KLARITIN tabletkalari 10mg N7

Обновлено: 21.07.2022

KLARITIN tabletkalari 10mg N7
  • Категория:

    Alleriyaga qarshi vositalar

  • Страна производитель:

    Germaniya

  • Активное вещество:

    Loratadin

  • Производитель:

    Bayer AG

  • Количество в упаковке:

    7

  • Код ATX:

    R06AX13

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция KLARITIN tabletkalari 10mg N7

  • Qadoqda soni

    7

  • Umumiy ma'lumot

    KLARITIN tabletkalari 10mg N7 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar KLARITIN® CLARITINE® preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha YO‘RIQNOMA   UMUMIY XARAKTERISTIKASI xalqaro va kimyoviy nomi: loratadin; 11-[N-(etoksikarbonil)4-piperidiliden]-8-xloro-6,11-digidro-5N-benzo[5,6]siklogepta[1b2-i]-piridin; asosiy fizik-kimyoviy xususiyatlari: yot kiritmalarsiz, tiniq, rangsiz yoki och-sariq rangli sirop TARKIBI 1 ml sirop 1 mg loratadin saqlaydi; yordamchi moddalar: propilenglikol, gliserin, limon kislotasi, natriy benzoati, saxaroza, sun‘iy shaftoli aromatizatori, tozalangan suv.   CHIQARILISH SHAKLI: sirop. FARMAKOTERAPEVTIK GURUHI Tizimli qo‘llash uchun antigistamin (allergiyaga qarshi) vosita. ATX KODI: R06AX13. FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI Farmakodinamikasi Ta‘sir mexanizmi Loratadin (Klaritin® preparatining faol komponenti) periferik N1-gistamin reseptorlariga nisbatan selektiv faollikka ega trisiklik antigistamin vositadir. Farmakodinamik samaralari Ko‘pchilik pasientlarda tavsiya qilingan dozada qo‘llanganda loratadin klinik ahamiyatli sedativ (uxlatuvchi) va antixolinergik xususiyatlarga ega emas. Uzoq muddat davolanish davomida hayotiy muhim a‘zolarning faoliyati ko‘rsatkichlarida, laborator testlarning ko‘rsatkichlarida, fizikal ko‘riklarda va EKG da klinik ahamiyatli o‘zgarishlar aniqlanmagan. Loratadin N2-reseptorlariga nisbatan ahamiyatli ta‘sirga ega emas. Preparat norepinefrinni qamrab olinishini susaytirmaydi va yurak-qon tomir tizimiga yoki yurak ritmi boshqaruvchisining faolligiga deyarli ta‘sir qilmaydi. Gistaminga ta‘siri yuzasidan teri sinamalarini o‘tkazish bo‘yicha tadqiqotlar bir martalik 10 mg doza qo‘llanilganidan keyin antigistamin samara 1­3 soatdan keyin yuzaga kelishini, cho‘qqisiga 8­12 soatdan so‘ng yetishini va 24 soatdan ortiq davom etishini ko‘rsatdi. Loratadin 28 kun qo‘llanganidan keyin preparatning ta‘siriga chidamlilik rivojlanishi kuzatilmagan. Klinik samaradorligi va xavfsizligi. Nazoratli klinik tadqiqotlarda 10000 dan ortiq odam (12 yosh va undan katta yoshdagilar) loratadin (10 mg li tabletkalar) bilan davolanganlar. Loratadin (tabletkalarda) 10 mg dozada sutkada 1 marta qo‘llanganda plaseboga nisbatan ancha samaraliroq bo‘lgan hamda allergik rinit (nazal va nazal bo‘lmagan) simptomlarini yaxshilash yuzasidan klemastin kabi samarali bo‘lgan. Bu tadqiqotlarda uyquchanlik klemastinga nisbatan loratadin qo‘llanganida kamroq yuzaga kelgan, hamda terfenadin va plasebo qo‘llanganida kuzatilgani bilan deyarli bir xil bo‘lgan. Ushbu tadqiqotlarda ishtirokchilardan (12 yosh va undan katta yoshdagilar) surunkali idiopatik eshakemi bo‘lgan 1000 kishi plasebo­nazoratli tadqiqotlarda qayd qilingan. Surunkali idiopatik eshakemini davolashda loratadinni 10 mg dozada sutkada 1 marta qo‘llash plaseboga nisbatan ancha samarali bo‘lgan, bu qichishish, eritema va allergik toshma kamayishi bilan isbotlangan. Bu tadqiqotlarda loratadin qo‘llanganda uyquchanlik soni plasebo qo‘llangandagi bilan bir xil bo‘lgan. Bolalar Nazoratli klinik tadqiqotlarda mavsumiy allergik riniti bo‘lgan taxminan 200 nafar (6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan) bolalar loratadinni (sirop shaklida) 10 mg dozada sutkada 1 marta qabul qilishgan. Boshqa tadqiqotda 60 nafar (2 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan) bolalar loratadinni (sirop shaklida) 5 mg dozada sutkada 1 marta qabul qilishgan. Ko‘zda tutilmagan nojo‘ya reaksiyalar kuzatilmagan. Bolalardagi samaradorligi kattalardagi samaradorligi bilan bir xil bo‘lgan. Farmakokinetikasi So‘rilishi Loratadin tez va yaxshi so‘riladi. Preparatni ovqat vaqtida qabul qilinganda loratadinni so‘rilishi bir oz kechikishi mumkin, biroq bu uning klinik samarasiga hech qanday ta‘sir ko‘rsatmaydi. Loratadin va uning faol metabolitining biokiraolishligini ko‘rsatkichlari dozaga proporsional hisoblanadi. Taqsimlanishi Loratadin qon plazmasi oqsillari bilan faol (97% dan 99% gacha) bog‘lanadi, uning faol metaboliti esa o‘rtacha faollikda (73% dan 76% gacha) bog‘lanadi. Sog‘lom ko‘ngillilarda loratadin va uning faol metabolitining qon plazmasidagi yarim taqsimlanish davri mos ravishda taxminan 1 va 2 soatni tashkil qiladi. Biotransformasiyasi Peroral (ichga) qabul qilinganidan keyin loratadin tez va yaxshi so‘riladi va jigardan birinchi o‘tishidayoq asosan CYP3A4 va CYP3D6 ning ta‘siri ostida ekstensiv metabolizmga uchraydi. Asosiy metabolit dezloratadin farmakologik faol hisoblanadi va ko‘proq darajada klinik samaraga javob beradi. Loratadin va dezloratadin qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga (Tmax) muvofiq ravishda 1-1,5 soat va 1,5-3,7 soatdan keyin erishadi. Chiqarilishi Dozaning taxminan 40% siydik bilan va 42% ahlat bilan 10 kun davomida asosan kon‘yugasiyalangan metabolitlar shaklida chiqariladi. Dozaning taxminan 27% dastlabki 24 soat davomida siydik bilan chiqariladi. Ta‘sir etuvchi moddaning 1% kamrog‘i  o‘zgarmagan faol shaklda ­ loratadin yoki dezloratadin tarzida chiqariladi. Sog‘lom ko‘ngillilarda loratadinning o‘rtacha yarim chiqarilish davri 8,4 soatni (3 soatdan 20 soatgacha diapazonda), asosiy faol metabolitining chiqarilishi esa ­ 24 soatni (8,8 soatdan 92 soatgacha diapazonda) tashkil qilgan. Buyrak faoliyatini buzilishi Buyrak faoliyatini surunkali buzilishi bo‘lgan pasientlarda AUC ko‘rsatkichlari va loratadin va uning faol metabolitining qon plazmasida maksimal konsentrasiyasi (Smax) buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlardagi xuddi shu ko‘rsatkichlarga nisbatan oshgan. Loratadin va uning faol metabolitining o‘rtacha yarim chiqarilish davri sog‘lom insonlardagi shunday ko‘rsatkichlarga nisbatan ahamiyatli darajada farqlanmagan. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda gemodializ loratadin va uning faol metabolitining farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi. Jigar faoliyatini buzilishi Jigarning surunkali alkogolli shikastlanishi bo‘lgan pasientlarda AUC ko‘rsatkichlari va loratadining Smax ikki marta yuqori bo‘lgan, uning faol metabolitining esa jigar faoliyati normal bo‘lgan pasientlardagi xuddi shu ko‘rsatkichlarga nisbatan jiddiy o‘zgarmagan. Loratadin va uning faol metabolitining o‘rtacha yarim chiqarilish davri 24 va 37 soatni tashkil qiladi va jigar kasalligining og‘irligiga bog‘liq ravishda oshadi. Keksa yoshdagi pasientlar Loratadin va uning faol metabolitining farmakokinetik ko‘rsatkichlari sog‘lom o‘rta yoshdagi ko‘ngillilar va sog‘lom keksa yoshdagi ko‘ngillilardagi ko‘rsatkichlarga o‘xshash bo‘lgan. Bolalarda va yurak­qon tomir tizimini buzilishi bo‘lgan pasientlarda farmakokinetikasining o‘ziga xosligi o‘rganilmagan va ma‘lumotlar mavjud emas. Xavfsizligi bo‘yicha klinik oldi ma‘lumotlari Klinika oldi tadqiqotlarining ma‘lumotlari inson uchun spesifik zarari yo‘qligidan dalolat beradi, bu xavfsizligi bo‘yicha farmakologiya, takroriy dozalarning toksikligi, genotoksikligi va kanserogen potensialini o‘rganish bo‘yicha umumqabul qilingan tadqiqotlarga asoslanadi. Reproduktiv toksiklikni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarida teratogen samaralar kuzatilmagan.   QO‘LLANILISHI Klaritin® kattalarda va 2 yoshdan katta bolalarda allergik rinitni va surunkali idiopatik eshakemini simptomatik davolash uchun qo‘llaniladi.   QO‘LLASH USULI VA DOZALASH Qo‘llash usuli Peroral qabul qilinadi. Siropni ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qo‘llash mumkin. Dozalash Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: 10 ml sirop (10 mg) sutkada 1 marta buyuriladi. Bolalar 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun doza tana vazniga bog‘liq. Tana vazni 30 kg dan ortiq pasientlarga: 10 ml sirop (10 mg) sutkada 1 marta buyuriladi. Tana vazni 30 kg va undan kam bo‘lganlarga: 5 ml sirop (5 mg) sutkada 1 marta buyuriladi. 2 yoshdan kichik bolalarda Klaritin® preparatning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan va ma‘lumotlar yo‘q. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar. Jigar faoliyatini og‘ir buzilishi bo‘lgan pasientlarga preparatni pastroq boshlang‘ich dozalardan boshlash kerak, chunki loratadinning klirensi pasayishi mumkin. Kattalar va tana vazni 30 kg dan ortiq bolalar uchun tavsiya qilingan boshlang‘ich doza kun ora 10 mg ni tashkil qiladi, tana vazni 30 kg va undan kam bo‘lganlarga – 5 ml (5 mg) kunora buyuriladi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar uchun dozaga tuzatish kiritishga zarurat yo‘q. Keksa yoshdagi pasientlar. Keksa yoshdagi pasientlar uchun dozaga tuzatish kiritishga zarurat yo‘q. Preparatning navbatdagi dozasini qabul qilish o‘tkazib yuborilganida o‘tkazib yuborilgan dozani imkoniyat boricha tezroq qabul qilish, keyin esa odatdagi qabul qilish sxemasiga qaytish kerak. O‘tkazib yuborilgan qabulni o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barovar dozani qabul qilmang.   NOJO‘YA TA‘SIRI Xavfsizlik profili bo‘yicha qisqacha xarakteristikasi. Kattalar va o‘smirlar ishtirokidagi klinik tadqiqotlarda loratadinni allergik rinit va surunkali idiopatik eshakemini o‘z ichiga oluvchi ko‘rsatmalar bo‘yicha tavsiya qilingan sutkada 10 mg li dozada qabul qilinganda nojo‘ya reaksiyalar 2% pasientda kuzatilgan, bu plasebo qabul qilgan pasientlardagi ko‘rsatkichdan ko‘p bo‘lgan. Plasebo qo‘llanilganiga nisbatan ko‘proq habar qilingan eng ko‘p kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar quyidagilar bo‘lgan: uyquchanlik (1,2%), bosh og‘rig‘i (0,6%), ishtahani oshishi (0,5%) va uyqusizlik (0,1%). Nojo‘ya reaksiyalar ro‘yxati. Postmarketing davri davomida xabar qilingan nojo‘ya reaksiyalar a‘zolar tizimi sinfi bo‘yicha quyida ko‘rsatilgan. Tez­tezligi: juda tez­tez (≥1/10), tez­tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez­tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000 gacha) va noma‘lum (mavjud ma‘lumotlardan aniqlashning imkoni yo‘q)  kabi aniqlangan. Har bir guruhda nojo‘ya reaksiyalar tez­tezligi jiddiyligi bo‘yicha kamayib boruvchi  tartibda ko‘rsatilgan. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – anafilaksiya (shu jumladan angionevrotik shish). Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – bosh aylanishi. Yurak tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda ­ taxikardiya, yurakni urib ketishi. Me‘da­ichak yo‘lari tomonidan: juda kam hollarda ­ ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, gastrit. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda ­ jigar faoliyatini buzilishi. Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: juda kam hollarda ­ toshma, alopesiya. Umumiy holatni buzilishi va preparatni qo‘llash usuli bilan bog‘liq bo‘lgan buzilishlar: juda kam hollarda ­ charchoqlik. Bolalar. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirokidagi klinik tadqiqotlarda plasebo qo‘llanilganiga nisbatan ko‘proq xabar qilingan eng ko‘p kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar quyidagilar bo‘lgan: bosh og‘rig‘i (2,7%), nevrozlik (2,3%) va toliqish (1%). Yuqorida keltirilgan har qanday nojo‘ya reaksiyalar, yoki qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasida keltirilmagan nojo‘ya reaksiyalar yuz bersa, shifokorga murojaat qilish kerak.   QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR Faol moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.   DOZANI OSHIRIB YUBORILISHI Loratadinning dozasini oshirib yuborish antixolinergik simptomlarning sonini oshiradi. Dozasi oshirib yuborilganida uyquchanlik, taxikardiya va bosh og‘rig‘i haqida xabar qilingan. Dozani oshirib yuborish hollarida kerakli vaqt davomida simptomatik va bir maromda ushlab turuvchi davolashni o‘tkazish kerak. Faollashtirilgan ko‘mirni suvli suspenziya ko‘rinishida  qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek me‘dani yuvish o‘tkazilishi ham mumkin. Loratadin organizmdan gemodializ o‘tkazish yo‘li bilan chiqarilmaydi; preparatning chiqarilishida peritoneal dializning samaradorligi ma‘lum emas. Tezkor davolash o‘tkazilganidan keyin pasientning holatini nazorat qilish kerak.   EHTIYOTKORLIK CHORALARI Jigar faoliyatini og‘ir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda Klaritin® ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Preparatning tarkibiga saxaroza kiradi. Shu sababli fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza­galaktoza malabsorbsiyasi yoki saxaroza-izomaltaza yetishmovchiligi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklari bo‘lgan pasientlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak. Klaritin® preparatini teri osti testlarini o‘tkazishdan kamida 48 soat oldin to‘xtatish kerak, chunki reaktivlik indeksini aniqlashda antigistaminlar teri sinamalarining ijobiy reaksiyalarini neytrallashi yoki boshqacha tarzda susaytirishi mumkin. Preparatning tarkibiga natriy benzoati 1,0 mg/ml konsentrasiyada kiradi. 5 ml siropda 0,8 mg natriy saqlanadi.   HOMILADORLIK YOKI EMIZISH DAVRIDA QO‘LLANISHI Homiladorlik. Loratadinni homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar juda kam. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda reproduktiv toksikligi bo‘yicha bevosita yoki bilvosita salbiy ta‘siri kuzatilmagan. Ehtiyotkorlik maqsadida Klaritin®  preparatini homiladorlik davrida qo‘llashdan  imkoni boricha saqlanish kerak. Emizish davri. Fizik­kimyoviy ma‘lumotlar loratadinni/metabolitlarni ko‘krak sutiga ajralib chiqishini ko‘rsatdi. Bola uchun xavf istisno qilinmaganligi sababli, Klaritin®  preparatini emizish davrida qo‘llash mumkin emas. AVTOTRANSPORTNI YOKI BOSHQA MEXANIZMLARNI BOSHQARISH QOBILIYATIGA TA‘SIRI Klaritin® avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi yoki ahamiyatsiz ta‘sir ko‘rsatadi. Biroq juda kam hollarda bosh aylanishi kuzatilganligi haqida pasientni ogohlantirish kerak, bu avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin.   BOSHQA DORI VOSITALARI BILAN O‘ZARO TA‘SIRI Klaritin®  alkogol bilan bir vaqtda qo‘llaganda potensiyalovchi samaraga ega emas, bu psixomotor faoliyatni tekshiruvlari bilan tasdiqlangan. Potensial o‘zaro ta‘siri loratadinning yuqori darajasi bilan CYP3A4 yoki CYP2D6 ning barcha ma‘lum ingibitorlarini qo‘llaganda kuzatilishi mumkin, bu nojo‘ya reaksiyalar yuzaga kelishi sonini oshishi bilan kechishi mumkin. Nazoratli tadqiqotlarda loratadinni ketonazol, eritromisin va simetidin bilan bir vaqtda qabul qilinganida loratadinning plazmadagi konsentrasiyasini, klinik ahamiyatli o‘zgarishlarsiz (shuningdek EKG), oshishi aniqlangan. Bolalar. O‘zaro ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar faqat katta yoshdagi pasientlarda o‘tkazilgan.   SAQLASH SHAROITI VA YAROQLILIK MUDDARI 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagach ishlatilmasin. DORIXONALARDAN BERISH TARTIBI Reseptsiz.   O‘RAMI 60 ml yoki 120 ml dan shisha flakonlarda, karton qoshiqchasi bilan karton qutiga joylangan. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?