NITROKSOLIN 0,05 tabletkalari N50
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Urologik
Страна производитель:
Rossiya
Активное вещество:
Nitroksolin
Производитель:
Биосинтез, ПАО
Количество в упаковке:
50
Код ATX:
G04AG06
Инструкция NITROKSOLIN 0,05 tabletkalari N50
Qadoqda soni
50
Umumiy ma'lumot
NITROKSOLIN 0,05 tabletkalari N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA NITROKSOLIN NITROXOLINE Preparatning savdo nomi: Nitroksolin Ta‘sir etuvchi modda (XPN): nitroksolin Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletka. Tarkibi: 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: nitroksolin – 50 mg; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, talk, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, oq qand, povidon 25, titan dioksidi (Ye 171), jelatin, og‘ir magniy karbonati, polietilenglikol 6000 (makrogol 6000), sariq shafaq FCF (Ye 110). Ta‘rifi: qobiq bilan qoplangan, sariq-to‘q sariqdan to‘q sariq rangligacha bo‘lgan, ikki tomonlama qavariq yuzali tabletkalar. Sindirib lupa ostida ko‘rilganida ikkita uzluksiz qavat bilan o‘ralgan yadrosi ko‘rinadi. Farmakoterapevtik guruhi: Antibakterial vositalar. Nitroksolin. ATX kodi: J01XX07 Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Nitroksolin – xelat birikmalar hosil qilish mexanizmi bo‘yicha ta‘sir etuvchi sintetik uroantiseptikdir. U mikroorganizmlarning fermentlaridagi metall ionlarini bog‘lab, ferment funksiyasini bloklaydi, shunday qilib, ushbu fermentlarni spesifik substratlar bilan bog‘lanishini bartaraf etadi. Bu bakteriostatik, bakterisid va fungisid samaraga olib keladi. Siydikda kam ingibisiya qiluvchi konsentrasiyalarda nitroksolin ham o‘zining dastlabki holatida, ham glyukuronid shaklida uropatogen bakteriya bo‘lgan Escherichia coli ni siydik-jinsiy yo‘llarining epiteliysida fiksasiyasini susaytiradi. Nitroksolin grammusbat, grammanfiy bakteriyalarning keng doirasiga va zamburug‘larga nisbatan samaralidir. Uning antibakterial va zamburug‘larga qarshi faollik doirasi siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyasini chaqiruvchi ko‘pchilik mikroorganizmlarga taalluqli. Nitroksolinga sezgir mikroorganizmlarga Escherichia coli, Ureaplasma ureafyticum, Mycoplasma hominis, Candida spp., Torulopsis spp. kiradi. Nitroksolinga qisman sezgir mikroorganizmlarga Proteus spp., Staphylococcus spp. kiradi. Nitroksolinga sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarga Pseudomonas spp., Providencia spp., Klebsiella spp., Enterobacter spp., Serratia spp., anaerob bakteriyalar kiradi. Nitroksolinga shuningdek streptokokklar, Corynebacterium diphteriae, Enterococcus spp., Salmonella spp., Shigella spp., Neisseria gonorrhoeae va Hemophilias influenzae larning sezgirligi aniqlangan. Farmakokinetikasi Nitroksolin peroral qo‘llanganidan keyin me‘da-ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq (90%) so‘riladi. Bir martalik peroral 200 mg dozadan keyin o‘rtacha cho‘qqi konsentrasiyasiga 1,5-2 soatdan keyin erishiladi va u 4-4,7 mg/l ni tashkil qiladi. Qon zardobidan yarim chiqarilish davri taxminan 2 soatni tashkil qiladi. Nitroksolin ichga qabul qilinganidan keyin kon‘yugasiya bo‘lgan va kon‘yugasiya bo‘lmagan nitroksolinning siydikdagi yuqori konsentrasiyalariga erishiladi. Nitroksolin jigarda metabolizmga uchraydi, u yerda u glyukuron va sulfat kislotasi bilan birikadi. Nitroksolin glyukuronidi ko‘rinishida asosan siydik bilan (55-60%) va kam miqdorda safro bilan chiqariladi. Faqat 5% kon‘yugasiya bo‘lmagan faol shaklda siydik bilan chiqariladi. Qo‘llanilishi Nitroksolinga sezgir grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar va zamburug‘lar tomonidan chaqirilgan siydik chiqarish yo‘llarining o‘tkir, surunkali va qaytalanuvchi infeksiyalari. Siydik chiqarish yo‘llarining qaytalanuvchi infeksiyalarini profilaktikasi uchun qo‘llaniladi. Qo‘llash usuli va dozalari Kattalar: tavsiya qilingan sutkalik doza – 400-800 mg ni tashkil etadi, 4 marta qabul qilishga bo‘linadi. O‘rtacha sutkalik doza 400 mg ni (2 tabletkadan sutkada 4 marta ovqatdan oldin) tashkil qiladi. Og‘ir kasalliklarda sutkalik dozani 800 mg gacha (4 tabletkadan sutkada 4 marta) oshirish mumkin. Kattalar uchun maksimal sutkalik doza 800 mg ni tashkil etadi. Bolalar 3 yoshdan boshlab: tavsiya qilingan sutkalik doza 200-400 mg ni tashkil qiladi (1-2 tabletkadan sutkada 4 marta ovqatdan oldin). Davolash muddatini shifokor kasallikning og‘irligi va kechishiga qarab belgilaydi. Surunkali infeksiyalarda preparat ikki xaftalik tanaffus bilan 2 hafta davomidagi takroriy kurslar bilan buyuriladi (davolash kursi bir necha oy davom etishi mumkin). Buyrak funksiyasini buzilishi O‘rtacha buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi sekundiga 0,33 ml dan ortiq) bo‘lgan pasientlarda odatdagi dozani ikki marta kamaytirish kerak. Jigar funksiyasini buzilishi Jigar funksiyasini buzilishlarida odatdagi doza ikki marta kamaytirish kerak. Keksa yoshdagi pasientlar Dozaga tuzatish kiritish kerak emas. Nojo‘ya ta‘sirlari Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: yakka hollarda dispeptik ko‘rinishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani yo‘qolishi) bo‘lishi mumkin, ularni preparatni ovqatlanish vaqtida qo‘llash bilan bartaraf qilish mumkin. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: transaminazalar faolligini pasayishi, jigar funksiyasini buzilishi. Immun tizimi tomonidan: preparatni qo‘llash to‘xtatilganidan keyin tezda o‘tib ketuvchi teri toshmalari, qichishish bo‘lishi mumkin; juda kam hollarda – trombositopeniyani rivojlanishi bilan kechuvchi allergik reaksiyalar. Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – bosh og‘rig‘i, ataksiya, paresteziyalar, polineyropatiya. Buyrak tomonidan: qon plazmasida siydik kislotasi miqdorini kamayishi. Nitroksolin buyrak orqali chiqarilishi tufayli, siydik to‘q sariq rangga bo‘yaladi. Boshqalar: umumiy holsizlik, taxikardiya. Preparat allergik reaksiyalarni, shu jumladan astmani qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan sariq shafaq FCF (Ye110) bo‘yovchisini saqlaydi. Ayniqsa bu asetilsalisil kislotasiga yuqori sezuvchan pasientlarga taalluqlidir. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Nitroksolinga yoki preparatning har qanday komponentiga, shuningdek xinolinlarga yuqori sezuvchanlik; og‘ir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi sekundiga 0,33 ml dan kam)da qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Nitroksollinni gidroksixinolinlar va uning hosilalarini saqlovchi preparatlar bilan qo‘llash mumkin emas. Magniy saqlovchi antasidlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida Nitroksolinni so‘rilishi sekinlashadi. Nitroksolin nalidiks kislotasining samaradorligini pasaytiradi. Tetrasiklin guruhi preparatlari bilan birga qo‘llanganida har bir preparatning samarasini qo‘shilishi kuzatiladi. Nistatin va levorin bilan qo‘llanganida ta‘sirini potensiyalanishi kuzatiladi. Nitroksolinning salbiy neyrotrop samarani qo‘shilishidan saqlanish uchun nitrofuranlar bilan birga qo‘llash mumkin emas. Maxsus ko‘rsatmalar Nitroksolinni to‘planishi mumkinligi tufayli preparat buyraklar funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparat og‘ir jigar va buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi sekundiga 0,33 ml dan past) va kataraktasi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan va o‘ta zarur holatlarda buyuriladi. Gidroksixinolinning galogen hosilalari bilan yuqori dozalarda takror va uzoq muddat davolashda periferik nevrit va ko‘ruv nervining nevritini rivojlanishi hollari ta‘riflangan. Nitroksolin xinolinning nitrohosilasi hisoblanadi va unda bunday nojo‘ya ko‘rinishlar kuzatilmagan, ammo nitroksolin bilan davolashda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi – bunday pasientlar shifokorning sinchkov nazorati ostida bo‘lishlari kerak. Davolash qo‘shimcha tibbiy tekshiruvisiz 4 haftadan oshmasligi kerak. Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun galaktozani o‘zlashtiraolmaslikning kam uchraydigan nasliy shakllari, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozani malabsorbsiyasi sindromi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan, shuning uchun nitroksolinni bu davrlarda buyurish mumkin emas. Bolalar 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qobiq bilan qoplangan tabletkalar shaklida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish xususiyati. Preparatni avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga salbiy ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Nitroksolinning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Davolash simptomatik. Chiqarilish shakli 10 tabletkadan blisterlarda; 5 blisterdan karton qutida. Saqlash sharoiti Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 4 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish: