SIKLOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml N5
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Immunomodulyatorlar
Страна производитель:
Rossiya
Активное вещество:
Meglyumina akridonasetat
Производитель:
ПОЛИСАН НТФФ, ООО
Количество в упаковке:
5
Код ATX:
L03AX Другие иммуностимуляторы
Инструкция SIKLOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml N5
Qadoqda soni
5
Umumiy ma'lumot
SIKLOFERON inyeksiya uchun eritma 2ml 125mg/ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA SIKLOFERON® CYCLOFERON® Preparatning savdo nomi: Sikloferon® Dori shakli: ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tarkibi: Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: Faol modda: meglyumin akridonasetati akridonsirka kislotasiga hisoblaganda – 150 mg; Yordamchi moddalar: povidon – 7,93 mg, kalsiy stearati – 3,07 mg, gipromelloza – 2,73 mg, polisorbat 80 – 0,27 mg, metakril kislotasi va etilakrilatning sopolimeri – 23,21 mg, propilenglikol – 1,79 mg. Ta‘rifi: ikki tomoni qavariq, sariq rangli, ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: immunrag‘batlantiruvchi vosita. ATX kodi: L03AX Farmakologik xususiyatlari Sikloferon interferonning quyimolekulyar induktoridir, bu uning biologik keng faollik doirasini (viruslarga qarshi, immunomodullovchi, yallig‘lanishga qarshi va boshqalarni) belgilaydi. Sikloferon gripp, gerpes viruslari va o‘tkir respirator kasalliklarning boshqa qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan samaralidir. Infeksion jarayonning ilk muddatlarida (1-5-chi sutkalarida) viruslarning reproduksiyasini susaytirib, virus avlodlarining infeksionligini pasaytirib, nuqsonli virus zarrachalarini hosil bo‘lishiga olib kelib, bevosita viruslarga qarshi ta‘sirga ega. Virus va bakterial infeksiyalarga nisbatan organizmning nospesifik rezistentligini oshiradi. Farmakokinetikasi Sutkalik doza qabul qilinganida qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga 2-3 soatdan keyin erishiladi, 8 soatda konsentrasiyasi asta-sekin kamayadi, 24 soatdan keyin esa Sikloferon juda oz miqdorda aniqlanadi. Preparatning yarim chiqarilish davri 4-5 soatni tashkil qiladi, shuning uchun uni tavsiya qilingan dozalarda ishlatish, organizmda uning kumulyasiyasi uchun sharoit yaratmaydi. Qo‘llanilishi Kattalarda quyidagilarni majmuaviy davolashda: gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni; gerpetik infeksiyalarni. Bolalarda 4 yoshdan boshlab quyidagilarni majmuaviy davolashda: gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni; gerpetik infeksiyalarni. Bolalarda 4 yoshdan boshlab, gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni oldini olish uchun qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Ichga sutkada bir marta ovqatdan 30 minut oldin, chaynamasdan, ½ stakan suv bilan, yoshi jihatidan quyidagi dozalarda qabul qilinadi: 4-6 yoshdagi bolalarga: 150 mg (bir tabletka) dan bir marta; 7-11 yoshdagi bolalarga: 300-450 mg (2-3 tabletka) dan bir marta, kattalar va12 yoshdan oshgan bolalarga: 450-600 mg (3-4 tabletka) bir marta. Takroriy kursni birinchi kurs tamom bo‘lganidan keyin 2-3 hafta o‘tganidan so‘ng o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Kattalarda: Gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni davolashda preparat 1, 2, 4, 6, 8-chi sutkalarda qabul qilinadi (davolash kursi – 20 tabletka). Davolashni kasallikning birinchi simptomlarida boshlash kerak. Grippni og‘ir kechishida birinchi kuni olti tabletka qabul qilinadi. Zarurat bo‘lganida qo‘shimcha simptomatik davolash o‘tkaziladi (haroratni tushiruvchi, og‘riqni qoldiruvchi, balg‘am ko‘chiruvchi vositalar buyuriladi). Gerpetik infeksiyada preparat 1, 2, 4, 6, 8, 11, 14, 17, 20 va 23-chi sutkalarda qabul qilinadi (davolash kursi – 40 tabletka). Davolash kasallikning birinchi simptomlari paydo bo‘lganida juda samaralidir. Bolalarda 4 yoshdan boshlab: Gripp va o‘tkir respirator kasalliklarda preparat yoshga bog‘liq dozalarda 1, 2, 4, 6, 8, 11, 14, 17, 20, 23-chi sutkalarda buyuriladi. Davolash kursi holatning og‘irlik darajasi va klinik simptomlarining yaqqolligiga qarab, 5 dan to 15 qabul qilishgacha bo‘lishi mumkin. Gerpetik infeksiyada preparat 1, 2, 4, 6, 8, 11, 14-chi sutkalarda qabul qilinadi. Davolash kursi holatning og‘irligi va klinik belgilarining yaqqolligiga qarab o‘zgarishi mumkin. Gripp va o‘tkir respirator kasalliklarni shoshilinch nospesifik profilaktikasi uchun (gripp yoki boshqa etiologiyali O‘RK bilan xastalangan bemor bilan bevosita kontaktda, gripp epidemiyasi davrida): 1, 2, 4, 6, 8-chi sutkalarda buyuriladi. So‘ngra 72 soat (uch sutka) tanaffus qilinadi va kursni 11, 14, 17, 20, 23-chi sutkalarda davom ettiriladi. Umumiy kurs 5 dan 10 martagacha qabulni tashkil qiladi. Nojo‘ya ta‘sirlari Allergik reaksiyalar. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Homiladorlik, emizish davri, 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar (yutish faoliyati yetarlicha shakllanmaganligi tufayli), preparatning komponentlarini yaxshi o‘zlashtirolmaslik, dekompensasiyalangan jigar sirrozi. Ehtiyotkorlik bilan Ovqat hazm qilish a‘zolarining zo‘rayish bosqichidagi kasalliklarida (me‘da va/yoki o‘n ikki barmoq ichakning eroziyalari, yaralari, gastritlar va duodenitlar) va anamnezda allergik reaksiyalarda preparatni qabul qilishdan oldin o‘zingizning davolovchi shifokoringiz bilan albatta maslahatlashing. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Sikloferon ko‘rsatilgan kasalliklarni davolashda qo‘llanadigan barcha dori vositalari (interferonlar, ximioterapevtik dori vositalari va boshqalar) bilan mutanosibdir. Interferonlar va nukleozidlarning analoglarining ta‘sirini kuchaytiradi. Kimyoterapiya, interferonoterapiyaning nojo‘ya samaralarini kamaytiradi. Maxsus ko‘rsatmalar Sikloferon transport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Qalqonsimon bezining kasalliklarida shifokor-endokrinologning maslahati kerak. Agar preparatning navbatdagi dozasini qabul qilish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, unda birinchi imkoniyat tug‘ilgandayoq vaqt intervalini hisobga olmay va dozani ikki barobar oshirmasdan, davolash kursini boshlangan sxema bo‘yicha davom ettirish kerak. Davolash samarasi bo‘lmagan hollarda shifokorga murojaat qilish lozim. Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanilishi. Preparatni homiladorlikda va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Chiqarilish shakli Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 150 mg dan. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 1, 2 yoki 5 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida. Saqlash sharoiti Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: