PANZAK tabletkalari 40mg N10
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Oshqozon kasalliklari uchun dorilar
Страна производитель:
Hindiston
Активное вещество:
---
Производитель:
Agio Pharmaceutical Limited
Количество в упаковке:
10
Код ATX:
A02BC02
Инструкция PANZAK tabletkalari 40mg N10
Qadoqda soni
10
Dozirovkasi
Me'da va o'n ikki barmoq ichak yara kasalligi, eroziv gastrit (shu jumladan nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni (NYaQP) qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan). Sutkada 40-80 mg dan buyuriladi. Davolash kursi – o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligini zo'rayishida 2 hafta va me'da yara kasalligini zo'rayishida 4-8 hafta. Me'da va o'nikki barmoq ichakning yara kasalligini qaytalanishlariga qarshi davolash – sutkada 20 mg dan buyuriladi. Helicobacter pilori eradikatsiyasi. Quyidagi majmualar tavsiya etilgan: 1. Panzak 40 mg dan sutkada 2 marta + amoksitsillin 1000 mg dan sutkada 2 marta + klaritromitsin 500 mg dan sutkada 2 marta. 2. Panzak 40 mg dan sutkada 2 marta + metronidazol 500 mg dan sutkada 2 marta + klaritromitsin 500 mg dan sutkada 2 marta. 3. Panzak 40 mg dan sutkada 2 marta + amoksitsillin 1000 mg dan sutkada 2 marta + metronidazol 500 mg dan sutkada 2 marta. Davolash kursi – 7-14 kun. Reflyuks- ezofagit Sutkada 40 mg dan buyuriladi. Davolash kursi 4-8 haftani tashkil qiladi. Qaytalanishlarga qarshi davolash – sutkada 20 mg dan buyuriladi. Zollinger-Ellison sindromi. Sutkada 40-80 mg dan buyuriladi. Jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari bo'lgan patsiyentlarda dozani 2 kunda 1 marta 40 mg gacha pasaytirish kerak. Bunday hollarda qonning biokimyoviy ko'rsatkichlarini nazorat qilish zarur. Jigar fermentlarining darajasi oshganida preparatni qo'llashni to'xtatish lozim. Keksa patsiyentlarda, shuningdek buyrak faoliyatini buzilishi bo'lgan patsiyentlarda 40 mg sutkali dozani oshirish mumkin emas. Helicobacter pilori ga nisbatan majmuaviy antimikrob davolashni qo'llash istisno hisoblanadi, bunday xollarda keksa patsiyentlar ham Panzakni 40 mg dan sutkada 2 marta qo'llashlari kerak. Preparat ichga, butunligicha suyuqlik bilan birga qabul qilinadi (tabletkalarni maydalash yoki eritish mumkin emas). Preparatni sutkada 1 marta qabul qilishni talab etuvchi ko'rsatkichlar bo'yicha Panzakni ertalab qabul qilish lozim. Aniqlanishicha, sutkalar vaqti, ovqat iste'mol qilish preparatning faolligiga ta'sir qilmaydi. Lekin Panzak tabletkalarini tavsiya etilgan qabul qilish vaqti, patsiyentlar tomonidan davolash sxemasiga yaxshiroq amal qilishga yordam beradi.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Sog'lom ko'ngillilarda o'tkazilgan tadqiqotlar diazepam, fenitoin (CYP2S19 substrati), nifedipin (CYP3A4 substrati), metoprolol (CYP2V6 substrati), diklofenak (CYP2S9 substrati) va teofillin (CYP1A2 substrati) pantoprazolning farmakokinetik ko'rsatkichlariga ta'sir qilmasligini ko'rsatadi. Pantoprazolni ishlatilishi, shuningdek teofillin, diazepam (va uning faol metaboliti dimetildiazepam), fenitoin, varfarin, metoprolol, nifedipin, karbamazepin va oral kontratseptivlarning kinetikasiga ta'sir qilmaydi. Ushbu preparatlar pantoprazol bilan birga buyurilganida dozani tanlash talab qilinmaydi. Boshqa tadqiqotlar digoksin, etanol, glibutid, antipirin va kofeinni pantoprazol bilan klinik o'zaro ta'sirga kirishmasligini ko'rsatadi. Shuningdek pantoprazolni antatsidlar bilan majmuasida xam o'zaro ta'siri kuzatilmagan. Ketokonazol, ampitsillin efirlari va temir tuzlari kabi ayrim preparatlarning so'rilishi me'daning kislotali muhitida yaxshiroqligi tufayli, ushbu preparatlarni pantoprazol bilan birga qo'llash ularning biokirishaolishligiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Pantoprazolni H. rylori ni eradikatsion davolashda ishlatiladigan preparatlar (klaritromitsin, amoksitsillin va metronidazol) bilan birga qo'llashda klinik o'zaro ta'siri kuzatilmagan. Pantoprazolni alkogolь bilan qabul qilish mumkin emas, bu shilliq qavatlarni ta'sirlashini chaqirishi mumkin. Pantoprazolni dori vositalarining o'zaro ta'sir xavfisiz quyidagilarga: - yurak glikozidlarini (digoksin), sekin kalьtsiy kanallari blokatorlarini (nifedipin), beta-adrenoblokatorlarini (metoprolol) qabul qilayotgan yurak-qon tomir kasalliklari bo'lgan patsiyentlarga; - me'da-ichak yo'llarining kasalliklari bo'lgan, antatsidlarni, antibiotiklarni (amoksitsillin, klaritromitsin) qabul qilayotgan patsiyentlarga; - levonorgestrel va etinilestradiol saqlovchi peroral kontratseptivlarni qabul qilayotgan patsiyentlarga; - nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlarni (diklofenak, fenazon, naproksen, piroksikam) qabul qilayotgan patsiyentlarga; - endokrin tizimining kasalligi bo'lgan, glibenklamid, levotiroksini qabul qilayotgan patsiyentlarga; - diazepamni qabul qilayotgan xavotirlik holatlari va uyquni buzilishlari bo'lgan patsiyentlarga; - karbamazepin va fenitoinni qabul qilayotgan tutqanog'i bo'lgan patsiyentlarga; - varfarin va fenprokumon kabi bilvosita antikoagulyatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarga, davolashni boshida va u tugagandan keyin, shuningdek pantoprozolni nomuntazam qabul qilish fonida protrombin vaqti va xalqaro me'yorlashtirilgan nisbatni (XMN – MNO) nazorati ostida buyuriladi; - siklosporin, takrolimusni qabul qilayotgan, transplantatsiya o'tkazgan patsiyentlarga buyurish mumkin.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
Preparatni, uning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas. Og'ir jigar yetishmovchiligi bilan kechuvchi gepatit va jigar sirrozi. Preparat pernitsioz anemiyada ishlatilmaydi.
Maxsus shartlar
Davolashdan oldin xavfli o'smalarni bo'lishi mumkinligini istisno qilish kerak, chunki preparat simptomlarni niqoblashi va to'g'ri tashxis qo'yish muddatini kechiktirishi mumkin. Majmuaviy davolashda pantoprazol bilan qo'llanadigan boshqa preparatlarning xususiyatlarini hisobga olish zarur. Davolashni o'tkazishdan oldin me'daning xavfli yarasini va xavfli ezofagitni yo'qligiga ishonch hosil qilish kerak. Reflyuks-ezofagit tashxisi endoskopiya bilan tasdiqlanishi kerak. Pediatriyada ishlatilishi Pantoprazolni pediatriya amaliyotida qo'llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo'llanishi Pantoprazolni homiladorlikda ishlatish xavfsizligi yuzasidan klinik ma'lumotlar yetarli emas. Pantoprazol tabletkalarini homiladorlikda faqat, agar potentsial foydasi, homila yoki bolaga nisbatan bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan ustun bo'lgan hollarda qo'llash mumkin. Pantoprazolni ko'krak sutiga o'tishi noma'lum bo'lganligi tufayli, preparatni emizish vaqtida ishlatish tavsiya qilinmaydi. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri Pantoprazolni ushbu qobiliyatlarga bo'lgan samarasi aniqlanmagan. Kutilmagan samaralari paydo bo'lganida shifokorga murojaat qilish kerak.
Nojo'ya samaralari
Quyida nohush nojo'ya reaktsiyalar to'g'risidagi ma'lumotlar, ularni paydo bo'lish tez-tezligiga muvofiq keltirilgan: Juda tez-tez > 1/10 Tez-tez > 1/100 va < 1/10 Tez-tez emas > 1/1000 va < 1/100 Kam hollarda > 1/10000 va < 1/1000 Juda kam hollarda < 1/10000, shu jumladan alohida holatlar Tez-tezligi noma'lum (mavjud bo'lgan ma'lumotlarga muvofiq baholashning iloji yo'q). Qon tomir va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar: Kam hollarda: agranulotsitoz. Juda kam hollarda: trombotsitopeniya, leykopeniya, pantsitopeniya. Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: Tez-tez emas: bosh og'rig'i, bosh aylanishi. Kam hollarda: disgevziya. Ko'rish a'zolari tomonidan buzilishlar: Kam hollarda: ko'rishni buzilishi (ko'rishni tumanlashishi). Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar: Tez-tez emas: diareya, ko'ngil aynishi/qusish, qorinni dam bo'lishi va meteorizm, qabziyat, og'iz qurishi, qorinda og'riqlar. Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar: Tez-tezligi noma'lum: Interstitsial nefrit. Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar: Tez-tez emas: Ekzantema/toshma, qichishish. Kam hollarda: Eshakemi, angionevrotik shish. Tez-tezligi noma'lum: xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), ekssudativ ko'p shaklli eritema, toksik epidermal nekroliz, yorug'likka sezuvchanlik. Skelet-mushak va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar: Kam hollarda: artralgiya, mialgiya. Moddalar almashinuvi tomonidan buzilishlar: Kam hollarda: Giperlipidemiya va triglitseridlar xolesterollarning kontsentratsiyasini oshishi, tana vaznini o'zgarishi. Tez-tezligi noma'lum: Giponatriyemiya, gipomagniyemiya. Umumiy buzilishlar: Tez-tez emas: Holsizlik, toliqish va lanjlik. Kam hollarda: Tana haroratini oshishi, periferik shish. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: Kam hollarda: Yuqori sezuvchanlik (shu jumladan anafilaktik reaktsiyalar va anafilaktik shok). Jigar va o't chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar: Tez-tez emas: Jigar fermentlari (aspartataminotransfrazalar, u- glutamintransferazalar) faolligini oshishi. Kam hollarda: Bilirubin darajasini oshishi. Tez-tezligi noma'lum: Gepatotsellyulyar shikastlanishlar, sariqlik. Ruhiyat tomonidan buzilishlar: Tez-tez emas: Uyquni buzilishi. Kam hollarda: Depressiya (shu jumladan mavjud bo'lgan buzilishlarni kuchayishi). Juda kam hollarda: Dezoriyentatsiya (shu jumladan mavjud bo'lgan buzilishlarni kuchayishi). Tez-tezligi noma'lum: Gallyutsinatsiyalar, ongni chalkashishi (ayniqsa bunga moyil patsintlarda), shuningdek davolash boshlangunicha mavjud bo'lgan simptomlar zo'rayishi mumkin.
Farmakokinetikasi
Pantoprazol benzimidazolning almashingan hosilasi, proton nasosining selektiv ingibitoridir. Preparat me'dada xlorid kislotasini pariyetal xujayralaridagi sekretsiyasini ingibitsiya kiladi. Me'daning pariyetal xujayralarining naychalarida to'planadi va faol shakli – siklik sulьfenamidga aylanadi, selektiv N+-K+-ATF-aza bilan o'zaro ta'sirga kirishadi. Pariyetal xujayralarning N+-K+-ATF-aza fermentini ingibitsiya kiladi, pariyetal xujayralardan vodorod ionlarini me'da bo'shlig'iga o'tishini izdan chiqaradi va xlorid kislotasining gidrofil sekretsiyasini so'nggi bosqichini bloklaydi. Xlorid kislotasining bazal va rag'batlantirilgan sekretsiyasini dozaga bog'liq davomli susaytiradi. Boshqa prototon nasosining ingibitorlari yoki N2-gistamin retseptorlarining blokatorlari bilan bo'lgani kabi, pantoprazol bilan davolash, me'dada kislotalikni pasayishiga va gastrin kontsentratsiyasini qaytuvchi oshishiga olib keladi, bunda me'da kislotaligini oshishi me'daning kislotaliligini qanchalik kamayganlik darajasiga bog'liq. Pantoprazol ferment bilan xujayra darajasida bog'langani uchun, uning xlorid kislotasi sekretsiyasiga ta'siri atsetilxolin, gistamin va gastrin kabi boshqa moddalarning ta'siriga bog'liq emas. Preparat peroral qabul qilinganidan keyin uni vena ichiga yuborilgandagi kabi samara kuzatiladi.
Farmakodinamikasi
Pantoprazol og'iz orqali qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi. Uning mutloq biokiraolishligi 77% ni tashkil qiladi, chunki u jigardan birinchi o'tish samarasiga uchraydi. Bir vaqtda ovqat qabul qilish AUC ga (samarasining kontsentratsiyaga bog'liq egri chiziq maydoni), plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga va demak, biokiraolishligiga xam ta'sir qilmaydi. Ovqat qabul qilish maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqtini oshirishi mumkin. Og'iz orqali 40 mg preparat qabul qilingandan keyin plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga erishiladi. 2-3 mkg/ml ga teng maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti taxminan 2,5 soatni tashkil qiladi. Takroriy dozalar yuborganidan keyin preparatning kontsentratsiyasi bir xil darajada saqlanib qoladi. Preparatning taqsimlanish hajmi taxminan 0,15 l/kg, klirensi - taxminan 0,1 l/kg ni tashkil qiladi. O'rtacha yarim chiqarilish davri 1 soatni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davrining qisqaligiga qaramay, pariyetal xujayralarda (H+K+)-ATF-aza bilan spetsifik bog'lanish oqibatida pantoprazol xlorid kislotasining sekretsiyasini uzoq vaqt ingibitsiya kiladi. Pantoprazolning farmakokinetikasi bir yoki bir necha dozalari yuborilganida ham bir-biriga o'xshash darajada bo'ladi. Pantoprazolning dozalar diapazoni 10-80 mg ni tashkil qiladi. Uni og'iz orqali va vena ichiga yuborilgandan keyin ham plazmadagi kinetikasi to'g'ri proportsional ko'rinishida namoyon bo'ladi. Pantoprazol plazma oqsillari, asosan alьbumin bilan 98% ga bog'lanadi. Preparat jigarda metabolizmga uchraydi. Pantoprazol asosan metil guruhini yo'qotish yo'li bilan metabolizmga uchraydi. Jarayon jigarda R-450 ferment tizimining CYP2C19 izoshakli ishtirokida yuz beradi. Pantoprazol ma'lum darajada CYP3A4 fermenti tomonidan oksidlanadi. Pantoprazolning metabolizmi yuborish yo'liga (og'iz orqali yoki vena ichiga yuborilishiga) bog'liq emas. Pantoprazolning metabolitlarini ahamiyatli farmakologik samarasi to'g'risida ma'lumotlar yo'q. Asosiy metaboliti – demetilpantoprazol va boshqa metabolitlari siydik bilan (71%), 18% ahlat bilan chiqariladi. Demetilpantoprazolning plazmadan yarim chiqarilish davri pantoprazolning yarim chiqarilish davridan katta emas (taxminan 1,5 soat).
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha Panzak preparatini qo'llash natijasida dozani oshirib yuborilish holatlari aniqlanmagan. Davolash: simptomatik va tutib turuvchi davolash. Pantoprazol gemodializ orqali chiqarilmaydi.
Umumiy ma'lumot
PANZAK tabletkalari 40mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA PANZAK PANZAC Preparatning savdo nomi: Panzak (Panzac) Ta‘sir etuvchi modda (XPN): pantoprazol natriy Dori shakli: ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tarkibi: Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 40 mg pantoprazolga ekvivalent pantoprazol natriy seskvigidrati. yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, natriy kraxmal glikolyati, kolloid kremniy angidridi, magniy stearati. Ta‘rifi: Farmakoterapevtik guruhi: me‘da bezlarining sekresiyasini pasaytiruvchi vosita, protonon nasosi ingibitori. ATX kodi: A02VS02 Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamika Pantoprazol benzimidazolning almashingan hosilasi bo‘lib, prototon nasosining selektiv ingibitoridir. Preparat me‘dada xlorid kislotasini parietal xujayralaridagi sekresiyasini ingibirlaydi. Me‘daning parietal xujayralarining naychalarida to‘planadi va faol shakli – siklik sulfenamidga aylanadi, u selektiv N+-K+-ATFaza bilan o‘zaro ta‘sirga kirishadi. Parietal xujayralarning N+-K+-ATFazasini ingibirlaydi, parietal xujayralardan vodorod ionlarini me‘da bo‘shlig‘iga o‘tishini buzadi va xlorid kislotasining gidrofil sekresiyasini oxirgi bosqichini bloklaydi. Dozaga bog‘liq xlorid kislotasining bazal va rag‘batlantirilgan sekresiyasini davomli bostiradi. Boshqa prototon nasosining ingibitorlari yoki N2-gistamin reseptorlarining blokatorlari kabi pantoprazol bilan davolash kislotalikni pasayishiga va gastrin konsentrasiyasini qaytuvchi oshishiga olib keladi, bunda ushbu oshish me‘daning kislotaliligini kamayishi darajasiga bog‘liq. Pantoprazol ferment bilan xujayra darajasida bog‘langani uchun, uning xlorid kislotasi sekresiyasiga ta‘siri asetilxolin, gistamin va gastrin kabi boshqa moddalarning ta‘siriga bog‘liq emas. Preparat peroral qabul qilinganidan keyin vena ichiga yuborilgandagi kabi samara kuzatiladi. Farmakokinetika Pantoprazol og‘iz orqali qabul qilinganidan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan tez so‘riladi. Uning mutloq biokirishaolishligi 77% ni tashkil qiladi, chunki u jigardan birinchi o‘tish samarasiga uchraydi. Bir vaqtda ovqat qabul qilish AUC ga (samarasini konsentrasiyaga bog‘liqligini maydoni grafikasi), plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga va demak, biokirishaolishligiga ta‘sir qilmaydi. Ovqat qabul qilish maksimal konsentrasiyaga erishish vaqtini oshirishi mumkin. Og‘iz orqali 40 mg preparat qabul qilingandan keyin plazmadagi maksimal konsentrasiyaga erishiladi. 2-3 mkg/ml maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti taxminan 2,5 soat. Takroriy dozalar yuborganidan keyin konsentrasiya doimiy bo‘lib qoladi. Preparatning taqsimlanish hajmi taxminan 0,15 l/kg, klirensi – taxminan 0,1 l/kg ni tashkil qiladi. O‘rtacha yarimchiqarilish davri 1 soatni tashkil qiladi. Yarimchiqarilish davrining qisqaligiga qaramasdan parietal xujayralarda (H+K+)-ATFaza bilan spesifik bog‘lanish oqibatida pantoprazol xlorid kislotasining sekresiyasini uzoq vaqt ingibirlaydi. Pantoprazolning farmakokinetikasi bir yoki bir necha dozalari yuborilganidan keyin o‘xshash. Dozalar diapazoni 10-80 mg ni tashkil qiladi, pantoprazolning plazmadagi kinetikasi og‘iz orqali va vena ichiga yuborilgandan keyin to‘g‘ri chiziqli. Pantoprazol 98% ga plazma oqsillari bilan, asosan albumin bilan bog‘lanadi. Preparat jigarda metabolizmga uchraydi. Metabolizmining asosiy yo‘li – demetillanish. Jarayon jigarda R-450 ferment tizimining CYP2C19 izoshakli ishtirokida yuz beradi. Pantoprazol ma‘lum darajada CYP3A4 fermenti tomonidan oksidlanadi. Pantoprazolning metabolizmi yuborish yo‘liga (og‘iz orqali yoki vena ichiga) bog‘liq emas. Pantoprazolning metabolitlarini ahamiyatli farmakologik samarasi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Asosiy metaboliti – demetilpantoprazol va boshqa metabolitlari siydik bilan (71%), 18% ahlat bilan chiqariladi. Demetilpantoprazolning plazmadan yarimchiqarilish davri pantoprazolning yarimchiqarilish davridan katta emas (taxminan 1,5 soat) Qo‘llanilishi Zo‘rayish bosqichidagi me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi, shu jumladan NYAQV ni qabul qilish, yoki gistamin N2-reseptorlarining blokatorlari bilan davolashga refrakter bo‘lgan, gastroezofageal reflyuks kasalligi (o‘rtacha va og‘ir shakllari), Zollinger-Ellison sindromi; qaytalanishlar sonini kamaytirish maqsadida peptik yarasi bo‘lgan pasientlarda majmuaviy antixelikobakter eradikasion davolashda qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozasi In‘eksiyalar uchun Panzakni vena ichiga yuborish faqat me‘da yarasi, o‘nikki barmoq ichak yarasi va o‘rtacha va og‘ir darajali reflyuks ezofagit kabi kasalliklarni davolashda og‘iz orqali qabul qilish mumkin bo‘lmagan hollarda tavsiya qilinadi. Vena ichiga yuborish uchun tavsiya qilinadigan doza sutkada 1 ampulani (40 mg pantoprazol) tashkil qiladi. Zollinger-Ellison sindromi va boshqa patologik gipersekretor holatlarni uzoq muddatli davolashda, davolashning boshida tavsiya qilingan sutkalik doza vena ichiga yoki kamaytirilishi mumkin. Keyinchalik doza oshirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Preparat 80 mg dan yuqori sutkalik dozada qo‘llangan holda, doza bo‘linishi va kuniga ikki marta yuboriladi. Vaqtincha, zarur davrdan oshiq bo‘lmagan, sutkalik dozani 160 mg gacha pantoprazolga oshirish mumkin. Kislotani nazorati zarur bo‘lgan holda, 2 qabuldagi 80 mg boshlang‘ich doza, ko‘pchilik bemorlarda bir soat davomida qo‘llash sohasida kislotani kamaytirish uchun yetarli (10 mEq/h). Klinik manzaraning yaxshilanishini birinchi belgilarida Panzakni vena ichiga yuborishdan og‘iz orqali qabul qilishga o‘tish tavsiya qilinadi. Tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnoma: In‘eksiya uchun ishlatishga tayyor eritmani tayyorlash uchun 10 ml natriy xloridining fiziologik eritmasi, quruq modda saqlovchi idishga qo‘shiladi. Bu eritma darhol yoki 100 ml natriy xloridining fiziologik eritmasi, shuningdek 5% glyukoza eritmasi bilan aralashtirilganidan keyin qo‘llanishi mumkin. Tayyorlangan eritma tayyorlanganidan keyin 12 soat davomida ishlatilishi kerak. Vena ichiga yuborish uchun Panzak yuqorida ko‘rsatilgan qanday bo‘lmasin boshqa erituvchilar bilan tayyorlanmasligi yoki aralashtirilmasligi kerak. Klinik manzaraning yaxshilanishini birinchi belgilarida Panzakni vena ichiga yuborishdan og‘iz orqali yuborishga o‘tish tavsiya qilinadi. Preparatni 2-15 minut davomida yuborish kerak. Mahsulotning qoldig‘i, shuningdek tashqi ko‘rinishi o‘zgargan mahsulot, mahsulotning yaroqsizligi uchun yetarli asos bo‘ladi. Me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi, eroziv gastrit (shu jumladan nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYAQP) qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan). Sutkada 40-80 mg dan. Davolash kursi – o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligini zo‘rayishida 2 hafta va me‘da yara kasalligini zo‘rayishida 4-8 hafta. Me‘da va o‘nikki barmoq ichakning yara kasalligini qaytalanishlariga qarshi davolash – sutkada 20 mg dan. Helicobacter pilori eradikasiyasi. quyidagi kombinasiyalar tavsiya qilgan: Panzak 40 mg dan sutkada 2-marta + amoksisillin 1000 mg dan sutkada 2 marta + klaritromisin 500 mg dan sutkada 2 marta. Panzak 40 mg dan sutkada 2-marta + metronidazol 500 mg dan sutkada 2 marta + klaritromisin 500 mg dan sutkada 2 marta. Panzak 40 mg dan sutkada 2-marta +amoksisillin 1000 mg dan sutkada 2 marta + metronidazol 500 mg dan sutkada 2 marta. Davolash kursi – 7-14 kun. Reflyuks- ezofagit Sutkada 40 mg dan. Davolash kursi 4-8 hafta. Qaytalanishlarga qarshi davolash – sutkada 20 mg dan. Zollinger-Ellison sindromi. Sutkada 40-80 mg dan. Jigar faoliyatining og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda dozani 2 kunda 1 marta 40 mg gacha pasaytirish kerak. Bunday hollarda qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak. Jigar fermentlarining darajasi oshganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish lozim. Keksa pasientlarda, hamda buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda 40 mg sutkali dozani oshirish mumkin emas. Helicobacter pilori ga nisbatan majmuaviy antimikrob davolashni qo‘llash istisno xisoblanadi, bunday xollarda keksa pasientlar ham Panzakni 40 mg dan sutkada 2 marta qo‘llashlari lozim. Preparat ichga, suyuqlik bilan birga butunligicha yutib qabul qilinadi (tabletkalarni maydalash yoki eritish mumkin emas). Preparatni sutkada 1 marta qabul qilishni talab etuvchi ko‘rsatkichlar bo‘yicha Panzakni ertalab qabul qilish lozim. Aniqlanishicha, na sutkalar vaqti, na ovqat iste‘mol qilish, preparatning faolligiga ta‘sir qilmaydi. Lekin Panzak tabletkalarini tavsiya etilgan qabul qilish vaqti, pasientlar tomonidan davolash sxemasiga yaxshiroq amal qilishga yordam beradi. Nojo‘ya ta‘sirlari Me‘da-ichak yo‘llarining a‘zolari tomonidan: diareya; kam – og‘izni qurishi, ishtahani oshishi, ko‘ngil aynishi, kekirish, qusish, meteorizm, qorin og‘rig‘i, qabziyat, transaminazalar faolligini oshishi, gastrintestinal karsinoma (yakka holi). Nerv tizimi va sezgi a‘zolari tomonidan: bosh og‘rig‘i; kam – asteniya, bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik; alohida hollarda – asabiylik, depressiya, tremor, paresteziyalar, fotofobiyalar, ko‘rishni buzilishi, quloqlarda shovqin. Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: yakka hollarda – gematuriya, shishlar, impotensiya. Teri qoplamalari tomonidan: yakka hollarda – alopesiya, xusnbuzar, eksfoliativ dermatit. Allergik reaksiyalar: kam – toshma, eshakemi, qichishish, anginevrotik shish. Boshqalar: kam – giperglikemiya, mialgiya; yakka hollarda – isitma, eozinofiliya, giperlipoproteinemiya, giperxolesterinemiya. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatni, uning har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Og‘ir jigar yetishmovchiligi bilan kechuvchi gepatit va jigar sirrozi. Preparat pernisioz anemiyada ishlatilmaydi. Pantoprazolni homiladorlikda ishlatishdagi xavfsizligi to‘g‘risidagi klinik ma‘lumotlar yetarli emas. Pantoprazol tabletkalari homiladorlikda, faqat agarda potensial foydasi homila yoki bolaga bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollarda qo‘llanadi. Pantoprazolni ko‘krak sutiga o‘tishi noma‘lum bo‘lganligi tufayli, preparatni emizish vaqtida ishlatish tavsiya qilinmaydi. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan tekshirishlar diazepam, fenitoin (CYP2A19 substrati), nifedipin (CYP3A4 substrati), metoprolol (CYP2V6 substrati), diklofenak (CYP2S9 substrati) va teofillin (CYP1A2 substrati) pantoprazolning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta‘sir qilmasligini ko‘rsatadi. Pantoprazolni ishlatilishi, shuningdek, teofillin, diazepam (va uning faol metaboliti dimetildiazepam), hamda fenitoin, varfarin, metoprolol, nifedipin, karbamazepin va oral kontraseptivlarning kinetikasiga ta‘sir qilmaydi. Ushbu preparatlar pantoprazol bilan birga buyurilganida dozani tanlash talab qilinmaydi. Boshqa tekshirishlar digoksin, etanol, glibutid, antipirin va kofeinni pantoprazol bilan klinik o‘zaro ta‘sirlashmasligini ko‘rsatadi. Shuningdek, pantoprazolni antasidlar bilan majmuasida o‘zaro ta‘siri kuzatilmagan. Ketokonazol, ampisillin efirlari va temir tuzlari kabi ayrim preparatlarning so‘rilishi me‘daning kislotali muhitida yaxshiroqligi tufayli, ushbu preparatlarni pantoprazol bilan birga qo‘llash ularning biokirishaolishligiga salbiy ta‘sir qilishi mumkin. Pantoprazolni H. Pylori ni eradikasion davolashda ishlatiladigan preparatlar bilan (klaritromisin, amoksisillin va metronidazol) birga qo‘llashda klinik o‘zaro ta‘siri kuzatilmagan. Pantoprazolni alkogol bilan qabul qilish mumkin emas, bu shilliq qavatlarni ta‘sirlashi mumkin. Maxsus ko‘rsatmalar Davolashdan oldin xavfli o‘smalarning bo‘lishi mumkinligini istisno qilish lozim, chunki davolash simptomlarni niqoblashi va to‘g‘ri tashxis qo‘yish muddatini kechiktirishi mumkin. Majmuaviy davolashda pantoprazol bilan qo‘llanadigan boshqa preparatlarning xususiyatlarini hisobga olish kerak. Davolashni o‘tkazishdan oldin me‘daning xavfli yarasini va xavfli ezofagitning yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak. Reflyuks-ezofagit tashxisi endoskopiya bilan tasdiqlanishi kerak. Pediatriyada ishlatilishi Pantoprazolni pediatriya amaliyotida qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan. Homiladorlik va laktasiya Homiladorlik – preparat V toifasiga kiritilgan. Pantoprazolni homiladorlikda ishlatishning xavfsizligi bo‘yicha klinik ma‘lumotlar yetarli emas. Pantoprazol tabletkalarini homiladorlikda faqat, agarda potensial foydasi, homila yoki bolaga bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin. Pantoprazolni ko‘krak sutiga o‘tishi noma‘lum bo‘lganligi tufayli, preparatni emizish vaqtida ishlatish tavsiya qilinmaydi. Haydash va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Pantoprazolni ushbu qobiliyatlarga bo‘lgan ta‘siri aniqlanmagan. Kutilmagan samaralari paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak. Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanmasin. Dozani oshirib yuborilishi Hozirgi vaqtgacha Panzak preparatini qo‘llash natijasida dozani oshirib yuborilish holatlari aniqlanmagan. Davolash: simptomatik va tutib turuvchi davolash. Pantoprazol gemodializ orqali chiqarilmaydi. Chiqarilish shakli 40 mg dan 1 flakon ilova-varaqasi (qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma) bilan birga karton qutida. 14 ta ichakda eruvchi qobiqli tabletkadan blisterda. 1, 3 yoki 10 ta blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish: