OKSOLIN maz 10g 0,25%
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Viruslarga qarshi vositalar
Страна производитель:
Rossiya Federatsiyasi
Активное вещество:
oksolin
Производитель:
Биосинтез, ПАО
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
J05AX
Инструкция OKSOLIN maz 10g 0,25%
Umumiy ma'lumot
OKSOLIN maz 10g 0,25% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA OKSOLIN OXOLINUM Preparatning savdo nomi: Oksolin Ta‘sir etuvchi modda (XNP): dioksotetragidroksitetragidronaftalin Dori shakli: nazal surtma Tarkibi: 100 g surtma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: dioksotetragidroksitetragidronaftalin (oksolin) – 0,25 g. yordamchi moddalar: suyuq parafin (vazelin moyi), vazelin. Ta‘rifi: oqdan och-sariq rangligacha bo‘lgan surtma. Izoh: saqlanganda pushti tus paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Farmakoterapevtik guruhi: viruslarga qarshi vosita. ATX kodi: J05AX Farmakologik xususiyatlari Viruslarga qarshi faollikka ega, gripp virusining hujayra membranasi yuzasidagi bog‘lanish joylarini bloklab, hujayralarni ularga virusni kirishidan himoya qiladi. Farmakokinetikasi Shilliq qavatiga surtilganida preparatning taxminan 20% so‘riladi. Organizmda to‘planmaydi va sutka davomida asosan buyraklar orqali chiqariladi. Qo‘llanilishi Virusli rinitlarni davolash, grippni oldini olish uchun qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Mahalliy. Virusli rinitni davolash: burun shilliq qavatiga surtma kuniga 2-3 marta 3-4 sutka davomida surtiladi. Grippni oldini olish uchun: gripp epidemiyasining ko‘tarilgan va maksimal rivojlangan davrida yoki gripp bilan kasallangan bemor bilan muloqotda bo‘lganda, burun shilliq qavatiga har kuni sutkada 2-3 marta 25 kun davomida surtiladi. Nojo‘ya ta‘sirlari Burun shilliq qavatida tez o‘tib ketuvchi achishish hissi, rinoreya. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Ehtiyotkorlik bilan Homiladorlik, laktasiya davri, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Boshqa dori preparatlari bilan birga qo‘llanganida salbiy ko‘rinishlar aniqlanmagan. Maxsus ko‘rsatmalar Preparat ko‘zning virusli shikastlarishlarida qo‘llash uchun mo‘ljallanmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari ta‘riflanmagan. Chiqarilish shakli 10 g dan alyumin tubada. Har bir tuba tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi. Saqlash sharoiti 10oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: