ENAP 0,02 tabletkalari N20
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Yurak-qon tomir vositalari
Страна производитель:
Sloveniya
Активное вещество:
Enalapril
Производитель:
КРКА, д.д., Ново место, АО
Количество в упаковке:
20
Код ATX:
C09AA02
Инструкция ENAP 0,02 tabletkalari N20
Qadoqda soni
20
Umumiy ma'lumot
ENAP 0,02 tabletkalari N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar Ilova-varaqa: pasient uchun ma‘lumot Enap®, tabletkalar 2,5 mg Enap®, tabletkalar 5 mg Enap®, tabletkalar 10 mg Enap®, tabletkalar 20 mg Enalapril maleati Ushbu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin ilova-varaqani diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi. Ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Uni takroran o‘qib chiqishingiz talab etilishi mumkin. Agar Sizda qo‘shimcha savollar yuzaga kelsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Ushbu preparat shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Bu, hatto agar ularda Sizdagiga o‘xshash kasallik belgilari kuzatilsa ham, ularga zarar yetkazishi mumkin. Agar Sizda nojo‘ya samaralar rivojlansa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Bu shuningdek ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarga ham taalluqli. 4 bo‘limga qarang. Ilova-varaqada qanday ma‘lumotlar mavjud: Enap® preparati nima va u nima uchun mo‘ljallangan Siz Enap® preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilishingiz kerak Enap® preparati qanday qabul qilinadi Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar Enap® preparatini qanday saqlash kerak O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot Enap® preparati nima va u nima uchun mo‘ljallangan Enap® preparati angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari (AAF ingibitorlari) guruhiga mansub. Ushbu dori preparati qon tomirlarni kengaytirish yo‘li orqali ta‘sir ko‘rsatadi, bu arterial bosimni pasayishiga olib keladi. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda Enap® preparati yurak funksiyasini yaxshilaydi. Enap® preparati quyidagilarda qo‘llanadi: arterial bosimni oshishini davolash uchun; yurak yetishmovchiligini davolash uchun; yurak yetishmovchiligining erta bosqichi, ya‘ni simptomlar rivojlanmagan pasientlarda yurakni keyinchalik kuchsizlanishini oldini olish va simptomlar rivojlanishini sekinlashtirish uchun; chap qorincha disfunksiyasi bo‘lgan pasientlarda yurak tomonidan to‘satdan og‘ir asoratlar (koronar ishemik ko‘rinishlar) ni oldini olish uchun qo‘llanadi. Siz Enap® preparatini qo‘llashdan oldin nimalarni bilishingiz kerak Enap® preparatini quyidagi holatlarda qabul qilmang agar Sizda enalapril yoki ushbu preparatning boshqa komponentlariga (6 bo‘limda sanab o‘tilgan) allergiya bo‘lsa; agar Sizda boshqa AAF ingibitorlarini qabul qilgandan keyin to‘satdan lab va yuz, bo‘yin va ehtimol qo‘l kafti va oyoq kaftini shishini yoki bo‘g‘ilish yoki xirillash (angionevrotik shish) chaqiruvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyasi kuzatilgan bo‘lsa; agar Sizda nasliy angionevrotik shish yoki boshqa, noma‘lum sababli angionevrotik shish bo‘lsa; agar Sizda 3 oylikdan katta muddatdagi homilador bo‘lsangiz (homiladorlikning erta muddatlarida Enap® preparatini qabul qilishdan saqlangan afzal – “Homiladorlik” bo‘limiga qarang); agar Sizda diabet yoki buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lsa va agar Siz arterial bosimni pasaytirish uchun aliskiren saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz. Agar sanab o‘tilganlardan birontasi Sizda kuzatilsa, shifokoringiz bilan maslahatlashing. Maxsus ko‘rsatmalar Enap® preparatini qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Quyidagi holatlarda Enap® preparatini ehtiyotkorlik bilan qabul qilinsin: agar Siz buyrak kasalligi tufayli davolanayotgan yoki gemodializ olayotgan bo‘lsangiz yoki Siz tuzsiz parhezga rioya qilayotgan bo‘lsangiz yoki yaqinda Sizda kuchli qusish yoki diareya kuzatilgan bo‘lsa; agar Siz yurak klapanlari kasalliklari yoki yurakning boshqa kasalliklarini davolash uchun dori preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz; agar Sizda jigar kasalligi mavjud bo‘lsa; agar Sizda qonda leykositlarni sonini kamayishi yoki yetishmovchiligi, trombositlar sonini pasayishi yoki eritrositlar sonini kamayishi kabi qon tomonidan buzilishlar bo‘lsa; agar Sizda arterial bosim past bo‘lsa (agar Siz, ayniqsa turganda hushdan ketishdan oldingi holat yoki bosh aylanishini his qilsangiz); agar Siz yaqinda buyrak transplantasiyasini o‘tkazgan bo‘lsangiz yoki transplantatni ko‘chishini oldini olish uchun dori preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz; agar Sizda immun tizimining boshqa kasalliklari yoki allergiya bo‘lsa; agar Sizda yutishni yoki nafas olishni qiyinlashishini chaqiruvchi yuz, lab, til va/yoki tomoqni shishi bilan kechuvchi allergik reaksiya kuzatilgan bo‘lsa; agar Siz qandli diabet yuzasidan davolanayotgan bo‘lsangiz; agar Sizda sariqlik rivojlansa; agar Sizda davomli, doimiy quruq yo‘tal rivojlansa; agar Siz litiy preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz agar Siz arterial bosimni oshishini davolash uchun quyida sanab o‘tilgan preparatlardan birontasini qabul qilayotgan bo‘lsangiz: angiotenzin II reseptorlari blokatorlari (ARB) (shuningdek sartanlar kabi ma‘lum – masalan varsartan, telmisartan, irbesartan), ayniqsa agar Sizda qandli diabet chaqirgan buyrak bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa. aliskiren. Shifokor Sizda buyrak funksiyasi, arterial bosim va qonda elektrolitlar (masalan kaliy) darajasini muntazam tekshirishi mumkin. Shuningdek “Enap® preparatini qabul qilmang” bo‘limidagi ma‘lumotga qarang. Shifokoringiz (yoki stomatolog) jarroxlik muolajasini yoki anesteziya, gemodializ yordamida yoki qonni tozalashning boshqa muolajasini (aferez) yoki ari/asalari chaqishiga allergiya yuzasidan desensibilizasiya qiluvchi davolash rejalashtirgan bo‘lsa, Siz enalapril qabul qilayotganligingiz haqida shifokoringizga xabar bering. Agar Siz homiladorman deb hisoblasangiz (yoki homilador bo‘lishingiz mumkin bo‘lsa) shifokorga xabar berishingiz kerak. Enap® preparatini homiladorlikning erta muddatlarida qabul qilish tavsiya etilmaydi, shuningdek 3 oylikdan katta muddatdagi homiladorlikda qabul qilish mumkin emas, chunki bu bosqichda bu bolangizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin (“Homiladorlik” bo‘limiga qarang). Enap® preparati boshqa irqlarga nisbatan negroid irqqa mansub pasientlarda arterial bosimni pasaytirish yuzasidan kamroq samarali. Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi Arterial bosimi yuqori bo‘lgan bolalarda Enap® preparatini qo‘llash haqidagi ma‘lumot cheklangan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar yoki buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan bolalarni davolash uchun Enap® preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi. Boshqa dori preparatlari va Enap® preparati Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan bo‘lsangiz shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering. Bu asosan quyidagi preparatlarga taalluqli: yuqori arterial bosimi, yurak yetishmovchiligini davolash uchun preparatlar; siydik haydovchi vositalar (diuretiklar); kaliy saqlovchi qo‘shimchalar, kaliy o‘rnini bosuvchilar yoki kaliy saqlovchi tuzlar, kaliy tejovchi diuretiklar; bo‘g‘imlarda og‘riqni davolash uchun preparatlar; aspirin (asetilsalisil kislotasi); ruhiyatni buzilishlarini davolash uchun preparatlar (shu jumladan litiy); qandli diabetni davolash uchun preparatlar; artritni davolash uchun oltin saqlovchi preparatlar (natriy aurotiomalat); yo‘tal va shamollashni davolash uchun ayrim preparatlarning tarkibiga kiruvchi vositalar (simpatomimetiklar); qon lahtalarini hosil bo‘lishini oldini olish uchun qo‘llanadigan preparatlar (trombolitiklar). Enalapril va yuqorida sanab o‘tilgan kasalliklarni davolash uchun qo‘llanadigan ayrim preparatlarni bir vaqtda qo‘llash ushbu preparatlarning samarasini susaytirishi yoki ularning nojo‘ya samaralarini kuchaytirishi, enalaprilning samarasiga ta‘sir ko‘rsatishi yoki buyrak funksiyasini buzilishi xavfini oshirishi mumkin. Shifokor Sizga har qanday preparatni buyurishidan oldin, unga enalaprilni qabul qilayotganligingiz haqida xabar bering. Shifokorga dozani o‘zgartirish va/yoki boshqa ehtiyotkorlik choralarini qo‘llash talab etilishi mumkin: agar Siz angiotenzin II reseptorlari blokatorlari (ARB) yoki aliskiren qabul qilayotgan bo‘lsangiz (shuningdek “Enap® preparatini qabul qilmang” va “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limidagi ma‘lumotlarga qarang). Enap® preparatini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan birga qabul qilish Siz preparatni ovqatdan oldin, ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin qabul qilishingiz mumkin. Enalapril bilan davolash vaqtida alkogolni iste‘mol qilish tavsiya etilmaydi, chunki u enalaprilning arterial bosimni pasaytirishga yo‘naltirilgan samarasini kuchaytiradi. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Har qanday dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Homiladorlik Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirgan bo‘lsangiz, ushbu dori preparatini qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Shifokor homiladorlikdan oldin yoki homiladorlik aniqlangan zahotiyoq Enap® preparatini qabul qilishni to‘xtatishni tavsiya etishi va Sizga boshqa preparatni buyurishi mumkin. Enap® preparatini homiladorlikning erta muddatlarida qabul qilish tavsiya etilmaydi, shuningdek 3 oylikdan katta muddatdagi homiladorlikda qabul qilish mumkin emas, chunki bu bosqichda bu bolangizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Emizish davri Agar Siz emizayotgan bo‘lsangiz yoki emizishni rejalashtirgan bo‘lsangiz shifokorga xabar bering. Enap® preparati bilan davolaganda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni (tug‘ilgandan keyin birinchi bir necha xaftalik), ayniqsa chala tug‘ilgan chaqaloqlarni emizish tavsiya etilmaydi. Agar bolangiz kattaroq bo‘lsa, shifokoringiz boshqa davolash usullariga nisbatan Enap® preparatini qabul qilish foydasi va xavfi haqida so‘zlab beradi. Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash Transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash vaqtida to‘satdan bosh aylanishi yoki toliqish paydo bo‘lishi mumkin. Enap® preparati laktoza saqlaydi Agar shifokoringiz Sizda qandning ayrim turlarini o‘zlashtiraolmaslik mavjudligi haqida xabar qilgan bo‘lsa, ushbu dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing. Enap® preparati qanday qabul qilinadi Ushbu preparatni har doim shifokoringiz yoki farmasevt buyurganidek qo‘llash kerak. Agar Sizda gumonlar tug‘ilsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Yuqori arterial bosimni davolash Yuqori arterial bosimni davolash uchun Enap® preparatining odatdagi boshlang‘ich dozasi 5 mg dan 20 mg gachani tashkil qiladi. Preparat sutkada bir marta qabul qilinadi. Normal arterial bosimdan biroz yuqori bo‘lgan pasientlarda tavsiya etilgan boshlang‘ich doza sutkada 5-10 mg ni tashkil qiladi. Odatdagi samarani bir maromda ushlab turuvchi doza sutkada bir marta 20 mg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik samarani bir maromda ushlab turuvchi doza 40 mg ni tashkil qiladi. Agar Siz Enap® preparati bilan davolashni boshlashdan oldin siydik haydovchi vositalarning (diuretiklar) yuqori dozalarini qabul qilgan bo‘lsangiz, tavsiya etilgan boshlang‘ich doza 5 mg va undan kamroqni tashkil qiladi. Imkoni boricha shifokoringiz Sizni Enap® preparati bilan davolashni boshlashdan ikki yoki uch kun oldin diuretiklarni qabul qilishni to‘xtatishingizni so‘raydi. Yurak yetishmovchiligini davolash/yurak funksiyasini susayishini oldini olish Odatdagi boshlang‘ich doza sutkada bir marta 2,5 mg ni tashkil qiladi. Ushbu dozani bir yoki ikki marta qabul qilinadigan 20 mg ga teng samarani bir maromda ushlab turuvchi dozagacha asta-sekin oshirish mumkin. Maksimal sutkalik doza ikki marta qabul qilinadigan 40 mg ni tashkil qiladi. Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlar uchun dozalash Shifokor buyrak funksiyasini buzilishi darajasiga qarab zarur dozani belgilaydi. Gemodializda bo‘lgan pasientlar Gemodializ o‘tkaziladigan kuni 2,5 mg Enap® preparatini qabul qilish kerak; dializ o‘tkazilmaydigan kunlari shifokor arterial bosimingiz darajasiga qarab dozaga tuzatish kiritadi. Bolalarda qo‘llanishi Bolalar uchun dozani shifokor belgilaydi. Arterial bosimi yuqori bo‘lgan bolalarda Enap® preparatini qo‘llash tajribasi cheklangan. Agar bola tabletkani yuta olsa, doza bolaning tana vazni va arterial bosimiga qarab belgilanadi. Odatdagi boshlang‘ich dozalari quyidagilarni tashkil etadi: tana vazni 20 kg dan 50 kg gacha bo‘lgan bolalar uchun: 2,5 mg enalapril sutkada bir marta tana vazni 50 kg dan yuqori bo‘lgan bolalar uchun: 5 mg enalapril sutkada bir marta. Doza bolaning ehtiyojiga qarab o‘zgartirilishi mumkin: tana vazni 20 kg dan 50 kg gacha bo‘lgan bolalarda sutkada 20 mg ga teng maksimal dozani qo‘llash mumkin tana vazni 50 kg dan yuqori bo‘lgan bolalarda sutkada 40 mg ga teng maksimal dozani qo‘llash mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va buyrak tomonidan buzilishlari bo‘lgan bolalarni davolash uchun Enap® preparatini qo‘llash mumkin emas. Boshlang‘ich dozani va birinchi yuqoriroq dozani qabul qilganda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Agar Siz bosh aylanishi yoki vertigo his qilsangiz, darhol shifokoringiz bilan bog‘laning. Agar Siz Enap® preparatining samarasi haddan tashqari kuchli yoki haddan tashqari kuchsiz deb hisoblasangiz, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Agar Siz Enap® preparatini keragidan ortiq qabul qilgan bo‘lsangiz Dozani oshirib yuborilishining eng ko‘p uchraydigan belgisi bo‘lib arterial bosimni haddan tashqari pasayishi (arterial gipotenziya) hisoblanadi. Bunday hollarda boshni pastroq qilib yotish va shifokorni chaqirish kerak. Agar bola preparatni to‘satdan qabul qilgan bo‘lsa, shifokoringiz bilan bog‘laning. Agar Siz Enap® preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz Agar Siz Enap® preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, keyingi dozani odatdagi vaqtda qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun dozani ikki marta qabul qilish mumkin emas. Agar Siz Enap® preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz Davolash bekor qilingandan keyin vaqt o‘tishi bilan arterial bosim takroran oshishi mumkin, bu yuqori arterial bosim bilan bog‘liq bo‘lgan, ayniqsa yurak, bosh miya va buyrak tomonidan asoratlar xavfini oshirishi mumkin. Yurak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarning holati gospitalizasiya talab qiladigan darajagacha yomonlashishi mumkin. Agar Sizda ushbu preparatni qo‘llash yuzasidan qo‘shimcha savollar yuzaga kelsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar Barcha dori preparatlari kabi ushbu preparat nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin, garchi ular barchada namoyon bo‘lmaydi. Juda tez-tez: 10 nafar odamdan 1 nafaridan ko‘prog‘ida kuzatiladi ko‘rishni noaniqligi bosh aylanishi yo‘tal ko‘ngil aynishi energiyani yo‘qligi (asteniya). Tez-tez: 10 nafar odamdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin bosh og‘rig‘i, depressiya arterial bosimni pasayishi, hushdan ketishdan oldingi holat (hushdan ketish), ko‘krakda og‘riq, yurak ritmini buzilishi, stenokardiya, yurak urishini tezlashishi nafas olishni qiyinlashishi (hansirash) diareya, qorinda og‘riq, ta‘m bilishni buzilishi teri toshmasi, yuz, qo‘l-oyoq, yutish yoki nafas olishni qiyinlashi bilan til va/yoki tomoqni shishi bilan kechuvchi allergik reaksiyalar toliqish qonda kaliy konsentrasiyasini pasayishi, zardobda kreatinin konsentrasiyasini oshishi. Tez-tez emas: 100 nafar odamdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin anemiya qonda qand konsentrasiyasini pasayishi ongni chalkashishi, uyquchanlik yoki uyquga ketishda qiyinchilik, asabiylik, qo‘l kafti yoki panjada uvishish yoki sanchish hissi (paresteziya), vertigo (aylanish hissi) o‘tirgan yoki o‘tgan holatdan tez turganda arterial bosimni pasayishi, yurak urishini tezlashishi yoki kuchayishi (yurak urishini his qilish), yurak xuruji yoki insult, ehtimol yurak-qon tomir asoratlarini rivojlanishi xavfi yuqori bo‘lgan pasientlarda arterial bosimni juda pastligi tufayli tumov (rinoreya), tomoqda og‘riq, ovozni bo‘g‘ilishi, bronxial astma ichak obstruksiyasi (ichak tutilishi), me‘da osti bezini yallig‘lanishi (pankreatit), ko‘ngil aynishi, me‘da-ichak yo‘llari tomonidan funksional buzilishlar (dispepsiya), qabziyat, me‘dani ta‘sirlanishi, og‘izni qurishi, ishtahani yo‘qolishi (anoreksiya), me‘da yarasi ko‘p terlash, qichishish, isitmali eshakemi (eshakemi), sochlarni to‘kilishi buyrak funksiyasini pasayishi, buyrak yetishmovchiligi, siydikda oqsilni bo‘lishi (proteinuriya) erkaklarda jinsiy kuchsizlik (impotensiya) mushak spazmlari, giperemiya, quloqlarda shang‘illash, isitma, o‘zini umumiy yomon his qilish (lohaslik) zardobda mochevina konsentrasiyasini oshishi, qonda natriy konsentrasiyasini pasayishi. Kam hollarda: 1000 nafar odamdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin qon ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi (qonda leykositlar va eritrositlar sonini kamayishi, gemoglobinning konsentrasiyasini pasayishi, trombositlar sonini kamayishi), autoimmun kasalliklar sariqlik, hosil bo‘layotgan siydik miqdorini kamayishi odatdagi bo‘lmagan tushlar, uyquni buzilishi qo‘l va oyoq barmoqlarini vaqti-vaqti bilan oqarishi (Reyno sindromi) o‘pkada suyuqlik to‘planishi, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatini yallig‘lanishi, pnevmoniya og‘iz bo‘shlig‘ini shishi yoki yara hosil bo‘lishi, til infeksiyasi yoki og‘riq yoki shishi jigar yetishmovchiligi, jigarni yallig‘lanishi, o‘t chiqarish yo‘llari obstruksiyasi, ular terini sarg‘ayishiga olib kelishi mumkin (sariqlik) terini qizarishi, pufaklarni hosil bo‘lishi va terini yallig‘lanishi, ayniqsa qo‘l kafti va panjada, og‘iz bo‘shlig‘ida va og‘iz atrofida va isitma (Stivens-Djonson sindromi), terini kepaklanishi siydik miqdorini kamayishi erkaklarda sut bezlarini kattalashishi (ginekomastiya) jigar fermentlari faolligi oshishi, bilirubin konsentrasiyasini oshishi. Juda kam hollarda: 10000 nafar odamdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin ichak shilliq qavatini shishi Noma‘lum: mavjud ma‘lumotlar asosida tez-tezligini baholab bo‘lmaydi antidiuretik gormon noadekvat sekresiyasi sindromi (AGNASS). Enap® preparatini qanday saqlash kerak Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach preparat qo‘llanilmasin. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi. Namlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Dori preparatlarini kanalizasiya yoki maishiy chiqindilar bilan tashlab yuborish mumkin emas. Siz boshqa qo‘llamaydigan dori preparatlarini qanday utilizasiya qilish haqida farmasevtdan so‘rang. Ushbu choralar atrof muhitni himoya qilishga yordam beradi. O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot Enap® preparatini nimalarni saqlaydi 1 tabletka faol modda: enalapril maleati 2,5 mg, 5 mg, 10 mg yoki 20 mg saqlaydi. Yordamchi moddalar: 2,5 mg va 5 mg li tabletkalar: natriy gidrokarbonati, laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, gidroksipropilsellyuloza, talk, magniy stearati 10 mg va 20 mg li tabletkalar: natriy gidrokarbonati, laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, temir oksidi qizil bo‘yovchisi (Ye172) va temir oksidi sariq bo‘yovchisi (Ye172). Enap® preparati qanday ko‘rinishga ega va o‘ram ichidagisi 2,5 mg li tabletkalar – dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, qirralari kesilgan, oq rangli tabletkalar. 5 mg li tabletkalar – dumaloq shaklli, yassi, qirralari kesilgan va bir tomonida riskali, oq rangli tabletkalar. 10 mg li tabletkalar – dumaloq shaklli, yassi, bir tomonida riskali, qirralari kesilgan, qizil-jigarrang rangli tabletkalar; tabletka yuzasida va massasida oq yoki to‘q-qizil dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. 20 mg li tabletkalar – dumaloq shaklli, yassi, bir tomonida riskali, qirralari kesilgan, och-to‘q sariq rangli tabletkalar; tabletka yuzasida va massasida oq yoki jigarrang-to‘q-qizil dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Enap® tabletkalari 2,5 mg, 5 mg, 10 mg yoki 20 mg: 10 tabletkadan OPA/Al/PVX folgali va alyumin folgali blisterga joylanadi. 2 blisterdan ilova-varaqa bilan karton qutiga joylanadi. Berish tartibi Shifokor resepti bilan beriladi. Ulashish: