AMBROSTAT tabletkalari 30mg N10
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Shamollash va gripp uchun
Страна производитель:
O'zbekiston
Активное вещество:
Ambroksola gidroxlorid
Производитель:
ATM-Pharm
Количество в упаковке:
10
Код ATX:
R05CB06
Инструкция AMBROSTAT tabletkalari 30mg N10
Qadoqda soni
10
Umumiy ma'lumot
AMBROSTAT tabletkalari 30mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA AMBROSTAT® AMBROSTATUM Preparatning savdo nomi: Ambrostat® Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ambroksol gidroxloridi Dori shakli: tabletkalar. Tarkibi: 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: ambroksol gidroxloridi – 30 mg; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, natriy kroskarmellozasi, mikrokristallik sellyuloza, magniy stearati. Ta‘rifi: oq rangli, yassisillindrik, hidsiz tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: balg‘am ko‘chiruvchi vositalar ATX kodi: R05CB06 Farmakologik xususiyatlari Yaqqol balg‘am ko‘chiruvchi ta‘sirga ega mukolitik perparat. Preparat bronxlarning shilliq qavatining seroz hujayralarini rag‘batlantirishi hisobiga balg‘amni suyultiradi. Balg‘amning seroz va shilliq komponentlarining nisbatini me‘yorlashtirib, balg‘amning mukopolisaxaridlari orasidagi bog‘larni parchalaydigan fermentlarni hosil bo‘lishi va ishlab chiqarilishini surfaktantni hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi. Suyuqlik sekresiyani kuchaytirib va mukosiliar klirensini oshirib balg‘am chiqib ketishini yengillashtiradi va yo‘talni kamaytiradi. Surfaktant hosil bo‘lishini oshishi hisobiga preparat yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi, antioksidant hususiyatlarga ega va mahalliy immunitetni oshiradi. Farmakokinetikasi Ichga qabul qilingan preparat me‘da-ichak yo‘llaridan to‘liq so‘riladi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga (Smax) 2 soatdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi 70-80% ni tashkil qiladi. Preparatning kumulyasiyasi aniqlanmagan. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 90%. To‘qimalarga tez kiradi va eng yuqori konsentrasiyasi o‘pkada aniqlanadi. Gematoensefalik to‘siq (GET) va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan chiqariladi. Preparat jigarda konyugasiya yo‘li bilan jadal metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 7-12 soatni tashkil qiladi. Asosan buyraklar orqali (preparatning taxminan 90%) chiqariladi. Qo‘llanilishi Nafas yo‘llarining qovushqoq balg‘am bilan kuzatilgan kasalliklar: o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi, balg‘amni ajralib chiqishini buzilishi bilan kechuvchi bronxial astma, bronxoektatik kasallik, shuningdek burun-tomoq bo‘shlig‘ining yallig‘lanishlarida shilliqni suyulishini yaxshilash uchun. Qo‘llash usuli va dozalari Tabletkalar ichga, ovqatdan keyin, katta mikdordagi suyuqlik bilan, butunligicha qabul qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga sxema bo‘yicha buyuriladi: birinchi 2-3 kun davomida 30 mg dan sutkada 2-3 marta buyuriladi, so‘ngra 30 mg dan sutkada 2 marta yoki 15 mg dan sutkada 3 marta buyuriladi. 6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga odatda 15 mg dan sutkada 2-3 marta buyuriladi. Qo‘llashning davomiyligi ko‘rsatkichlarga va kasallikni kechishiga bog‘liq va u shaxsiy ravishda belgilanadi, lekin shifokorlarning ko‘rsatmasisiz 4-5 kundan oshmasligi kerak. Yo‘tal simptomlari kuchayganda bemor shifokorga murojaat qilishi lozim. Nojo‘ya ta‘sirlari Ambrostat yaxshi o‘zlashtiriladi. Quyidagi nojo‘ya reaksiyalar bo‘lishi mumkin: Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, gastralgiya, epigastral sohada diskomfort, jig‘ildon qaynashining yengil ko‘rinishlari; Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, eshakemi, yakka holatlar – kontaktli dermatit, Kvinke shishi, anafilaktik shok, terini shikastlanishi to‘g‘risida juda kam xabar berilgan -Stivens-Djonson va Layell sindromlari. Boshqalar: holsizlik, bosh og‘rig‘i, dizuriya, rinoreya. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Ambroksolga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik (I uch oyligi) va laktasiya davri, me‘da va o‘nikki barmoq ichak yara kasalligi, preparatni yo‘talga qarshi dori vosistalari bilan bir vaqtda qabul qilish, laktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (tabletkalar uchun). Dorilarning o‘zaro ta‘siri Preparat va antibakterial vositalarni (amoksisillin, sefuroksim, doksisiklin, eritromisin) bir vaqtda qabul qilish antibiotiklarni o‘pka to‘qimasiga yaxshi kirishiga yordam beradi. Tug‘ish faoliyatini susaytiruvchi preparatlar bilan mutanosib. Preparatni yo‘talga qarshi vositalar bilan majmuaviy qo‘llanganda, yo‘tal refleksini susayishi tufayli, suyultirilgan sekret xavfli dimlanishi mumkin. Shuning uchun yo‘talga qarshi vositalarini qabul qilish faqat davolovchi shifokorning ko‘rsatmasiga ko‘ra o‘tkazilishi kerak. Ambrostatni yurak glikozidlari va diuretiklar bilan birga qo‘llash mumkin. Maxsus ko‘rsatmalar Ambrostat tabletkalari laktoza saqlaganligi tufayli, kam uchraydigan galaktozani nasliy o‘zlashtiraolmasligi, laktozasi tanqisligi yoki glyukoza, galaktozani so‘rilishini buzilishi bo‘lgan pasientlar, bu preparatni qabul qilmasliklari kerak. Ambrostatni buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan va/yoki jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarga buyurilganda shifokorning sinchkov nazorati zarur. Bunday hollarda dozani kamaytirish va/yoki qabul qilishlar orasidagi vaqtni oshirish tavsiya qilinadi. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi. Homiladorlikning I uch oyligida Ambrostatni qo‘llash mumkin emas. Ambrostatni homiladorlikning II yoki III uch oyligida faqat ona uchun kutilayotgan foyda va homila uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfning nisbati oldindan baholagandan keyingina qo‘llash mumkin. Ambroksol ko‘krak sutiga chiqariladi, shuning uchun emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda ta‘sir qilish qobiliyati. Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘siri xaqida xabarlar yo‘q. Allergik reaksiyalarning birinchi belgilari rivojlanganda preparatni qabul qilishni bekor qilish lozim. Navbatdagi dozani qabul qilish o‘tkazib yuborilgan hollarda keyingi qabul qilishda preparatning dozasini oshirib yubormaslik lozim. Preparat qandli diabet bo‘lgan bemorlarga buyurilganida 1 tabletka 0,01 NB ga to‘g‘ri kelishini yodda tutish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasi oshirib yuborilganda zaharlanish hollari kuzatilmagan. Ammo ba‘zida: qisqa muddatli bezovtalik va ich ketishi, doza kuchli oshirib yuborilganida arterial bosimni pasayishi, qusish, so‘lak ajralishini kuchayishi bo‘lishi mumkin Davolash: bunday hollarda, ayniqsa dozani kuchli oshirib yuborilganida shifokorga murojaat qilish va uning tavsiyasiga ko‘ra me‘dani yuvish, yog‘ saqlovchi mahsulotlarni qabul qilish, gemodinamik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish, zarurati bo‘lganda simptomatik davolashni o‘tkaziladi. Chiqarilish shakli 10 ta tabletkadan PVX/alyumin folga kontur uyali o‘ramda. Kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: