SANORIN sprey
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Burun uchun vositalar
Страна производитель:
Chexiya respublikasi
Активное вещество:
Nafazolin
Производитель:
Teva Czech Ind.
Количество в упаковке:
---
Код ATX:
R01AA08 Нафазолин
Инструкция SANORIN sprey
Umumiy ma'lumot
SANORIN sprey qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA SANORIN SANORIN Preparatning savdo nomi: Sanorin Ta‘sir etuvchi modda (XPN): nafazolin Dori shakli: nazal tomchilari (emulsiya) 0,1%. Tarkibi: 10 ml emulsiya quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 0,01 g nafazolin nitrati; yordamchi moddalar: borat kislotasi, metilparagidroksibenzoat, setil spirti, evkalipt moyi, polisorbat 80, xolesterin, suyuq parafin, etilendiamin, tozalangan suv. Ta‘rifi: engil silkitiluvchi, oq rangli emulsiya. Farmakoterapevtik guruhi: LOR-a‘zolari kasalliklarini davolash uchun preparatlar. Simpatomimetiklar. ATX kodi: R01AA08. Farmakologik xususiyatlari Sanorin alfa2-adrenoreseptorlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri rag‘batlantiruvchi simpatomimetik hisoblangan nafazolin saqlaydi. Qon tomirlarni toraytiruvchi ta‘siri oqibatida shish, giperemiya va ekssudasiya kamaytiradi. Burun ichiga qo‘llanganida burunning qo‘shimcha bo‘shliqlarining chiqaruvchi yo‘llarini ochilishi va kengayishiga va yevstaxiy naylarining tozalanishiga yordam beradi. Farmakokinetikasi Nafazolinni taqsimlanishi, metabolizmi va chiqarilishi xaqida ma‘lumotlar noma‘lum. Mahalliy qo‘llanganida qon tomirlarni toraytiruvchi samarasi 5-10 minut o‘tgach yuz beradi va 4 soatdan 6 soatgacha davom etadi. Tizimli qon oqimiga so‘rilishi va tizimli ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Qo‘llanishi o‘tkir rinit; sinusit; evstaxiit; laringit; rinoskopiya o‘tkazishni yengillashtirish uchun; burundan qon ketishini to‘xtatishni zarurati bo‘lganda qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Burun ichiga: 1-3 tomchi emulsiya har bir burun yo‘liga kuniga 2-3 marta buyuriladi. Qabul qilish orasidagi interval 4 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Preparat 5 kundan ko‘p qo‘llash mumkin emas. Agar burun orqali nafas yengillashsa, unda qo‘llashni oldinroq tugatish mumkin. Preparatni takroriy qo‘llash faqat bir necha kun o‘tgandan keyin mumkin. Tashxis maqsadida rinoskopiya o‘tkazishni yengillashtirish uchun preparat xar bir burun yo‘liga 3-4 tomchidan qo‘llanadi. Burundan qon ketishida, xar bir burun yo‘liga preparat bilan xo‘llangan paxta tampon kiritiladi. Nojo‘ya ta‘sirlari Tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Kam hollarda bosh og‘rig‘i, taxikardiya, qon bosimini oshishi, burun shilliq qavatida quruqlik va achishish xissi paydo bo‘lishi mumkin. Davomli va tez-tez qo‘llashda, 1 haftadan ortiq kattalarda, o‘rganib qolish kuzatilishi mumkin, u tomizilgandan keyin darxol burun yo‘llarining o‘tkazuvchanligini buzilishi va shilliq qavatining quruqligi bilan namoyon bo‘ladi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; arterial gipertoniya; ko‘z og‘ir kasalliklari; gipertireoidizm; qandli diabet; yopiqburchakli glaukoma; surunkali rinit (atrofik turi); 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Preparatni monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari bilan bir vaqtda yoki ularni qo‘llash tugaganidan keyin 14 kun o‘tmasdan oldin qo‘llash mumkin emas, chunki yurak ritmini buzilishi va qon bosimni oshishi yuz berishi mumkin. Maxsus ko‘rsatmalar Yurak-qon tomir va nevrologik nojo‘ya ko‘rinishlar (gipertenziya, aritmiya, yurak urishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquchanlik yoki uyqusizlik) paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli, preparatning yuqori dozalarini qo‘llayotgan pasientlar, kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi Homilador va emizuvchi ayollarda preparatni qo‘llash bo‘yicha yetarli ma‘lumotlar yo‘q, Shuning uchun uni ehtiyotkorlik bilan va faqat uni qo‘llashdan kutilayotgan foyda, potensial xavfdan yuqori bo‘lgan holda qo‘llash kerak. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri Sanorin transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlashni talab qiluvchi faoliyatga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Preparatni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llash mumkin emas va bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: ta‘sirchanlik, ko‘p terlash, kuchsizlik, taxikardiya, arterial bosimni oshishi. Keyinchalik uyquchanlik, tana haroratini pasayishi, bradikardiya paydo bo‘lishi mumkin. Davolash: simptomatik. Maxsus antidoti mavjud emas. Chiqarilish shakli 10 ml dan preparat polietilen qalpoqchali SANO tomchilagich va birinchi ochish nazorati himoya tasmasi va etiketka bilan ta‘minlangan jigarrang rangli shisha flakonda. Har bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan. Saqlash sharoiti Yorug‘likdan himoyalangan joyda, +25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlashdan himoya qilinsin. Yaroqlilik muddati 4 yil. Dorixonalardan berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: