BRONXO MUNAL P/BRONXO MUNAL kapsulalar 3,5mg N10

Обновлено: 21.07.2022

BRONXO MUNAL P/BRONXO MUNAL kapsulalar  3,5mg N10
  • Категория:

    Shamollash va gripp uchun

  • Страна производитель:

    Sloveniya

  • Активное вещество:

    standartizovanniy liofilizat bakterialnix lizatov

  • Производитель:

    Sandoz Pharmaceuticals d.d., Словения произведено: Lek d.d.

  • Количество в упаковке:

    10

  • Код ATX:

    R05X

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция BRONXO MUNAL P/BRONXO MUNAL kapsulalar 3,5mg N10

  • Qadoqda soni

    10

  • Umumiy ma'lumot

    BRONXO MUNAL P/BRONXO MUNAL kapsulalar 3,5mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YCHA YO‘RIQNOMA BRONXO-MUNAL®  kapsulalar 7,0 mg (kattalar uchun) BRONXO-MUNAL® P kapsulalar 3,5 mg (bolalar uchun) (BAKTERIYALARNING LIOFILIZATLANGAN LIZATI)   Preparatning savdo nomi: BRONXO-MUNAL® kapsulalar 7,0 mg (kattalar uchun)    BRONXO-MUNAL® P kapsulalar 3,5 mg (bolalar uchun) Dori shakli: kapsulalar Tarkibi: BRONXO-MUNAL® va BRONXO-MUNAL® P ko‘pincha nafas yo‘llarining infeksiyalarini chaqiruvchi bakteriyalar: Diplococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella ozaenae, Staphylococcus aureus, Streptococcus viridans, Streptococcus pyogenes, Neisseria catarrhalis liofilizatlangan lizatini saqlaydi. BRONXO-MUNAL® ning har bir kapsulasi 7,0 mg bakteriyalarning liofilizatlangan lizatini saqlaydi. BRONXO-MUNAL® P shaklidagi har bir kapsulasi 3,5 mg bakteriyalarning liofilizatlangan lizatini saqlaydi. Yordamchi komponentlari: suvsiz propilgallati, mononatriy glutamati (suvsiz glutamat natriyga mos keladi), mannitol, magniy stearati, qayta  jelatinlangan kraxmal. Jelatin kapsulalar tarkibi: indigotin (Ye 132), titan dioksidi (Ye 171), jelatin. Ta‘rifi: BRONXO-MUNAL® 7,0 mg li kapsulalar Tashqi ko‘rinishi va rangi: kapsulalar: oq-havorang-havorang, tiniq bo‘lmagan kapsulalar; kapsulalarning ichidagisi: och-sarg‘ish rangli kukun. BRONXO-MUNAL® P 3,5 mg li kapsulalar Tashqi ko‘rinishi va rangi: kapsulalar:oq-havorang, tiniq bo‘lmagan kapsulalar; kapsulalarning ichidagisi: och-sarg‘ish rangli kukun. Farmakoterapevtik guruhi: immunomodulyator vosita.   Immunobiologik ta‘siri Preparat organizmning immun javobini modullaydi, ham xujayraviy, ham gumoral immunitetni rag‘batlantiradi. Infeksiyaning tez-tezligi va og‘irligini kamaytiradi, shu bilan antibiotiklarni  ishlatish  zaruratini kamaytiradi.   Qo‘llanilishi BRONXO-MUNAL® va BRONXO-MUNAL® P ikkala shakli nafas yo‘llarining infeksion kasalliklarini majmuaviy davolash tarkibida immunomodullovchi davolash sifatida qo‘llanadi. BRONXO-MUNAL® va BRONXO-MUNAL® P yuqori va quyi nafas yo‘llarining qaytalanuvchi infeksiyalari (surunkali bronxit, tonzilit, faringit, laringit, rinit, sinusit, otit) da buyuriladi. Qo‘llash usuli va dozalari Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga BRONXO-MUNAL® 7,0 mg kapsulalari buyuriladi. 12 oylikdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga BRONXO-MUNAL® P  buyuriladi. Preparat ertalab och qoringa qabul qilinadi. Bir martalik (sutkalik) doza 1 kapsulani tashkil qiladi. Agarda bola kapsulani yutaolmasa, kapsulani ochish, kapsulaning ichidagisi ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan (choy, sut yoki sharbat) eritish tavsiya qilinadi. Nafas yo‘llarining infeksion kasalliklarini oldini olish uchun preparat uch o‘n kunlik kurslar va ular orasida yigirma kunlik interval bilan qo‘llanadi. Kasallikning o‘tkir davrida BRONXO-MUNAL® bir kapsuladan kuniga kamida 10 kun davomida tavsiya etiladi. Zarurati bo‘lganida antibiotiklar bilan birga majmuada qo‘llash mumkin. Keyingi 2 oyda oldini olish uchun 20 kunlik intervalni saqlagan holda, 1 kapsuladan 10 kun davomida qo‘llash mumkin.   Nojo‘ya ta‘sirlari Juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 va <1/10), tez-tez emas (>1/1000 va <1/100), kam (1/1000 va <1/10000), juda kam (<1/10000). Umumiy buzilishlar Kam: ayniqsa davolashni boshida aniqlanmagan sababli yuqori isitma (>39°S). Teri va teri osti kletchatkasining patologiyasi Kam o‘ta yuqori sezuvchanlik (eshakemi, angionevrotik shish), teri reaksiyalari (eritema, ekzema, purpura). Juda kam: tugunli eritema. Me‘da-ichak buzilishlari Kam: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, epigastriyada og‘riq. Nafas, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i patologiyasi Davolashni boshida respirator kasalliklarini ahamiyatsiz o‘sishi kuzatilishi mumkin, masalan yo‘tal, rinofaringit, laringit, sinusit yoki bronxit paydo bo‘lishi mumkin. Kam: astma xurujlari. Immun tizimini buzilishlari O‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari. Boshqa har qanday preparatlar kabi BRONXO-MUNAL® har qanday kutilmagan samaralarni chaqirishi mumkin. Preparatni qo‘llashning hamma davrida kutilmagan samaralar juda kam qayd qilingan. Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlarning alohida hollari (epigastriya sohasida og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, diareya, qusish), tana haroratining ko‘tarilishi aniqlanmagan. Agarda sanab o‘tilgan belgilar kuchsiz namoyon bo‘lsa, preparatni bekor qilish talab etilmaydi. Preparatga yuqori sezuvchanlik belgilari bo‘lishi mumkin (teri allergik reaksiyalari). Yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish tavsiya etiladi.   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik; autoimmun kasalliklar; o‘tkir ichak infeksiyalari; 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Aniqlanmagan. Maxsus ko‘rsatmalar Peroral vaksinalarni va BRONXO-MUNAL® preparatini qabul qilish orasida to‘rt haftalik interval tavsiya etiladi. Dozani oshirib yuborilishidan saqlash uchun bolalarda kattalar uchun kapsulani qo‘llash mumkin emas. Yuqori haroratni paydo bo‘lishi hollarida (aniqlanmagan sababli 39°S dan yuqori) davolashni to‘xtatish kerak, ayniqsa davolashning boshida. Pasientga shu  kam uchraydigan noxush samarasi haqida ma‘lumot berishi kerak, bunda isitmaning ushbu turini asosiy kasallik natijasida paydo bo‘lgan isitmadan farqlash kerak. Ayrim hollarda moyilligi bo‘lgan pasientlarda bakterial ekstraktlarni saqlovchi preparatlarni qabul qilgandan keyin, astma xurujlarini paydo bo‘lishi kuzatilgan. Bunday hollarda BRONXO-MUNAL® preparatini qo‘llashni darhol to‘xtatish lozim. Homiladorlik va laktasiya Homiladorlik, emizish davrida preparatning xavfsizligi o‘rganilmagan, shuning uchun bu davrlarda preparatni ishlatish tavsiya etilmaydi. Preparatni ko‘krak suti bilan chiqarilishi ma‘lum emas. Agarda Siz homilador bo‘lsangiz yoki homilador bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, o‘zingizni davolovchi shifokoringizga xabar bering. Diqqatni jamlash qobiliyatiga ta‘siri Maxsus ehtiyotkorlik talab etilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.   Dozani oshirib yuborilishi Dozani oshirib yuborilishning qanday-bo‘lmasin klinik belgilari aniqlanmagan. Preparat dozasini oshirib yuborilishi oqibatidagi intoksikasiyalar haqida ma‘lumotlar yo‘q.   Chiqarilish shakli BRONXO-MUNAL® 7,0 mg li kapsulalar №10 yoki №30 blisterlar va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. BRONXO-MUNAL® 3,5 mg li kapsulalar №10 yoki №30 blisterlar va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida. Saqlash sharoiti 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, namlikdan himoyalangan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati O‘ramida ko‘rsatilgan.   Dorixonalardan berish tartibi Shifokor resepti bo‘yicha beriladi. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?