UGOL AKTIVIROVANNIY tabletkalari 250mg N10

Обновлено: 21.07.2022

UGOL AKTIVIROVANNIY tabletkalari 250mg N10
  • Категория:

    Ovqat hazm qilish tizimi va modda almashinuvi uchun

  • Страна производитель:

    Rossiya

  • Активное вещество:

    Aktivirovanniy ugol

  • Производитель:

    Фармстандарт-Лексредства, ОАО

  • Количество в упаковке:

    10

  • Код ATX:

    A07ВA01

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция UGOL AKTIVIROVANNIY tabletkalari 250mg N10

  • Qadoqda soni

    10

  • Umumiy ma'lumot

    UGOL AKTIVIROVANNIY tabletkalari 250mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA UGOL AKTIVIROVANNЫY MS CARBO AKTIVATUS MS   Preparatning savdo nomi: Ugol aktivirovannыy MS Ta‘sir etuvchi modda (XPN): faollashtirilgan ko‘mir. Dori shakli: tabletkalar  Tarkibi: 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 250 mg faollashtirilgan ko‘mir; yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali. Ta‘rifi.: qora rangli, yassisilindrik, biroz g‘adir-budir, faskali tabletkalar. Farmakoterapevtik guruhi: enterosorbsiya qiluvchi vosita. ATX kodi: A07BA01   Farmakologik xususiyatlari Preparat adsorbsiya qiluvchi va nospesifik detoksikasiya qiluvchi ta‘sirga ega. Me‘da-ichak yo‘llarining ichida faollashtirilgan ko‘mir turli tabiatli endogen va ekzogen zaharli moddalarni, shu jumladan bakteriyalarni, bakterial toksinlarni, ovqat allergenlarini, dori preparatlarini, zaharlarni, alkaloidlarni, og‘ir metall tuzlarini va gazlarni bog‘laydi va organizmdan chiqaradi. Farmakokinetikasi So‘rilmaydi, parchalanmaydi, me‘da-ichak yo‘llari orqali 24 soat davomida to‘liq chiqariladi. Qo‘llanilishi Turli kelib chiqishga ega bo‘lgan ekzogen va endogen zaharlanishlarda zaharsizlantiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi. Ovqat toksikoinfeksiyalarni, salmonelyozni va dizenteriyani majmuaviy davolashda. Dori preparatlari (psixotrop, uxlatuvchi, narkotik vositalar va boshqalar), alkaloidlar, og‘ir metall tuzlari va boshqa zaharlar bilan zaharlanishda. Dispepsiya, meteorizm bilan kechuvchi me‘da-ichak yo‘llarining kasalliklarida. Ovqat va dori allergiyasida. Giperbilirubinemiyada (virusli gepatit va boshqa sariqliklar) va giperazotemiyada (buyrak yetishmovchiligi). Ultratovush va rentgenologik tekshirishlar oldidan avval ichakda gaz hosil bo‘lishini kamaytirish uchun qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Ichga, tabletkalarda yoki avval maydalangandan so‘ng suvli aralashma ko‘rinishida, ovqatlanishdan va boshqa dori vositlarni qabul qilishdan bir soat oldin qo‘llanadi. Preparatning kerakli miqdori ½ stakan suvda aralashtiriladi. Kattalarga dozalash tartibi o‘rtacha 1,0-2,0 g (4-8 tabletka) dan sutkada 3-4 marta, kattalar uchun maksimal bir martalik doza – 8 g gacha. Bolalarga preparat tana vazniga o‘rtacha 0,05 g/kg hisobidan sutkada 3 marta buyuriladi, maksimal bir martalik doza tana vazniga 0,2 g/kg gacha. O‘tkir kasalliklarda davolash kursi – 3-5 kun. Allergiya va surunkali kasalliklarda – 14 kungacha. Takroriy kurs – shifokorning tavsiyasi bo‘yicha 2 haftadan so‘ng. O‘tkir zaharlanishlarda davolash me‘dani faollashtirilgan ko‘mirning suvli aralashmasini ishlatish bilan yuvishdan boshlanadi, so‘ngra ichga 20-30 g preparat beriladi. Meteorizmda preparat ichga 1-2 g (4-8 tabletka) dan sutkada 3-4 marta buyuriladi. Davolash kursi 3-7 kun. Nojo‘ya ta‘sirlari Qabziyat, diareya. Uzoq muddat (14 kundan ortiq) qo‘llanganida kalsiyni, vitaminlarni, oziq moddalarni so‘rilishi pasayishi mumkin. Ahlat qora rangga bo‘yalishi mumkin.   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Me‘da va 12 barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi, nospesifik yarali kolit, me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar, ichak atoniyasi, preparatni shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, samarasi so‘rilganidan keyin rivojlanadigan antitoksik dori vositalarni bir vaqtda buyurishda (metionin va boshqalar) qo‘llash mumkin emas.   Dorilarning o‘zaro ta‘siri Faollashtirilgan ko‘mir u bilan birga bir vaqtda ichga qo‘llanadigan dori preparatlarining samaradorligini pasaytiradi.   Maxsus ko‘rsatmalar Intoksikasiyalarni davolashda me‘dada (uni yuvishdan oldin) va ichakda (me‘da yuvilganidan so‘ng) faollashtirilgan ko‘mirning ortig‘i bilan hosil qilish lozim. Muhitda faollashtirilgan ko‘mirning konsentrasiyasini kamayishi ichakda bog‘langan moddani desorbsiyasi va uning so‘rilishiga yordam beradi; rezorbsiyani oldini olish uchun me‘dani faollashtirilgan ko‘mir bilan takroran yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni buyurish tavsiya etiladi. Agar zaharlanish enterogepatik sirkulyasiyada ishtirok etuvchi moddalar (yurak glikozidlari, indometasin, morfin va boshqa opiatlar) tomonidan chaqirilgan bo‘lsa, faollashtirilgan ko‘mirni bir necha kun davomida qo‘llash lozim. Preparatlar 10-14 kundan ortiq ishlatilganida vitaminlar va kalsiy preparatlarini profilaktik buyurish kerak. Quruq joyda, atmosferaga gazlar yoki bug‘larni chiqaruvchi moddalardan alohida saqlash lozim. Ochiq havoda (ayniqsa nam) saqlash sorbsion xususiyatini pasaytiradi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.   Chiqarilish shakli Tabletkalar 250 mg. 10 tabletkadan kontur uyasiz o‘ramda. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 1, 2, 3, 5 yoki 10 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi. Kontur o‘ramlarni teng miqdordagi yo‘riqnomalar bilan guruh o‘ramiga joylashga ruxsat beriladi. Saqlash sharoiti Quruq joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil     Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?