EMANERA kapsulalar 20mg N14

Обновлено: 21.07.2022

EMANERA kapsulalar  20mg N14
  • Категория:

    Oshqozon kasalliklari uchun dorilar

  • Страна производитель:

    Sloveniya

  • Активное вещество:

    Ezomeprazol

  • Производитель:

    КРКА д.д.

  • Количество в упаковке:

    14

  • Код ATX:

    A02BC05

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция EMANERA kapsulalar 20mg N14

  • Qadoqda soni

    14

  • Umumiy ma'lumot

    EMANERA kapsulalar 20mg N14 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA EMANERA® ICHAKDA ERUVCHAN KAPSULALAR 20 MG EMANERA® ICHAKDA ERUVCHAN KAPSULALAR 40 MG EMANERA®   Preparatning savdo nomi: Emanera® Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ezomeprazol Doir shakli: ichakda eruvchan kapsulalar Tarkibi: 1 ichakda eruvchan kapsula quyidagilarni saqlaydi faol modda: ezomeprazol magniy digidrati 21,688 mg yoki 43,376 mg, bu 20,00 yoki 40,00 mg ezomeprazolga to‘g‘ri keladi; yordamchi moddalar: qand kukuni, povidon K30, natriy laurilsulfati, Opadray II oq 85F28751 (polivinil spirti, titan dioksidi (Ye171), makrogol 3000 va talk), og‘ir magniy karbonati, metakril kislotasi va etakrilat sopolimeri (1:1) (dispersiya 30%), talk, makrogol 6000, titan dioksidi (Ye171), polisorbat 80. Jelatin kapsulaning tarkibi; Korpusi: temir (III) oksidi (Ye172), titan dioksidi (Ye171), jelatin. Qopqoqchasi: temir (III) oksidi (Ye172), titan dioksidi (Ye171), jelatin. Ta‘rifi: Ichakda eruvchan kapsulalar 20 mg: kapsulaning korpusi va qopqoqchasi och-pushti rangli. Kapsula tarkibi: oqdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan pelletlar. Ichakda eruvchan kapsulalar 40 mg: kapsulaning korpusi va qopqoqchasi deyarli pushti rangli. Kapsula tarkibi: oqdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan pelletlar. Farmakoterapevtik guruxi: Kislotalikni buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xolatlarni davolash uchun vositalar. Proton pompa ingibitorlari. ATX kodi: A02VS05 Farmakologik xususiyatlari Farmakodinamikasi Ezomeprazol omeprazolning S-izomeri bo‘lib, me‘dadagi xlorid kislotasi sekresiyasini spesifik va yo‘naltirilgan ta‘sir mexanizmi xisobiga bostiradi. Parietal hujayralardagi proton nasosini spesefik ingibisiya qiladi. Omeprazolning xar ikkala R- va S-, izomerlari, o‘xshash farmakodinamik faollikka ega. Ta‘sir mexanizmi Ezomeprazol – kuchsiz asos, shuning uchun u to‘planadi va me‘da shilliq qavatining parietal xujayralardagi sekretor naylarining kuchli kislotali muxitida faol shaklga o‘tadi, u yerda N+/K+-ATFaza fermentining faolligini bostiradi. Ham bazal, xam rag‘batlantirilgan xlorid kislotasi sekresiyasini bostiradi. Me‘dadagi kislota sekresiyasiga ta‘siri Samarasi 20 mg yoki 40 mg ezomeprazol ichga qabul qilgandan keyin 1 soat davomida rivojlanadi. 20 mg ezomeprazol sutkada 1 marta 5 kun davomida takroriy qabul qilinganida, pentagastrin bilan rag‘batlantirilgandan keyin xlorid kislotasining o‘rtacha cho‘qqi konsentrasiyasi 90% ga pasayadi (davolashning 5-nchi kuni preparat qabul qilinganidan keyin 6-7 soat o‘tgach). Gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK) va klinik simptomlari bo‘lgan pasientlarda ezomeprazol xar kuni 20 mg yoki 40 mg dozalarda 5 kun davomida qabul qilinganidan keyin, me‘da shirasining rN muvofiq o‘rtacha 13 va 17 soat davomida 4,0 dan yuqori qiymatda saqlangan. Me‘da shirasining rN darajasi 8, 12, 16 soat davomida 4,0 dan yuqori bo‘lgan, sutkada 20 mg ezomeprazol qabul qilgan bemorlarning ulushi, muvofiq 76%, 54% va 24% ni, sutkada 40 mg ezomeprazol uchun esa – 97%, 92% va 56% ni tashkil qilgan. Ezomeprazol tomonidan kislota sekresiyasini bostirilish darajasi bevosita “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoniga bog‘liq bo‘ladi. Kislota sekresiyasini bostirilishi natijasida erishiladigan terapevtik samara Ezomeprazol 40 mg dozada qabul qilinganida reflyuks-ezofagitni bitishi 78% pasientlarda taxminan 4 xaftadan keyin va 93% pasientlarda – 8 haftadan keyin yuz beradi. Ezomeprazolni sutkada 2 marta 20 mg dozada 1 xafta davomida muvofiq antibiotiklar  bilan davolash 90% pasientlarda Helicobacter pylori ni muvaffaqiyatli eradikasiyasiga olib keladi. Asoratlanmagan yara kasalligida eradikasion davolashdan keyin (7 dan 10-14 kungacha bo‘lgan vaqt davomida), yarani bitishi va simptomlarni yo‘qolishi uchun antisekretor preparatlar bilan monoterapiyani davom ettirish talab qilinmaydi. Kislota sekresiyasini bostirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa samaralar Antisekretor preparatlar bilan davolash fonida kislota sekresiyasini pasayishiga javoban qon zardobida gastrinning darajasi oshadi. Ezomeprazol bilan davomli davolashdan keyin ayrim pasientlarda, extimol, qon plazmasida gastrinning darajasini oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan enteroxromaffinsimon (ELC) xujayralarni ko‘payishi aniqlangan. Antisekretor preparatlarni uzoq muddat qabul qilganda me‘dada glandulyar kistalari xosil bo‘lish tezligini biroz oshishi aniqlangan. Bu o‘zgarishlar kislota sekresiyasini davomli bostirilishi natijasidagi fiziologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Kistalar xavfsiz va qaytuvchi xarakterga ega. Antisekretor vositalarni qabul qilish fonida me‘da shirasining kislotaliligini pasayishi, meda-ichak yo‘llarida (MIY) normada mavjud bo‘lgan mikroblar florasining miqdorini oshishi bilan birga kechadi. Proton pompasi ingibitorlari bilan davolash MIY infeksion kasalliklari, masalan, Salmonella va Campylobacter sp. qatori bakteriyalari chaqirgan xavfini axamiyatsiz darajada oshishiga olib kelishi mumkin. Ezomeprazol ranitidin bilan solishtirganda, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYAQP), shu jumladan SOG-2 ning selektiv ingibitorlarini qabul qilgan pasientlarda me‘da yarasini bitishi nisbatan samarali. NYAQP (60 yoshdan oshgan va/yoki anamnezida peptik yarasi bo‘lgan pasientlar uchun), shu jumladan SOG-2 ning selektiv ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarda, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasini oldini olishga nisbatan ezomeprazolni yuqori samaradorligi aniqlangan.   Farmakokinetikasi So‘rilishi va taqsimlanishi Ezomeprazol kislotali muxitda turg‘un emas, shuning uchun qobig‘i me‘da shirasining ta‘siriga chidamli pelletlar saqlovchi preparat ichakda eruvchan kapsulalar ko‘rinishida ichga qabul qilinadi. In vivo sharoitlarda ezomeprazolning ahamiyatsiz miqdori R-izomerga o‘tadi.Ezomeprazol ichga qabul qilinganidan keyin tez so‘riladi va taxminan 1-2 soat o‘tgach qon plazmasida maksimal konsentrasiyalarga erishadi. 40 mg bir martalik doza qabul qilinganidan keyin mutloq biokiraolishligi 64% ni tashkil qiladi, u ezomeprazolni xar kuni sutkada bir marta qabul qilish fonida 89% gacha oshadi. Ezomeprazolning 20 mg dozasi uchun biokiraolishi muvofiq 50% va 68% ni tashkil qiladi. Sog‘lom ko‘ngilliklarda muvozanat xolatida taqsimlanish xajmi tana vazniga taxminan 0,22 l/kg ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi – 97% ni tashkil qiladi. Ovqat qabul qilish ezomeprazolning so‘rilishini sekinlashtiradi va pasaytiradi, bu klinik ahamiyatga ega emas. Metabolizmi va chiqarilishi Ezomeprazol jigarda sitoxroom R450 izofermentlar tizimi ishtirokida to‘liq metabolizmga uchraydi. Katta qismi polimorf izoferment CYP2C19 ishtirokida metabolizmga uchraydi, u gidroksi- va demetillangan metabolitlar hosil bo‘lishiga javob beradi. Ezomeprazolning qolgan qismi qon plazmasidagi asosiy metaboliti, ezomeprazol sulfoni xosil bo‘lishiga javob beruvchi CYP3A4 izofermenti tomonidan metabolizmga uchraydi. Bir martalik doza qabul qilinganidan keyin umumiy plazma klirensi taxminan 17 l/soat va ko‘p marta qabul qilinganidan keyin – 9 l/soatni tashkil qiladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) preparat sutkada bir marta uzoq muddat qabul qilinganida 1,3 soatni tashkil qiladi. “Konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) takroriy qabul qilinganda oshadi. Takroriy qo‘llanganda AUC ni dozaga bog‘liq oshishi jigar orqali “birinchi marta o‘tish” metabolizmini pasayishi, klirensini pasayishi oqibatida, to‘g‘ri chiziqli xarakterga ega bo‘lib bu extimol ezomeprazol va/yoki yoki uning sulfon saqlovchi metaboliti tomonidan CYP2C19 izofermentni ingibisiya bo‘lishi bilan chaqirilgan. Ezomeprazol xar kuni bir marta qabul qilinganida, qabullar orasidagi tanaffusda qon plazmasidan to‘liq chiqariladi. Ezomeprazol kumulyasiya bo‘lmaydi. Ezomeprazolning asosiy metabolitlari me‘dada xlorid kislotasining sekresiyasiga ta‘sir qilmaydi. Ezomperazolning qabul qilingan dozasini deyarli 80% metabolitlari ko‘rinishida buyraklar orqali, qolgan qismi esa – ichak orqali chiqariladi. Siyikda 1% kam o‘zgarmagan ezomeprazol aniqlanadi. Ayrim pasientlar guruxdagi farmakokinetikasi Taxminan 2,9±1,5% axolida CYP2C19 izofermentning faolligi pasaygan bo‘ladi. Bunday pasientlarda ezomeprazolning metabolizmi asosan CYP3A4 izofermenti tomonidan amalga oshiriladi. Ezomeprazol 40 mg dozada sutkada 1 marta ko‘p marta qabul qilinganidan keyin, CYP2C19 faolligi past bo‘lgan pasientlarga qaraganda AUC qiymati taxminan 2 marta yuqori. Bunda plazmadagi maksimal konsentrasiyasini (Smax) o‘rtacha qiymati taxminan 60% ga oshadi. Keksa yoshli pasientlarda (71-80 yosh) ezomeprazolning metabolizmi axamiyatli darajada o‘zgarmaydi. 40 mg ezomeprazol bir marta qabul qilinganidan keyin ayollarda AUC ni o‘rtacha qiymati, erkaklardagiga nisbatan 30% ga yuqori. Keyinchalik ezomeprazol sutkada bir marta xar kuni muntazam qabul qilinganida ikkala jins pasientlaridagi farmakokinetikasida farqlar kuzatilmagan. Ko‘rsatilgan xususiyatlar preparatning dozasi va qo‘llash usuliga ta‘sir qilmaydi. Ezomeprazolning metabolizmi jigar faoliyatinining yengil va o‘rtacha darajada buzilishlari bo‘lgan odamlarda buzilishi mumkin. Jigar faoliyatining og‘ir buzilishlarida metabolizm tezligi pasaygan bo‘ladi, bu AUC ni ikki marta oshishi bilan kechadi. Shuning uchun bunday pasientlarda ezomeprazolning sutkalik dozasi 20 mg ni tashkil qiladi. Buyrak faoliyati pasaygan pasientlarda tadqiqot o‘tkazilmagan. Buyraklar orqali ezomeprazolni o‘zi emas, balki uning metabolitlarini chiqarilishi yuz berishi tufayli, bu pasientlarda ezomeprazolning metabolizmi o‘zgarmaydi. 20 mg va 40 mg ezomeprazol takroriy qabul qilinganidan keyin 12-18 yoshli bolalar va kattalarda AUC darajalari va maksimal konsentrasiyalarga erishish vaqtlari (TSmax) bir xil bo‘lgan. Qo‘llanilishi Kattalar Gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK) eroziv reflyuks-ezofagitni davolash eroziv reflyuks-ezofagit bitganidan keyin pasientlarda qaytalanishini oldini olish uchun, davomli tutib turuvchi davolash GERK simptomatik davolash uchun qo‘llanadi Helicobacter pylori eradikasiyasi uchun muvofiq antibakterial davolash bilan majmuada va: Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan o‘n ikki barmoq ichak yarasini davolash Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan peptik yarani qaytalanishlarini oldini olish uchun qo‘llanadi. NYAQV bilan davolanayotgan pasientlar: NYAQV ni qabul qilish bilan assosiasiyalangan me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasini davolash NYAQV ni qabul qilish bilan assosiasiyalangan me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasini oldini olish uchun qo‘llaniladi. Peptik yaradan qon ketishini vena ichiga o‘tkazilgan davolashdan keyin qaytalanishni oldini olish uchun davomli davolash sifatida Zollinger-Ellison sindromida qo‘llanadi 12 yoshdan boshlab o‘smirlar Gastroezofageal reflyuks kasalligi (GERK) eroziv reflyuks-ezofagitni davolash eroziv reflyuks-ezofagit bitganidan keyin pasientlarda qaytalanishini oldini olish maqsadida, davomli tutib turuvchi davolash GERK simptomatik davolash uchun qo‘llanadi. Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan o‘n ikki barmoq ichak yarasini davolash uchun muvofiq antibakterial davolash bilan majmuada qo‘llanadi.   Qo‘llash usuli va dozalari Kattalar va 12 yoshdan boshlab o‘smirlar Gastroezofageal reflyuks-kasalligi Eroziv reflyuks-ezofagitni davolash: 40 mg sutkada 1 marta 4 xafta davomida qabul qilinadi. Birinchi bosqichdan keyin ezofagitni bitishi yuz bermagan yoki kasallikning simptomlari saqlangan xollatlarda, qo‘shimcha 4-xaftali  davolash kursi tavsiya etiladi. Ezofagitning qaytalanishlarini oldini olish maqsadida uzoq muddatli davolash: 20 mg sutkada 1 marta qabul qilinadi. Gastroezofageal reflyuks kasalligini simptomatik davolash: ezofagit bo‘lmagan pasientlarda 20 mg sutkada 1 marta buyuriladi. Agar davolashni 4 xaftasidan keyin simptomlarni nazoratiga erishilmasa, unda pasientni qo‘shimcha tekshirishni o‘tkazish kerak. Simptomlar yo‘qotilganidan keyin, keyinchalik kasallikni nazoratga preparatni sutkada 1 marta 20 mg dan qabul qilish bilan erishish mumkin. Kattalar 20 mg dan sutkada 1 marta “talabga ko‘ra” tartibida qabul qilishlari mumkin. NYAQV qabul qilayotgan, me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan pasientlar, preparatni “talabga ko‘ra” tartibida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Kattalar Helicobacter pylori eradikasiyasi uchun muvofiq antibakterial davolash bilan majmuada Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan o‘n ikki barmoq ichak yarasini davolash va Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan yara kasalligi bo‘lgan pasientlarda peptik yarani qaytalanishlarini oldini olish: 20 mg Emanera 1 g amoksisillin va 500 mg klaritromisin, xamma preparatlar sutkada 2 marta 7 kun davomida qabul qilinadi. NYAQP bilan davolanayotgan pasientlar NYAQP ni qabul qilish bilan assosiasiyalangan me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasini davolash: odatdagi doza – 20 mg sutkada 1 marta. Davolashning davomiyligi – 4-8 xaftani tashkil etadi. NYAQP ni qabul qilish bilan assosiasiyalangan me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasini oldini olish: 20 mg sutkada 1 marta qabul qilinadi. Peptik yaradan qon ketishini vena ichiga o‘tkazilgan davolashdan keyin qaytalanishni oldini olish uchun davomli davolash sifatida: peptik yaradan takroriy qon ketishini vena ichiga in‘eksiya qilingan oldini olishdan keyin 40 mg sutkada 1 marta 4 xafta davomida qabul qilinadi. Zollinger-Ellison sindromi tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza – 40 mg Emanera sutkada 2 marta. Keyinchalik dozaga individual ravishda tuzatish kiritish kerak, davolashning davomiyligi klinik ko‘rsatmalarga bog‘liq. Klinik ma‘lumotlar asosida ko‘pchilik pasientlarda kasallikni nazoratiga ezomeprazol sutkada 80 dan 160 mg gacha bo‘lgan dozalar doirasida qo‘llanganida erishiladi. Sutkada 80 mg dan yuqori dozalarda buyurilganida, dozani ikki qabulga bo‘lish kerak. Pediatriyada qo‘llanishi 12 yoshdan boshlab bolalar Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan o‘n ikki barmoq ichak yarasini davolash Rasional majmuaviy davolashni tanlashda bakterial rezistentlik, davolashni davomiyligi (odatda – 7, lekin ba‘zida – 14 sutkagacha) va antibakterial preparatlarni muvofiq qo‘llashga nisbatan rasmiy milliy, regional va maxalliy qo‘llanmalarni xisobga olish kerak. Davolash mutaxassisning nazorati ostida o‘tishi kerak. Tavsiya etiladigan dozalar Tana vazni Dozalash 30-40 kg Ikki antibiotik bilan majmua: Emanera 20 mg, amoksisillin 750 mg va klaritromisin tana vazniga 7,5 mg/kg, birga sutkada 2 marta 1 xafta davomida buyuriladi. >40 kg Ikki antibiotik bilan majmua: Emanera 20 mg, amoksisillin 1 g va klaritromisin 500 mg, birga sutkada 2 marta 1 xafta davomida buyuriladi. 12 yoshdan kichik bolalar Ma‘lumotlarning xajmi yetarli bo‘lmaganligi tufayli, preparat 12 yoshdan kichik bolalarga tavsiya etilmaydi. Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga, qo‘llash tajribasi cheklanganligi tufayli, extiyotkorlik bilan buyurish kerak. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar Jigar faoliyatini yengil va o‘rtacha darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda dozani o‘zgartirish talab etilmaydi. Jigar faoliyatini og‘ir darajada buzilishi bo‘lgan pasientlarda 20 mg ni tashkil qiluvchi Emaneraning maksimal dozasini oshirish mumkin emas. Keksa yoshli pasientlar Dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Qo‘llash usuli Kapsulalarni butunligicha, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan birga yutish kerak. Kapsulalarni chaynash yoki sindirish mumkin emas. Yutishi qiyin bo‘lgan pasientlar uchun kapsulani ochish, ichidagi pelletlarni esa yarim stakan gazlanmagan suv bilan aralashtirish mumkin. Biron-bir boshqa suyuqliklarni ishlatish mumkin emas, chunki bu ichakda eruvchi qobiqni erishiga olib kelishi mumkin. Pelletlar bo‘lgan suvni darxol yoki 30 minut davomida ichish, shundan keyin stakanni yarmigacha suv bilan to‘ldirish, uning devorlarini chayish va ichish kerak. Pelletalarni chaynash yoki ezish mumkin emas. Mustaqil yutolmaydigan pasientlar kapsulani ochish va ichidagi pelletlarni esa yarim stakan gazlanmagan suv bilan aralashtirish va me‘da zondi orqali yuborish mumkin. Muolajani boshlashdan oldin tanlangan shpris va zond uni bajarish uchun to‘g‘ri kelishini diqqat bilan tekshirish muxim. Preparatni me‘da zondi orqali yuborish Kapsulani oching, pelletlarni to‘g‘ri keluvchi shprisga joylang va uni taxminan 25 ml suv va 5 ml xavo bilan to‘ldiring. Ayrim zondlar uchun pelletlarni, trubkani tiqilib qolishini oldini olish uchun, 50 ml suvda suyultirish kerak. Shundan keyin suspenziya xajmida pelletlar bir tekis taqsimlanishi uchun, shprisni darxol silkiting. 3.Shprisning uchligini yuqoriga qilib tuting va uchlik tiqilmaganiga ishonch xosil qiling. Ko‘rsatilgan xolatda, shprisni zondga biriktiring. Shprisni chayqating va uni uchligini pastga qaratib qo‘ying. Darxol 5-10 ml eritmani zondga yuboring. In‘eksiyadan keyin shprisni to‘nkaring va chayqating (tiqilishni oldini olish uchun shprisni uchligini yuqoriga qaratib tutish kerak). Shprisning uchligini pastga qaratib to‘nkaring va yana 5-10 ml suspenziyani zondga darhol yuboring. Suspenziyaning xammasi yuborilmagunicha bu muolajani takrorlang. Shprisni 25 ml suv va 5 ml xavo bilan to‘ldiring va agar shprisda qolgan cho‘kmani yuvish kerak bo‘lsa 5 qadamni takrorlang. Ayrim zondlar uchun 50 ml suv talab etiladi. Nojo‘ya ta‘sirlari Klinik tekshirishlarda va postmarketing davrida quyidagi nojo‘ya reaksiyalar aniqlangan. Quyida sanab o‘tilganlardan birontasi xam dozaga bog‘liq xisoblanmaydi. Nojo‘ya samaralarni rivojlanish tezligini tasnifi Jaxon sog‘liqni saqlash tashkilotiga muvofiq berilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan ≤1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam xollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam xollarda (<1/100000), uchrash-tezligi noma‘lum (bor bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha baxolash mumkin emas). Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar – kam xollarda: leykopeniya, trombositopeniya – juda kam xollarda: agranulositoz, pansitopeniya Immun tizimi tomonidan buzilishlar – kam xollarda: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari (tana xaroratini ko‘tarilishi, angionevrotik shish va anafilaktik reaksiya shok) Metabolizm va ovqatlanishni buzilishi – tez-tez emas: periferik shishlar – kam xollarda: giponatriemiya – uchrash-tezligi noma‘lum: gipomagniemiya, og‘ir gipomagniemiya gipokalsiemiya bilan korrelyasiya bo‘lishi mumkin Ruxiy buzilishlar – tez-tez emas: uyqusizlik – kam xollarda: qo‘zg‘alish, ongni chalkashishi, depressiya – juda kam xollarda: tajovuzkorlik, gallyusinasiyalar Nerv tizimi tomonidan buzilishlar – tez-tez: bosh og‘rig‘i – tez-tez emas: bosh aylanishi, paresteziya, uyquchanlik – kam xollarda: ta‘m bilishni buzilishi Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar – kam xollarda: ko‘rishni noaniqligi Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint faoliyatini buzilishi – tez-tez emas: bosh aylanishi Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar – kam xollarda: bronxospazm Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar – tez-tez: qorin og‘rig‘i, qabziyat, diareya, meteorizm, ko‘ngil aynishi/qusish – tez-tez emas: og‘izni qurishi – kam xollarda: stomatit, me‘da-ichak kandidozi – uchrash-tezligi noma‘lum: mikroskopik kolit Gepatobiliar buzilishlar – tez-tez emas: “jigar” fermentlarining faolligini oshishi – kam xollarda: gepatit (sariqlik bilan yoki usiz) – juda kam xollarda: jigar yetishmovchiligi, jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ensefalopatiya Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar – tez-tez emas: dermatit, qichishish, toshma, eshakemi – kam xollarda: alopesiya,fotosensibilizasiya – juda kam xollarda: ko‘p shaklli eritemi, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz – uchrash-tezligi noma‘lum: o‘tkir osti teri qizil yugurigi Suyak-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar – tez-tez emas: son, bilak yoki umurtqa pog‘onasini sinishi – kam xollarda: artralgiya, mialgiya – juda kam: mushak kuchsizligi Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar – juda kam xollarda: interstisial nefrit; ayrim pasientlarda bir vaqtda buyrak yetishmovchiligi xaqida xabar berilgan Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan buzilishlar – juda kam xollarda: ginekomastiya Umumiy xarakterga ega bo‘lgan asoratlar va yuborilgan joydagi reaksiyalar – kam xollarda: xolsizlik/lohaslik, kuchli terlash Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar Faol moddaga, almashingan benzamidazolllarga yoki yordamchi moddalardan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Ezomeprazolni nelfinavir bilan birga buyurish mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Tadqiqotlar faqat kattalarda o‘tkazilgan. Ezomeprazolni boshqa faol substansiyalarning farmakokinetikasiga ta‘siri So‘rilishi rN qiymatiga bog‘liq bo‘lgan dori vositalari Ezomeprazol va boshqa PPI bilan davolash fonida xlorid kislotasi sekresiyasini bostirilish, so‘rilishi me‘da shirasining rN ga bog‘liq bo‘lgan preparatlarning so‘rilishini o‘zgarishiga (kamayishi yoki ko‘payishi) olib kelishi mumkin. Me‘daning kislotaligini pasaytiruvchi boshqa dori vositalari bilan bo‘lgani kabi, ezomeprazolni qabul qilish fonida ketokonazol, itrakonazol va erlotinib kabi preparatlarning so‘rilishini kamaytirishi, digoksinni esa – oshirishi mumkin. Sog‘lom sub‘ektlarga omeprazol (sutkada 20 mg) va digoksinni yondosh qo‘llash, digoksinning biokiraolishini 10% ga oshishiga (o‘n nafar tekshirilganlarning ikkitasida – 30% gacha) olib kelgan.  Digoksinning toksikligi kam aniqlangan. Lekin keksa pasientlarga ezomeprazol katta dozalarda buyurilganda extiyotkorlikka rioya qilish kerak. Qo‘llashda digoksinning terapevtik monitoringini kuchaytirish kerak. Omeprazolni ayrim proteaza ingibitorlari bilan o‘zaro ta‘siri aniqlangan. Klinik axamiyati va o‘zaro ta‘sir mexanizmi to‘liq o‘rganilmagan. Omeprazol bilan davolash fonida me‘da shirasining rN ni oshishi proteaza ingibitorlarining so‘rilishiga ta‘sir qilish mumkin. O‘zaro ta‘sirning mumkin bo‘lgan boshqa mexanizmlari – CYP2C19 orqali ingibisiya bo‘lishi. Omeprazol bilan bir vaqtda qabul qilinganda qon zardobida atanazavir va nelfinavirning konsentrasiyasini pasayishi kuzatilgan, shunday qilib, bu preparatlarni bir vaqtda buyurish tavsiya etilmaydi. Sog‘lom ko‘ngillilarga omeprazolni (40 mg sutkada 1 marta) atazanavir 300 mg/ritonavir 100 mg bilan birga buyurish, atanazavirning biokiraolishini axamiyatli pasayishiga (taxminan 75% AUC, Cmax va Cmin) olib kelgan. Atanazavirning dozasini 400 mg gacha oshirish ko‘rsatilgan samarani kompensasiya qilmagan. Sog‘lom ko‘ngillilarga  omeprazolni (20 mg sutkada 1 marta) atanazavir 400 mg/ritonavir 100 mg bilan birga buyurish, atanazavirning AUC ni, atanazavir 300 mg/ritonavir 100 mg ni sutkada 1 marta omeprazolsiz buyurilganda kuzatiladigan qiymatlar bilan solishtirganda taxminan 30% ga pasayishiga olib kelgan. Omeprazolni (40 mg sutkada 1 marta) yondosh qo‘llash nelfinavirning AUC, Cmax va Cmin ni 36-39% ga va uning  farmakologik faol metaboliti M8 ning AUC, Cmax va Cmin ning o‘rtacha qiymatini 75-92% ga pasaytirgan. Omeprazol (40 mg sutkada 1 marta) birga buyurilganida qon zardobida sakvinavirning (ritonavir bilan birga) konsentrasiyasini oshishi kuzatilgan (80-100%). 20 mg omeprazolni sutkada 1 marta yondosh qo‘llash darunavirning (ritonavir bilan birga) va amprenavirning AUC ga ta‘sir ko‘rsatmagan. Sutkada 1 marta birga qo‘llash amprenavirning AUC ga ta‘sir ko‘rsatmagan (ritonavir bilan yondosh qabul qilishda xam, usiz xam). 40 mg omeprazolni sutkada 1 marta qo‘llash lopinavirning (ritonavir bilan birga) AUC ga ta‘sir ko‘rsatmagan. Omeprazol va ezomeprazolning farmakodinamik ta‘sirini o‘xshashligi va shunday farmakokinetik xususiyatlari tufayli, ezomeprazol va atanazavirni birga buyurish tavsiya etilmaydi, ezomeprazol va nelfinavirni birga buyurish esa mumkin emas. CYP2C19 orqali metabolizmga uchraydigan faol substansiyalar Ezomeprazol, uning metabolizmida ishtiroq qiluvchi asosiy ferment, CYP2C19 ni ingibisiya qiladi. Shunday qilib, ezomeprazol diazepam, sitalopram, imipramin, klomipramin, fenitoin va x.k. kabi CYP2C19 orqali metabolizmga uchraydigan faol moddalar bilan majmuada qo‘llanganida, bu faol moddalarning plazmadagi konsentrasiyasi oshishi mumkin, bu dozani pasaytirishni talab qilishi mumkin. Ayniqsa buni ezomeprazol “talab bo‘yicha” davolash uchun buyurilganida xisobga olish kerak. 30 mg ezomeprazol va CYP2C19 substrati, diazepamni bir vaqtda qabul qilish, oxirgisining klirensini 45% ga pasayishi bilan kechgan. Tutqanog‘i bo‘lgan pasientlarga 40 mg ezomeprazolni buyurish, dozani oxirida plazmada fenitoinning konsentrasiyasini 13% ga oshishiga olib kelgan. Shuning uchun fenitoin bilan davolash fonida ezomeprazol buyurilganda yoki bekor qilinganda, fenitoinning plazmadagi konsentrasiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi. Omeprazol (40 mg sutkada 1 marta) vorikonazolning (CYP2C19 substrati) Cmax va AUC ni muvofiq 15% va 41% ga oshirgan. Varfarin olayotgan pasientlarga 40 mg ezomeprazol buyurilganida (klinik tadqiqotda), koagulyasiya vaqti yo‘l qo‘yiladigan chegaralarda qolgan. Shunga qaramasdan, postmarketing davrida bu preparatlar bir vaqtda qabul qilinganda, XNN ni oshishini bir necha ayrim klinik axamiyatli xolatlari aniqlangan. Varfarin yoki kumarinning boshqa xosilalari bilan davolash fonida ezomeprazol bilan davolashni inisiasiyasi yoki bekor qilishda monitoring tavsiya etiladi. Omeprazol, ezomeprazol kabi, CYP2C19 ingibitori sifatida ta‘sir qiladi. Kesishgan  tadqiqotda sog‘lom ko‘ngillilarga 40 mg dozada buyurilgan omeprazol silostazolning Cmax va AUC ni muvofiq 18% va 26% ga, uning faol metabolitlaridan birini muvofiq – 29% va 69% ga oshirgan. 40 mg ezomeprazolni yondosh qabul qilish sog‘lom ko‘ngillilarda sizapridning quyidagi ko‘rsatkichlarini oshishiga olib kelgan: AUC – 32% ga, yarim chiqarilish davrini (t1/2) – 31% ga, plazmada sizapridning maksimal konsentrasiyasini axamiyatli oshishiga olib kelgan. Sizapridning bir o‘zi yuborilganida QTc intervalini  axamiyatsiz oshishi, ezomeprazol qo‘shilganida chuqurlashmagan. Ezomeprazol  amoksisillin va xinidinning farmakokinetikasiga klinik axamiyatli ta‘sir qilmaydi. Ezomperazol va naproksen yoki rofekoksibni birga qo‘llashni  baxolash bo‘yicha qisqa muddatli tadqiqotlarda, klinik axamiyatli farmakokinetik o‘zaro ta‘siri aniqlanmagan. Sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari klopidogrel (yuklama doza 300 mg / tutib turuvchi doza 75 mg) va ezomeprazol (sutkada 40 mg peroral) o‘rtasida farmakokinetik / farmakodinamik o‘zaro ta‘sirni namoyish qilgan, bu klopidogrelning faol metaboliti ekspozisiyasini (AUC kattaligi) o‘rtacha 40% ga pasayishiga va trombositlar agregasiyasini maksimal darajada ingibisiya bo‘lishini (ADF tomonidan induksiya bo‘lgan) o‘rtacha 14% ga pasayishiga olib keladi. Klopidogrel 20 mg ezomeprazol + 81 mg asetilsalisil kislotasini fiksasiyalangan majmua bilan birga qo‘llanganda, klopidogrelning faol metabolitini ekspozisiyasi (AUC kattaligi), klopidogrel bilan monoterapiyaga nisbatan deyarli 40% ga pasaygan. Bunda trombositlar agregasiyasini maksimal ingibisiya (ADF tomonidan induksiyalangan) darajasi ikkala guruxda bir xil bo‘lgan. Eksperimental va klinik tekshirishlar natijasida olingan asosiy yurak-tomir xodisalari nuqtai nazardan, ezomeprazolning farmakokinetik / farmakodinamik o‘zaro ta‘sirini klinik ko‘rinishlari xaqidagi ma‘lumotlar, qarama-qarshi xisoblanadi. Extiyotkorlik chorasi sifatida, ko‘rsatilgan preparatlarni birga qo‘llashdan saqlanish kerak. Noma‘lum mexanizm Ezomeprazol va takrolimus bir vaqtda yuborilganida, plazmada oxirgisining konsentrasiyasini oshishi qayd etilgan. Ayrim pasientlarda metotreksatning darajasini, u PPI bilan birga qabul qilinganda oshishi aniqlangan. Metotreksat katta dozalarda buyurilganda, ezomeprazolni vaqtinchalik bekor qilish zaruratini baxolash kerak. Boshqa faol substansiyalarni ezomeprazolning farmakokinetikasiga ta‘siri Ezomeprazol CYP2C19 va CYP3A4 ishtirokida metabolizmga uchraydi. Ezomeprazol va CYP3A4 ingibitori klaritromisinni (500 mg sutkada 2 marta) birga qo‘llash, ezomeprazolning AUC kattaligini ikki marta oshishiga olib kelgan. Ezomeprazol va CYP2C19 va CYP3A4 ni majmuaviy ingibitorini birga qo‘llash, ezomeprazolning AUC kattaligini ikki martadan ko‘proq qiymatga oshishiga olib kelishi mumkin. CYP2C19 va CYP3A4 ingibitori vorikonazol omeprazolning AUCr ni 280% ga oshirgan. Odatda, bunday vaziyatlarda ezomeprazolning dozasiga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Lekin jigar faoliyatini og‘ir darajada buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, shuningdek uzoq muddatli davolash o‘tkazilganda dozaga tuzatish kiritish zaruratini baxolash kerak. CYP2C19 yoki CYP3A4 ni induksiya qiluvchi preparatlarni (rifampisin va dalachoy) qo‘llash, ezomeprazolning metabolizmini tezlashishi oqibatida plazmada uning konsentrasiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Maxsus ko‘rsatmalar Xar qanday xavfli simptomlar (tana vaznini axamiyatli darajada spontan kamayishi, takrorlanuvchi qusish, disfagiya, qonli qusish yoki melena), shuningdek me‘da yarasiga gumon qilinganida yoki aniqlanganida, xavfli o‘sma mavjudligini istisno qilish kerak, chunki Emanerani qabul qilish simptomlarning yaqqolligini kamaytirishi va tashxis qo‘yishni kechiktirishi mumkin. Uzoq muddat (ayniqsa bir yildan ko‘p) davolanayotgan pasientlar shifokorning muntazam kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak. “Talab bo‘yicha” davolanayotgan pasientlarni, simptomlarning xarakteri o‘zgarganida davolovchi shifokorga murojaat qilishlari lozimligini tushuntirish kerak. Ezomeprazol “talab bo‘yicha” davolash ko‘rinishida buyurilganida, plazmada ezomeprazolning konsentrasiyasini o‘zgarishlarini xisobga olib, uni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirini kuzatilishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini inobatga olish kerak. Ezomeprazol Helicobacter pylori eradikasiyasi uchun buyurilganda uchtalik davolash komponentlari o‘rtasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan o‘zaro ta‘sirini xisobga olish kerak. Klaritromisin CYP3A4 ning kuchli ingibitori xisoblanadi, shuning uchun CYP3A4 orqali metabolizmga uchraydigan preparatlarni (masalan, sizaprid) qabul qilayotgan pasientlarga eradikasion davolash buyurilganida klaritromisinni qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar va mumkin bo‘lgan dorilarning o‘zaro ta‘sirini xisobga olish kerak. Proton pompa ingibitorlari bilan davolash, Salmonella va Campylobacter kabi qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan me‘da-ichak infeksiyalari rivojlanish xavfini axamiyatsiz ravishda oshirishi mumkin. Ezomeprazol va atazanavirni bir vaqtda buyurish tasiya etilmaydi. Majmuaviy davolash zarurati bo‘lganida, 100 mg ritonavir bilan atanazavirning dozasini 400 mg gacha oshirib, sinchikov klinik monitoringni ta‘minlash kerak,  bunda 20 mg ni tashkil qiluvchi ezomeprazolning dozasini oshirish tavsiya etilmaydi. Xlorid kislotasi sekresiyasini bloklovchi boshqa preparatlar kabi, gipo- yoki axlorgidriya rivojlanishi mumkinligi tufayli, ezomeprazol V12 vitaminining so‘rilishini pasaytirishi mumkin. V12 vitaminining so‘rilishini pasayish xavf omillari bo‘lgan pasientlarni davomli davolash amalga oshirilganida, bu holatni xisobga olish kerak. Ezomeprazol CYP2C19 ning ingibitori xisoblanadi. Ezomeprazol bilan davolash inisiasiya bo‘lganida yoki kursi tugaganida, CYP2C19 ishtirokida metabolizmga uchraydigan boshqa dori vositalari bilan uni mumkin bo‘lgan reaksiyalarini baxolash kerak. Omeprazol va klopedogrelni o‘zaro ta‘siri ma‘lum. Bu ko‘rinishning klinik axamiyati noma‘lum. Extiyotkorlik chorasi sifatida, ko‘rsatilgan preparatlarni birga buyurishdan saqlanish kerak. Proton pompasi ingibitorlari, ayniqsa yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida (>1 yil), asosan keksa pasientlarda yoki boshqa xavf omillari bo‘lgan pasientlarda son, bilak va umurtqa pog‘onasining sinishi xavfini axamiyatsiz darajada oshirishi mumkin. Eksperimental tadqiqotlar proton pompa ingibitorlari sinishlarning umumiy xavfini 10-40% ga oshirish xususiyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Osteoporozni rivojlanish xavfi bo‘lgan pasientlarga davolashni joriy klinik qo‘llanmalarga muvofiq buyurish kerak. Bundan tashqari, ularga kalsiy va D vitaminini adekvat iste‘mol qilinishini ta‘minlash kerak. Laborator ko‘rsatgichlarga ta‘siri CgA darajasini oshishi neyroendokrin o‘smalarni aniqlashga xalaqit qilishi mumkin. Bundan saqlanish uchun, CgA ni aniqlashdan, kamida besh kun oldin ezomeprazol qabul qilishni vaqtinchalik to‘xtatish kerak. Gipomagniemiya Kamida uch oy davomida, ko‘pchilik xollarda esa – bir yil da

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?