PRIVIDJEN infuziya uchun eritma 50ml 100mg/ml N1

Обновлено: 21.07.2022

PRIVIDJEN infuziya uchun eritma 50ml 100mg/ml N1
  • Категория:

    Immunobiologik

  • Страна производитель:

    Shveytsariya

  • Активное вещество:

    immunoglobulin chelovecheskiy normalniy dlya v/v vvedeniya

  • Производитель:

    CSL Behring AG

  • Количество в упаковке:

    1

  • Код ATX:

    J06BA02

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция PRIVIDJEN infuziya uchun eritma 50ml 100mg/ml N1

  • Qadoqda soni

    1

  • Umumiy ma'lumot

    PRIVIDJEN infuziya uchun eritma 50ml 100mg/ml N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA PRIVIDJEN PRIVIGEN   Preparatning savdo nomi: PRIVIDJEN Ta‘sir etuvchi modda (XPN): normal odam immunoglobulini. Dori shakli: infuziya uchun eritma 100 mg/ml. Tarkibi: faol modda: odam plazmasi oqsillari, ulardan olingan immunoglobulin G kamida 98% – 100 mg. yordamchi moddalar: L-prolin; in‘eksiya uchun suv. Ta‘rifi: rangsiz yoki och-sariq rangli, tiniq yoki biroz tovlanuvchi suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: Immun zardoblar va immunoglobulinlar: odam normal immunoglobulini (v/i yuborish uchun). ATX kodi: R03DA05 Farmakologik xususiyatlari Prividjen preparatini tayyorlash jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: G (IgG) ni plazmadagi fraksiyasi, keyinchalik inkubasion sharoit rN ko‘rsatkichi 4 bo‘lganida oktan kislotasi ta‘sirida fraksiyalanishi. Tozalashning keyingi bosqichlari chuqur filtrasiya, xromatografiya va yordamida 20 ni o‘lchamdagi zarrachalarni yo‘qotish mumkin bo‘lgan filtrasiya bosqichini o‘z ichiga oladi. Prividjen asosan infeksion agentga nisbatan funksional jixatdan shikastlanmagan antitelalarning keng ta‘sir doirasiga ega bo‘lgan immunoglobulin G (IgG) dan tashkil topgan. IgG ning har ikkala Fe va Fab molekulalarining faoliyati saqlangan. Fab soxalarining antigenlar bilan bog‘lanishi xususiyati biokimyoviy va biologik usullar bilan namoyish etilgan, Fs sohasining faoliyati komplementni faollashishi va leykositlarni Fe-reseptori yordamida faollashishi yo‘li orqali sanalgan. Prividjen preparatida komplementni faollashishi induksiyalangan immun kompleks tomonidan susaytirilishi (ingibisiya qilinishi) (“tozalash”, vena ichiga yuboriladigan immunoglobulinning yallig‘lanishga qarshi ta‘siri) saqlanib qolgan. Prividjen komplement yoki prekallikrein tizimini nospesifik faollashishiga olib kelmaydi. Prividjen normal populyasiyada mavjud bo‘lgan immunoglobulin G antitelasini saqlaydi. U kamida 1000 donorning plazmasidan tayyorlanadi. IgG ni kichik sinflarga taqsimlanishi ularni normal odam plazmasida taqsimlanishiga muvofiq keladi. Prividjen preparatining optimal dozalari IgG ning past konsentrasiyasini normal qiymatlargacha qo‘tarishi mumkin. O‘rnini bosuvchi davolashdan tashqari, ko‘rsatmalarga muvofiq qo‘llanganida ta‘sir mexanizmini to‘liq tushuntirib bo‘lmaydi, ammo immunomodulyasiya samarasi mavjud. Farmakodinamikasi Vena ichiga yuborilganidan so‘ng. Prividjen preparatining pasientning qon oqimiga biokiraolishligi tez va to‘liq yuz beradi. Preparat plazma va qon-tomiridan tashqari suyuqlik orasida nisbatan tez taqsimlanadi. Tomir ichi va tomirdan tashqari suyuqliklar o‘rtasidagi muvozanatiga taxminan 3-5 kundan keyin erishiladi. Prividjen preparatining farmakokinetik ko‘rsatkichlari birlamchi immun tanqislik xolatlarini davolash yuzasidan o‘tkazilgan ikkita kichik tadqiqotlarda aniqlangan. Farmakokinetik ko‘rsatkichlar asosiy klinik sinovlardagi 25 nafar pasientda (13 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan pasientlar) va keng miqyosida o‘tkazilgan klinik sinovlardagi 13 nafar pasientda (9 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan pasientlar) aniqlangan (quyidagi jadvalga qarang). Birlamchi immuntanqisligi xolatlari bo‘lgan pasientlarda Prividjen preparatini farmakokinetik ko‘rsatkichlari. Ko‘rsatkich Asosiy klinik sinov (n=25) o‘rtacha konsentrasiyasi (diapazon) Kengaytirilgan klinik sinov (n=13) o‘rtacha konsentrasiyasi (diapazon) Smax (maksimal konsentrasiyasi) g/l da 23,4 (10,4-34,6) 26,3 (20,9-32,9) Smax (maksimal konsentrasiyasi) g/l da 10,2 (5,8-14,7) 9,75 (5,72-18,01) T1/2 (yarim chiqarilish davri) kunlarda 36,6 (20,6-96,6) 31,1 (14,6-43,6) Birlamchi immun tanqisligi bo‘lgan pasientlarda Prividjen preparatining yarim chiqarilish davrining medianasi asosiy klinik sinovlarda 36,6 kunni va keng miq‘yosida o‘tkazilgan klinik sinovlarda 31,1 kunni tashkil etgan. Yarim chiqarilish davri pasientdan pasientga o‘zgarishi mumkin. IgG va IgG komplekslari retikulo-endotelial tizimining hujayralarida parchalanadi. Qo‘llanilishi Quyidagi kasalliklarda: birlamchi immuntanqislik (BIT) xolatlarida; tug‘ma agammaglobulinemiya va gipogammaglobulinemiya; umumiy o‘zgaruvchan immun yetishmovchilik; og‘ir darajadagi majmuaviy immun yetishmovchilik; Viskott-Oldrich sindromi; og‘ir darajadagi ikkilamchi gipogammaglobulinemiya va qaytalanuvchi infeksiyalar bilan kechuvchi surunkali limfoid leykozda yoki mielomada; bolalarda tug‘ma orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) da qaytalanuvchi infeksiyalar bo‘lganida o‘rinbosar davolash uchun qo‘llaniladi. Quyidagi kasalliklarda immunitentni modulyasiya qiluvchi vosita sifatida: bolalarda yoki kattalarda idiopatik trombositopenik purpura (ITP) da qon ketishini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganida yoki trombositlar sonini muvofiqlashtirish maqsadida jarrohlik aralashuvlardan oldin; Giyena-Barre sindromida; Kavasaki kasalligida; surunkali yallig‘langan demielinizasiyalanuvchi polineyropatiyalarda qo‘llaniladi. Gemopoetik o‘zak hujayralarni allogen transplantasiyasida qo‘llaniladi.   Qo‘llash usuli va dozalari Dozalash Preparatning dozasi va dozalash tartibi ko‘rsatmalarga bog‘liq. O‘rnini bosuvchi davolash o‘tkazilganida preparatning dozasi farmakokinetik ko‘rsatkichlar va klinik javob reaksiyasiga qarab, har bir pasient uchun individual ravishda tanlanishi mumkin. Qo‘llanma sifatida preparatning quyidagi dozalari tavsiya etiladi. Birlamchi immun tanqislik xolatlarida o‘rinbosar davolash. IgG ning konsentrasiyasi kamida 4-6 g/l gacha oshadigan dozalash tartibini tanlash tavsiya etilgan (IgG miqdori navbatdagi infuziyadan oldin aniqlanadi). Muvozanatli konsentrasiyalarga davolash boshlangandan so‘ng 3-6 oydan keyin erishiladi. Tavsiya etilgan boshlang‘ich dozasi tana vazniga 0,4 dan 0,8 g/kg ni tashkil etadi, navbatdagi dozalari – tana vazniga kamida 0,2 g/kg ni tashkil etadi har 3-4 haftada yuboriladi. IgG ning 6 g/l ga teng konsentrasiyasiga erishish uchun zarur bo‘lgan preparatning dozalari bir oyda tana vazniga 0,2 dan 0,8 g/kg gachani tashkil etadi. Muvozanatli konsentrasiyalarga erishiladigan dozalari o‘rtasidagi interval 2 dan 4 haftagacha o‘zgarib turadi. Preparatning dozasini va yuborishlar o‘rtasidagi intervalni boshqarish uchun IgG ning konsentrasiyasini o‘lchash kerak. Og‘ir darajadagi ikkilamchi gipogammaglobulinemiya va qaytalanuvchi infeksiyalari bilan kechuvchi surunkali limfoid leykozda yoki mielomada o‘rinbosar davolash; Bolalarda tug‘ma OITSda qaytalanuvchi infeksiyalar bo‘lganida o‘rinbosar davolash Dozalash tartibi tana vazniga 0,2 dan 0,4 g/kg gacha dozada har 3-4 haftada yuborish tavsiya etilgan. Idiopatik trombositopenik purpura Kasallikni zo‘rayishida birinchi kuni tana vazniga 0,8 dan 1 g/kg gacha dozada (ushbu dozani navbatdagi 3 kun mobaynida yana bir marta qayta yuborish mumkin) yoki tana vazniga 0,4 g/kg dan har kuni 2-5 kun davomida buyuriladi. Kasallik qaytalanganida davolash takroran o‘tkazilishi mumkin. Giyen-Barre sindromi Tana vazniga 0,4 g/kg dan 5 kun davomida yuboriladi. Bolalarda qo‘llash tajribasi cheklangan. Kavasaki kasalligi Tana vazniga 1,6 dan 2 g/kg gacha alohida teng dozalar 2-5 kun davomida yoki tana vazniga 2 g/kg bir martalik dozasi bir marta buyuriladi. Yondosh davolash sifatida pasientlarga asetilsalisil kislotasini buyurish kerak. Surunkali yallig‘langan demielinizasiyalanuvchi polineyropatiyalar Boshlang‘ich dozasi tana vazniga 2 g/kg ni tashkil etadi, alohida teng dozalari 2-5 kun davomida ketma-ket yuboriladi; navbatdagi dozalari tana vazniga 1 g/kg hisobida har 3 haftada 1-2 kun davomida ketma-ket yuboriladi. 24 hafta davomidagi uzoq muddatli davolash erishilgan samarani bir maromda saqlab turuvchi davolashga nisbatan pasientning reaksiyasiga bog‘liq. Davolash samarasini bir maromda saqlab turuvchi eng minimal samarali dozani va dori vositasini qabul qilish sxemasini kasallikni individual kechishiga muvofiq ravishda boshqarish mumkin. Gemopoetik o‘zak hujayralarni allogen transplantasiyasi Odam immunoglobulin bilan davolash bir maromda saqlab turuvchi davolashning bir qismi sifatida va transplantasiyadan keyin qo‘llanishi mumkin. Infeksiyani davolash va “transplantant ho‘jayinga qarshi” reaksiyasini bartaraf qilish uchun dozasi individual ravishda boshqarilishi kerak. Boshlang‘ich dozasi odatda haftada tana vazniga 0,5 g ni tashkil etadi, transplantasiyadan yetti kun oldin yuboriladi. Davolash transplantasiyadan keyin 3 oygacha davom ettiriladi. Agar antitelalarni ishlab chiqarilmasligi davom etsa, bir oyda tana vazniga 0,5 g/kg dozasi tavsiya etiladi, immunoglobulin G (IgG) antitelaning darajasi normal xolatga qaytgunicha yuboriladi. Preparatni dozalash tartibi bo‘yicha tavsiyalar quyidagi jadvalda keltirilgan: Ko‘rsatmalar Dozalari In‘eksiyalar orasidagi interval O‘rinbosar davolash Birlamchi immuntanqislik xolatlari Boshlang‘ich dozasi: tana vazniga 0,4-0,8 g/kg, keyinchalik tana vazniga 0,2-0,8 g/kg IgG ning konsentrasiya-si kamida 4-6 g/l ga yetgunicha har 3-4 haftada Ikkilamchi immuntanqislik xolatlari tana vazniga 0,2-0,4 g/kg IgG ning konsentrasiya-si kamida 4-6 g/l ga yetgunicha har 3-4 haftada Tug‘ma OITS bilan xastalangan bolalar qaytalanuvchi infeksiyalar bo‘lganida   tana vazniga 0,2-0,4 g/kg har 3-4 haftada Immunomodulyator sifatida qo‘llanishi Idiopatik trombositopenik purpura tana vazniga 0,8-1 g/kg       yoki tana vazniga 0,4 g/kg Birinchi kunda; navbatdagi 3 kun davomida takroran bir marta yuborish mumkin   2-5 kun davomida Giyen-Barre sindromi tana vazniga 0,4 g/kg 5 kun davomida Kavasaki kasalligi tana vazniga 1,6-2 g/kg       yoki tana vazniga 2 g/kg Teng dozalari 2-5 kun davomida buyuriladi asetilsalisil kislotasi bilan birga   Bir marta asetil-salisil kislotasi bilan birga Surunkali yallig‘langan demielinizasiyalanuvchi polineyropatiyalar boshlang‘ich dozasi: tana vazniga 2 g/kg;   erishilgan samarani tutib turuvchi dozasi: tana vazniga 1 g/kg 2-5 kun davomida teng dozalarda   Har 3 haftada 1-2 kun davomida ketma-ket Gemopoetik ustun xujayralarni allogenik transplantasiyasi –      infeksiyani davolash va “transplantant xo‘jayinga qarshi” reaksiyasini oldini olish   –      antitelalar ishlab chiqarilishni doimiy yetmasligi     tana vazniga 0,5 g/kg       tana vazniga 0,5 g/kg     Transplantasiyadan 7 kun oldin va transplantasiyadan so‘ng 3 oygacha har kuni Har oyda, antitelalarning darajasi normal holatga qaytmagunicha Bolalar Birlamchi immuntanqisligi bo‘lgan pasientlarda (n=80) o‘tkazilgan asosiy tadqiqotning III fazasida 3 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 19 pasient va 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 15 pasient ishtirok etgan. Birlamchi immuntanqisligi pasientlarda (n=55) o‘tkazilgan kengaytirilgan klinik tadqiqotda 3 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 13 pasient va 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 11 pasient ishtirok etgan. Surunkali idiopatik trombositopenik purpura bilan xastalangan 57 pasientdan iborat bo‘lgan klinik tadqiqotda 2 pasient (15 va 16 yoshdagi) ishtirok etgan. Ushbu uchta tadqiqotdan hech birida bolalar uchun dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etilmagan. Adabiyot ma‘lumotlari, immunoglobulinlarni vena ichiga yuborish SYADP (surunkali yallig‘langan demielinizasiyalanuvchi polineyropatiya) bilan xastalangan bolalar o‘rtasida samarali ekanligini ko‘rsatadi. Biroq Prividjen bo‘yicha ushbu aspektda ma‘lumotlar yetarli emas. Qo‘llash usuli Prividjenni faqat vena ichiga infuziya xolida yuborish kerak. Yuborish tezligi Preparatni dastlab tana vazniga 0,3 ml/kg tezlik bilan (taxminan 30 minut davomida) yuborish kerak. Preparatni o‘zlashtirilishi yaxshi bo‘lganida infuziya tezligini asta-sekin bir soatda tana vazniga 4,8 ml/kg gacha oshirish mumkin. Prividjen preparati bilan o‘rinbosar davolashni yaxshi o‘zlashtirilgan birlamchi immun tanqisligi bo‘lgan pasientlarda infuziya tezligini asta-sekin bir soatda tana vazniga 7,2 ml/kg maksimal qiymatgacha oshirish mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlari Preparat vena ichiga yuborilganligi sababli et uvishishi, bosh og‘rig‘i, isitma, qusish, allergik reaksiyalar, ko‘ngil aynishi, bo‘g‘imlarda og‘riq, arterial bosimni pasayishi va belda o‘rtacha darajadagi og‘riq kabi noxush reaksiyalar kam kuzatilgan. Kam xollarda arterial bosimni keskin pasayishi va ayrim xollarda, xatto ilgari preparat qo‘llanganida pasientda yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatilmagan bo‘lsa ham, anafilaktik shok bilan kechuvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari yuz bergan. Qaytuvchan aseptik meningit va kam xollarda vaqtinchalik yuz beruvchi teri reaksiyalari odam immunoglobulinini ishlatilgan pasientlarda kuzatilgan. Qon guruhi A, V va AV bo‘lgan pasientlarda gemolitik reaksiyalar kuzatilgan. Qon quyishni talab etuvchi gemolitik anemiya, kam xollarda vena ichiga yuborish uchun qo‘llaniladigan odam immunoglobulin preparatlarining yuqori dozalari bilan davolashdan so‘ng namoyon bo‘lishi mumkin (“Ehtiyotkorlik choralari va qo‘llash bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang). Qon zardobida kreatinin konsentrasiyasini oshishi va/yoki o‘tkir buyrak yetishmovchiligi xollari kuzatilgan. Juda kam xollarda miokard infarkti, insult, o‘pka arteriyasini emboliyasi va chuqur venalar trombozi kabi tromboembolik asoratlar yuz bergan. Prividjen preparati bilan to‘rtta klinik sinov o‘tkazilgan, shulardan ikkitasi birlamchi immuntanqisligi (BIT), bo‘lgan pasientlar ishtirokida, bittasi idiopatik trombositopenik purpurasi (ITP) bo‘lgan pasientlari ishtirokida va yana bittasi surunkali yallig‘langan demielinizasiyalovchi polineyropatiyalari bo‘lgan pasientlar ishtirokida o‘tkazilgan. Asosiy klinik sinovda BIT bo‘lgan 80 pasient ishtirok etgan va Prividjen preparatini qabul qilingan. Shulardan 72 pasient 12 oy davomida davolanganlar. Kengaytirilgan klinik sinovlarda Prividjen preparati bilan davolangan BIT bilan xastalangan 55 pasient ishtirok etgan. ITP bilan xastalangan pasientlarda o‘tkazilgan klinik sinovda 57 pasient ishtirok etgan. Surunkali yallig‘langan demielinizasiyalovchi polineyropatiya bilan xastalangan pasientlarda o‘tkazilgan klinik sinovda 28 pasient ishtirok etgan. To‘rtta klinik sinov o‘tkazilganda kuzatilgan ko‘pchilik noxush reaksiyalar yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasida bo‘lgan. Quyida keltirilgan jadval Prividjen preparatini to‘rtta klinik sinov o‘tkazilganida a‘zolar va a‘zolar tizimi (MedDRA tasnifi) va uchrash tez-tezligiga muvofiq aniqlangan nojo‘ya ta‘sirlari yuzasidan ma‘lumotlarni saqlaydi. Uchrash tez-tezligi quyidagi tarzda aniqlanadi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 va <1/10), tez-tez emas (≥1/1000 va <1/100). Uchrash tez-tezligi bo‘yicha har bir guruhdagi noxush reaksiyalar jiddiyligi darajasini kamayib borishi tartibida keltirilgan. A‘zolar va a‘zolar tizimini shikastlanishiga muvofiq noxush reaksiyalar tasnifi (MedDRA) MedDRA tomonidan tavsiya etilgan atamalar Uchrash tez-tezligi toifasi Infeksion va parazitar kasalliklar Quloq infeksiyalari, gripp, nazofaringit Tez-tez emas Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar Gemoliz, anemiya, leykopeniya, anizositoz Tez-tez emas Nerv tizimi tomonidan buzilishlar   Bosh og‘rig‘i Juda tez-tez Bosh aylanishi, bosh sohasida diskomfort, uyquchanlik, tremor, sinusli bosh og‘rig‘i, migren, dizesteziya Eshitish va muvozanat a‘zolari tomonidan buzilishlar Vertigo Tez-tez emas Yurak tomonidan buzilishlar Palpitasiya Tez-tez emas Qon tomirlari tomonidan buzilishlar Arterial bosimni oshishi (gipertenziya) Tez-tez emas Arterial bosimni pasayishi (gipotenziya), yuzni qizarishi, periferik qon tomir buzilishlari Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan buzilishlar Nafasni qiyinlashishi, og‘iz bo‘shlig‘i va xalqumning shilliq qavatida pufakli elementlarni xosil bo‘lishi, nafas jarayonida og‘riq, tomoqda qichishish xissi Tez-tez emas Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar Qusish, ko‘ngil aynishi Tez-tez Diareya, epigastriyda og‘riq   Tez-tez emas Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Giperbilirubinemiya Tez-tez emas Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar Eshakemi, toshmalar Tez-tez Terini qichishishi, shikastlanishi, tungi terlash Tez-tez emas Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qimalar tomonidan buzilishlar Belda og‘riq Tez-tez Bo‘yinda og‘riq, qo‘l-oyoqlarda og‘riq, mushaklar rigidligi, mushaklar spazmi, mushaklar va suyaklarda og‘riq, mialgiya mushaklarni kuzsizligi Tez-tez emas Buyrak va siydik–chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar Proteinuriya Tez-tez emas Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar Et uvishishi, toliqish, isitma, asteniya, grippsimon holat Tez-tez Ko‘krakda og‘riq, umumiy loxaslik, tana haroratini ko‘tarilishi, og‘riq, in‘eksiya qilingan joyda og‘riq Tez-tez emas Laborator va instrumental ma‘lumotlar Qonda bog‘langan va bog‘lanmagan bilirubinning konsentrasiyasini oshishi, Kumbsning bilvosita ijobiy sinamasi, Kumbsning bevosita ijobiy sinamasi, qonda laktatdegidrogenazaning faolligini oshishi, gematokritni pasayishi, alaninaminotransferazaning faolligini oshishi, aspartataminotransferazaning faolligini oshishi, qonda kreatininning konsentrasiyasini oshishi, arterial bosimni pasayishi, arterial bosimni oshishi, tana haroratini ko‘tarilishi, gemoglobinni pasayishi. Tez-tez emas Transmissiv agentlarga nisbatan xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida “Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang. Bolalar Pediatrik pasientlarda Prividjen preparatni o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar vaqtida nojo‘ya reaksiyalarni tez-tezligi, xarakteri va og‘irlik darajasi kattalar va bolalar o‘rtasida farq qilmagan. Postmarketing hisobotlarda; bolalarda kuzatilgan kasalliklar yuzasidagi barcha hisobotlarda gemolizning nisbati kattalarga nisbatan yuqoriligi aniqlangan. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning tarkibiga kiruvchi ta‘sir etuvchi moddaga yoki har qanday boshqa komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Gomologik immunoglobulinlarga, ayniqsa juda kam xollarda pasientda IgG ga nisbatan antitelalar bo‘lganida, immunoglobulin A (IgG) tanqisligida yuqori sezuvchanlik. Giperprolinemiya. Giperprolinemiya – dunyoda atigi bir necha oilada xastalangan juda kam uchraydigan kasallikdir. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Tirik attenuirlangan virusli vaksinalar Immunoglobulinlar bilan davolanishdan so‘ng qizamiq, epidemik parotit, qizilcha va suvchechakka qarshi tirik vaksinalarning samaradorligi minimal darajagacha pasayishi mumkin. Prividjen preparatini buyurish bilan va tirik attenuriyalangan vaksinalarning vaksinasiyasi orasida 3 oylik intervalga rioya qilish kerak. Qizamiqqa qarshi emlanganida vaksinaning samaradorligini pasayishi 1 yilgacha uzayishi mumkin. Shunday qilib, qizamiqqa qarshi emlangan pasientlarda antitelalarning darajasini nazorat qilish  kerak. Qo‘llash bo‘yicha ehtiyotkorlik choralari va maxsus ko‘rsatmalar Ma‘lum bo‘lgan og‘ir darajadagi noxush reaksiyalar preparatni yuborish tezligiga bog‘liq. Preparatni “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limida ko‘rsatilgan yuborish tezligiga sinchiklab rioya qilish kerak. Preparatni infuziya qilish vaqtida har qanday simptomlarni aniqlash maqsadida pasientlarni sinchkov monitoringini o‘tkazish va kuzatish kerak. Ba‘zi noxush reaksiyalar quyidagilarda ko‘proq kuzatilishi mumkin: yuqori tezlikda yuborilganida; IgG ni yetishmovchiligi yoki IgG yetishmovchiligi kuzatilmasdan agammaglobulinemiyasi yoki gipogammaglobulinemiyasi bo‘lgan pasientlarda; normal odam immunoglobulini bilan birinchi marta davolanayotgan pasientlarda, yoki kam xollarda normal odam immunoglobulin preparati o‘zgartirilganda yoki avvalgi infuziyadan so‘ng uzoq muddatli tanaffusda. Agar quyidagilarga ishonch hosil qilinsa, rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlardan saqlanish mumkin: preparat sekin yuborilganida (bir soatda, 1 kg tana vazniga 0,3 ml) pasientda normal odam immunoglobulinga o‘ta yuqori sezuvchanlik namoyon bo‘lmaydi; infuziya vaqtida va infuziyadan so‘ng pasientda kuzatiladigan barcha simptomlar kuzatiladi. Xususan, ilgari normal odam immunoglobulini bilan davolanmagan, shuningdek boshqa vena ichiga yuboriladigan immunoglobulin preparati bilan davolangan yoki oxirgi infuziyadan keyin uzoq muddatli tanaffusda bo‘lgan pasientlarga birinchi infuziya vaqtida va infuziya tugaganidan so‘ng birinchi soat davomida potensial noxush ko‘rinishlari aniqlash uchun monitoring o‘tkazish kerak. Barcha boshqa pasientlar preparat yuborilgandan so‘ng kamida 20 minut davomida kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. Noxush ko‘rinishlar rivojlanganida preparatning yuborish tezligini kamaytirish yoki yuborishni to‘xtatish kerak. Talab etilgan davolash noxush ko‘rinishlarning og‘irlik darajasi va og‘irligiga bog‘liq. Shok rivojlanganida shok xolatlarni standart davolash usullarini qo‘llash kerak. Katta dozalarni qo‘llash nojo‘ya samaralarning darajasini oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, kichikroq dozasini ayrim pasientlar uchun ko‘rib chiqish va yaxshilab kuzatish tartibini belgilash  kerak. Vena ichiga yuboriladigan odam immunoglobulinini yuborishni boshlashdan oldin barcha pasientlarda muvofiq ravishda gidratasiya o‘tkazish talab etiladi. O‘ta yuqori sezuvchanlik Xaqiqiy o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kam kuzatiladi. Ular juda kam xollarda IgA ga antitelalar bilan IgA tanqisligi bo‘lganida rivojlanishi mumkin. Normal odam immunoglobulini kam xollarda xatto, ilgari normal odam immunoglobulini bilan davolashni yaxshi o‘zlashtirgan pasientlarda ham anafilaktoid reaksiyalarni rivojlanishi bilan birga arterial bosimni pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Gemolitik anemiya Vena ichiga yuboriladigan odam immunoglobini preparatlari gemolizinlar kabi ta‘sir qilish va in vitro sharoitlarda eritrositlar bilan bog‘lanishi mumkin bo‘lgan qon guruhi antigenlariga qarshi antitelalarni saqlashi mumkin, bu ijobiy bilvosita antiglobulin sinamasi (Kumbs sinamasi) ga va kam xollarda gemolizga sabab bo‘lishi mumkin. Gemolitik anemiya vena ichiga yuboriladigan odam immunoglobulini preparatlari bilan davolashdan so‘ng eritrositlarning sekvestrasiyasi oshishi natijasida rivojlanishi mumkin. Gemoliz bilan bog‘liq bo‘lgan buyrak faoliyatini buzilishi va/yoki buyrak yetishmovchiligi yoki qon tomir ichida disseminasiyalangan qon ivish sindromi rivojlanishining ayrim hollari qayd etilgan. Gemolizni rivojlanishi quyidagi xavf omillariga bog‘liq; bir martalik doza yoki alohida dozalar ko‘rinishida bir necha kun davomida yuborishdan qat‘iy nazar yuqori dozalar, shuningdek yallig‘lanish jarayonini yondosh bo‘lishi bilan birga A, V va AV qon guruhlariga bog‘liq. A, V va AV qon guruhlari bo‘lgan pasientlarni BIT dan farq qiluvchi ko‘rsatmalar bo‘yicha preparatning katta dozalari bilan davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi. BIT bilan xastalangan o‘rinbosar davolashni olayotgan pasientlarda gemoliz holatlari to‘g‘risida ayrim ma‘lumotlar mavjud. Vena ichiga yuboriladigan odam immunoglobulini preparatlari bilan davolanayotgan pasientlarda gemolizning klinik belgilari va simptomlarini monitoringini o‘tkazish kerak. Vena ichiga yuboriladigan odam immunoglobulinini infuziya qilish vaqtida va infuziyadan so‘ng gemolizning klinik belgilari va/yoki simptomlari rivojlanganida davolovchi shifokor keyingi davolashni bekor qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishi kerak (“Nojo‘ya ta‘sirlari” bo‘limiga ham qarang). Aseptik meningit sindromi (AMS) Vena ichiga yuboriladigan immunoglobulin preparatlari bilan davolanganda aseptik meningitni rivojlanish holatlari qayd etilgan. Vena ichiga yuboriladigan immunoglobulin bekor qilinganidan so‘ng bir necha kun davomida biron bir oqibatlarsiz AMS ni remissiyasi kuzatilgan. Odatda bu sindrom vena ichiga yuboriladigan immunoglobulin bilan davolangandan so‘ng bir necha soatdan 2 kungacha bo‘lgan vaqt davomida boshlanadi. Orqa miya suyuqligi tahlil qilinganida, mm3 suyuqlikda, bir necha mingga yaqin hujayralarning pleositozi (odatda granulositar qator hujayralar hisobiga), shuningdek oqsilning konsentrasiyasini bir necha yuz mg/dl gacha oshishi ko‘p kuzatiladi. Vena ichiga yuboriladigan immunoglobulin katta dozalarda (2 g/kg) qo‘llanganida AMS ko‘proq rivojlanishi mumkin. Tromboembolik asoratlar Vena ichiga yuboriladigan odam immunoglobulinini qo‘llanishi va immunoglobulinlarning katta miqdori yuborilganida, taxmin qilinishicha, qonning qovushqoqligini nisbiy oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan miokard infarkti, bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi (shu jumladan insult), o‘pka tromboemboliyasi va chuqur venalar trombozi kabi tromboembolik asoratlarni rivojlanishi hollari o‘rtasidagi bog‘liqligi yuzasidan klinik ma‘lumotlar mavjud. Semizlik bilan xastalangan pasientlarga va ilgari tromboembolik asoratlarni rivojlanishi xavfi omillari (keksalik yoshi, arterial gipertenziya, qandli diabet, anamnezida tromboemboliyalar yoki yurak-qon tomir kasalliklari, nasliy yoki orttirilgan trombofiliyalar, uzoq davom etgan harakat buzilishlari, og‘ir darajadagi gipovolemiyasi bo‘lgan pasientlarga va qonning qovushqoqligini oshishi kuzatiladigan kasalliklar bilan xastalangan pasientlarga vena ichiga yuboriladigan immunoglobulinlar buyurilganida va infuziyasi o‘tkazilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. O‘tkir buyrak yetishmovchiligi Vena ichiga yuboriladigan odam immunoglobulini bilan davolangan pasientlarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xollari aniqlangan. Ko‘pchilik xollarda buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet, gipovolemiya, tana vaznini ortiqcha bo‘lishi, nefrotoksik preparatlar bilan yondosh davolanish yoki 65 yoshdan oshganlik kabi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligini rivojlanishga sabab bo‘luvchi xavf omillari aniqlangan. Buyrak yetishmovchiligi rivojlanganida vena ichiga yuboriladigan odam immunoglobulini bilan davolashni to‘xtatish kerak. Qayd etilgan odam immunoglobulini preparatlarini qabul qilish fonida rivojlangan buyrak faoliyatini buzilishi yoki buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xollari yuzasidan ma‘lumotlar o‘rtasida, stabilizator sifatida saxaroza saqlagan preparatlarning qismi noproporsional yuqori bo‘lganligini ta‘kidlash kerak. Shunday qilib, xavf guruhidagi pasientlar uchun tarkibida saxaroza saqlamagan vena ichiga yuboriladigan preparatlarni qo‘llash tavsiya etilgan. Prividjen o‘zining tarkibida saxaroza yoki boshqa qandlarni saqlamaydi. O‘tkir buyrak yetishmovchiligi yoki tromboembolik asoratlarni rivojlanish xavfi bo‘lgan pasientlarga vena ichiga yuboriladigan immunoglobulin preparatlarini minimal infuziya tezligida va imkoni boricha minimal dozada yuborish kerak. Infeksion agentlarga nisbatan xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumot Prividjen odam plazmasidan olib ishlab chiqariladi. Odam qon yoki plazmasidan tayyorlangan dori preparatlarini qo‘llash natijasida yuz beruvchi infeksiyalarni yuqishini oldini olish bo‘yicha standart choralar, donorlarni tanlash, spesifik infeksiyalarning markerlarini borligini aniqlash va viruslarni faolsizlantirish va/yoki bartaraf qilishga qaratilgan samarali ishlab chiqarish bosqichlarini kiritish uchun plazmaning pul ko‘rsatkichi va shaxsiy donasiyalarni tekshirishni o‘z ichiga oladi. Shunga qaramay, odam qoni yoki plazmasidan tayyorlangan preparatlarni qo‘llaganda, infeksion agentlarni yuqishi mumkinligini butunlay istisno qilish mumkin emas. Bu xolat noma‘lum yoki yangi viruslar va boshqa infeksion agentlarga nisbatan ham taaluqlidir. Viruslarga qarshi xavfsizlikni ta‘minlash uchun ko‘riladigan choralar, OITV, V va S gepatiti viruslari, kabi qobiqqa ega bo‘lgan virusar, shuningdek A gepatiti virusi va paravovirus V19 kabi qobiqqa ega bo‘lmagan viruslar uchun samarali hisoblanadi. Odam immunoglobulini preparatlari qo‘llanganda A gepatiti virusi va paravirus V19 yuqmasligidan dalolat beruvchi ishonchli klinik tajriba olingan, shuningdek antitelalarni borligi ham virus xavfsizligiga sezilarli xissa qo‘shishi taxmin qilinadi. Prividjen preparatini har safar qo‘llaganda pasient va preparatning seriyasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ushlab turish uchun, pasientga yuboriladigan preparatning nomi va seriya raqamini qayd etish tavsiya etiladi. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlik va emizish davrida Prividjen preparatini qo‘llash xavfsizligi nazoratli klinik tadqiqotlarda aniqlanmagan. Shuning uchun homiladorlik va emizish davrida preparatni qabul qilish bilan bog‘liq ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish kerak. Biroq immunoglobulinlarni klinik qo‘llanishining katta tajribasi, homiladorlikni kechishiga, homila yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqqa salbiy ta‘sir yuz berish extimoli kamligini ko‘rsatadi. Hayvonlarda o‘tkazilgan L-prolin yordamchi moddasi yuzasidan tadqiqotlarda homiladorlikni kechishi, embrion yoki homilani rivojlanishiga bilvosita va bevosita toksik ta‘sirini yo‘qligi aniqlangan. Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Immunoglobulinlarni mashinalarni boshqarish yoki uskunalar bilan ishlab qobilyatiga ta‘sir qilish yuzasidan xech qanday dalillar yo‘q.   Klinika oldi ma‘lumotlari Prividjen preparatining xavfsizligi bir nechta klinika oldi tadqiqotlari jarayonida yordamchi modda L-prolinga alohida e‘tibor berib o‘rganilgan. L-prolinning sutkalik dozasi kalamushlarning 1 kg tana vazniga 1450 mg hisobida berib o‘tkazilgan tadqiqotlar preparatning teratogenlik yoki embriotoksiklik belgilarini ko‘rsatmagan L-prolinning gepatotoksikligini o‘rganishida xech qanday patologik o‘zgarishlar aniqlanmagan. Giperprolinemiyaga taaluqli ayrim nashr etilgan tadqiqotlar, L-prolnning yuqori dozalarini uzoq vaqt davomida qo‘llash juda yosh kalamushlarda miyani rivojlanishiga ta‘sir qilishini ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsada, preparatning dozalari, Prividjen preparatining klinik ko‘rsatkichlarini aks ettirish uchun hisoblangan tadqiqotlarda, bosh miyani rivojlanishiga ta‘siri kuzatilmagan. Katta va yosh kalamushlarda L-prolinning farmakologik xavfsizligini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan keyingi sinovlar xulq-atvor buzilishlarini chaqirmagan. Immunoglobulinlar odam organizmining tabiiy komponentlari hisoblanadi. Immunoglobulinlarning o‘tkir va surunkali toksikligi va embriofetal toksikligini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqot ma‘lumotlari geterogen turdagi immunoglobulinlar va antitelalarni geterologik oqsillarga induksiya qilinishi o‘rtasida o‘zaro ta‘siri sababli, talab etilgan natijalarini bermagan. Quyonlarda preparatning mahalliy o‘zlashtirilishini o‘rganish yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqotlar jarayonida Prividjen preparati vena ichiga, vena atrofiga, arteriya ichiga va teri ostiga yuborilganda preparat yaxshi o‘zlashtirilgan. Dozani oshirib yuborilishi Dozani oshirib yuborilishi, ayniqsa xavf guruhidagi pasientlarda, shu jumladan keksa yoshdagi pasientlar va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda gipervolemiyaga va qonning qovushqoqlgini oshishiga olib kelishi mumkin. Nomutanosibligi Ushbu preparatni boshqa dori vositalar va fiziologik eritma bilan aralashtirish mumkin emas. Biroq 5% li glyukoza eritmasi bilan suyultirishga ruxsat beriladi. Diagnostik sinamalariga ta‘siri Immunoglobulinlar pasientning qoniga yuborilganidan so‘ng passiv o‘tkazilgan turli antitelalarning miqdori vaqtinchalik oshadi, bu serologik sinamalarni soxta musbat natijalariga olib kelishi mumkin. Eritrositlarning antigenlariga, masalan A, V va D antigenlariga antitelalarni passiv o‘tish eritrositlarga nisbatan antitelalarni aniqlash uchun ba‘zi serologik sinamalar (masalan, Kubs sinamasi), retikulositlar sonini aniqlashda va gaptoglobin sinamasini soxta natijalariga olib kelishi mumkin. Attenuirlangan tirik vaksinalar bilan o‘zaro ta‘sirini bilish uchun “O‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang. Qo‘llash usuli Prividjen qo‘llashga tayyor bo‘lgan eritmadir. Preparat sovutgichda saqlanganida yuborishdan oldin eritmaning haroratini xona haroratiga yetkazish kerak. Preparatni yuborish uchun xavo klapani va filtrli infuzion tizimdan foydalanish kerak. Flakonning tiqinini har doim belgilangan soxaning markazidan teshish kerak. Suyultirish zarurati bo‘lganida, 5% li distroza eritmasini ishlatish kerak. 50 mg/ml (5%) li immunoglobulin eritmasini olish uchun Prividjen infuziya uchun eritma 100 mg/ml (10%) preparatini 5% li dektroza eritmasining teng xajmi bilan suyultirish kerak. Prividjen preparatini suyultirish vaqtida aseptik sharoitlarda ishlash texnikasiga rioya qilish kerak. Prividjen preparatini 0,9% natriy xlorid eritmasi bilan aralashtirish mumkin emas. Biroq, infuzion naylar fiziologik eritma bilan yuvilgandan so‘ng bunga yo‘l qo‘yiladi. Eritma tiniq yoki biroz tovlanuvchi bo‘lishi kerak. Eritma xiralashganida yoki eritmada mexanik kiritmalar bo‘lganida pr

Аналоги лекарств

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?