NATRIYA XLORID infuziya uchun eritma 200ml 0,9% N28
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Qon uchun
Страна производитель:
Rossiya
Активное вещество:
Natriya xlorid
Производитель:
Мосфарм,ООО
Количество в упаковке:
28
Код ATX:
B05CB01
Инструкция NATRIYA XLORID infuziya uchun eritma 200ml 0,9% N28
Qadoqda soni
28
Umumiy ma'lumot
NATRIYA XLORID infuziya uchun eritma 200ml 0,9% N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA NATRIY XLORID NATRI CHLORIDI Preparatning savdo nomi: Natriy xlorid Ta‘sir etuvchi modda (XPN): natriy xloridi Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma Tarkibi: Faol modda: natriy xloridi – 9 g; Yordamchi modda – in‘eksiya uchun suv 1000 ml gacha. Farmakoterapevtik guruhi: Tuzli eritmalar ATX kodi: V05SV01 Farmakologik xususiyatlari Izotonik eritma. Degidratasiya holatiga tushgan organizmda suyuqlik yetishmovchiligini to‘ldiradi. Natriy va xlor ionlari hujayradan tashqari suyuqlikning asosiy noorganik tarkibiy qismi bo‘lib, qon plazmasi va hujayradan tashqari suyuqlikning osmotikbosimini me‘yorda tutib turadi. Qo‘llanilishi Turli sababli degidratasiya. Operasiya vaqtida va undan keyin qon plazmasi hajmini tutib turish, jarohatlar, ko‘zlar, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatini yuvish, hamda turli preparatlarni suyultirish uchun erituvchi sifatida qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Preparat oldindan 380S darajagacha isitilib vena ichiga (ko‘pincha tomchilab, minutiga 40-120 tomchi tezlikda), teri ostiga, xo‘qnalarda klinik ko‘rsatmalarga qarab 3 litrgacha yuboriladi. Preparatni qo‘llash gematokrit va qondagi elektrolitlarning konsentrasiyasini nazorati ostida o‘tkaziladi. Kiritilgan va yo‘qotilgan suyuqlikning balansi xar 6 soatda aniqlanadi. Ko‘zlar, burun bo‘shlig‘ining shilliq qavati va jarohatlarni yuvishda preparat bevosita yuvilayotgan yuzaga quyiladi yoki preparat bilan ho‘llangan steril salfetkalar ishlatiladi. Nojo‘yata‘sirlari Ko‘ngilaynishi, qusish, diareya, me‘daspazmlari, chanqoqlik, ko‘zyoshinioqishi, terlash, isitma, taxikardiya, arterial gipertoniya. Buyraklarfaoliyatnibuzilishi, shishlar, hansirash, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, bezovtalik bo‘shashish, mushaklarni tortilishi va gipertonusida qo‘llanadi. Katta miqdorlarda yuborish xloridli asidoz, gipergidratasiya va organizmdan kaliyning chiqarilishini oshishiga olib kelishi mumkin. Mahalliy qo‘llanganida hech qanday nojo‘ya ta‘sirlari aniqlanmagan. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Gipernatriemiya, gipergidratasiya holati, o‘pka, bosh miya shishi havfi, kortikosteroidlarning yuqori dozalari bilan davolashda qo‘llash mumkin emas. Maxsus ko‘rsatmalar Buyrak chiqarish funksiyasi buzilgan, gipokaliemiya holatidagi bemorlarda preparatning katta hajmlari ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Uzoq muddat qo‘llanganida sutkalik diurez va plazmadagi elektrolitlarning konsentrasiyasini nazorat qilish kerak. Chiqarilish shakli 0,9% preparat eritmasi, 5 ml dan shisha ampulalarda yoki polipropilen ampulalarda yoki tibbiy polietilendan tayyorlangan ampulalarda. 5 yoki 10 ampuladan kontur-uyali o‘ramlarda. 1 yoki 2 ta kontur-uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida yoki 10, 20 yoki 40 ampuladan butun bloklard ko‘rinishida qo‘llash bo‘ytcha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi. Saqlash sharoiti Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish: