allergiya chaqirgan terini yallig‘lanishi Yuzni shishi Bo‘g‘imlarni shishi Skelet mushaklarining karaxtligi, belda og‘riq Mushaklarda toliqish hissi Qonda kaliy miqdorini kamayishi Ishtahani oshishi Isitma Chanqoqlik, normal bo‘lmagan katta miqdorda suyuqlikni iste‘mol qilish Past arterial bosim yoki turganda arterial bosimni pasayishi (buning natijasida topiramat qabul qilayotgan ayrim pasientlarda bosh aylanishi, hushdan ketishdan oldingi hislar yoki yotgan holatdan o‘tirgan holatga yoki turganda tananing holatini to‘satdan o‘zgartirganda hushdan ketish rivojlanishi mumkin) Qonni oqib kelishi, qizib ketish hissi Grippsimon kasalliklar Lohaslik Oyoq-qo‘llarni sovushi (masalan, qo‘l barmoqlarini, oyoq barmoqlarini va yuzni) Ta‘lim olish qobiliyatini pasayishi Seksual faoliyatni buzilishi (erektil disfunksiya, libidoni yo‘qolishi) Gallyusinasiyalar Spontan nutqli muloqat qobiliyatini pasayishi Jigar fermentlari darajasini oshishi Eyforiya, kayfiyatni ko‘tarilishi Apatiya, emosional qashshoqlik (emosiyani yo‘qligi, emosiyani namoyon qilaolmaslik) Odatdagi bo‘lmagan gumonsirash Panik xuruj Fikrlashni sekinlashishi, tetiklikni va diqqatni jamlashni buzilishi Normal bo‘lmagan hid bilish, hid bilishni o‘zgarishi Yig‘i Duduqlanish Takroriy nutq, perseverasiyalar Chalg‘ish Achishish hissi Sezuvchanlikni buzilishi Miyacha sindromi (harakat koordinasiyasiga ta‘sir qiluvchi bosh miya faoliyatini nasliy buzilishi) Stupor (pasient og‘riqdan tashqari stimullarga javob bermaydi) Beso‘naqaylik Migren yoki ba‘zi tirishish xurujlarining turlarining oldindan xabar beruvchi belgisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan, odatdagi bo‘lmagan his/sezgi Periferik nevropatiya (qo‘l va oyoq nervlarini shikastlanishi) Yuklamada havo yetmaslik hissi Burun old bo‘shliqlari sekretini ishlab chiqarilishini oshishi Harakat koordinasiyasi testini normal bo‘lmagan natijasi (“test tandemi”) Kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralari Oq qon tanachalari miqdorini kamayishi (neytropeniya) Qonda kislotalikni oshishi Kayfiyatni normal bo‘lmagan oshishi (maniya, gipomaniya) Panik buzilishlar Umidsizlik hissi O‘rgangan, majmuaviy harakatlarni bajarish qobiliyatini yo‘qolishi (apraksiya) Uyqu ritmini buzilishi Terini haddan ziyod sezuvchanligi Jigarni yallig‘lanishi, jigar yetishmovchiligi Hid bilishni buzilishi Qaltirash (essensial tremor) Harakatlarni boshlashni imkoniyatini yo‘qligi (akineziya) Stimullarga reaksiyani yo‘qligi Bir tomonlama ko‘rlik, vaqtinchalik ko‘rlik, tungi ko‘rlik, akkomodasiya bilan bog‘liq ko‘rish tomonidan muammolar, yorug‘, ossillilyasiyalangan nuqtalar bilan tubni his qilish defekti Ko‘z va ko‘z atrofidagi to‘qimalar shishi Ko‘rishni noaniqligi Siydik kanalida (buyrakni qovuq bilan bog‘lovchi kanallar) mayda toshlarni hosil bo‘lishi. Buyrak kanalchalarida kislotalikni oshishi (buyrak faoliyatini buzilishi) Teridan yoqimsiz hid kelishi Ko‘z atrofidagi to‘qimani shishi va yuzni shishi Mahalliy eshakemi Qo‘l va oyoqda diskomfort hissi Reyno sindromi. Bu barmoqlarni, tovonni, quloqlarni, og‘riq va sovuqqa yuqori sezuvchanlik bilan kechuvchi qon tomirlarini shikastlaydigan kasallik. To‘qimalarning kalsifikasiyasi (kalsinoz) Qonda bikarbonatlar miqdorini pasayishi. Rivojlanish tez-tezligi noma‘lum nojo‘ya samaralari Makulopatiya – makulani – ko‘rish dog‘i, eng yuqori ko‘rish aniqligi bilan bo‘lgan to‘rsimon qavatning kichik sohasini shikastlanishi. Agar Siz ko‘rish aniqligini o‘zgarishini yoki pasayishini sezsangiz, davolovchi shifokoringizga murojaat qiling. Allergiya bilan bog‘liq shishlar Ko‘z kon‘yunktivasining shishi Ko‘z harakatini buzilishi Bolalar va o‘smirlar Bolalardagi nojo‘ya samaralari odatda kattalardagi nojo‘ya reaksiyalarga o‘xshash. Ammo, kattalarga nisbatan bolalarda ba‘zi nojo‘ya samaralar yoki ko‘proq kuzatiladi va/yoki og‘irroq bo‘lishi mumkin. Bolalarda kuzatiladigan og‘irroq nojo‘ya samaralarga terlamaslik va qonda kislotalikni oshishi kiradi. Bolalarda ko‘proq kuzatiladigan nojo‘ya samaralar yuqori nafas yo‘llari kasalliklarini o‘z ichiga oladi. Ikki tomonlama yashirin nazoratlangan tadqiqot natijalariga ko‘ra kattalarga nisbatan bolalarda ko‘proq (ikki yoki undan ko‘p marta) kuzatiladigan nojo‘ya samaralarga quyidagilar kiradi: Ishtahani pasayishi, ishtahani oshishi, giperxloremik asidoz (qonda xlor ionlari konsentrasiyasini oshishi), gipokaliemiya, normal bo‘lmagan hulq, tajavuzkorlik, apatiya, uyquga ketishni qiyinlashishi, o‘z joniga suiqasd qilish fikri, diqqatni jamlashni buzilishi, lohaslik, loqaydlik, uyquni sutkalik ritmini buzilishi, uyqu sifatini buzilishi, ko‘z yoshi oqishini oshishi, yurak ritmini sekinlashishi (sinus bradikardiya), o‘zini g‘ayrioddiy/normal bo‘lmagan his qilish, harakatlanishni buzilishi. Kattalarda emas faqat bolalarda kuzatiladigan nojo‘ya samaralarga quyidagilar kiradi: eozinofiliya, psixomotor giperreaktivlik, bosh aylanishi (vertigo), qusish, tana haroratini oshishi (gipertermiya), isitma (pireksiya), ta‘lim olish qobiliyatini yo‘qolishi. Nojo‘ya samaralar haqida xabar berish Har qanday nojo‘ya samaralar aniqlanganida yoki ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan samaralar aniqlanganida, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling. Nojo‘ya samaralar haqida xabar berib, Siz ushbu preparatning xavfsizligi haqida qo‘shimcha ma‘lumot olishga yordam bergan bo‘lasiz. Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qanday saqlash kerak Bolalar olaolmaydigan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Agar ko‘zga ko‘rinadigan shikastlanish belgilari (masalan, rangini o‘zgarishi) aniqlansa, Topepsil® preparatini qabul qilmang. Yaroqlilik muddati Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan. Topepsil® preparatini o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmang. Ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni yaroqlilik muddatining tugagan sanasi hisoblanadi. Ushbu dori preparati maxsus saqlash sharoitini talab qilmaydi. Dori vositasini maishiy chiqindi yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar boshqa kerak bo‘lmagan preparatni tashlab yuborishning zarurati bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitning ifloslanishni oldini olishga yordam beradi. Dorixonalardan berish tartibi Shifokor resepti bo‘yicha beriladi. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati nimalarni saqlaydi Ta‘sir etuvchi modda: topiramat. Har bir Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletka 25 mg, 50 mg, 100 mg, 200 mg topiramat saqlaydi. Yordamchi moddalar: Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 25 mg Laktoza monogidrati, natriy karboksimetilkraxmal (A turi), kopovidon, magniy stearati, suvsiz kolliod kremniy dioksidi, gipromelloza, polidekstroza, makrogol 8000, titan dioksidi, trietilsitrat Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 50 mg Laktoza monogidrati, natriy karboksimetilkraxmal (A turi), kopovidon, magniy stearati, suvsiz kolliod kremniy dioksidi, temir (III) oksidi, temir (II) oksidi, makrogol 3350, polivinil spirti, talk, titan dioksidi Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 100 mg Laktoza monogidrati, natriy karboksimetilkraxmal (A turi), kopovidon, magniy stearati, suvsiz kolliod kremniy dioksidi, makrogol 3350, polivinil spirti, talk, titan dioksidi, temir (II) oksidi Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 200 mg Laktoza monogidrati, natriy kraxmalglikolyati (A turi), kopovidon, magniy stearati, suvsiz kolliod kremniy dioksidi, temir (III) oksidi, makrogol 3350, polivinil spirti, talk, titan dioksidi Topepsil® preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ramining ichidagisi Tashqi ko‘rinishi Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 25 mg Oq, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «T» yozuvli gravirovkasi va boshqa tomonida «25» soni bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 50 mg To‘q sariq, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «T» yozuvli gravirovkasi va boshqa tomonida «50» soni bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 100 mg Sariq, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «T» yozuvli gravirovkasi va boshqa tomonida «100» soni bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Topepsil® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 200 mg Pushti, dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, bir tomonida «T» yozuvli gravirovkasi va boshqa tomonida «200» soni bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar. O‘rami 14 qobiq bilan qoplangan tabletkalar blister o‘ramlarga qadoqlangan. 2 blister (28 tabletka) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. Ulashish: