VRAGGRIPP burun uchun tomchilar 10ml

Обновлено: 21.07.2022

VRAGGRIPP burun uchun tomchilar 10ml
  • Категория:

    Burun uchun vositalar

  • Страна производитель:

    Hindiston

  • Активное вещество:

    Ksilometazolin

  • Производитель:

    Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Parenteral Ltd.

  • Количество в упаковке:

    ---

  • Код ATX:

    R01AA07

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция VRAGGRIPP burun uchun tomchilar 10ml

  • Dori shakli

    10 мл дан HDPE флакон-томчилагичда. Ҳар бир флакон-томчилагич қўллаш бўйича йўриқномаси билан бирга картон қутига жойланган.

  • Dozirovkasi

    Враггрипп флаконда мавжуд бўлган учлик ёрдамида бурунга томизиб, интраназал қўлланади. 1 мл/1 мл концентрацияли эритма катталар ва 6 ёшдан ошган болаларга ҳар бир бурун йўлига 2-3 томчидан суткада 3-4 марта буюрилади. Даволаш курси одатда 5-7 кунни ташкил этади. Томизиш муолажасини бажариш: препаратни қўллашдан олдин ва уни қўллагандан 5 минутдан кейин бурун йўлларини тозалаш керак. Қўллашдан олдин флакон қалпоқчаси ечилади. Ўтирган ҳолатда бошни орқага ташланади ёки ётилади, туби билан юқорига қаратилган флакон учлигининг учи бурун йўлларининг бирига эҳтиёткорлик билан киритилади, ҳар бир бурун йўлига препарат томизилади, бошни ҳар бир томонга бир неча марта эҳтиёткорлик билан енгаштирилади. Ишлатилгандан кейин учлик учи тозаланади, флакон қопқоқ билан бекитилади. Флакон инфекция юқиши хавфи туфайли фақат битта шахс томонидан ишлатилиши керак.

  • Dori vositalarining o'zaro ta'siri

    Враггриппни тавсия этилган дозаларда қўлланилганида тизимли самаралар деярли кузатилмайди. Лекин трициклик ёки тетрациклик антидепрессантлар, МАО ингибиторлари билан бир вақтда қўлланилганида артериал босим ошиши мумкин. Қон томирларни торайтирувчи бошқа дори воситаларини бирга буюриш ножўя самаралар ривожланиши хавфини оширади.

  • Maxsus saqlash sharoitlari

    Қуруқ, ёруғликдан ҳимояланган жойда 25°С дан юқори бўлмаган ҳароратда сақлансин. Яроқлилик муддати 3 йил.    

  • Maxsus shartlar

    Враггриппни қон томирларни торайтирувчи бошқа препаратлар каби артериал гипертензия, юрак-қон томир касалликлари, гипертиреоз, қандли диабет ёки қон томирларни торайтирувчи препаратларга уйқусизлик, бош айланиши ва бошқалар кўринишида намоён бўлувчи юқори сезувчанлиги бўлган пациентларда эҳтиёткорлик билан қўллаш керак. Даволаш давомийлиги 7 кундан ошмаслиги керак. Сурункали ринитда Враггриппни медикаментоз ринит ривожланиши хавфини ҳисобга олиб, фақат шифокор билан маслаҳатлашгандан кейин қўллаш мумкин. Ҳомиладорлик ва лактация Ксилометазолиннинг қон томирларни торайтирувчи хусусиятларини ҳисобга олиб, эҳтиёткорлик чораси сифатида ҳомиладорлик ва лактация даврида Враггрипп дори воситасини қўллашдан сақланиш керак. Лекин агар она учун фойда ҳомила ёки бола учун потенциал хавфдан юқори бўлса, препаратни ҳомиладорлик ва лактация (эмизиш) даврида тавсия этилган дозадан оширмасдан қўллаш мумкин. Автомобилни бошқариш ва механизмлар билан ишлаш қобилиятига таъсири Враггрипп тавсия этилган дозалардан юқори бўлмаган дозаларда транспорт воситалари ва ускуналарни бошқариш қобилиятига таъсир қилмайди.

  • Nojo'ya samaralari

    Нафас тизими томонидан: қисқа муддатли таъсирланиш (бурун шиллиқ қаватида ачишиш ёки қуриши). Кам ҳолларда шиллиқ қават шишини ошиши, бурундан ажралмалар ажралишини кучайиши ва реактив ринит ҳисобига “бурун битиши” ҳиссини пайдо бўлиши. Враггриппни юқори дозаларда узоқ вақт ва тез-тез қўллаш ачишиш, қуриш, шунингдек реактив ринит пайдо бўлишига олиб келиши мумкин. Бу самара ҳатто даволаш тугатилганидан 5-7 кундан кейин кузатилиши ва шиллиқ қаватни қайтмас шикастланиши ва қуруқ ринит пайдо бўлишига олиб келиши мумкин. Нерв тизими томонидан: кам ҳолларда бош оғриғи, уйқусизлик, толиқиш пайдо бўлади. Юрак-қон томир тизими томонидан: кам ҳолларда: юрак уриб кетиши, пульсни тезлашиши, артериал босимни ошиши. Иммун тизими томонидан: кам ҳолларда: аллергик реакциялар, ҳансираш, ангионевротик шиш.  

  • Farmakokinetikasi

    Ксилометазолин носелектив таъсирга эга альфа-адреномиметик ҳисобланади. Паст концентрацияларда α2-адренорецепторларга, юқори концентрацияларда α1-адренорецепторларга рағбатлантирувчи таъсир кўрсатади. Бурун шиллиқ қаватига бевосита таъсирга эга ва қон томирларни торайтириш, яллиғланиш жараёни ва экссудацияни сусайтириш мақсадида ЛОР амалиётида қўлланади. Бурун шиллиқ қаватининг гиперемияси ва шишини камайтиради ёки бартараф этади ва ринитларда бурун орқали нафас олишни енгиллаштиради. Препаратнинг таъсири қўллагандан кейин бир неча минут давомида бошланади ва 10 соатгача давом этади. Ҳатто шиллиқ қавати сезувчан пациентлар томонидан ҳам яхши ўзлаштирилади ва киприксимон эпителий фаолиятини издан чиқармайди.

  • Farmakodinamikasi

    Препарат маҳаллий қўлланилганида деярли сўрилмайди, шунинг учун унинг қон плазмасида концентрацияси жуда кам ва замонавий аналитик усуллар ёрдамида аниқлаб бўлмайди.

  • Dozani oshirib yuborilishi

    Симптомлари: Катталарда дозани ошириб юборилиши ҳолатлари ҳақида хабар берилмаган. Кам ҳолатларда препаратни тўсатдан ютиб юборилганда (кўпинча болаларда) клиник манзарада тахикардия, аритмия, артериал босимни ошиши, уйқучанлик, онгни чалкашиши, нафасни сусайиши ёки мунтазам бўлмаган нафас олиш каби симптомлар устун бўлган. Даволаш: қўллашни тўхтатиш, адреноблокаторлар, симптоматик даволаш (вазопрессор воситаларни қўллаш мумкин эмас).

  • Umumiy ma'lumot

    VRAGGRIPP burun uchun tomchilar 10ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA VRAGGRIPP VRAGGRIPP Preparatning savdo nomi: Vraggripp Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ksilometazolin Dori shakli: 0,1% li burun tomchilari Tarkibi: 1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 1 mg ksilometazolin gidroxloridi; yoramchi moddalar: benzalkoniy xloridining 50% li eritmasi, natriy xloridi, dinatriy edetati, dinatriy gidrofosfati, natriy digidrofosfati, tozalangan suv. Ta‘rifi: tiniq, rangsiz eritma. Farmakoterapevtik guruhi: LOR-a‘zolari kasalliklarini davolash uchun vosita. ATX kodi: R01AA07. Farmakologik ta‘siri Farmakodinamikasi Ksilometazolin noselektiv ta‘sirga ega alfa-adrenomimetik hisoblanadi. Past konsentrasiyalarda α2-adrenoreseptorlarga, yuqori konsentrasiyalarda α1-adrenoreseptorlarga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Burun shilliq qavatiga bevosita ta‘sirga ega va qon tomirlarni toraytirish, yallig‘lanish jarayoni va ekssudasiyani susaytirish maqsadida LOR amaliyotida qo‘llanadi. Burun shilliq qavatining giperemiyasi va shishini kamaytiradi yoki bartaraf etadi va rinitlarda burun orqali nafas olishni yengillashtiradi. Preparatning ta‘siri qo‘llagandan keyin bir necha minut davomida boshlanadi va 10 soatgacha davom etadi. Hatto shilliq qavati sezuvchan pasientlar tomonidan ham yaxshi o‘zlashtiriladi va kipriksimon epiteliy faoliyatini izdan chiqarmaydi. Farmakokinetikasi Preparat mahalliy qo‘llanilganida deyarli so‘rilmaydi, shuning uchun uning qon plazmasida konsentrasiyasi juda kam va zamonaviy analitik usullar yordamida aniqlab bo‘lmaydi. Qo‘llanilishi har xil turdagi rinit; burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklari (drenajni yengillashtirish uchun); o‘rta otit (burun-halqum shilliq qavatining shishini kamaytirish uchun majmuaviy davolash tarkibida); rinoskopiyani o‘tkazishni yengillashtirish uchun qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Vraggripp flakonda mavjud bo‘lgan uchlik yordamida burunga tomizib, intranazal qo‘llanadi. 1 ml/1 ml konsentrasiyali eritma kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga har bir burun yo‘liga 2-3 tomchidan sutkada 3-4 marta buyuriladi. Davolash kursi odatda 5-7 kunni tashkil etadi. Tomizish muolajasini bajarish: preparatni qo‘llashdan oldin va uni qo‘llagandan 5 minutdan keyin burun yo‘llarini tozalash kerak. Qo‘llashdan oldin flakon qalpoqchasi yechiladi. O‘tirgan holatda boshni orqaga tashlanadi yoki yotiladi, tubi bilan yuqoriga qaratilgan flakon uchligining uchi burun yo‘llarining biriga ehtiyotkorlik bilan kiritiladi, har bir burun yo‘liga preparat tomiziladi, boshni har bir tomonga bir necha marta ehtiyotkorlik bilan yengashtiriladi. Ishlatilgandan keyin uchlik uchi tozalanadi, flakon qopqoq bilan berkitiladi. Flakon infeksiya yuqishi xavfi tufayli faqat bitta shaxs tomonidan ishlatilishi kerak. Nojo‘ya ta‘sirlari Nafas tizimi tomonidan: qisqa muddatli ta‘sirlanish (burun shilliq qavatida achishish yoki qurishi). Kam hollarda shilliq qavat shishini oshishi, burundan ajralmalar ajralishini kuchayishi va reaktiv rinit hisobiga “burun bitishi” hissini paydo bo‘lishi. Vraggrippni yuqori dozalarda uzoq vaqt va tez-tez qo‘llash achishish, qurish, shuningdek reaktiv rinit paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu samara hatto davolash tugatilganidan 5-7 kundan keyin kuzatilishi va shilliq qavatni qaytmas shikastlanishi va quruq rinit paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, toliqish paydo bo‘ladi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda: yurak urib ketishi, pulsni tezlashishi, arterial bosimni oshishi. Immun tizimi tomonidan: kam hollarda: allergik reaksiyalar, hansirash, angionevrotik shish. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar ksilometazolin va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; glaukoma; quruq rinit; transsfenoidal gipofizektomiya yoki bosh miya pardalari butunligini buzilishi bilan kechuvchi boshqa jarroxlik aralashuvlari; 6 yoshgacha bolalarda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Vraggrippni tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganida tizimli samaralar deyarli kuzatilmaydi. Lekin trisiklik yoki tetrasiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida arterial bosim oshishi mumkin. Qon tomirlarni toraytiruvchi boshqa dori vositalarini birga buyurish nojo‘ya samaralar rivojlanishi xavfini oshiradi. Maxsus ko‘rsatmalar Vraggrippni qon tomirlarni toraytiruvchi boshqa preparatlar kabi arterial gipertenziya, yurak-qon tomir kasalliklari, gipertireoz, qandli diabet yoki qon tomirlarni toraytiruvchi preparatlarga uyqusizlik, bosh aylanishi va boshqalar ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Davolash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak. Surunkali rinitda Vraggrippni medikamentoz rinit rivojlanishi xavfini hisobga olib, faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qo‘llash mumkin. Homiladorlik va laktasiya Ksilometazolinning qon tomirlarni toraytiruvchi xususiyatlarini hisobga olib, ehtiyotkorlik chorasi sifatida homiladorlik va laktasiya davrida Vraggripp dori vositasini qo‘llashdan saqlanish kerak. Lekin agar ona uchun foyda homila yoki bola uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lsa, preparatni homiladorlik va laktasiya (emizish) davrida tavsiya etilgan dozadan oshirmasdan qo‘llash mumkin. Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri Vraggripp tavsiya etilgan dozalardan yuqori bo‘lmagan dozalarda transport vositalari va uskunalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi. Lekin Vraggripp tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llagandan keyin yurak-qon tomir va markaziy nerv tizimiga umumiy ta‘sirini inkor etib bo‘lmaydi. Bunday hollarda transport vositalarini yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyati buzilishi mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.   Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: Kattalarda dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan. Kam holatlarda preparatni to‘satdan yutib yuborilganda (ko‘pincha bolalarda) klinik manzarada taxikardiya, aritmiya, arterial bosimni oshishi, uyquchanlik, ongni chalkashishi, nafasni susayishi yoki muntazam bo‘lmagan nafas olish kabi simptomlar ustun bo‘lgan. Davolash: qo‘llashni to‘xtatish, adrenoblokatorlar, simptomatik davolash (vazopressor vositalarni qo‘llash mumkin emas). Chiqarilish shakli 10 ml dan HDPE flakon-tomchilagichda. Har bir flakon-tomchilagich qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?