SKIN KAP aerozol 100ml 2mg/1ml

Обновлено: 21.07.2022

SKIN KAP aerozol 100ml 2mg/1ml
  • Категория:

    Dermatologik

  • Страна производитель:

    Ispaniya

  • Активное вещество:

    sink pirition

  • Производитель:

    Cheminova Internacional S.A.

  • Количество в упаковке:

    ---

  • Код ATX:

    D11AX12

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция SKIN KAP aerozol 100ml 2mg/1ml

  • Umumiy ma'lumot

    SKIN KAP aerozol 100ml 2mg/1ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA SKIN-KAP SKIN-KAP   Preparatning savdo nomi: Skin-Kap Ta‘sir etuvchi modda (XPN): faollashtirilgan rux piritioni Dori shakli: davolovchi shampun Tarkibi: 100 g preparat kuyidagilarni saklaydi: faol modda: 1 g faollashtirilgan rux piritioni; yordamchi moddalar: Tego Perli S-96, Tego sulfonat 2427 Bondesurf NL 228Ye, etanol 70%, Abil B 88183, dinatriy edetati, natriy xloridi, levomentol, etanol, Antil 141-Likvid, aromatizator (Binea 10680), suv 100 ml gacha. Ta‘rifi: o‘ziga hos hidli, oq rangli suspenziya Farmakoterapevtik guruxi: dermaprotektor vosita ATX kodi: D11AX12.   Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Faollashtirilgan rux piritioni yallig‘lanishga qarshi, antibakterial va zamburug‘larga qarshi faollikka ega. Zamburug‘larga qarshi faolligi ayniqsa kazgok, seboreya, psoriaz va terining boshqa kasalliklarida yallig‘lanish va ortiqcha kepaklanishni tutib turuvchi Pityrosporum ovale va Pityrosporum orbiculare ga nisbatan yakqol. Rux piritionining antibakterial faolligi bir qator patogen mikroorganizmlarga (streptokokk, stafilokokk, ko‘kyiring va ichak tayoqchasi, protey va boshqalar) nisbatan namoyon bo‘ladi. Rux piritioni xujayra ichidagi ATF darajasini kamaytiradi, xujayralar membranalarini depolyarizasiyasi va zamburug‘lar va bakteriyalarni nobud bo‘lishiga olib keladi. Farmakokinetikasi Faollashtirilgan rux piritioni sirtga qo‘llanilganida epidermis va dermaning yuza qavatlarida to‘planadi. Tizimli so‘rilishi sekin amalga oshadi. Preparat qonda juda kam miqdorda aniqlanadi.   Qo‘llanilishi Psoriaz; boshning sochli kismining atopik dermatiti; seboreyali dermatit; kichishish; qazgoq; yog‘li seboreya; quruq seboreyada qo‘llanadi.   Qo‘llash usuli va dozalari Sirtga qo‘llanadi. Qo‘llashdan oldin flakon jadal silkitiladi. Skin-kap shampunining oz miqdori nam sochlarga surtiladi va bosh terisi massaj qilinadi. Bosh yuviladi va shampun takroran surtiladi. 5 minut davomida shampun sochlarda qoldiriladi va ko‘p miqdordagi suv bilan yuviladi. Birinchi ikki hafta davomida haftada 2-3 marta qo‘llanadi. Davolash kursi psoriazda – 5 hafta, seboreyali dermatitda – 2 haftani tashkil qiladi. Remissiya davrida shampun qaytalanishlarni oldini olish vositasi sifatida haftada 1-2 marta qo‘llanishi mumkin.   Nojo‘ya ta‘sirlari Allergik reaksiyalar. Davolashning birinchi kunlarida preparatni surtilgan joyida odatda preparatni bekor qilmaydigan qisqa vaqtli achishish xissi bo‘lishi mumkin.   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.   Dorilarning o‘zaro ta‘siri Skin-kap preparatini boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan.   Maxsus ko‘rsatmalar Skin-kap shampuni sochlarning tabiiy rangi va xolatiga ta‘sir kilmaydi. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi Homiladorlik va laktasiya davrida agar ona uchun davolashdan kutiladigan foyda, homila yoki emizikli bola uchun potensial xavfdan oshsagina buyurish mumkin. Pirition sink preparatlarini homilador va emizayotgan ayollarda qo‘llanganda har qanday salbiy oqibatlarni rivojlanishi xaqida ma‘lumotlar bo‘lmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.   Chiqarilish shakli 150 ml dan plastik flakonda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.   Saqlash sharoiti +4°S dan +30°S gacha bo‘lgan xaroratda saklansin.   Yaroqlilik muddati 5 yil.   Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz   Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?