MOYPRAM poroshok 1g N1

Обновлено: 21.07.2022

MOYPRAM poroshok 1g N1
  • Категория:

    Antibiotiklar

  • Страна производитель:

    Hindiston

  • Активное вещество:

    Meropenem

  • Производитель:

    God Gift Laboratory Pvt. Ltd.

  • Количество в упаковке:

    1

  • Код ATX:

    J01DH02

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция MOYPRAM poroshok 1g N1

  • Qadoqda soni

    1

  • Umumiy ma'lumot

    MOYPRAM poroshok 1g N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA MOYPRAM MOYPRAM   Preparatning savdo nomi: Moypram Ta‘sir etuvchi modda (XPN): meropenem Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun Tarkibi: 1 flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda: meropenem trigidrati – 1000 mg meropenemga ekvivalent; natriy karbonati – 90,2 mg natriyga ekvivalent. Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli kukun. Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (karbapenemlar guruhi). ATX kodi: J01DH02   Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Meropenem – karbapenemlar sinfiga mansub antibiotikdir, u parenteral qo‘llanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, odamning degidropeptidaza-1 (DGP-1) ga nisbatan barqaror, DGP-1 ingibitori qo‘shimcha yuborilishini talab qilmaydi. Meropenem bakteriyalarning hujayra devorlari sinteziga ta‘sir ko‘rsatish hisobiga bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi. Meropenemning keng doiradagi aerob va anaerob bakteriyalarga qarshi yaqqol ifodalangan bakterisid ta‘siri Meropenemning bakteriyalar hujayra devorlari orqali o‘tishiga yuqori darajada qobiliyati, b-laktamazalarning ko‘pchiligiga nisbatan yuqori darajada barqarorligi va penisillin-bog‘lovchi oqsillarga (PBO) sezilarli darajada affinlik bilan izohlanadi. Minimal bakterisid konsentrasiyalari (MBK) odatda minimal ingibisiya qiluvchi konsentrasiyalar (MIK) kabi o‘xshash bo‘ladi. Testdan o‘tkazilgan 76% bakteriyalar turlari uchun MBK/MIK nisbati 2 ga teng yoki undan kam bo‘lgan. Meropenem qo‘zg‘atuvchining sezuvchanligini aniqlash testlarida barqaror bo‘ladi. Meropenem turli xil antibiotiklar bilan sinergik ta‘sir qiladi. Shuningdek Meropenem post-antibiotik ta‘sirga ega. Meropenemning antibakterial faollik doirasi klinik tajriba va davolash tavsiyalariga asoslangan holda quyidagi turlarni o‘z ichiga oladi: Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecalis (E. faecalis o‘z tabiatiga ko‘ra oraliq sezuvchanlikni namoyon qilishi mumkin), Staphylococcus aureus (faqat metisillinga sezgir shtammlar: metisillinga rezistent stafilokokklar, shu jumladan MRSA meropenemga nisbatan chidamlilikni namoyon qiladi), Staphylococcus turkumidagi turlar, shu jumladan Staphylococcus epidermidis (faqat metisillinga sezgir shtammlar: metisillinga rezistent stafilokokklar, shu jumladan MRSYe meropenemga nisbatan chidamlilikni namoyon qiladi), Streptococcus agalactiae (V guruhidagi streptokokklar), Streptococcus milleri guruhi (S. anginosus, S. constellatus, S. intermedius), Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes (A guruhidagi streptokokklar). Grammanfiy aeroblar: Citrobacter freundii, Citrobacter koseri, Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Morganella morganii, Neisseria meningitidis, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens. Anaerob grammusbat bakteriyalar: Clostridium perfringens, Peptoniphilus asaccharolyticus, Peptostreptococcus species (shu jumladan P. micros, P anaerobius, P. magnus). Anaerob grammanfiy bakteriyalar Bacteroides caccae, Bacteroides fragilis guruht, Prevotella bivia, Prevotella disiens. Orttirilgan rezistentlik muammosi mavjudligi mumkin bo‘lgan turlar: Grammusbat aeroblar Enterococcus faecium (ayrim Yevropa mamlakatlarida E. faecium orasida chidamlilik tez-tezligi 50% dan ortiq shtammlarni tashkil etadi). Grammanfiy aeroblar Acinetobacter, Burkholderia cepacia, Pseudomonas aeruginosa. Ilgaridan rezistent bo‘lgan mikroorganizmlar Grammanfiy aeroblar Stenotrophomonas maltophilia, Legionella sp. Boshqa ilgaridan rezistent bo‘lgan mikroorganizmlar Chlamydophila pneumoniae, Chlamydophila psittaci, Coxiella burnetii, Mycoplasma Pneumoniae Orttirilgan chidamlilikning tarqalganligi ayrim turlar uchun geografik jihatdan va vaqt oralig‘ida o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, shu sababli rezistentlik haqida, ayniqsa og‘ir infeksiyalarni davolashda, mahalliy axborotga ega bo‘lish maqsadga muvofiq. Zarurati bo‘lganida, ya‘ni rezistentlikning lokal tarqalganligi preparatni qo‘llashdan keladigan foyda eng kamida infeksiyalarning ayrim turlariga nisbatan noaniq bo‘lgan hollarda, shifokor bilan maslahatlashish lozim. Farmakokinetikasi Sog‘lom odamlarda o‘rtacha yarim chiqarilish davri taxminan 1 soatni tashkil etadi; o‘rtacha taqsimlanish hajmi taxminan 0,25 l/kg (11-27 l) ni, o‘rtacha klirens esa 250 mg dozada minutiga 287 ml ni tashkil etadi va 2 g dozada minutiga 205 ml gacha pasayadi. 30 minut davomida yuboriladigan 500, 1000 va 2000 mg li dozalar Cmax ning muvofiq ravishda taxminan 23, 49 va 115 mkg/ml o‘rtacha qiymatlariga olib keladi, bu AUC ning 39,3; 62,3 va 153 mkg*soat/ml ga teng bo‘lgan qiymatlariga mos keladi. 500 va 1000 mg li dozalarni 5 minut davomida infuziyasidan keyin Cmax qiymatlari muvofiq ravishda 52 va 112 mkg/ml ni tashkil etadi. Ko‘p martalik dozalarni buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlarga 8 soatlik interval bilan yuborilganida meropenemni to‘planishi yuz bermaydi. Intraabdominal infeksiyalarni davolash uchun jarrohlik operasiyasidan keyin meropenem 1000 mg dozada har 8 soatda yuborilgan 12 nafar pasientda o‘tkazilgan tadqiqotlar ushbu pasientlarda Cmax va yarim chiqarilishi davrining qiymatlari sog‘lom odamlardagi qiymatlar bilan bir xil bo‘lishini, ammo taqsimlanish hajmi 27 l ni tashkil etishini ko‘rsatadi. 1 g meropenemni 2 minut, 3 minut va 5 minut davomida vena ichiga infuziyasi plazmada muvofiq ravishda 110, 91 va 94 mkg/ml ga teng bo‘lgan cho‘qqi konsentrasiyalariga olib keladi. Taqsimlanishi Meropenemni plazma oqsillari bilan o‘rtacha bog‘lanishi taxminan 2% ni tashkil etadi va uning konsentrasiyasiga bog‘liq bo‘lmaydi. Meropenem organizmning ayrim suyuqliklari va to‘qimalariga, shu jumladan o‘pka, bronxial sekret, safro, orqa miya suyuqligi, ginekologik to‘qimalar, teri, mushak pardalari, mushaklar va peritoneal ekssudatga yaxshi o‘tadi. Metabolizmi Meropenem mikrobiologik faol bo‘lmagan metabolitni hosil qilgan holda β-laktam halqani gidrolizi yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. In vitro sharoitda meropenem odamning degidropeptidaza-I (DGP-I) si bilan gidrolizga nisbatan imipenem bilan taqqoslanganda pasaytirilgan sezuvchanlikni namoyon qiladi, shu sababli DGP-I ingibitorlarini birga qo‘llanilishiga zarurat yo‘q. Chiqarilishi Meropenem asosan o‘zgarmagan ko‘rinishda buyraklar orqali chiqariladi, dozaning taxminan 70% (50-75%) o‘zgarmagan ko‘rinishda 12 soat davomida chiqariladi. Yana 28% mikrobiologik faol bo‘lmagan metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Ahlat bilan chiqarilishi dozaning faqat 2% ni tashkil etadi. Buyrak klirensini va probenesid ta‘sirini o‘lchash meropenem filtrasiya ham, kanalchalar sekresiyaga ham uchratilishini ko‘rsatadi. Meropenemni bolalarda va kattalardagi farmakokinetikasi o‘xshash. Meropenemni 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yarim chiqarilish davri taxminan 1,5-2,3 soatni tashkil etadi, 10-40 mg/kg dozalar diapazonida proporsional bog‘liqlik kuzatiladi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda farmakokinetikaga doir tadqiqotlar meropenem klirensi kreatinin klirensi bilan o‘zaro bog‘langanligini ko‘rsatadi. Bunday bemorlarda dozaga tuzatish kiritish zarur. Keksa yoshdagi shaxslarda farmakokinetikani o‘rganilishida kreatinin klirensini yoshga doir pasayishi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan meropenem klirensini pasayishi aniqlangan. Jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda farmakokinetika tadqiqotlari mazkur patologik o‘zgarishlar meropenem farmakokinetikasiga ta‘sir etmasligini ko‘rsatadi.   Qo‘llanilishi Vena ichiga yuborish uchun Meropenem preparati bolalar va kattalarda meropenemga sezgir bo‘lgan bitta yoki bir nechta qo‘zg‘atuvchilar keltirib chiqargan quyidagi infeksiyalarni davolash uchun: pnevmoniya, shu gospital pnevmoniyada siydik chiqarish tizimining infeksiyalarida qorin bo‘shlig‘ining infeksiyalarida endometrit va kichik chanoq a‘zolarini yallig‘lanishi kabi ginekologik infeksiyalarda teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarida meningitda septisemiyada katta yoshdagi pasientlarda febril neytropeniya simptomlari bo‘lgan infeksiyaga shubha qilinganida monoterapiya ko‘rinishida yoki viruslarga qarshi yoki zamburug‘larga qarshi vositalar bilan majmuada empirik davolash uchun buyuriladi. Meropenem polimikrob infeksiyalarni davolashda monoterapiya sifatida yoki boshqa antimikrob vositalar bilan majmuada samaradorligini namoyish qildi. Vena ichiga yuborish uchun Meropenem preparati kistozli fibrozi (mukovissidozi) va quyi nafas yo‘llarining surunkali infeksiyalari bo‘lgan pasientlarda monoterapiya sifatida yoki boshqa antibakterial vositalar bilan majmuada samarali qo‘llaniladi. Preparatni pediatriya amaliyotida neytropeniyali yoki birlamchi yoki ikkilamchi immuntanqisligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash tajribasi yo‘q.   Qo‘llash usuli va dozalari Dozalar va davolash davomiyligi infeksiyaning turi va og‘irligiga va pasientning holatiga bog‘liq holda belgilanishi kerak. Quyidagi sutkalik dozalar tavsiya etiladi: pnevmoniya, siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari, endometrit kabi ginekologik infeksiyalar, teri va teri tuzilmalarining infeksiyalarini davolashda har 8 soatda vena ichiga 500 mg; gospital pnevmoniyalar, peritonitni davolashda, neytropeniya, shuningdek septisemiya simptomlari bo‘lgan bemorlarda bakterial infeksiyalarga shubha qilinganida har 8 soatda vena ichiga 1 g. Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter spp keltirib chiqargan infeksiyalarda, shuningdek ushbu qo‘zg‘atuvchilarga shubha qilinganida va qo‘zg‘atuvchi aniqlanmagan hollarda tavsiya etilgan doza kattalar uchun sutkada uch marta 1 g yoki undan ortiq va bolalar uchun sutkada uch marta 40 mg/kg ni tashkil etadi. Kistozli fibrozda (mukovissidozda) tavsiya etilgan doza har 8 soatda 2 g gachani tashkil etadi. Meningitni davolashda tavsiya etiladigan doza har 8 soatda 2 g ni tashkil etadi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan kattalarda qo‘llaniladigan dozalari Kreatinin klirensi minutiga 51 ml bo‘lgan pasientlarda doza quyidagi tarzda kamaytirilishi kerak: Kreatinin klirensi (ml/min) Dozasi (500 mg, 1 g, 2 g dozalar birligi asosida) Yuborilish tez-tezligi 26–50 bitta doza birligi har 12 soatda 10–25 0,5 doza birligi har 12 soatda < 10 0,5 doza birligi har 24 soatda Meropenem gemodializ va gemofiltrasiyada chiqariladi. Agar meropenem bilan uzoq muddatli davolash talab qilinsa, doza birligi (infeksiyaning turi va og‘irligidan kelib chiqqan holda) qon plazmasida samarali konsentrasiyani tiklash uchun gemodializ muolajasi yakunlanishi bilan yuborilishi tavsiya etiladi. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan katta yoshdagi pasientlarda dozalari Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda dozaga tuzatish kiritish zarurati yo‘q. Keksa yoshdagi pasientlar Buyrak faoliyati normal bo‘lgan yoki kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan ortiq keksa yoshdagi bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Bolalar 3 oylikdan to 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun vena ichiga yuborish uchun tavsiya etiladigan doza infeksiyaning turi va og‘irligiga, patogen mikroorganizmning sezgirligiga va pasientning holatiga bog‘liq holda har 8 soatda 10 – 20 mg/kg ni tashkil etadi. Tana vazni 50 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarda kattalar uchun tavsiya etiladigan dozalardan foydalanish lozim. Kistozli fibrozi (mukovissidoz) bo‘lgan 4 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda quyi nafas yo‘llarining surunkali infeksiyalari zo‘raygan davrda har 8 soatda 25 dan 40 mg/kg gacha bo‘lgan dozalari qo‘llaniladi. Meningitda tavsiya etiladigan doza har 8 soatda 40 mg/kg ni tashkil etadi. Buyrak faoliyati buzilishlari bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash tajribasi yo‘q. Yuborilish usuli Vena ichiga yuborish uchun qo‘llaniladigan Meropenem preparati suyultirish uchun tegishli infuziya eritmalaridan foydalangan holda kamida 5 minut davomida vena ichiga oqim bilan in‘eksiya yoki 15-30 minut davomida vena ichiga infuziya ko‘rinishida yuborilishi mumkin. Vena ichiga oqim bilan in‘eksiya uchun Meropenem preparatini in‘eksiya uchun steril suvda (250 mg meropenemga 5 ml) suyultirish lozim, bunda preparat konsentrasiyasi taxminan 50 mg/ml ni tashkil etadi. Hosil qilingan eritma tiniq rangsiz yoki och sariq rangli suyuqlikni ifodalaydi. Preparatni kattalarga 2 g va bolalarga 40 mg/kg dozada oqim bilan yuborish xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashga doir cheklangan ma‘lumotlar mavjud. Vena ichiga infuziyalar uchun Meropenem preparati mutanosib infuziya suyuqligi bilan (50 dan 200 ml gacha) suyultirilishi mumkin. Meropenem boshqa preparatlar bilan aralashtirilmasligi yoki ularga qo‘shilmasligi kerak. Meropenem quyidagi infuzion eritmalar bilan mutanosib: 0,9% li natriy xloridi eritmasi 5% yoki 10% li glyukoza eritmasi. Meropenem preparatini suyultirishda standart antiseptika tartibiga rioya qilish lozim. Suyultirilgan eritmani ishlatishdan oldin silkitib chayqating. Barcha flakonlar faqat bir marta qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Vena ichiga in‘eksiyalar va infuziyalar uchun Meropenem preparatining yangi tayyorlangan eritmasini qo‘llash tavsiya etiladi. Meropenem preparatining eritmasi darhol ishlatilishi yoki quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan vaqt davomida muzlatgichda (4°S gacha) saqlanishi kerak: Erituvchi Saqlash davomiyligi (soat) 15-25oS da 4oS da In‘eksiya uchun suv bilan suyultirilgan, oqim bilan in‘eksiya uchun mo‘ljallangan flakonlar   8   24 Quyidagilardan tayyorlangan eritmalar (1-20mg/ml): 0,9% li natriy xlorididan 10 48 5% li glyukozadan 3 18 10% li glyukozadan 2 8 Meropenem preparatining eritmasi muzlatilmasligi kerak.   Nojo‘ya ta‘sirlari Tez-tez: trombositemiya; bosh og‘rig‘i; ko‘ngil aynishi, qusish, diareya; qon zardobida alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza, ishqoriy fosfataza, laktat-degidrogenaza va γ-glutamiltransferaza konsentrasiyasini oshishi; toshma, qichishish; yuborilgan joyida yallig‘lanish va og‘riq. Tez-tez emas: og‘iz bo‘shlig‘i kandidozi va vaginal kandidoz; eozinofiliya, trombositopeniya, leykopeniya, neytropeniya; paresteziyalar; qon zardobida bilirubin konsentrasiyasini oshishi; eshakemi; tromboflebit. Kam hollarda: tirishishlar; agranulositoz. Juda kam hollarda: gemolitik anemiya; Kvinke shishi, anafilaksiyani namoyon bo‘lishi; soxtamembranoz kolit; ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz.   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar homiladorlik va laktasiya davrida; anamnezda meropenemga va preparatning boshqa komponentlariga, shu jumladan boshqa beta-laktam antibakterial vositalariga yuqori sezuvchanlikda; 3 oylikkacha bo‘lgan bolalarda (mazkur guruhdagi pasientlarda preparat samaradorligi va xavfsizligi o‘rganilmagan) qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan: Meropenem preparatini potensial nefrotoksik preparatlar bilan bir vaqtda buyurilganda. Me‘da-ichak kasalliklari bo‘lgan, ayniqsa kolitlar bilan xastalangan shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.   Dorilarning o‘zaro ta‘siri Probenesid buyrak ekskresiyasini ingibisiya qilgan va plazmada Meropenem preparatining yarim chiqarilishi davri va konsentrasiyasi oshishini keltirib chiqargan holda faol kanalchalar sekresiya uchun Meropenem preparati bilan raqobatlashadi. Probenesidsiz yuboriladigan Meropenem preparatining samaradorligi va ta‘sir etish davomiyligi adekvat bo‘lganligi sababli, probenesidni Meropenem preparati bilan birga yuborish tavsiya etilmaydi. Boshqa preparatlarning oqsillar bilan bog‘lanishiga Meropenem preparatini ehtimol qilingan ta‘siri yoki metabolizmi o‘rganilmagan. Meropenem preparatini oqsillar bilan bog‘lanishi past (taxminan 20%) bo‘lib, plazma oqsillaridan siqib chiqarilishiga asoslangan boshqa preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri bo‘lmasligi taxmin qilinadi. Meropenem qon zardobida valproat kislotasi darajasini kamaytirishi mumkin. Valproat kislotasi/natriy valproatini Meropenem preparati bilan bir vaqtda qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi. Boshqa preparatlarni qabul qilish vaqtida Meropenem preparatini qo‘llanilishi noxush farmakologik o‘zaro ta‘sirlar rivojlanishi bilan kechmagan. Biroq kutilishi mumkin bo‘lgan dorilarning o‘zaro ta‘siri haqidagi maxsus ma‘lumotlar yo‘q.   Maxsus ko‘rsatmalar Meropenem preparatidan monoterapiya sifatida foydalanilganida boshqa antibiotiklarni qo‘llashdagi kabi, Pseudomonas aeruginosa keltirib chiqaruvchi quyi nafas yo‘llarining aniqlangan infeksiyasi bo‘lgan og‘ir holatdagi pasientlarda yoki unga shubha qilinganida ushbu antibiotikka sezgirlikka oid test muntazam ravishda o‘tkazilishi va qo‘llanilishida ehtiyotkorlikka rioya qilinishi tavsiya etiladi. Meropenem preparati qo‘llanilganida kam hollarda deyarli barcha antibiotiklarni qo‘llashdagi kabi soxtamembranoz kolit rivojlanishi kuzatilib, u og‘irlilik darajasi bo‘yicha yengildan to hayotga xavf soluvchi shaklda o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Shu sababli me‘da-ichak kasalliklari bo‘lgan, ayniqsa koliti bo‘lgan pasientlarga antibiotiklar ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak. Meropenem preparatini qabul qilish fonida diareya rivojlangan holda «soxtamembranoz kolit» tashhisini nazarda tutish muhim. Garchi tadqiqotlar Clostridium difficile tomonidan ishlab chiqariladigan toksin antibiotikni qo‘llash bilan bog‘liq kolitlarning asosiy sabablaridan biri bo‘lishini ko‘rsatsa ham, shunga qaramay boshqa sabablarni ham nazarda tutish zarur. Boshqa karbapenemlar va beta-laktam antibiotiklar, penisillinlar va sefalosporinlar o‘rtasida qisman kesishgan allergogenlik haqidagi ma‘lumotlar mavjud. Meropenem preparati bilan davolash boshlanishidan oldin anamnezda beta-laktam antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik reaksiyalariga alohida e‘tibor qaratgan holda pasientni sinchiklab so‘rash zarur. Anamnezda bunday holatlar ko‘rsatilgan pasientlarda Meropenem ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak. Agar Meropenemga nisbatan allergik reaksiya yuzaga kelgan bo‘lsa, u holda preparat yuborilishini to‘xtatish va tegishli choralarni ko‘rish zarur. Meropenem preparatini jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda qo‘llanilishi transaminazalar va bilirubin darajasini sinchkov nazorat ostida o‘tkazilishi kerak. Boshqa antibiotiklarni qo‘llash hollaridagi kabi sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarning ustuvor o‘sishi bo‘lishi mumkin, shuning uchun pasientni doimiy ravishda kuzatish zarur. Preparatni metisillinga rezistent bo‘lgan stafilokokk keltirib chiqaradigan infeksiyalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Homiladorlik va laktasiya davrida Ayollarda homiladorlik davrida Meropenem preparatini qo‘llash xavfsizligi o‘rganilmagan. Meropenem homiladorlik davrida qo‘llanilmasligi kerak, uni qo‘llashdagi potensial foyda homilaga uchun xavfdan yuqori bo‘lgan hollar bundan mustasno. Har bir holatda preparat to‘g‘ridan-to‘g‘ri shifokor kuzatuvi ostida qo‘llanilishi kerak. Meropenem emizikli ayollarda qo‘llanilmasligi kerak, uni qo‘llashdagi potensial foyda bola uchun xavfdan yuqori bo‘lgan hollar bundan mustasno. Laktasiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish haqidagi masalani ko‘rib chiqish lozim. Pediatriyada qo‘llanilishi 3 oylikkacha bo‘lgan bolalarda preparat samaradorligi va o‘zlashtiraolinishi baholanmagan, shuning uchun mazkur yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Jigar va buyrak faoliyati buzilishlari bo‘lgan bolalarda, neytropeniyali yoki birlamchi va ikkilamchi immun tanqisligi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash tajribasi yo‘q. Transport vositasini boshqarish va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga dori vositasini ta‘sirining o‘ziga xos xususiyatlari Avtomobilni boshqarish va boshqa texnika vositasi bilan ishlash qobiliyatiga Meropenem preparatini ta‘siriga doir maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan, biroq Meropenem preparati qo‘llanilganida bosh og‘rig‘i, tirishishlar va paresteziya rivojlanishi mumkinligini hisobga olish lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.   Dozani oshirib yuborilishi Davolash vaqtida, ayniqsa buyrak faoliyati buzilishi bo‘lgan pasientlarni davolashda doza tasodifan oshirib yuborilishi mumkin. Simptomlari: preparatning nojo‘ya ta‘sirlari kuchayishi mumkin. Davolash: simptomatik. Buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlarda preparatni siydik bilan tezda chiqarilishi yuz beradi. Buyrak buzilishlari bo‘lgan pasientlarda gemodializ samarali bo‘ladi.   Chiqarilish shakli 20 ml sig‘imli tiniq shisha flakon qalpoqchasi hamda birinchi marta ochish nazorati bilan birga. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.   Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.   Yaroqlilik muddati 2 yil.   Dorixonalardan berish shartlari Resept bo‘yicha.   Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?