PANZINORM FORTE 20000 tabletkalari N10

Обновлено: 21.07.2022

PANZINORM FORTE 20000 tabletkalari N10
  • Категория:

    Ovqat hazm qilish vositalari

  • Страна производитель:

    Sloveniya / Rossiya

  • Активное вещество:

    Pankreatin

  • Производитель:

    КРКА, д.д.,Ново место АО/КРКА-РУС, ООО

  • Количество в упаковке:

    10

  • Код ATX:

    A09AA02

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция PANZINORM FORTE 20000 tabletkalari N10

  • Qadoqda soni

    10

  • Umumiy ma'lumot

    PANZINORM FORTE 20000 tabletkalari N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA PANZINORM FORTE 20 000 Preparatning savdo nomi: Panzinorm forte 20 000 (Panzynorm forte 20 000). Ta‘sir etuvchi modda (XPN): multienzim (multienzymes) (lipase, amylase, protease). Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tarkibi: 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 20000 TB YeF lipaza, 12000 TB YeF amilaza, 900 TB YeF proteaza enzim faolligiga ega cho‘chqa pankreatini; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, krospovidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati, gipromelloza, metakril kislotasi va etilakrilat sopolimeri (1:1), trietilasetat, titan dioksidi (Ye 171), talk, simetikon – emulsiya, vanilin aromatizatori, bermagot aromatizatori, makrogol 6000, natriy karmelloza va polisorbat 80. Ta‘rifi: silliq, dumaloq, qavariq, oq yoki och-kulrang rangli plyonka qobiq bilan qoplangan xushbo‘y hidli tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: Ovqat hazm bo‘lishiga yordam beruvchi vositalar, shu jumladan ferment vositalar. Ferment preparatlari. ATX kodi: A09AA02. Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Panzinorm forte 20 000 pankreatik fermentlar tanqisligini tiklaydi, katabolik metabolizmni oshiradi va maldigestiyaning klinik manzarasini yaxshilaydi. Faol enzimlar, pankreatik fermentlar ta‘sir qiladigan ingichka ichakda ajralib chiqadi. Yuqori lipaz faollik pankreatik fermentlar yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan maldigestiyani davolashda muhim rol o‘ynaydi. Lipaza gidroliz yo‘li bilan yog‘larni yog‘ kislotalari va gliserolga parchalaydi, shunday qilib, ularni so‘rilishiga va yog‘da eruvchi vitaminlarni so‘rilishiga yordam beradi. Amilaza uglevodlarni dekstranlar va qandlargacha parchalaydi, proteaza esa oqsillarni parchalaydi. Panzinorm forte 20 000 ovqatning hamma turlarini o‘zlashtirilishini oshiradi va bemorning ovqatlanishini yaxshilaydi. Preparat steatoreyani oldini oladi yoki maldigestiya bilan bog‘liq bo‘lgan simptomlarni kamaytiradi. Pankreatin surunkali pankreatitdagi og‘riqni kamayishiga yordam beradi. Bu xususiyati, taxmin qilinishicha, proteazalarning ta‘siri bilan bog‘liq, ular me‘da osti bezining o‘z fermentlari sekresiyasini ingibisiya qiladi. Bu samaraning mexanizmi xali oxirigacha aniq emas. Farmakokinetikasi Enzimlar – tabiiy birikmalar bo‘lib, ular ovqatni hazm bo‘lishini ta‘minlaydilar. Tabletkalarning plyonka qobig‘i ularni me‘da shirasining ta‘siridan himoya qiladi. Enzimlar – bu oqsillar, ular organizmda sintez qilinadi, asosan ichakda autoliz va proteolizis yo‘li bilan faolsizlantiriladi va parchalanadi. Ovqat hazm qilish fermentlarining ahamiyatsiz qismi ahlat bilan chiqariladi. Qo‘llanilishi Me‘da osti bezining tashqi sekretor faoliyatini yetishmovchiligi (surunkali pankreatit, mukovissidoz va x.k.). Me‘da, ichak, jigar, o‘t pufagining surunkali yallig‘lanishli va degenerativ kasalliklari; ovqat hazm bo‘lishi, meteorizm, diareya bilan birga kechuvchi bu a‘zolarning rezeksiyasi yoki nurlanishdan keyingi holat (majmuaviy davolash tarkibida). Me‘da-ichak yo‘llarining faoliyati normal bo‘lgan bemorlarda parhezdagi buzilishlarda ovqat hazm bo‘lishini yaxshilash uchun. Qorin bo‘shlig‘ini rentgenografiya va UTT ga tayyorlashda qo‘llaniladi. Qo‘llash usuli va dozalari Doza shaxsiy ravishda tanlanadi. Davolash past dozalardan boshlanadi: 1 tabletkadan kuniga uch marta ovqatini asosiy qabul qilish vaqtida qabul qilinadi. Agar pankreatik enzim yetishmovchilikning simptomlari saqlansa, doza asta-sekin oshirilishi mumkin. Odatdagi doza 1-2 tabletka ovqatni asosiy qabul qilishlar vaqtida (kuniga 3 marta) yetarli bo‘ladi. Agar zarurati bo‘lsa, unda yengil tamaddi vaqtida 1 tabletkadan qabul qilish mumkin. Dozalash yuqori bo‘lishi mumkin, shunga qaramay pasient simptomlarni oldini olish uchun zarur bo‘lgan eng kam dozani qabul qilishi kerak, bu ayniqsa mukovissidoz bo‘lgan bemorlar uchun muhimdir. Bolalar odatda kamroq dozalarga muxtoj bo‘ladilar. Nojo‘ya ta‘sirlari Panzinorm forte 20 000 preparati bilan davolash jarayonida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar: Tekshirishlar kam: pankreatik fermentlarning juda yuqori dozalari giperurikemiya va giperurikozuriya chaqirishi mumkin. Me‘da-ichak yo‘llari (MIY) tomonidan buzilishlar kam: yuqori dozalari ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, ichni suyuq kelishi yoki qabziyat, terini perioral yoki perianal ta‘sirlanishini chaqirishi mumkin; juda kam: pankreatik fermentlarning katta dozalarini (bir kg tana vazniga har kuni 10000 TB YeF dan ko‘proq) qabul qilayotgan mukovissidozi bo‘lgan ayrim bemorlarda, chambar ichak va ileosekal bo‘limning strikturasi aniqlangan (fibrozli kolonopatiya). Immun tizimi tomonidan buzilishlar juda kam: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (xususan, toshma, qichishish, shuningdek nafas yo‘llarining obstruksiyasi kuzatilishi mumkin). Nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lgan hollarda davolashni to‘xtatish kerak. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Panzinorm forts 20 000 ni cho‘chqa proteinlariga yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. O‘tkir pankreatiti yoki surunkali pankreatitni zo‘rayishi bo‘lgan pasientlar Panzinorm forte 20 000 ni qabul qilmasliklari kerak. Mukovissidozi bo‘lgan 15 yoshgacha pasientlarga preparatni buyurish mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Pankreatik fermentlar folat kislotasini so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi. Shunday samaraga ega bo‘lgan (bikarbonat va simetidin kabi) preparatlar bir vaqtda qo‘llanganda, va pankreatik fermentlarning yuqori dozalari bilan davomli davolashda, vaqti-vaqti bilan qon zardobida folatlarning konsentrasiyasini nazorat qilish va/yoki folat kislotasi yetishmovchiligini kompensasiya qilish kerak. Pankreatik fermentlar temirni so‘rilishini pasaytirishi mumkin, lekin bu o‘zaro ta‘sirning klinik ahamiyati aniqlanmagan. Panzinorm forte 20 000 tabletkalarining kislotaga chidamli qobig‘i o‘n ikki barmoq ichakda parchalanadi. Agar o‘n ikki barmoq ichakda rN sezilarli darajada past bo‘lsa, pankreatik fermentlar o‘z vaqtida ajralib chiqmaydi. N2 reseptorlarining ingibitorlari va “proton pompasi” ingibitorlari bilan yondosh davolash, pankreatik fermentlarning ta‘sirini kuchaytiradi, bu Panzinorm forte 20 000 ning pastroq dozalarini buyurish imkonini beradi. Maxsus ko‘rsatmalar Tabletka qobig‘i og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini faol pankreatik fermentlari tomonidan shikastlanishini oldini oladi va fermentlarni me‘da shirasining ta‘siridan himoya qiladi. Tabletkalarni butunligicha yutish va ularni chaynamaslik kerak. Mukovissidozi bo‘lgan oz sonli bemorlarda pankreatik fermentlarning yuqori dozalarini (tana vazniga kuniga lipaza bo‘yicha 10000 XB YeF dan ko‘proq) qo‘llash, chambar ichak va yo‘g‘on ichakning ileosekal bo‘limining strikturalarini rivojlanishiga olib keladi. Agar Panzinorm forte 20 000 qabul qilayotgan bemorda ichak tutilishi simptomlari paydo bo‘lsa, mumkin bo‘lgan sabab sifatida fibroz kolonopatiyani ko‘rish kerak. Bolalarda qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan. Preparatning yordamchi moddalari xaqida maxsus ma‘lumot Panzinorm forte 20 000 laktoza saqlaydi. Laktozani o‘zlashtiraolmaslik muammolar, laktaza yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi kabi, kam uchraydigan muammolari bo‘lgan pasientlar preparatni qabul qilmasliklari kerak. Homiladorlik va laktasiya Homiladorlik va laktasiya davrida zararli ta‘siri xaqida ma‘lumotlar yo‘q. Fermentlar me‘da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi, shunga qaramay, xavf istisno qilinmaydi. FDA tasnifiga muvofiq homiladorlikda pankreatin S kategoriyasiga kiritilgan. Agar potensial foyda xavfni oqlasa qo‘llash ko‘rsatilgan. Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri aniqlanmagan. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Dozani oshirib yuborilishi tizimli intoksikasiya chaqirishi yuzasidan dalillar yo‘q. Simptomlari. Dozani oshirib yuborilishini ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, giperurikemiya va giperurikozuriya, perianal ta‘sirlanish va faqat mukovissidozi bo‘lgan bemorlarda – fibroz kolonopatiyani chaqirishi mumkin. Davolash. Doza oshirib yuborilgan hollarda: preparatni qabul qilishni to‘xtatish, yaxshi gidratasiyani ta‘minlash, simptomatik davolashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Chiqarilish shakli 10 tabletkadan blisterda. 1, 3 yoki 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Saqlash sharoiti Quruq joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Berish tartibi Shifokor reseptisiz beriladi. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?