SELEPID emulsiya 100ml 10%

Обновлено: 21.07.2022

SELEPID emulsiya 100ml 10%
  • Категория:

    Qon uchun

  • Страна производитель:

    Hindiston

  • Активное вещество:

    ---

  • Производитель:

    Otsuka Pharmaceutical India Private Limited

  • Количество в упаковке:

    ---

  • Код ATX:

    B05BA02

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция SELEPID emulsiya 100ml 10%

  • Umumiy ma'lumot

    SELEPID emulsiya 100ml 10% qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA SELEPID™ CELEPID™   Preparatning savdo nomi: Selepid™ Ta‘sir etuvchi moddalar: soya moyi, tuxum lesitini, gliserol Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun yog‘li emulsiya Tarkibi: Har 100 ml emulsiya quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: soya moyi                                            10,0 g; tuxum lesitini                               1,2 g; gliserol                                           2,25 g; energetik qiymati (kkal)               1100; osmolyarligi                                     300 mOsm/l; yordamchi moddalar: natriy oleati, natriy gidroksidi, in‘eksiya uchun suv. Ta‘rifi: yot zarrachalar va yirik yog‘ tomchilari bo‘lmagan oq rangli sutga o‘xshash emulsiya. Farmakoterapevtik guruhi: parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadigan preparat. ATX kodi: V05VA02   Farmakologik hususiyatlari Selepid™ – parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadigan vosita bo‘lib, energiya va essensial yog‘ kislotalarining manbai hisoblanadi. Tarkibida almashtirib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalari tanqisligini bartaraf qiladigan yog‘ komponentlarini saqlaydi, tanqislikni klinik simptomlari bo‘lganida, uni to‘g‘rilanishiga olib keladi. Tuxum sarig‘idagi lesitinning tarkibiga kiruvchi fosfatidlar hujayra membranalarining tarkibiga kiradi va ularni faoliyatini ta‘minlaydi. Gliserol organizmda glikogen va lipidlar sintezida ishtirok etadigan energetik substrat hisoblanadi. Farmakokinetikasi Preparatning tarkibiga kiruvchi yog‘ zarrachalari odam qonidagi xilomikronlarning o‘lchamiga to‘g‘ri keladigan o‘lchamdagi pufakchalarni hosil qiladi, shuning uchun Selepid™ning farmakokinetik ta‘siri lipidlarning fiziologik almashinuvi bilan bir xil. Preparat yuborilganidan so‘ng plazmada trigliseridlarning darajasi qisqa muddatga oshishi kerak. Trigliseridlar lipoprotein-lipaza ta‘sirida erkin yog‘ kislotalari va gliseringa gidrolizlanadi. Erkin yog‘ kislotalari yo to‘qimalarga taqsimlanadi (u yerda ular oksidlanadi yoki trigliseridlar qayta sintezlanadi va to‘planadi), yoki albuminlar bilan bog‘lanib, plazmada aylanib yuradi. Jigarda erkin yog‘ kislotalari oksidlanadi yoki qonga qayta tushishi mumkin bo‘lgan juda past zichlikdagi lipoproteinlarni hosil qiladi. Tun davomida och qolgan odamda yog‘li emulsiyani chiqarilish darajasi sutkada tana vazniga taxminan 4 g/kg ni tashkil etadi. Organizmdan chiqarilish hususiyati organizmning holati va kasallikni og‘irlik darajasiga bog‘liq. Qo‘llanilishi Selepid™ yog‘li emulsiya parenteral nutrision yordamga muhtoj bo‘lgan pasientlar uchun energiya va almashtirib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalarini manbai sifatida ko‘rsatilgan. Preparat quyidagi holatlarda buyuriladi: Bemorni jarrohlik yo‘li bilan davolashga operasiyadan oldingi tayyorgarlikda energetik nutrient sifatida; Operasiyadan keyingi davrda – organizmning oqsil-energetik holatini tiklash uchun majmuaviy davolash tarkibida; Turli etiologiyali kaxeksiyada; Kuchli plazmoreya va yiringli jarayonlar bilan kechuvchi barcha darajadagi kuyishlarda; Ingichka ichakning shilliq qavatidagi fermentlar sekresiyasini susayishi va nutrientlarni so‘rilishini buzilishi (ichakning o‘tkir va surunkali kasalliklari – peritonit, yarali kolit, ichak tutilishi, me‘da-ichak yo‘llarida o‘smalarni bo‘lishi, ichak atoniyasi va falaji, malabsorbsiya sindromi, oziqlanishdagi buzilishlar va b.) bilan bog‘liq bo‘lgan azot muvozanatini buzilishlarida; Pasientni uzoq vaqt turli genezli xushsiz holatda bo‘lishi, enteral oziqlantirish imkoni yoki mumkin bo‘lmagan holatlarda; Buyrak faoliyatini buzilishlarida, energiya muvozanatini to‘g‘rilash proteinlar katabolizmi darajasini pasaytirish uchun kerak bo‘lgan holatlarda qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Kattalarga: sutkada bemorning tana vazniga 2,5 g/kg hisobida buyuriladi. Bolalarga: sutkada bemorning tana vazniga 0,5-4,0 g/kg hisobida buyuriladi. Selepid™ vena ichiga yuborish uchun 10% li yog‘li emulsiya sutkada bemorning tana vazniga 2,5 g/kg dan yuqori bo‘lmagan dozada yuborilganida organizmning sutkali energiya talabining 60% gacha qismini ta‘minlaydi. Qolgan 40% organizmga uglevodlar va aminokislotalar hisobiga to‘ldirilishi kerak. Selepid™ 10% li yog‘li emulsiyani yuborish tezligi birinchi 15 minut davomida            0,5-1,0 ml/(kg*soat) dan oshmasligi kerak. Nojo‘ya reaksiyalar kuzatilmasa, infuziya tezligini 2 ml/(kg*soat) gacha oshirish mumkin. Davolashning birinchi kunida Selepid™ 10% li yog‘li emulsiyaning dozasi – 500 ml dan oshmasligi kerak. Noxush reaksiyalar kuzatilmasa, keyingi kunlarda dozani oshirish mumkin. Yog‘li emulsiyani yuborish qoidasi Selepid™ vena ichiga yuborish uchun yog‘li emulsiya umumiy ovqatlanishning majmuaviy dasturini komponenti sifatida buyurilishi kerak. Preparat kateter yoki infuziya joyidan uzoqda bo‘lmagan Y-konnektor yordamida periferik va markaziy venalar orqali yuboriladi. Infuziyadan oldin yog‘li emulsiyani xona xaroratida ilitish va chayqatish kerak. Preparatning ishlatilmagan miqdorini yo‘qotish kerak va keyinchalik yuborish uchun saqlab qo‘yish mumkin emas. Flakonning butunligi shikastlanganida yoki eritmada yod zarrchalar aniqlanganida preparatni qo‘llash mumkin emas. Nojo‘ya ta‘sirlari O‘tkir reaksiyalar: hansirash, sianoz, allergik reaksiyalar, giperlipidemiya, giperkoagulyasiya, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzni qizarishi, gipertermiya, kuchli terlash, et uvishishi, uyquchanlik, ko‘krakda va belda og‘riq. Kechki reaksiyalar: gepatomegaliya, xolestatik sariqlik, jigarning funksional sinamalari ko‘rsatkichlarini tranzitor oshishi, trombositopeniya, leykopeniya, splenomegaliya, gipergidratasiya sindromi. Retikuloendotelial tizimida jigarrang rangli pigment (vena ichidagi yog‘li pigment) to‘planishi mumkin. Ushbu fenomenning sababi va qiymati yetarli darajada o‘rganilmagan. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar Shok (boshlang‘ich bosqichi), lipidlar almashinuvini yaqqol buzilishlari (jigarni og‘ir darajadagi shikastlanishi, dekompensasiyalangan qandli diabet, jigar yetishmovchiligini og‘ir shakli), giperlipidemiya bilan kechuvchi o‘tkir pankreatit va pankreonekroz, patologik giperlipidemiya, lipoid nefroz, gipoksiya bilan kechuvchi tromboemboliya, ketoasidoz, o‘pka gipertenziya, preparatning komponentilariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Dorilarning o‘zaro ta‘siri Selepid™ yog‘li emulsiyani bir flakonda elektrolitlar va dori vositalari bilan aralashtirish mumkin emas. 1 ml emulsiyaga 1-2 birlik geparin nisbatida emulsiyaga qo‘shilganida preparatning barqarorligi yo‘qolmagan. Maxsus ko‘rsatmalar Metabolik asidoz, o‘pka kasalliklari, sepsis, retikulo-endotelial tizimining kasalliklari, anemiya, qon ivishini buzilishi bo‘lgan bemorlarga, yog‘li emboliyani rivojlanish havfi oshganida preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Yog‘li emulsiyalarni haddan tashqari tez yuborish suyuqlik va yog‘ning miqdorini ortiq ketishi oqibatida keyinchalik elektrolitlarning konsentrasiyasini pasayishi, gipergidratasiyaga olib kelishi va o‘pka shishini rivojlanishini qo‘zg‘alishiga va o‘pkaning duffuz hususiyatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Haddan tashqari tez infuziya qilish giperketonemiya, metabolik asidozni chaqirishi mumkin. Erkin yog‘ kislotalari albumin bilan bog‘langan bilirubinni o‘rnini almashtirganligi sababli, yog‘li emulsiyani sariqlik bo‘lgan bolalarga yoki erta yoshdagi bolalarga juda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Homiladorlik va laktasiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas, chunki ushbu bemorlar toifasiga preparatni qo‘llash havfsizligi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q. Preparat bilan uzoq muddat davolanganda periferik qon manzarasi (shu jumladan, trombositlar soni), qon ivishi tizimi ko‘rsatkichlari, jigar faoliyati, qon zardobidagi lipidlarning ko‘rsatkchilarini nazorat qilish kerak. Qonda bilirubinning konsentrasiyasi, LDG ning faolligini aniqlash, gemoglobinni kislorod bilan to‘yinishi kabi laborator tekshirishlarni preparatni infuziyasi tugaganidan so‘ng 5-6 soatdan keyin o‘tkazgan afzal. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Dozani oshirib yuborilishi Dozani oshirib yuborilish simptomlari odatda gipervolemiyani ko‘rinishlari: hansirash, sianoz, o‘pka shishi hisoblanadi. Shuningdek giperlipidemiya, giperkoagulyasiya bo‘lishi mumkin. Dozani oshirib yuborilish simptomlari namoyon bo‘lganida yog‘li emulsiyani infuziya qilishni to‘xtatish va simptomatik davolashni boshlash kerak. Chiqarilish shakli Yog‘li emuslsiya 100 ml, 200 ml yoki 500 ml dan flakonda. 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.   Saqlash sharoiti 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin! Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish:

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?