GEPA MERS konsentrat 10ml N10
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Gepatoprotektorlar, fosfolipidlar
Страна производитель:
Germaniya
Активное вещество:
Lornitin-L-aspartat
Производитель:
Мерц Фарма ГмбХ и Ко.КГаА
Количество в упаковке:
10
Код ATX:
A05BA
Инструкция GEPA MERS konsentrat 10ml N10
Qadoqda soni
10
Dozirovkasi
Sutkada 4 ampulagacha, ampula ichidagisini 500 ml infuziya uchun eritmada eritib vena ichiga yuboriladi. Jigar entsefalopatiyasida holatning og'irligiga qarab sutkada 8 ampulagacha yuboriladi. Infuziyaning davomiyligi, tez-tezligi va davolashning davomiyligi individual aniqlanadi. Vena ichiga yuborishning maksimal tezligi soatiga 5g. 500 ml infuzion eritmada 6 ampuladan ko'p eritilmasin! Arteriya ichiga yuborilmasin!
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Boshqa guruh dori preparatlari bilan o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
Qo'llanilishi mumkin bo'lmagan holatlar
L-ornitin-L-aspartati yoki preparatning boshqa komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik. Kreatininning ko'rsatkichi 3 mg/100ml dan ko'proq bo'lgan yaqqol buyrak yetishmovchiligida qo'llash mumkin emas.
Maxsus saqlash sharoitlari
Saqlash sharoiti 30°S dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3yil. O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo'llanmasin.
Maxsus shartlar
Diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanuvchi patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Gepa-Merts (infuzion eritma tayyorlash uchun kontsentrat) preparatini yuqori dozalarida zardobdagi va siydikdagi mochevina darajasini nazorat qilish kerak. Agar jigar funktsiyasi ahamiyatli buzilgan bo'lsa, patsiyentning individual holatiga qarab ko'ngil aynishi va qusishni oldini olish uchun yuborish tezligini to'g'rilash kerak. Preparatni bolalarda ishlatish bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
Nojo'ya samaralari
Kam hollarda– ko'ngil aynishi va qusish. Ko'rsatilgan nojo'ya samaralari odatda o'tkinchi bo'lib, preparatni bekor qilishni talab qilmaydi. Ular paydo bo'lganida preparatning dozasini va yuborish tezligini muvofiqlashtirish kerak.
Farmakokinetikasi
Plazmada ammiakning ko'tarilgan miqdorini, xususan jigar kasalliklarida, pasaytiradi. Preparatning ta'siri, uning mochevina hosil bo'lishining (ammiakdan mochevina hosil bo'lishi) ornitin siklida ishtirok etishi bilan bog'liq. Parenteral oziqlantirish talab qilinadigan kasalliklarda oqsil almashinuvini yaxshilaydi.
Farmakodinamikasi
Ornitin aspartati uni hosil qiluvchi komponentlariga – ornitin va aspartat aminokislotalariga dissotsiyalanadi. Ular ingichka ichakda faol transport yo'li bilan ichak epiteliysi orqali so'riladi. Buyraklar orqali chiqariladi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozasi oshirib yuborilganida intoksikatsiya belgilari ta'riflanmagan. Dozani oshirib yuborilishi holatlarida simptomatik davolash ko'rsatilgan.