ETASID sprey 50mkg N1

Обновлено: 21.07.2022

ETASID sprey 50mkg N1
  • Категория:

    Burun uchun vositalar

  • Страна производитель:

    Turkiya

  • Активное вещество:

    Mometazon

  • Производитель:

    World Medicine Ophthalmics Ilaclari Ltd. Sti., Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.

  • Количество в упаковке:

    1

  • Код ATX:

    R01AD09

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция ETASID sprey 50mkg N1

  • Qadoqda soni

    1

  • Umumiy ma'lumot

    ETASID sprey 50mkg N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA ETASID ETACID   Preparatning savdo nomi: Etasid Ta‘sir etuvchi modda (XPN): mometazon Dori shakli: dozalangan nazal sprey Tarkibi: 1 g suspenziya quyidagilarni saqlaydi: faol modda: mometazon furoati – 0,5 mg; yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, natriy karmelloza, natriy sitrati, gliserin, limon kislotasi monogidrati, polisorbat 80, benzalkoniy xloridi, tozalangan suv. Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli suspenziya. Farmakoterapevtik guruhi: Burun bo‘shlig‘i kasalliklarida mahalliy qo‘llanadigan shishga qarshi va boshqa preparatlar. Kortikosteroidlar. ATX kodi: R01AD09 Farmakologik xususiyatlari Mometazon furoati – mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan sintetik kortikosteroid. Tizimli samaralarni chaqirmaydigan dozalarda yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Mometazon furoati allergik kasalliklar bilan xastalangan pasientlarda yallig‘lanish mediatorlarini ajralib chiqishini tormozlaydi, leykositlardan leykotrienlarni sintezi / ajralib chiqishini ahamiyatli darajada kamaytiradi. Mometazon furoati hujayra kulturasida interleykinlar (IL-1, IL-6) va o‘sma nekrozi omili (O‘NO-α) sintezi / ajralib chiqishini susaytirishda yuqori potensialni (faolligi boshqa steroidlar, shu jumladan beklometazon dipropionati, betametazon, gidrokortizon va deksametazonga nisbatan kamida 10 marta yuqori) namoyish etgan; u shuningdek T-xelperlar (Th2) tomonidan ishlab chiqariladigan IL-4 va IL-5 larni ahamiyatli darajada susaytiradi. Mometazon furoati IL-5 ishlab chiqarilishini beklometazon dipropionati va betametazonga nisbatan kamida 6 marta faolroq ingibisiya qiladi. Fosfolipaza A ning ingibitori hisoblangan lipomodulin ishlab chiqarilishini oshiradi, bu holat araxidon kislotasini ajralib chiqishini pasayishiga va muvofiq ravishda, araxidon kislotasini metabolizm mahsulotlari – siklik endoperoksidlar, prostaglandinlar sintezini susayishiga olib keladi. Farmakokinetikasi Preparat intranazal to‘g‘ri qo‘llanganida uning tizimli biokiraolishligi < 1% tashkil etadi. Bunda hatto yuqori texnologik usullar yordamida ham preparat qon zardobida aniqlanmaydi. Mometazon suspenziyasi me‘da-ichak yo‘llaridan juda yomon so‘riladi va shunday bo‘lsa ham, burun bo‘shlig‘iga ingalyasiya qilingandan so‘ng me‘da-ichak yo‘llariga tushishi mumkin bo‘lgan mometazon suspenziyasining katta bo‘lmagan miqdori hali siydik yoki safro bilan ekskresiya bo‘lishidan oldin birlamchi faol metabolizmga uchraydi. Qo‘llanilishi kattalar, o‘smirlar va 2 yoshdan oshgan bolalarda mavsumiy va yil bo‘yi kuzatiladigan allergik rinitning simptomlari (burunni bitishi) ni oldini olish va davolash; kattalarda (shu jumladan keksa yoshdagi pasientlarda) va 12 yoshdan oshgan bolalarda o‘tkir sinusit xurujlarini yordamchi davolash; kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda og‘ir darajadagi bakterial infeksiyaning belgilarisiz kechuvchi o‘tkir rinosinusitni davolash; 18 yoshdan oshgan pasientlarda nazal poliplar va ular bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlar, shu jumladan burunni bitishi va hid bilishni yo‘qolishini davolash uchun qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Intranazal qo‘llanadi. Ko‘zlarga tushishidan saqlanish kerak. Qo‘llashdan oldin flakonni yaxshilab chayqatish kerak. Nazal spreyni birinchi marta qo‘llashdan oldin dozalash uchun moslamani “kalibrlash” o‘tkazish (birinchi 10 marta purkash) kerak. Keyinchalik dori vositasini stereotip holatda uzatilishi aniqlanadi. Agar preparat 14 kun va undan ortiq vaqt davomida ishlatilmagan bo‘lsa, u holda navbatdagi qo‘llashdan oldin takroran “kalibrlash” o‘tkazish kerak. Kattalar va 2 yoshdan oshgan bolalarda mavsumiy va yil bo‘yi kuzatiladigan rinitning simptomlari (burunni bitishi) ni oldini olish va davolash: kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 2 marta purkashdan (100 mkg) har bir burun yo‘liga sutkada 1 marta (sutkalik doza – 200 mkg) buyuriladi. 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 marta purkashdan (50 mkg) har bir burun yo‘liga sutkada 1 marta (sutkalik doza – 100 mkg) buyuriladi. Klinik samarasi odatda preparat birinchi marta qo‘llanganidan so‘ng 12 soat davomida kuzatiladi. Mavsumiy allergik rinit bilan xastalangan pasientlarda kasallikni oldini olishni kasallikning klinik simptomatikasi paydo bo‘lishidan 2-4 hafta oldin boshlash tavsiya etiladi. Kattalarda (shu jumladan, keksa yoshdagi pasientlarda) va 12 yoshdan oshgan bolalarda o‘tkir sinusit hurujlarini yordamchi davolash: tavsiya etilgan terapevtik doza – 2 marta purkashdan (100 mkg) har bir burun yo‘liga sutkada 2 marta (sutkalik doza – 400 mkg) buyuriladi. Agar preparatni tavsiya etilgan terapevtik dozada qo‘llash yordamida kasallikning simptomlarini kamaytirishga erishilmasa, preparatning sutkalik dozasi preparatning sutkalik dozasi har bir burun yo‘liga purkash sutkada 2 martadan 4 martagacha (sutkalik doza – 800 mkg) oshirilishi mumkin. Kasallikning simptomlarini yaqqolligi kamayganidan so‘ng dozani pasaytirish tavsiya etiladi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda og‘ir darajadagi bakterial infeksiyani belgilarisiz kechuvchi o‘tkir sinusitni davolash: tavsiya etilgan terapevtik dozasi 2 marta purkashdan (100 mkg) har bir burun yo‘liga sutkada 2 marta (sutkalik doza – 400 mkg) ni tashkil etadi. 18 yoshdan oshgan pasientlarda nazal poliplar va u bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlar, shu jumladan burunni bitishi va hid bilishni yo‘qolishini davolash: 2 marta purkashdan har bir burun yo‘liga sutkada 2 marta (sutkalik doza – 400 mkg) buyuriladi. Kasallikning simptomlari kamayganidan so‘ng dozani har bir burun yo‘liga sutkada 1 marta 2 marta purkashgacha (sutkalik doza 200 mkg) pasaytirish tavsiya etiladi. Nojo‘ya ta‘sirlari Mavsumiy va yil bo‘yi kuzatiladigan allergik rinitda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar vaqtida Etasidni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan: bosh og‘rig‘i (8%), burundan qon ketishi (ya‘ni, yaqqol qon ketishi, shuningdek qonli shilliq yoki qon quyqalarini ajralishi) (8%), faringit (4%), burunda achishish hissi (2%), burunning shilliq qavatini ta‘sirlanishi (2%) va yarali o‘zgarishlar (1%) kabi noxush ko‘rinishlar kuzatilgan. Shunday noxush ko‘rinishlarni rivojlanishi tarkibida kortikosteroidlar saqlovchi har qanday nazal sprey qo‘llanganida tipik bo‘ladi. Burundan qon ketishi o‘z-o‘zidan o‘tib ketgan, o‘rtacha darajada bo‘lgan, plasebo qo‘llanganda kuzatilgan ko‘rinishga nisbatan bir necha marta ko‘proq (5%) rivojlangan, ammo faol nazorat sifatida o‘rganilgan va qo‘llanilgan boshqa intranazal kortikosteroidlar qo‘llanganida kuzatilgan ko‘rinishga nisbatan kamroq (ularning ba‘zilarida burundan qon ketishlarni rivojlanish tezligi 15% gacha qiymatni tashkil qilgan) rivojlangan. Boshqa noxush ko‘rinishlarni rivojlanish tezligi plasebo qo‘llanganida kuzatilgan noxush ko‘rinishlar bilan bir xil bo‘lgan. Bolalarda noxush ko‘rinishlarni, shu jumladan burundan qon ketishi (6%), bosh og‘rig‘i (3%), burunda ta‘sirlanish hissi (2%) va aksirish (2%) ni rivojlanish tezligi plasebo qo‘llanganida kuzatiladigan noxush ko‘rinishlar bilan bir xil bo‘lgan. Mometazon furoati intranazal qo‘llanganidan so‘ng ba‘zan zudlik bilan kechuvchi allergik reaksiya (masalan, bronxospazm, dispnoe) kuzatilishi mumkin. Juda kam hollarda anafilaktik reaksiya va angionevrotik shish rivojlangan. Ta‘m bilish va hid bilishni ayrim buzilish holatlari yuzasidan xabarlar berilgan. Etasid nazal sprey o‘tkir sinusit hurujlarini davolashda yordamchi vosita sifatida qo‘llanganida quyidagi noxush ko‘rinishlar: bosh og‘rig‘i (2%), faringit (1%), burunda achishish hissi (1%) va burunning shilliq qavatini ta‘sirlanishi (1%) aniqlangan, ularning rivojlanish tezligi plasebo qo‘llanganida kuzatilgan noxush ko‘rinishlar bilan teng bo‘lgan. Etasid sprey qo‘llanganida burundan qon ketishlar o‘rtacha darajada ifodalangan va ularni rivojlanish tezligi plasebo qo‘llanganida kuzatilgan burundan qon ketishlarni rivojlanish tezligi bilan teng (muvofiq ravishda 5% va 4%) bo‘lgan. Nazal poliplari, o‘tkir rinosinusiti bo‘lgan pasientlarga Etasid sprey qo‘llanganida yuqorida keltirilgan noxush ko‘rinishlarning umumiy miqdori plasebo qo‘llanganida kuzatilgan noxush ko‘rinishlar bilan teng bo‘lgan va allergik riniti bo‘lgan pasientlarda aniqlangan miqdori bilan o‘xshash bo‘lgan. Kortikosteroidlar intranazal qo‘llanganida juda kam hollarda burun to‘sig‘ini perforasiya yoki ko‘z ichki bosimini oshish hollari kuzatilgan. Intranazal kortikosteroidlar ishlatilganida glaukoma va/yoki kataraktani rivojlanish hollari yuzasidan kam hollarda xabar berilgan. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; yaqinda o‘tkazilgan jarrohlik aralashuvi yoki burun jarohatlari (jarohat bitgunicha) qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Loratadin bilan majmuada qo‘llash pasientlar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilgan. Bunda loratadinning yoki uning asosiy metabolitini qon plazmasidagi konsentrasiyasiga biron bir ta‘siri aniqlanmagan. Bu tadqiqotlarda qon plazmasida mometazon furoat aniqlanmagan (sezuvchanlikni aniqlash usulida aniqlanganida 50 pg/ml). Maxsus ko‘rsatmalar Etasid nafas a‘zolari tuberkulyozi (shu jumladan latent tuberkulyoz), davolanmagan zamburug‘li, bakterial, tizimli virusli infeksiyalar (shu jumladan Herpes simplex chaqirgan ko‘zni shikastlanishi bilan kechuvchi infeksiyalar) da ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Mometazon furoati 12 oy davomida ishlatilganidan so‘ng burun bo‘shlig‘i shilliq qavatini atrofiyasi rivojlanmagan. Shunday bo‘lsa ham, Etasid preparatini bir necha oy va undan ko‘p vaqt davomida qo‘llagan bemorlar burun bo‘shlig‘i shilliq qavatida bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak. Burun yoki halqumni mahalliy zamburug‘li infeksiyasi rivojlanganida preparatni bekor qilish va maxsus davolash o‘tkazish kerak. Agar burun yoki halqumning shilliq qavatini ta‘sirlanishi uzoq vaqt davomida saqlanib tursa ham preparatni qo‘llashni bekor qilish kerak bo‘lishi mumkin. Agar intranazal kortikosteroidlar tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda yoki yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarga ishlatilsa, endogen kortikosteroidlarni ishlab chiqarilishi susayishi mumkin. Bunday holatda Etasidni asta-sekin bekor qilish kerak. Glyukokortikosteroidlar bilan davolanayotgan pasientlarda immun reaktivlik potensial jihatdan past bo‘ladi, shuning uchun infeksion kasalliklar bilan (suvchechak, qizamiq) xastalangan bemorlar bilan kontaktda bo‘lganida yuqish havfi yuqori bo‘ladi. Og‘ir darajadagi bakterial infeksiyaning tana haroratini ko‘tarilishi, yuz sohasini bir tomonlama kuchli og‘rig‘i yoki tish og‘rig‘i, orbital yoki periorbital shish yoki pasientning ahvoli yaxshilanganidan so‘ng yana yomonlashish hollari kabi belgilari yoki simptomlari rivojlanganida darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Nazal kortikosteroidlar glaukoma va kataraktani rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ko‘rish o‘tkirligini o‘zgarishlarini yoki anamnezida ko‘z ichki bosimi yuqori bo‘lgan yoki katarakta bo‘lgan pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak. Kortikosteroidlar bolalarda ishlatilganida ularni o‘sishdan orqada qolishiga olib kelishi mumkin. O‘sish jarayonini nazorat qilish kerak. Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi Homilador ayollarda preparatning ta‘sirini o‘rganish yuzasidan maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Mometazon maksimal terapevtik dozada intranazal qo‘llanganidan keyin qon plazmasida hatto minimal konsentrasiyada ham aniqlanmaydi; demak, homilaga preparatning ta‘siri ahamiyatsiz darajada bo‘ladi, reproduktivlikka nisbatan potensial toksikligi esa – past bo‘ladi. Preparatni ona uchun davolashdan kutiladigan potensial samara homila yoki emizikli bola uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan holatdagina buyurish kerak. Pediatriyada qo‘llanishi 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda mavsumiy va yil bo‘yi kuzatiladigan allergik rinit, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkir rinosinusit, bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda nazal poliplarni davolashda preparatning xavfsizligi va samaradorligi o‘rganilmagan. Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Preparat avtotransportni haydash, shuningdek diqqatni yuqori jamlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Preparat past tizimli biokiraolishlikka (< 1%) ega, shuning uchun dozasi oshirib yuborilganida bemorni kuzatish va keyinchalik tavsiya etilgan dozada buyurishdan tashqari biron-bir choralarni ko‘rishni talab etish ehtimoli kam. Glyukorkortikosteroidlar yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida yoki bir necha glyukokortikosteroidlar bir vaqtda qo‘llanganida gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezlari tizimining faoliyati susayishi mumkin. Dozani oshirib yuborilishi preparat noto‘g‘ri qo‘llanganida (yutib yuborilganida) ham rivojlanadi. Bunda mometazon furoati ahamiyatsiz darajada so‘riladi va jigar orqali birinchi marta o‘tganida faol ravishda biotransformasiyaga uchraydi. Chiqarilish shakli Dozalangan nazal sprey 50 mkg/doza. Suspenziya 18 g (140 doza) dan dozalash uchun moslama va himoya qalpoqchasi bo‘lgan oq rangli polietilen flakonda. Flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. Saqlash sharoiti 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha beriladi. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?