RINOKSIL sprey 10ml 0,1%

Обновлено: 21.07.2022

RINOKSIL sprey 10ml 0,1%
  • Категория:

    Burun uchun vositalar

  • Страна производитель:

    Moldova

  • Активное вещество:

    Ksilometazolin

  • Производитель:

    Flumed-Farm S.R.L

  • Количество в упаковке:

    ---

  • Код ATX:

    R01АA07

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция RINOKSIL sprey 10ml 0,1%

  • Umumiy ma'lumot

    RINOKSIL sprey 10ml 0,1% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma RInoksil Rinoxil Preparatning savdo nomi: Rinoksil Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Ksilometazolin gidroxloridi Dori shakli: Burun uchun sprey. Tarkibi: 100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: Ksilometazolin gidroxloridi – 0,10 g. Yordamchi moddalar: evkalipt moyi, benzalkoniy xlorid eritmasi, natriy gidrofosfat dodekagidrati, natriya digidrofosfat digidrati, sorbitol (70% suv eritmasi), natriy xlorid, etil spirti, tozalangan suv. Ta‘rifi: Rangsiz yoki och sariq rangli suyuqlik. Farmakoterapevtik guruhi: LOR-a‘zolari kasalliklarini davolash uchun vositalar. ATX kodi: R01AA07 Farmakologik xususiyatlari Ksilometazolin alfa-adrenomimetik ta‘sir ko‘rsatadi, periferiq tomirlarni toraytiradi. Tomirlarni toraytiruvchi samarasi oqibatida burun shilliq qavatini shishi va giperemiyasini kamaytiradi. Ajralib chiqadigan sekret miqdorini kamaytiradi, burun yo‘llarini o‘tkazuvchanligini tiklaydi, burundan nafas olishni yengillashtiradi. Tumovni va burun bitishini samarali bartaraf qiladi. Ta‘siri bir necha minutdan qeyin boshlanadi va bir necha soat davom etadi. Evkalipt moyi bakterisid, viruslarga qarshi va fungisid ta‘sirga ega. Farmakokinetikasi Mahalliy qo‘llanganda ksilometazolin deyarli so‘rilmaydi, shuning uchun uning qon plazmasidagi konsentrasiyasi juda kam (zamonaviy analitik usullar bilan aniqlanmaydi).   Qo‘llanilishi O‘tkir allergik rinit, pollinoz, sinusit, o‘rta otit (burun-halqum shilliq qavatining shishini kamaytirish uchun); pasientni burun yo‘llaridagi tashxisiy muolajalarga tayyorlash.   Qo‘llash usuli va dozalari Kattalarga va 6 yoshdan oshgan bolalarga har bir burun yo‘liga bir marta sepiladi, zarurati bo‘lganida muolajani qaytarish mumkin. Ksilometazolinni sutkada 4 martadan ko‘p qo‘llash mumkin emas. Sepishda boshni orqaga tashlash tavsiya qilinmaydi. Davolashning maqsimal davomiyligi – 2 hafta. Sepishni to‘g‘ri bajarish uchun sepgichni vertikal, uchlik yuqoriga yo‘naltirilgan holda ushlash kerak. So‘ngra tiniq himoyalovchi qopqoqchani yechish, uchlikni burun yo‘liga kiritish, tez keskin bir marta sepgichni bosish va sepgichni bo‘shatmasdan burundan chiqarib olish kerak. Sepish vaqtida burundan biroz havo olish lozim, bu ksilometazolinni optimal yuborishiga yordam beradi. Nojo‘ya ta‘sirlari Preparatni tez-tez yoqi uzoq qo‘llanganida: shilliq qavatni achishishi, ta‘sirlanishi, burunda sanchilish yoqi quruqlik, aqsirish, gipersekresiya kuzatilishi mumkin. Kam – burun shilliq qavatini shishi, yurak urishi, yurak ritmini buzilishi, arterial bosimni oshishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, kusish, uyqusizlik, ko‘rishni buzilishi, taxikardiya, aritmiya. Juda kam – teri toshmasi (ksilometazolinni qabul qilinishi bilan bog‘liq, hansirash, angionevrotik shish bilan namoyon bo‘luvchi tizimli allergik reaksiyalar). Uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganida depressiya holati, burun shilliq qavatini atrofiyasi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Miya qobiqlaridagi jarroxlik aralashuvlari (anamnezdagi), surunkali tumov, arterial gipertenziya, taxikardiya, yaqqol ateroskleroz, atrofik rinit, yopiq burchakli glaukoma, homiladorlik, laktasiya, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, ksilometazolinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotqorlik bilan: qandli diabetda, YUIQ (stenokardiya), gipertireoz, prostata bezining giperplaziyasi, MAO ingibitorlari, trisiqlik antidepressantlar bilan davolash vaqtida va ularni qo‘llash tugagandan keyin 14 kunlik davrda. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Trisiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlari, maprotilin va adrenomimetiklarning nojo‘ya samaralarini kuchaytiradi. Adrenoblokatorlar va kalsiy antagonistlari ksilometazolinning ta‘sirini susaytiradi. Maxsus ko‘rsatmalar Ksilometazolinni arterial gipertoniyasi, yurak-qon tomir kasalliklari, gipertireozi bo‘lgan bemorlarga, hamda adrenergiq dori vositalariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarga buyurishda (uyquchanliq, bosh aylanishi bilan namoyon bo‘luvchi), ehtiyotqorlikka rioya qilish lozim. Preparatni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda faqat qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘yicha, shifokorning doimiy nazorati ostida qo‘llash mumqin. Preparatni uzoq qo‘llash uning ta‘sirini susayishiga burun shilliq qavatining atrofiyasini va dorilardan bo‘lgan rinitli reaktiv gipermiyani rivojlanishiga olib qeladi. Emizish vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi. Preparat uzoq vaqt tavsiya etilgan dozadan yuqori dozalarda qo‘llanganida, transport vositalarini yoki qurilmalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatadi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatish mumkin emas. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: nojo‘ya samaralari kuchayishi mumkin. Preparat tasodifan yutib yuborilganda (ko‘pincha bolalarda) aritmiya, taxikardiya, arterial bosimni oshishi, ongni chalkashishi kuzatilishi mumkin. Davolash: simptomatik, shifokorning kuzatuvi ostida. Chiqarilish shaqli 0,1% nazal sprey 10 ml dan to‘q shisha flaqonda. Sepgich-uchlikka tiniq qopqoqcha o‘rnatiladi.       Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.   Yaroqlilik muddati 3 yil.   Dorixonallardan berish tartibi Reseptsiz.   Ishlab chiqaruvchi: TK «Flumed-Farm» MCHJ, Moldova Respublikasi. Qadoqlovchi: «NIKA PHARM» SHXJ O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Sayram 7-tor ko‘chasi, 48-A uy. www.nikapharm.uz Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?