VAZATOR tabletkalari 20mg N30
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Yurak-qon tomir vositalari
Страна производитель:
Hindiston
Активное вещество:
Atorvastatin
Производитель:
Edge Pharma Ltd
Количество в упаковке:
30
Код ATX:
C10AA05
Инструкция VAZATOR tabletkalari 20mg N30
Qadoqda soni
30
Umumiy ma'lumot
VAZATOR tabletkalari 20mg N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA VAZATOR VASATOR Preparatning savdo nomi: Vazator Ta‘sir etuvchi modda (XPN): atorvastatin Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Tarkibi: 10 mg li 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: atorvastatin kalsiy – 10,34 mg, ortiqchasini hisobi bilan – 10,67 mg, bu 10 mg atorvastatinga to‘g‘ri keladi; yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, kalsiy karbonati, povidon, izopropanol*, kolloid kremniy dioksidi, natriy kroskarmelloza, magniy stearati; plyonka qobig‘i: gipromelloza, makrogol 6000, titan dioksidi, talk, izopropanol*, dixlormetan*, temir (III) oksidi bo‘yovchisi. 20 mg li 1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: atorvastatin kalsiy – 20,68 mg, ortiqchasini hisobi bilan – 21,34 mg, bu 20 mg atorvastatinga to‘g‘ri keladi; yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, laktoza monogidrati, kalsiy karbonati, povidon, izopropanol*, kolloid kremniy dioksidi, natriy kroskarmelloza, magniy stearati; plyonka qobig‘i: gipromelloza, makrogol 6000, titan diokisidi, talk, izopropanol*, dixlormetan*, bo‘yovchisi temir (II) oksidi. *-ishlab chiqarish jarayonida yo‘qotiladi. Ta‘rifi: 10 mg li doza uchun: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, to‘q-pushti rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Sindirilganida ikki qavat ko‘rinadi; yadro – oqdan deyarli oq rangligacha. 20 mg li doza uchun: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Sindirilganida ikki qavat ko‘rinadi; yadro – oqdan deyarli oq rangligacha. Farmakoterapevtik guruhi: gipolipidemik vosita. GMG-KoA-reduktaza ingibitori. ATX kodi: S10AA05 Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Statinlar guruhiga mansub bo‘lgan gipolipidemik vosita. Sterollarning o‘tmishdoshi, shu jumladan xolesterinini ham qo‘shib, 3-gidroksi-3-metil-glutaril koenzim A ni mevalon kislotasiga aylantiruvchi ferment-GMG-KoA-reduktazaning selektiv raqobatli ingibitori. Trigliseridlar (TG) va xolesterin jigarda juda past zichlikdagi lipoproteinlar tarkibiga kiradi (JPZLP), qon plazmasiga tushadi va periferik to‘qimalarga tashiladi. Past zichlikdagi lipoproteinlar (PZLP), JPZLP lardan PZLP reseptorlari bilan o‘zaro ta‘siri davomida hosil bo‘ladi. Atorvastatin qon plazmasida xolesterin va lipoproteinlarning konsentrasiyasini GMG-KoA-reduktazani, jigarda xolesterinning sintezini ingibisiya qilib, va xujayralarning yuzasida “jigar” PZLP reseptorlari sonini oshirib pasaytiradi, bu PZLPni qamrab olinishi va katabolizmini kuchayishiga olib keladi. PZLPni hosil bo‘lishini pasaytiradi, PZLP-reseptorlarining yaqqol va turg‘un oshishini chaqiradi. Gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyasi bo‘lgan bemorlarda PZLP konsentrasiyasini pasaytiradi, u odatda gipolipidemik vositalar bilan davolashga berilmaydi. Umumiy apolipoprotein V ni – 34-50% ga, TG ni – 14-33% ga pasaytiradi; YUZLP – xolesterini (yuqori zichlikdagi lipoproteinlar) konsentrasiyasini va apolipoprotein A ni oshishini chaqiradi. Boshqa gipolipidemik vositalar bilan davolashga chidamli gomozigot nasliy giperxolesterinemiyali bemorlarda PZLP darajasini dozaga bog‘liq pasaytiradi. Farmakokinetikasi So‘rilishi – yuqori. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga (Smax) 1-2 soat o‘tgach erishiladi, ayollarda Cmax 20% ga yuqori, konsentrasiya/vaqt egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) – 10% ga past; alkogolli jigar sirrozi bo‘lgan bemorlarda Cmax 16 marta, AUC – 11 marta normadan yuqori. Ovqat qabul qilish preparatning so‘rilish tezligi va davomiyligini biroz pasaytiradi (muvofiq 25% va 9% ga), biroq PZLP xolesterinini pasayishi, atorvastatin ovqatsiz qo‘llanganidagi bilan o‘xshash. Atorvastatinning konsentrasiyasi kechki vaqtda qo‘llanganida ertalabkiga nisbatan past (taxminan 30% ga). So‘rilish darajasi va preparatning dozasi orasida proporsional bog‘liqlik aniqlangan. Biokiraolishligi – 12%, GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibisiya qiluvchi faolligining tizimli biokiraolishligi – 30%. Past tizimli biokiraolishligi me‘da-ichak yo‘llarining shilliq qavatidagi tizimoldi va jigar orqali “birinchi o‘tish” metabolizmi bilan bog‘liq. O‘rtacha taqsimlanish hajmi – 381 l, qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi – 98%. Jigarda asosan CYP3A4, CYP3A5 va CYP3A7 izofermentlar ta‘siri ostida farmakologik faol metabolitlarining (orto- va paragidroksillangan hosilalari, beta-oksidlanish mahsulotlari) hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. In vitro sharoitida orto- va paragidroksillangan metabolitlari GMG-KoA-reduktazaga atorvastatin bilan bir xil ingibisiya qiluvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Preparatning GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibisiya qiluvchi ta‘siri taxminan 70% ga aylanib yuruvchi metabolitlarining faolligi bilan belgilanadi. Jigar va/yoki jigardan tashqari metabolizmidan keyin ichak orqali safro bilan chiqariladi (yaqqol ichak-jigar resirkulyasiyasiga duchor bo‘lmaydi). Yarim chiqarilish davri – 14 soat. Faol metabolitlarining mavjudligi tufayli, GMG-KoA-reduktazaga nisbatan ingibisiya qiluvchi faolligi taxminan 20-30 soat saqlanadi. Preparatning ichga qabul qilingan dozasining 2% dan kamrog‘i siydikda aniqlanadi. Gemodializda chiqarilmaydi. Qo‘llanilishi Atorvastatin quyidagilarda qo‘llanadi: birlamchi giperxolesterinemiyali, geterozigot oilaviy va oilaviy bo‘lmagan giperxolesterinemiyali va majmuaviy (aralash) giperlipidemiyali (Fredrikson bo‘yicha IIa va IIb turlar) bemorlarda parhez bilan birga umumiy xolesterin, PZLP/xolesterini, apolipoprotein V va trigliseridlarning oshgan darajalarini pasaytirish va YUZLP xolesterini darajasini oshirish uchun; trigliseridlarning zardobdagi darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarni (Fredrikson bo‘yicha IV tur) va parhez bilan davolash adekvat samara bermaydigan disbetalipoproteinemiyali bemorlarni (Fredrikson bo‘yicha III tur) parhez bilan birga davolash uchun; gomozigot oilaviy giperxolesterinemiyali bemorlarda parhez bilan davolash va boshqa davolashning nofarmakologik usullari yetarlicha samarali bo‘lmaganida umumiy xolesterin va PZLP/xolesterini darajalarini pasaytirish uchun qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Vazator preparatini buyurishdan oldin bemorga standart gipolipidemik parhezni tavsiya qilish kerak, uni u butun davolash davri davomida rioya qilishni davom ettirishi kerak. Boshlang‘ich doza o‘rtacha sutkada bir marta 10 mg ni tashkil qiladi. Dozalar sutkada bir marta 10 dan 80 mg gacha o‘zgaradi. Preparatni kunning har qanday vaqtida ovqat bilan yoki ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin. Doza PZLP/xolesterinning dastlabki darajalari hisobi, davolashning maqsadi va individual samaraga qarab tanlanadi. Davolashni boshida va/yoki atorvastatinning dozasini oshirish vaqtida har 2-4 haftada qon plazmasidagi lipidlarning konsentrasiyasini nazorat qilish va dozaga muvofiq tarzda tuzatish kiritish kerak. Birlamchi giperxolesterinemiya va aralash giperlipidemiya, shuningdek Fredrikson bo‘yicha III va IV tur. Ko‘pchilik hollarda Vazator preparatini 10 mg dozada sutkada 1 marta buyurish yetarli bo‘ladi. Ahamiyatli terapevtik samara 2 hafta o‘tgach kuzatiladi, odatda maksimal terapevtik samara 4 hafta o‘tgach kuzatiladi. Uzoq muddat davolashda bu samara saqlanadi. Gomozigot oilaviy giperxolesterinemiya. Preparat 80 mg dozada (4 tabletka 20 mg dan) sutkada 1 marta buyuriladi. Preparatni buyrak yetishmovchiligi yoki buyraklarning kasalliklari bo‘lgan bemorlarda qo‘llash qon plazmasidagi atorvastatinning darajasiga yoki uni qo‘llashdagi PZLP/xolesterin miqdorini pasayish darajasiga ta‘sir qilmaydi, shuning uchun preparatning dozasini o‘zgartirish talab qilinmaydi (“Ehtiyotkorlik bilan” va “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limlariga qarang). Preparatni keksa pasientlarda qo‘llashda xavfsizligi, samaradorligi yoki gipolipidemik davolashning maqsadlariga erishishda umumiy populyasiya bilan solishtirganda farqlar aniqlanmagan. Nojo‘ya ta‘sirlari Markaziy nerv tizimi tomonidan – 2% dan ko‘proq – uyqusizlik, bosh aylanishi; 2% kamroq – bosh og‘rig‘i, asteniya, loxaslik, uyquchanlik, dahshatli tushlar ko‘rish, paresteziyalar, periferik nevropatiya, amneziya, emosional beqarorlik, ataksiya, yuz nervining falaji, giperkinezlar, migren, depressiya, gipesteziya, xushdan ketish. Sezgi a‘zolari tomonidan: 2% dan kamroq – ambliopiya, quloqlarda jaranglash, kon‘yunktivaning quruqligi, akkomodasiyani buzilishi, ko‘z to‘r pardasiga qon quyilishi, karlik, gaukoma, parosmiya, ta‘m sezgisini yo‘qotish, ta‘mni buzilishi. Yurak-qon tomir tizimi tizimi tomonidan: 2% dan ko‘proq – ko‘krakda og‘riq; 2% dan kamroq – yurak urishi, vazodilatasiya simptomlari, ortostatik gipotenziya, arterial bosimni oshishi, flebit, aritmiya, stenokardiya. Qon yaratish tizimi tomonidan: 2% dan kamroq – anemiya, limfadenopatiya, trombositopeniya. Nafas a‘zolari tomonidan: 2% dan ko‘proq – bronxit, rinit; 2% dan kamroq – pnevmoniya, dispnoe, bronxial astmani zo‘rayishi, burundan qon ketishi. Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: 2% dan ko‘proq – ko‘ngil aynishi; 2% dan kamroq – jig‘ildon qaynashi, qabziyat yoki diareya, meteorizm, gastralgiya, qorin og‘rig‘i, ishtaxani pasayishi yoki oshishi, og‘izni qurishi, kekirish, disfagiya, qusish, stomatit, ezofagit, glossit, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining eroziv-yarali shikastlanishlari, gastroenterit, gepatit, o‘t qopi sanchig‘i, xeylit, 12-barmoq ichakning yarasi, pankreatit, xolestatik sariqlik, jigar funksiyasini buzilishi, rektal qon ketishlar, melena, milklarni qonashi, tenezmlar. Tayanch-harakat apparati tomonidan: 2% dan ko‘proq – artrit; 2% dan kamroq – oyoq mushaklarining tirishishi, bursit, tendosinovit, miozit, miopatiya, artralgiya, mialgiya, rabdomioliz, qiyshiq bo‘yin, mushak gipertonusi, bo‘g‘imlarning kontrakturasi. Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: 2% dan ko‘proq – urogenital infeksiyalar, periferik shishlar; 2% dan kamroq – dizuriya (shu jumladan pollakiuriya, nikturiya, siydikni tutib turaolmaslik yoki siyishni tutilishi, siyishga imperiativ qistovlar), nefrit, gematuriya, vaginal qon ketishlar, nefrourolitiaz, metrorragiya, epididimit, libidoni pasayishi, impotensiya, eyakulyasiyani buzilishi. Teri qoplamalari tomonidan: 2% dan ko‘proq – alopesiya, kserodermiya, ko‘p terlash, ekzema, seboreya, ekximozlar, petexiyalar. Allergik reaksiyalar: 2% dan kamroq – terini qichishishi, teri toshmasi, kontakt dermatit, kam hollarda – angionevrotik shish, eshakemi, yuzning shishi, fotosensibilizasiya, anafilaksiya, ko‘p shaklli ekssudativ eritema (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi). Laboratoriya ko‘rsatkichlari: 2% dan kamroq – giperglikemiya, gipoglikemiya, zardobda KFK ni oshishi, albuminuriya. Boshqalar: 2% dan kamroq – tana vaznini oshishi, ginekomastiya, mastodiniya, podagrani zo‘rayishi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; jigarning faol kasalliklari yoki noma‘lum genezli “jigar” fermentlari – faolligini oshishi (normaning yuqori chegarasi bilan solishtirganda 3 martadan ko‘proq); jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha og‘irlik darajasi A va V); homiladorlik; laktasiya davri; laktoza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoza malabsorbsiyasi; 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) qo‘llash mumkin emas. Alkogolni suiiste‘mol qilish, anamnezdagi jigar kasalliklari, suv-elektrolit muvozanatini og‘ir buzilishlari, endokrin va metabolik buzilishlar, arterial gipotenziya, og‘ir o‘tkir infeksiyalar (sepsis), nazorat qilinmaydigan tutqanoq, katta jarrohlik aralashuvlar, jarohatlar, skelet mushaklarining kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Bu sinfning boshqa dori vositalari bilan davolash vaqtida miopatiyaning xavfi bir vaqtda siklosporin, fibratlar, eritromisin, azollarga kiruvchi zamburug‘larga qarshi vositalar va nikotin kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanganida oshadi. Bir vaqtda ichga atorvastatin va magniy va alyuminiy gidroksidini saqlovchi suspenziya qabul qilinganida qon plazmasidagi atorvastatinning konsentrasiyasi taxminan 35% ga kamaygan, biroq bunda PZLP/xolesterin miqdorini kamayish darajasi o‘zgarmagan. Bir vaqtda qo‘llanganida atorvastatin antipirinning (fenazon) farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi, shuning uchun sitoxromning shu izofermentlari bilan metabolizmga uchrovchi boshqa vositalar bilan o‘zaro ta‘siri kutilmaydi. Kolestipol bilan bir vaqtda qo‘llanganida qon plazmasidagi atorvastatinning konsentrasiyasi taxminan 25% ga pasaygan. Biroq atorvastatin va kolestipol kombinasiyasining gipoglipidemik samarasi alohida har bir preparatning ta‘siridan yuqori bo‘lgan. Digoksin va 10 mg dozada atorvastatin takroriy qabul qilinganida qon plazmasidagi digoksinning muvozanat konsentrasiyasi o‘zgarmagan. Biroq, digoksin sutkada 80 mg doza atorvastatin bilan majmuada qo‘llanganida digoksinning konsentrasiyasi taxminan 20% ga oshgan. Digoksinni atorvastatin bilan birga qabul qilayotgan bemorlarni kuzatish kerak. Atorvastatin va eritromisin (500 mg sutkada 4 marta) yoki klaritromisin (500 mg sutkada 2 marta), ular sitoxrom R450 3A4 ni ingibisiya qiladilar, bir vaqtda qo‘llanganida, qon plazmasida atorvastatinning konsentrasiyasining oshishi kuzatilgan. Bir vaqtda atorvastatin (10 mg sutkada 1 marta) va azitromisin (500 mg sutkada 1 marta) qo‘llanganida qon plazmasida atorvastatinning konsentrasiyasi o‘zgarmagan. Atorvastatin qon plazmasidagi terfenadinning konsentrasiyasiga klinik ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmagan, u asosan sitoxrom R450 3A4 tomonidan metabolizmga uchraydi, shuning uchun atorvastatinni sitoxrom R450 3A4 ning boshqa substratlarini farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ahamiyatli ta‘sir qilishini ehtimoli kam. Atorvastatin va noretindron va etinilestradiol saqlovchi ichga qabul qilish uchun kontraseptiv bir vaqtda qo‘llanganida, noretindron va etinilestradiolning AUC ahamiyatli oshishi, muvofiq taxminan 30% va 20% ga kuzatilgan. Bu samarani atorvastatinni qabul qilayotgan ayol uchun peroral kontraseptivni tanlashda hisobga olish kerak. Endogen steroid gormonlarning konsentrasiyasini pasaytiruvchi dori vositalari bilan (shu jumladan, simetidin, ketokonazol, spironolakton bilan) bir vaqtda qo‘llash, endogen steroid gormonlarning pasayish xavfini oshiradi (ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Atorvastatinni varfarin va simetidin bilan o‘zaro ta‘sirini o‘rganishda klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sirining belgilari aniqlanmagan. Bir vaqtda 80 mg atorvastatin va 10 mg amlodipin qo‘llanganida muvozanat holatida atorvastatinning farmakokinetikasi o‘zgarmagan. Atorvastatin va antigipertenziv vositalarning klinik ahamiyatli noxush o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Sitoxrom R450 3A4 ning ingibitorlari sifatida ma‘lum bo‘lgan proteazalarning ingibitorlari bilan atorvastatinni bir vaqtda qo‘llash, qon plazmasida atorvastatinning konsentrasiyasini oshishi bilan birga kechgan. Farmasevtik nomutanosibligi ma‘lum emas. Maxsus ko‘rsatmalar Vazator preparati bilan davolashni boshlashdan oldin bemorga standart gipoxolesterinemik parhezni buyurish kerak, unga u butun davolanish davri vaqtida rioya qilishi kerak. Qondagi lipidlarning konsentrasiyasini pasaytirish uchun GMG-KoA-reduktaza ingibitorlarini qo‘llash, jigar funksiyasini aks ettiruvchi biokimyoviy ko‘rsatkichlarni o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Jigar funksiyasini davolashni boshlash oldidan, Vazatorni qabul qilish boshlanganidan keyin 6 – 12 hafta o‘tgach va har bir doza oshirilganidan keyin, shuningdek vaqti-vaqti bilan, masalan har 6 oyda nazorat qilish kerak. Vazator bilan davolash davomida qon zardobida “jigar” fermentlarining faolligini oshishi mumkin. Fermentlarning faolligini oshishi aniqlangan pasientlar, fermentlar faolligi normaga qaytgunicha nazorat ostida bo‘lishlari kerak. Agar alaninaminotransferaza (ALT) yoki aspartataminotransferaza-ning (AST) qiymati yuqori yo‘l qo‘yilgan chegaradan 3 martadan ko‘proqqa oshgan holda, Vazator preparatining dozasini pasaytirish yoki davolashni to‘xtatish tavsiya qilinadi. Alkogolni suiiste‘mol qiluvchi va/yoki jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarga Vazatorni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Noma‘lum genezli “jigar” transferazalarining faolligini turg‘un oshishi yoki jigarning faol kasalliklari Vazatorni buyurishga qarshi ko‘rsatma bo‘lib xizmat qiladi. Vazator bilan davolash miopatiya chaqirishi mumkin. Miopatiya tashhisini (mushaklarda og‘riq va kuchsizlik, kreatinfosfokinazaning (KFK) faolligini normaning yuqori chegarasi bilan solishtirganda 10 martadan ko‘proqqa oshishi bilan birga) tarqalgan, mialgiyalari, mushaklarning og‘riqliligi yoki kuchsizligi va/yoki KFK faolligini yaqqol oshishi bo‘lgan bemorlarda muhokama qilish kerak. Bemorlarni mushaklardagi tushuntirib bo‘lmaydigan og‘riqlar yoki kuchsizlik paydo bo‘lganida, agar lohaslik yoki isitma bilan kechsa, darhol shifokorga xabar berish kerakligi haqida ogohlantirish lozim. Vazator bilan davolashni KFK faolligi yaqqol oshgan holda yoki tasdiqlangan yoki taxmin qilingan mialgiya bo‘lganida to‘xtatish kerak. Shu sinfning boshqa preparatlari bilan davolashda bir vaqtda siklosporin, fibratlar, eritromisin, lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda nikotin kislotasi yoki azolli zamburug‘larga qarshi vositalar qo‘llanganida miopatiya xavfi oshadi. Ko‘pchilik bu preparatlar sitoxrom R450 3A4 orqali metabolizmni va/yoki dori vositalarining tashilishini ingibisiya qiladi. Atorvastatin CYP 3A4 izofermenti ta‘siri ostida biotransformasiyaga uchraydi. Vazatorni fibratlar, eritromisin, immunosupressiv vositalar, azolli zamburug‘larga qarshi vositalar yoki lipidlarni pasaytiruvchi dozalarda nikotin kislotasi bilan majmuada buyurishda, davolashdan kutilayotgan foyda va xavfni sinchiklab baholash va mushaklardagi og‘riqlar yoki kuchsizlikni aniqlash maqsadida, ayniqsa davolashning birinchi oylari davomida va har qanday preparatning dozasini oshirish davrida, muntazam kuzatish kerak. Bunday vaziyatlarda vaqti-vaqti bilan KFK faolligini aniqlashni tavsiya qilish mumkin, garchi nazorat og‘ir miopatiya rivojlanishini oldini olish imkoniyatini bermaydi. Bu sinfning boshqa vositalari kabi Vazatorni qo‘llashda mioglobinuriya bilan bog‘liq bo‘lgan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan birga rabdomioliz hollari ta‘riflangan. Mumkin bo‘lgan miopatiyaning belgilari paydo bo‘lganida yoki rabdomioliz fonida buyrak yetishmovchiligini rivojlanish xavf omillari (masalan, og‘ir o‘tkir infeksiya, arterial gipotenziya, katta jarrohlik aralashuvlar, jarohatlar, og‘ir almashinuv, endokrin va elektrolit buzilishlar, nazorat qilinmaydigan tirishishlar) bo‘lganida Vazatorni vaqtinchalik to‘xtatish yoki butunlay bekor qilish kerak. Vazator bilan davolashni boshlashdan oldin adekvat dietoterapiya, jismoniy faollikni oshirish, semizligi bo‘lgan bemorlarda tana vaznini pasaytirish va boshqa holatlarni davolash bilan, giperxolesterinemiyani nazoratiga erishishga urinib ko‘rish kerak. Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi. Vazatorni homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas. Atorvastatinni ko‘krak suti bilan chiqarilishi ma‘lum emas. Emizikli bolalarda nohush ko‘rinishlarning rivojlanishi mumkinligini hisobga olib, laktasiya davrida preparatni qo‘llashning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak. Reproduktiv yoshdagi ayollar davolanish vaqtida kontrasepsiyaning adekvat usullaridan foydalanishlari kerak. Reproduktiv yoshidagi ayollarga Vazatorni faqat agar homiladorlikning ehtimoli ularda juda past bo‘lgan holda buyurish mumkin, pasientga esa homila uchun davolashni mumkin bo‘lgan xavfi bo‘lishi haqida xabardor qilinishi kerak. Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri Vazatorni avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga nohush ta‘siri haqida xabar berilmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: arterial gipotenziya, keyinchalik rabdomioliz va o‘tkir buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi miopatiya rivojlanishi (kam, ammo og‘ir nojo‘ya samara) bo‘lishi mumkin. Davolash: preparat darhol bekor qilinishi kerak. Umumiy tadbirlar: monitoring va hayotiy muhim a‘zolarning faoliyatini tutib turish va preparatni keyinchalik so‘rilishini oldini olish (me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir yoki surgi vositalarni buyurish). Simptomatik davolash: rabdomioliz rivojlanganda bemorga diuretik va natriy gidrokarbonat eritmasini yuborish kerak. Rabdomioliz giperkaliemiyaga olib kelishi mumkin, uni bartaraf qilish uchun kalsiy xloridi yoki kalsiy glyukonatini vena ichiga yuborish, glyukozaning insulin bilan infuziyasi, kaliy ionlarini almashtiruvchilarini ishlatish yoki og‘ir hollarda kaliy ionlarini chiqarish uchun gemodializni o‘tkazish talab qilinadi. Atorvastatin qon plazmasi oqsillari bilan sezilarli darajada bog‘lanishi tufayli, gemodializ bu moddani organizmdan chiqarish bo‘yicha nisbatan kam samarali usul hisoblanadi. Chiqarilish shakli Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 mg № 28 (2x14), № 30 (3x10) va 20 mg № 28 (2x14), № 30 (3x10). Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish: