SELEFLU aerozol 50 mkg/doza 60 doz

Обновлено: 21.07.2022

SELEFLU aerozol 50 mkg/doza 60 doz
  • Категория:

    Burun uchun vositalar

  • Страна производитель:

    Xitoy

  • Активное вещество:

    Flutikazon

  • Производитель:

    LEONFARM company, Израиль произведено: Jewim Pharmaceutical (Shandong) Co., Ltd.

  • Количество в упаковке:

    ---

  • Код ATX:

    R01AD08

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция SELEFLU aerozol 50 mkg/doza 60 doz

  • Umumiy ma'lumot

    SELEFLU aerozol 50 mkg/doza 60 doz qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA SELEFLU SELEFLU   Preparatning savdo nomi: Seleflu Ta‘sir etuvchi modda (XPN): flutikazon Dori shakli: ingalyasiya uchun dozalangan aerozol. Tarkibi: 1 doza quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 50 mkg, yoki 125 mkg, yoki 250 mkg flutikazon propionati; yordamchi moddalar: 1,1,1,2-tetraftoretan (freon saqlamaydi). Ta‘rifi: oq, yoki deyarli oq rangli suspenziya. Farmakoterapevtik guruhi: ingalyasiya uchun glyukokortikosteroid. ATX kodi: R03BA05. Farmakologik hususiyatlari Farmakodinamikasi Ingalyasion qo‘llash uchun glyukokortikosteroid. Tavsiya etilgan dozalarda yaqqol yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, bu holat nafas yo‘llarining obstruksiyasi (bronxial astma, surunkali bronxit, emfizema) bilan kechuvchi simptomlarning yaqqolligini kamayishiga va kasallikni zo‘rayish tezligini pasayishiga olib keladi. Flutikazon propionati semiz hujayralar, eozonofillar, limfositlar, makrofaglar, neytrofillar proliferasiyasini va yallig‘lanish mediatorlari hamda boshqa biologik faol moddalar (gistamin, prostaglandinlar, leykotrienlar, sitokinlar) ni ajralib chiqishini ingibisiya qiladi/ O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligida (O‘SOK) ingalyasion flutikazon propionatini o‘pka faoliyatiga ta‘sirining samaradorligi tasdiqlangan, bu kasallikning simptomlarini yaqqolligini, zo‘rayish tezligi va og‘irlik darajasini kamayishi, tabletka shaklidagi GKS ni qo‘shimcha kurslarini buyurish zaruratini kamayishi va pasientlarning hayot sifatini oshishi bilan xarakterlanadi. Flutikazonning tizimli ta‘siri minimal darajada ifodalangan: terapevtik dozalarda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimiga deyarli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Preparat bemorni bronxodilatatorlarga nisbatan reaksiyasini tiklab, ularni qo‘llash tezligini kamayishiga imkon yaratadi. Flutikazon ingalyasion qo‘llanganidan so‘ng terapevtik samarasi davolash boshlanganidan so‘ng 24 soat davomida boshlanadi, 1-2 hafta va undan ortiq vaqt davomida maksimal darajaga yetadi va bekor qilingandan so‘ng bir necha kun davomida saqlanib turadi. Farmakokinetikasi So‘rilishi Ingalyasion yuborilganidan so‘ng flutikazon propionatining mutloq biokiraolishligi ingalyatorning turiga qarab 10-30% ni tashkil etadi. Tizimli so‘rilishi asosan o‘pkada amalga oshadi. Ingalyasion dozaning bir qismi yutib yuborilishi mumkin, ammo uning tizimli ta‘siri preparatni suvda eruvchanligi sust bo‘lganligi va jigar orqali “birinchi marta o‘tish”da jadal metabolizmga uchrashi (ichga qabul qilinganida flutikazon propionatining biokiraolishligi 1% dan kamroq qiymatni tashkil etadi) tufayli, minimaldir. Ingalyasion dozaning kattaligi va flutikazon propionatining tizimli ta‘siri o‘rtasida proporsional bog‘liqlik mavjud. Taqsimlanishi Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 91% ni tashkil etadi. Flutikazon propionati katta Vd ga ega – taxminan 300 l ni tashkil etadi. Metabolizmi Flutikazon propionati jigarda CYP3A4 ishtirokida metabolizmga uchrab, faol bo‘lmagan metabolitni hosil qiladi. Chiqarilishi Flutikazon propionati yuqori plazma klirensiga ega – minutiga 1150 ml ni tashkil etadi. T1/2 taxminan 8 soatni tashkil etadi. Buyrak klirensi – 0,2% dan kam. 5% dan kamroq qismi siydik bilan metabolitlar holida chiqariladi. Qo‘llanilishi Bronxial astmani profilaktik davolash uchun qo‘llanadi. Kattalar Yengil darajadagi astma: bronxodilatatorlar bilan davriy simptomatik davolashga har kuni muhtoj bo‘lgan pasientlar. O‘rtacha darajadagi astma: nostabil astma bilan xastalangan yoki muvofiq profilaktik davolash fonida yoki faqat bronxodilatatorlar bilan davolash fonida holatini yomonlashgan pasientlar. Og‘ir darajadagi astma: og‘ir darajadagi surunkali astma bilan xastalangan pasientlar va kasallikning simptomlarini adekvat nazorat qilish uchun tizimli kortikosteroidlarni qo‘llashga bog‘liq bo‘lgan pasientlar. Ingalyasion flutikazon propionatini qo‘llash boshlanganidan so‘ng ko‘pchilik pasientlar peroral kortikosteroidlarni qo‘llashni kamaytirishlari yoki butunlay bekor qilishlari mumkin. Bolalar Pediatriyada Seleflu preparatini qo‘llash tajribasi yo‘qligi sababli, ushbu dori vositasini 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Qo‘llash usuli va dozalari Preparat faqat og‘iz orqali ingalyasion qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Klapanni bosish bilan nafasni sinxronizasiya qilishda qiyinchilik tug‘iladigan pasientlarga speyserdan (ingalyasion preparatlarni yuborishni yengillashtiradigan moslama) foydalanish tavsiya etiladi. Ingalyasiya uchun Seleflu preparatini kasallikni oldini olishda muntazam ravishda, hatto astma hurujlari bo‘lmagan davrda ham qo‘llash kerakligi xaqida pasientlarni xabardor qilish kerak. Terapevtik ta‘sirini boshlanishi 4-7 kundan keyin kuzatiladi. Flutikazon propionati boshqa ingalyasion kortikosteroidlarning yarim dozasini tashkil etuvchi dozada samarali bo‘lishi haqida shifokorni xabardor qilish kerak. Masalan, 100 mkg flutikazon propionati taxminan 200 mkg beklometazon dipropionati (tarkibida freon saqlaydi) yoki budesonidga ekvivalentdir. Boshlang‘ich dozasi kasallikning og‘irligiga muvofiq kelishi kerak. Preparatning dozasini kasallikni samarali nazorat qilishni aniqlash imkonini beradigan minimal samarali dozagacha kamaytirish kerak. Kattalar va 16 yoshdan oshgan bolalar: 125-1000 mkg kuniga 2 marta, odatda 2 ingalyasiyadan sutkada 2 marta qo‘llanadi. 500 mkg dan ortiq dozada sutkada 2 marta qo‘llanganida tizimli samaralarni rivojlanish xavfi borligi sababli, katta yoshdagi pasientlarga, og‘ir darajadagi astmada, o‘pka faoliyatini yaxshilanishi va/yoki kasallikning simptomlarini nazorat qilish yoki peroral kortikosteroidlarni qo‘llashni kamayishi kutilganida, buyurilishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Tipik boshlang‘ich doza Yengil darajadagi vaqti-vaqti bilan avj olib boruvchi astma bilan xastalangan pasientlar uchun tipik boshlang‘ich doza 125 mkg ni tashkil etadi, sutkada 2 marta qo‘llanadi. O‘rtacha va og‘ir darajadagi vaqti-vaqti bilan avj olib boruvchi astmada boshlang‘ich doza 250 mkg dan 500 mkg gacha dozani tashkil etishi mumkin, sutkada 2 marta qo‘llanadi. Zarurat bo‘lganida 1000 mkg dan ortiq dozani sutkada ikki marta buyurish mumkin. Bunday dozalarni faqat bronxial astmani davolash bo‘yicha mutaxassisga buyurishi mumkin. 16 yoshdan kichik bo‘lgan bolalar: ushbu pasientlar toifasida klinik tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi sababli, Seleflu preparatini 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas. Ayrim pasientlar guruhi Keksa yoshdagi pasientlar yoki jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Ingalyatorni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma Boshqa ingalyasion preparatlarni qo‘llashda bo‘lgani kabi, terapevtik samarasi balloncha sovuganida pasayishi mumkin. Ballonchani, hatto ular bo‘sh bo‘lsa ham, sindirish, teshish yoki yoqish mumkin emas. Ingalyatorni tekshirish Ingalyatorni birinchi marta qo‘llashdan oldin yoki bir haftadan ortiq vaqt davomida ishlatilganida tanaffusdan so‘ng uni adekvat ishlayotganligiga ishonch hosil qilish uchun, mundshtukning yon tomonlarini asta bosib, qalpoqchasi yechiladi, yaxshilab chayqatiladi va havoga ikki marta purkaladi. Ingalyatordan foydalanish Mundshtukning yon tomonlarini asta bosib, qalpoqchasi yechiladi. Ingalyatorni tashqarisida va ichida, shu jumladan mundshtukda yod jismlar yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak. Ingalyatordan har qanday yod jismni yo‘qotish va ingalyatorning ichidagisi bir tekis aralashishi uchun ingalyatorni yaxshilab chayqatish kerak. Ingalyatorni bosh va qolgan barmoqlar vertikal holda ushlanadi, bunda bosh barmoq mundshtukdan biroz pastda ingalyatorning asosida bo‘lishi kerak. Maksimal darajada chuqur nafas chiqariladi, so‘ngra mundshtuk tishlar orasiga joylanadi va lablar bilan qamrab olinadi, bunda uni tishlash mumkin emas. Og‘iz orqali nafas olishni boshlash bilan Selefluni purkash uchun ingalyatorning uchi bosiladi, bunda sekin va chuqur nafas olish davom etiladi. Nafas ushlab turiladi, ingalyator og‘izdan chiqariladi va ingalyatorning uchidan barmoq olinadi. Nafas imkon qadar uzoqroq ushlab turiladi. Agar navbatdagi purkashni bajarish kerak bo‘lsa, ingalyator vertikal holda ushlanib, 30 sekund kutiladi. Shundan so‘ng 3-7 punktlarda ta‘riflangan harakatlar bajariladi. Og‘iz bo‘shlig‘i suv bilan chayiladi va tuflab tashlanadi. Qalpoqcha mundshtukka shilq degan tovush eshitilgunicha kerakli yo‘nalishga tomon bosilib, joyiga o‘rnatiladi. Bu muhim: 5, 6 va 7 punktlarda ta‘riflangan harakatlarni shoshmasdan bajarilsin. Purkashni boshlashdan oldin imkon boricha sekin nafas olishni boshlash kerak. Dastlabki bir necha harakatni ko‘zguni oldida bajarish kerak. Agar ingalyatorning uchida yoki og‘izni burchaklarida aerozol tumani paydo bo‘lsa, 2 punktda ta‘riflangan harakatlarni qaytadan boshlash kerak. Tozalash Ingalyatorni haftada kamida bir marta tozalash kerak. Mundshtukni qalpoqchasi yechiladi. Metall ballon plastik futlyardan chiqarib olinmaydi. Mundshtukning qalpoqchasi ichkari va tashqari tomondan quruq mato bilan artiladi. Mundshtukning qalpoqchasi o‘rniga joylanadi. Metall ballon suvga solinmasin.     Nojo‘ya ta‘sirlari Quyidagi nojo‘ya reaksiyalar rivojlanish tez-tezligiga qarab a‘zolar va tizimlarga tizimlashtirilgan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 va < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1000 va < 1/100), kam hollarda (≥ 1/10000 va < 1/1000) va juda kam hollarda (< 1/10000), shu jumladan ayrim xabarlar. Juda tez-tez, tez-tez va tez-tez emas rivojlanadigan nojo‘ya ta‘sirlar yuzasidan ma‘lumotlar asosan klinik tadqiqotlarning ma‘lumotlariga asoslanadi. Kam hollarda va juda kam hollarda rivojlanadigan nojo‘ya ta‘sirlari yuzasidan ma‘lumotlar asosan spontan tushgan xabarlardan olingan. Infeksiyalar va invaziyalar: juda tez-tez – og‘iz bo‘shlig‘i va halqum kandidozi. Ba‘zi bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i va halqum kandidozi rivojlanishi mumkin. Preparat qo‘llanganidan so‘ng ushbu ko‘rinishni bartaraf qilish maqsadida og‘iz bo‘shlig‘ini chayish kerak. Zarurat bo‘lganida butun davolash vaqti davomida zamburug‘larga qarshi preparat buyuriladi, bunda Selefluni qo‘llash davom ettiriladi. Tez-tez – O‘SOK bilan xastalangan pasientlarda pnevmoniya rivojlanishi mumkin. Flutikazon propionatini 500 mkg dozada olgan, O‘SOK bilan xastalangan pasientlarda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda pnevmoniya bilan kasallanish sonini oshganligi xaqida xabar berilgan. Shifokorlar O‘SOK bilan xastalangan bemorlarda pnevmoniyani rivojlanishi mumkinligiga nisbatan e‘tiborda bo‘lishlari kerak. Immun tizimi: quyidagi ko‘rinishlar bilan kechuvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari yuzasidan xabar berilgan: tez-tez emas – o‘ta yuqori sezuvchanlik teri reaksiyalari. Juda kam hollarda – angionevrotik shish (asosan yuz va og‘iz halqum), respirator simptomlar (hansirash va/yoki bronxospazm) va anafilaktik reaksiyalar. Endokrin tizimi: tizimli ta‘sir qilishi mumkin (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Juda kam hollarda – Kushing sindromi, kushingoid belgilar, buyrak usti bezlari faoliyatini susayishi, bolalar va o‘smirlarni o‘sishdan orqada qolishi, suyaklarni mineralizasiyasini pasayishi, katarakta va glaukoma. Metabolizm va ovqatlanishni buzilishlari: juda kam hollarda – giperglikemiya (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Ovqat hazm qilish tizimi: juda kam hollarda – dispepsiya. Tayanch-harakat apparati: juda kam hollarda – artralgiya. Ruhiy buzilishlar: juda kam hollarda – bezovtalik hissi, uyquni buzilishi, xulq-atvorni o‘zgarishi, shu jumladan o‘ta yuqori faollik va qo‘zg‘aluvchanlik (asosan bolalarda). Nafas tizimi va ko‘krak qafasi: tez-tez – ovozni bo‘g‘ilishi. Ba‘zi bemorlarda flutikazon propionati ovozni bo‘g‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin, bunday holatda bilvosita ingalyasiyadan so‘ng tomoqni suv bilan chayish foydalidir. Juda kam hollarda – parodaksal bronxospazm. Boshqa ingalyasion preparatlar bilan davolashda bo‘lgani kabi, ingalyasiyadan so‘ng tez kuchayib boruvchi hansirash bilan kechuvchi paradoksal bronxospazm rivojlanishi mumkin. Bunday holatda zudlik bilan tez ta‘sir qiluvchi bronxodilatatorlarni qo‘llash kerak, Selefluni ingalyasiya qilishni darhol to‘xtatish, pasientni tekshirish va zarurat bo‘lganida muqobil davolashni buyurish kerak. Teri va teri osti to‘qimalari: tez-tez – terini ko‘karishi bo‘lishi mumkin. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning biron-bir komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Odatdagi sharoitlarda ingalyasion yuborilganidan so‘ng jigarda va ichakda ekstenziv birlamchi o‘tish metabolizmi hamda preparatning tizimli klirensini R450 3A4 bilan bog‘liq yuqori bo‘lishi tufayli, qon plazmasida flutikazon propionatining konsentrasiyasi past bo‘ladi. Shuning uchun flutikazon propionati bilan bog‘liq klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sir qilish ehtimoli juda past. Sog‘lom ko‘ngillilarda dorilarning o‘zaro ta‘sirini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari, ritonavir (sitoxrom R450 3A4 ning kuchli ingibitori) 100 mkg dan sutkada 2 marta qo‘llanganida plazmada flutikazon propionatining konsentrasiyasini 100 marta oshirishi mumkinligini, bu holat qon zardobida kortizolning konsentrasiyasini ahamiyatli darajada pasayishiga olib kelishini ko‘rsatdi. Ingalyasion flutikazon propionati bilan bunday o‘zaro ta‘sir qilish yuzasidan ma‘lumotlar yetarli emas, ammo qon plazmasida flutikazon propionatining konsentrasiyasini ahamiyatli darajada oshishi kuzatilishi mumkin. Shuningdek Kushing sindromini rivojlanishi va buyrak usti bezlari faoliyatini susayishi yuzasidan xabarlar tushgan. Flutikazon propionati va ritonavirni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak, ularni qo‘llashdan kutilgan foyda kortikosteroidlarning tizimli ta‘sir qilish havfidan ustun bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokida o‘tkazilgan katta bo‘lmagan tadqiqotda, CYP3A izofermentining kuchsiz ingibitori ketokonazol bir marta ingalyasiya qilingandan so‘ng flutikazon propionatining konsentrasiyasini 150% gacha oshirgan, bu holat qon zardobida kortizolning konsentrasiyasini faqat flutikazon propionati qo‘llanganda kuzatiladigan konsentrasiyasiga nisbatan ahamiyatli darajada pasayishiga olib kelgan. Itrakonazol kabi, CYP3A izofermentining boshqa kuchli ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida ham flutikazon propionatining tizimli konsentrasiyasini oshishi va tizimli ta‘sir qilish havfi kutiladi. Bunday preparatlarni birga qo‘llashda ehtiyot bo‘lish kerak va uzoq muddat qo‘llashdan saqlanish kerak. Maxsus ko‘rsatmalar Ingalyatorning klapanini bosish o‘pkaga preparatni optimal darajada kirishi uchun nafas olish bilan muvofiq kelishiga ishonch hosil qilish uchun ingalyasiya moslamalarini tekshirish kerak. Nafas olish vaqtida pasient o‘tirgan yoki turgan holatda bo‘lishi kerak, chunki ingalyator faqat vertikal holatda qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Seleflu qisqa vaqt ta‘sir etuvchi bronxodilatatorlarni qo‘llash kerak bo‘ladigan o‘tkir simptomlarni yengillashtirish uchun mo‘ljallanmagan. Pasientlar bronxial astmaning o‘tkir simptomlarini bartaraf qilish uchun o‘zlarida shunday preparatlar bo‘lishi kerakligi yuzasidan ogohlantirilgan bo‘lishlari kerak. Og‘ir darajadagi bronxial astma doimiy tibbiy nazoratni, shu jumladan tashqi nafas faoliyatining ko‘rsatkichlarini aniqlashni talab etadi, chunki bunday pasientlarda astmaning o‘tkir hurujlarini rivojlanish havfi va hatto o‘lim bilan tugash havfi mavjud. Ingalyasion beta-2-agonistlarni qo‘llash tezligi va dozasini oshishi astmaning simptomlarini nazoratini asta-sekin yo‘qotilishidan dalolat beradi. Qisqa vaqt ta‘sir qiluvchi bronxodilatatorlarning samaradorligi pasayganida yoki ularni tez-tez qo‘llash zarurati bo‘lganida pasient shifokorga murojaat qilishi kerak. Bunday vaziyatlarda yallig‘lanishga qarshi davolashni kuchaytirish zaruriyatini aniqlash maqsadida pasientlar qo‘shimcha tekshiruvlardan (masalan, ingalyasion kortikosteroidlarning dozalarini oshirish yoki kortikosteroidlarni ichga qabul qilish kursini buyurish) o‘tishlari kerak. Astmaning simptomlari haddan tashqari zo‘rayganida bunday holat uchun odatdagi davolash buyuriladi. Qandli diabet tashxisi qo‘yilgan pasientlarda ham, qandli diabet bilan xastalanmagan pasientlarda ham qonda glyukozaning darajasini oshishi yuzasidan juda kam xabarlar bor (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga qarang). Boshqa ingalyasion preparatlar bilan davolanganda bo‘lgani kabi, ingalyasiyadan so‘ng tez avj olib boruvchi hansirash bilan kechuvchi paradoksal bronxospazm rivojlanishi mumkin. Bunday holatda Seleflu preparatini qo‘llash to‘xtatiladi, pasient tekshiriladi va zarurat bo‘lganida muqobil davolash buyurish kerak. Ingalyasion kortikosteroidlar, asosan yuqori dozalarda va uzoq vaqt davomida qo‘llanganida tizimli ta‘siri rivojlanishi mumkin, ammo uni rivojlanish ehtimoli peroral steroidlar qo‘llangandagiga nisbatan ancha kam. Tizimli ta‘siri Kushing sindromi, kushingsimon belgilar, buyrak usti bezlari faoliyatini susayishi, suyaklar mineralizasiyasini pasayishi, katarakta va glaukoma, va kam hollarda ruhiy buzilishlar, hulq-atvorni o‘zgarishi, shu jumladan kuchli psixomotor faollik, uyquni buzilishi, bezovtalik hissi, depressiv va agressiv holatlar (asosan bolalarda) bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, ingalyasion kortikosteroidlarning dozalarini astmaning simptomlarini samarali nazorat qilish uchun mumkin bo‘lgan minimal darajagacha kamaytirish muhimdir. Ingalyasion kortikosteroidlarning yuqori dozalarini uzoq vaqt qo‘llash buyrak usti bezlari faoliyatini susayishiga va o‘tkir adrenal krizga olib kelishi mumkin. 16 yoshga to‘lmagan bolalarga flutikazon ko‘rsatilgan dozadan ortiq dozada (odatda > 1000 mkg/sut) qo‘llanganida alohida havf guruhida bo‘ladilar. O‘tkir adrenal kriz jarohatlar, jarrohlik aralashuvlari, infeksiyalar yoki dori vositasining dozasini keskin pasayishi oqibatida rivojlanishi mumkin. Simptomlari odatda aniq bo‘lmaydi va anoreksiya, qorinda og‘riq, tana vaznini pasayishi, toliqish, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, ong faoliyatini susayishi, gipoglikemiya va tirishish hurujlari bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Stress holatida va jarrohlik aralashuvlarida tizimli kortikosteroidlarni qo‘shimcha ravishda qo‘llash mumkin. Ingalyasion kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davolanayotgan bolalarning bo‘yini muntazam ravishda tekshirish kerak. Agar o‘sishdan orqada qolsa, ingalyasion kortikosteroidlarning dozasini kamaytirish maqsadida davolashni qayta ko‘rib chiqish kerak, agar mumkin bo‘lsa, astmaning simptomlarini samarali nazorat qilish mumkin bo‘lgan minimal dozagacha kamaytirish mumkin. Qo‘shimcha ravishda pediatr bilan maslahatlashish kerak. Preparatni sutkada 1000 mkg dozadan ortiq dozalarda qo‘llash uchun, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq tomonidan nojo‘ya samaralar rivojlanishini pasaytirish maqsadida speyser yordamida amalga oshirish tavsiya etiladi. Ammo preparat asosan o‘pka orqali so‘rilganligi tufayli, speyserni ingalyatorga qo‘shimcha ravishda qo‘llash preparatni o‘pkaga yetkazish darajasini oshirishi mumkin. Buni inobatga olish kerak, chunki bu holat tizimli nojo‘ya samaralarni rivojlanish havfini potensial ravishda oshirishi mumkin (“Qo‘llash usuli va dozalari” ga qarang). Ingalyasion flutikazon propionatini buyurishdan kutilgan samara peroral steroidlarga bo‘lgan talabni minimal darajaga yetkazish imkonini beradi. Ammo ilgari peroral steroidlar bilan davolangan pasientlarda nojo‘ya ta‘sir qilish ehtimoli bir qancha vaqt davomida saqlanib turadi. Buyrak usti bezlari faoliyatini buzilish darajasi ayrim vaziyatlarda mutaxassisning bahosini talab etishi mumkin. Shoshilinch holatlarda, shu jumladan jarrohlik aralashuvlari va boshqa stress holatlarida buyrak usti bezlari faoliyatini buzilish ehtimolini inobatga olish va muvofiq kortikosteroidlar bilan davolash zaruriyatini hisobga olish kerak. Davolash samarasini yetarli bo‘lmasligida yoki astmani zo‘rayishida Seleflu preparatining dozasini oshirish va agar zarur bo‘lsa, tizimli steroidlarni buyurish va/yoki infeksiyada antibiotiklarni buyurish kerak bo‘ladi. Tizimli steroid davolashni ingalyasion davolashga o‘tkazish ba‘zida ilgari tizimli steroidlarni qabul qilish bilan nazorat qilish mumkin bo‘lgan allergik rinit yoki ekzema kabi allergik kasalliklarni oshkora etishi mumkin. Ushbu allergik ko‘rinishlarni antigistamin vositalari va/yoki mahalliy qo‘llanadigan preparatlar, shu jumladan mahalliy ta‘sir qiluvchi kortikosteroidlar bilan simptomatik davolash kerak. Boshqa ingalyasion kortikosteroidlar bilan davolashda bo‘lgani kabi, o‘pkani faol yoki yashirin tuberkulyozi bo‘lgan bemorlarga Seleflu preparatini ayniqsa ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Buyrak usti bezlari faoliyatini susayishi mumkinligi tufayli, peroral kortikosteroidlarni qabul qilishdan Seleflu preparatiga o‘tish alohida e‘tibor va buyrak usti bezlari faoliyatini doimo nazorat qilishni talab etadi. Tizimli kortikosteroidlar bilan uzoq vaqt davomida yoki katta dozalarda davolangan pasientlarda buyrak usti bezlari faoliyatini susayishi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bunday pasientlarda buyrak usti bezlari faoliyatining holatini muntazam ravishda nazorat qilish, tizimli steroidlarning dozasini esa ehtiyotkorlik bilan kamaytirish kerak. Tizimli steroidlarni asta-sekin bekor qilish taxminan bir haftadan so‘ng boshlanadi. Dozani kamaytirish tizimli steroidlarning tutib turuvchi darajasiga mos keladi va kamida bir haftalik intervallar bilan yuz beradi. Umuman prednizolon (yoki analoglari) ning kuniga 10 mg va undan kam tutib turuvchi dozasi uchun dozani kamaytirish kamida bir haftalik intervallar bilan kuniga 1 mg dan oshmasligi kerak. Prednizolonning kuniga 10 mg dan ortiq dozasini tutib turish uchun dozani kamida bir haftalik interval bilan kuniga 1 mg dan ortiq kamaytirishga ruxsat etiladi. Ba‘zi pasientlar, respirator faoliyatni tutib turish yoki hatto yaxshilanishiga qaramasdan, o‘tish davrida ahvolini nospesifik yomonlashishini his etadilar. Tizimli steroidlardan ingalyasion flutikazon propionati bilan davolashga o‘tishni davom ettirish kerak, buyrak usti bezlari yetishmovchiligini ob‘ektiv simptomlari paydo bo‘lishi bundan mustasno. Oral steroidlar bilan davolashni to‘xtatgan, ammo buyrak usti bezlari faoliyati pastligicha qolgan pasientlar o‘zlarida, stress holatlarida, masalan o‘tkir astma huruji, nafas yo‘llarining infeksiyalari, ahamiyatli interkurrent kasalliklar, jarrohlik aralashuvi, jarohatlarda tizimli steroidni qo‘shimcha yuborish zarurati yuzasidan ogohlantiruvchi maxsus kartochka olib yurishlari kerak. Ritonavir qon plazmasida flutikazon propionatining konsentrasiyasini ahamiyatli darajada oshirishi mumkin, shuning uchun flutikazon propionati va ritonavirni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak, ularni qo‘llashdan kutilgan foyda kortikosteroidlarning tizim ta‘sir qilish havfidan ustun bo‘lgan holatlar bundan mustasno. Shuningdek CYP3A4 ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida flutikazon propionatining tizimli ta‘sirini yuqori rivojlanish havfi mavjud (“Dorilarning o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang). Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlik davrida preparatni qo‘llash havfsizligi oxirigacha o‘rganilmagan. Bu davrda preparatni buyurish to‘g‘risidagi masalani hal qilishda ona uchun preparatni qo‘llashdan kutiladigan foyda va homila uchun potensial havfni baholash kerak. Hozirgi vaqtda flutikazon propionatini ko‘krak sutiga o‘tishi aniqlanmagan, biroq preparatning farmakologik hususiyatlarini hisobga olsa, uni ehtimoli kam. Emizish davrida, preparatni qo‘llashdan kutilgan foyda homila uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan holdagina preparatni qo‘llash mumkin. Pediatriyada qo‘llanishi 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llanmasin. Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati Har qanday ta‘sir qilish ehtimoli kam. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Dozani o‘tkir oshirib yuborilishi: tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda qo‘llanganida dozani o‘tkir oshirib yuborilishi rivojlanishi mumkin, bu gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari faoliyatini vaqtinchalik susayishi bilan namoyon bo‘ladi. Bu holat shoshilinch yordam berishni talab etmaydi. Pasientlarga ingalyasion flutikazon propionatini, bronxial astmani nazorat qilish imkonini beradigan dozalarda, davolashni davom ettirish kerak, chunki buyrak usti bezlari po‘stloq qismini faoliyati bir necha kundan keyin tiklanadi, bu qon plazmasida kortizolning darajasini o‘lchash bilan tasdiqlanadi. Dozani surunkali oshirib yuborilishi: buyrak usti bezlari faoliyatini susayish havfi bor (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Buyrak usti bezlari zahirasini monitoring o‘tkazishni buyurish mumkin. Ingalyasion flutikazon propionatini, astmani nazorat qilish imkonini beradigan dozalarda qo‘llashni davom ettirish kerak. Chiqarilish shakli 60 yoki 120 dozadan himoya qalpoqchasi, dozalash uchun plastmassa moslama bilan ta‘minlangan alyumin ingalyatorda. Ingalyator va dozalash uchun moslama qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. Saqlash sharoiti 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin va to‘g‘ri quyosh nurlari ta‘siridan saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Shifokor resepti bo‘yicha. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?