TURBO MIKRON G tabletkalari N60
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Yurak-qon tomir vositalari
Страна производитель:
Ispaniya
Активное вещество:
Gesperidin, Diosmin
Производитель:
ДЖИ ЭМ Фармасютикалс, ООО, Грузия произведено: КЕРН ФАРМА, С.Л.
Количество в упаковке:
60
Код ATX:
C05CA53
Инструкция TURBO MIKRON G tabletkalari N60
Qadoqda soni
60
Dozirovkasi
Kattalar Standart terapevtik doza – kuniga 2 tabletkani tashkil etadi, alohida qabul qilinadi: bitta tabletka tushlik vaqtida, va boshqa tabletka kechqurun ovqat vaqtida qabul qilinadi. Maksimal davolash davomiyligi – 2 dan 3 oygacha muddatni tashkil etadi. Bolalar populyatsiyasi Bolalarda diosminni havfsizligi va samaradorligi oʻrganilmagan.
Nojo'ya samaralari
Noxush koʻrinishlar rivojlanish tezligiga muvofiq quyidagicha taʼriflangan: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha); tez-tez emas (≥ 1/1,000 dan < 1/100 gacha); kam hollarda (≥ 1/10,000 dan < 1/1,000 gacha); juda kam hollarda (< 1/10,000); uchrash tezligi nomaʼlum (uchrash tezligi mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida aniqlash mumkin emas). Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar: tez-tez – koʻngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya. Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: kam – bosh ogʻrigʻi, lohaslik, bosh aylanishi. Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlar: kam hollarda – toshma, qichishish, eshakemi.
Farmakodinamikasi
Soʻrilishi Peroral qabul qilinganidan soʻng Turbo mikron G ichakda, u yerdagi flora taʼsirida tez transformatsiyaga uchraydi va aglikon shaklida, yaʼni diosmetin shaklida soʻriladi. Preparat peroral qabul qilinganida uning biokiraolishligi taxminan 57,9% ni tashkil etadi. Taqsimlanishi Diosmetin 62,1 l taqsimlanish hajmi bilan toʻqimalarga ekstenziv ravishda taqsimlanadi. Biotransformatsiyasi Diosmetin glitsin bilan konyugatsiyalangan fenol kislotalari va ularning hosilalarigacha tez va intensiv ravishda parchalanadi, ular siydik bilan chiqariladi. Odamda eng ustun turadigan metaboliti gidroksifenilpropionat kislotasi hisoblanadi, u asosan konyugatsiyalangan shaklda chiqariladi. Kamroq miqdorlarda aniqlanadigan metabolitlariga boshqa fenol kislotalari, shu jumladan 1-gidroksi-4-metoksibenzoy kislotasi va 3-metoksi-4-gidroksifenilsirka kislotasi va 3,4-digidroksibenzoy kislotasi kiradi. Eliminatsiyasi Odamlarda eliminatsiyasi nisbatan tez yuz beradi. Tadqiqotlarda radiofaol izotop bilan nishonlangan diosminning 34% siydik bilan va axlat bilan birinchi 24 soat davomida chiqarilgan va taxminan 86% siydik va axlat bilan birinchi 48 soat davomida chiqarilgan. Toʻgʻri proporsionallik / teskari proporsionallik Turbo mikron G ning farmakokinetikasi toʻgʻri proporsional hisoblanadi.