MELDRONAL inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N10

Обновлено: 21.07.2022

MELDRONAL inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N10
  • Категория:

    Yurak-qon tomir vositalari

  • Страна производитель:

    O'zbekiston

  • Активное вещество:

    Meldoniy

  • Производитель:

    Dentafill Plyus ЧП

  • Количество в упаковке:

    10

  • Код ATX:

    C01EB

Лекарственные средства, информация о которых представлена на сайте, могут иметь противопоказания к их использованию. Перед использованием необходимо ознакомиться с инструкцией по применению или получить консультацию у специалистов

Инструкция MELDRONAL inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N10

  • Qadoqda soni

    10

  • Umumiy ma'lumot

    MELDRONAL inyeksiya uchun eritma 5ml 500mg/5ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA MELDRONAL MELDRONALUM Preparatning savdo nomi: Meldronal Ta‘sir etuvchi modda (XPN): meldoniy Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma. Tarkibi: faol modda: meldoniy – 100 g. yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv – 1 l gacha. Ta‘rifi: rangsiz, tiniq eritma. Farmakoterapevtik guruhi: Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun vosita. ATX kodi: S01YeV   Farmakologik xususiyatlari Meldoniy – gamma-butirobetain moddasining struktur analogi bo‘lib, inson organizmining har bir hujayrasida bo‘ladi. Yuqori yuklama sharoitida meldoniy hujayralarni kislorodga ehtiyoji va yetkazilishi orasidagi muvozanatni tiklaydi, hujayralarni shikastlanishdan himoya qilib, ularda moddalar almashinuvining toksik mahsulotlarini to‘planishini oldini oladi; shuningdek tonusni oshiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Uni qo‘llash natijasida organizm yuklamaga chidash va energiya zahiralarini tez tiklash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Shu xususiyatlari tufayli meldoniy yurak-qon tomir tizimi faoliyatining, bosh miyada qon aylanishining turli buzilishlarini davolash uchun, shuningdek jismoniy va aqliy ish qobiliyatini oshirish uchun ishlatiladi. Miokardni o‘tkir ishemik shikastlanishida meldoniy nekrotik sohani hosil bo‘lishini sekinlashtiradi, tiklanish davrini qisqartiradi. Yurak yetishmovchiligida miokardning qisqaruvchanligini, jismoniy yuklamaga chidamliligini oshiradi, stenokardiya xurujlari tez-tezligini kamaytiradi. Bosh miyada qon aylanishining o‘tkir va surunkali ishemik buzilishlarida ishemiya o‘chog‘ida qon aylanishini yaxshilaydi, qonni ishemiyalangan sohalar foydasiga qayta taqsimlanishiga yordam beradi. Ko‘z tubining vaskulyar va distrofik patologiyasida samaralidir. Preparat surunkali alkogolizmga bo‘lgan bemorlarda abstinensiya sindromida nerv tizimining funksional buzilishlarini yo‘qotadi. Qo‘llanilishi Yurak ishemik kasalligini (stenokardiya, miokard infarkti), surunkali yurak yetishmovchiligi va disgormonal kardiomiopatiyani majmuaviy davolash tarkibida, shuningdek bosh miyani qon bilan ta‘minlanishini o‘tkir va surunkali buzilishlarini (insult va serebrovaskulyar yetishmovchilik) majmuaviy davolashda qo‘llanadi. Gemoftalm va to‘r pardaga turli etiologiyali qon quyilishlari, to‘r pardaning markaziy venasi va uni shoxlarini trombozi, turli etiologiyali retinopatiyalarda (diabetik, gipertonik) qo‘llanadi. Ish qobiliyatini pasayishi; jismoniy zo‘riqish;. Surunkali alkogolizmdagi abstinensiya sindromida (alkogolizmni spesifik davolash bilan majmuada) qo‘llanadi. Qo‘llash usuli va dozalari Qo‘zg‘atuvchi samarani rivojlanishi mumkinligi tufayli kunning birinchi yarmida qo‘llash tavsiya qilinadi. Yurak-qon tomir kasalliklari. Majmuaviy davolash tarkibida kuniga 0,5-1,0 g dan vena ichiga (in‘eksiya uchun eritma 5-10 ml 500 mg/5 ml) buyuriladi, hamma doza bir yo‘la yoki ikkiga bo‘lib qabul qilinadi. Davolash kursi – 4-6 haftani tashkil qiladi. Bosh miyada qon aylanishini buzilishi. O‘tkir bosqichi – 0,5 g dan kuniga 1 marta vena ichiga 10 kun davomida, so‘ngra peroral dori shaklini qabul qilishga o‘tiladi. Umumiy davolash kursi – 4-6 haftani tashkil qiladi. Surunkali buzilishlar – peroral dori shakli qo‘llanadi. Takroriy kurslar (odatda yiliga 2-3 marta) shifokor maslahatidan keyin o‘tkazilishi mumkin. To‘r pardaning qon tomir patologiyasi va distrofik kasalliklari: Parabulbar 0,5 ml in‘eksiya uchun 500 mg/5 ml eritmasi 10 kun davomida qo‘llanadi. Aqliy va jismoniy zo‘riqishlar: Kattalarga 0,5 g vena ichiga (5-10 ml in‘eksiya uchun eritma 500 mg/5 ml) kuniga 1 marta. Davolash kursi – 10-14 kun. Zarurati bo‘lganida davolash 2-3 hafta o‘tgach takrorlanadi.   Nojo‘ya ta‘sirlari Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda – taxikardiya, arterial bosimni o‘zgarishi; MNT tomonidan: kam hollarda psixomotor qo‘zg‘alishlar. Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – dispeptik holatlar. Allergik reaksiyalar: kam hollarda – terini qichishi, qizarish, toshma, shishlar kuzatilishi mumkin.   Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar – bosh miya ichki bosimini oshishi (shu jumladan venoz oqimini buzilishi, bosh miya ichki o‘smalari); – MNT ning organik shikastlanishlari; – homiladorlik, laktasiya davri; – preparatga yuqori sezuvchanlik; – 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.   Dorilarning o‘zaro ta‘siri Koronar qon tomirlarini kengaytiruvchi, ayrim gipotenziv preparatlar, yurak glikozidlarining ta‘sirini kuchaytiradi. Antianginal vositalar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, antiaritmik vositalar, diuretiklar, bronxolitiklar bilan birga qo‘llash mumkin. O‘rtacha taxikardiya va arterial gipotenziyani rivojlanishi mumkinligi tufayli, nitrogliserin, nifedipin, alfa-adrenoblokatorlar, gipotenziv vositalar va periferik vazodilatatorlar bilan majmuaviy qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Maxsus ko‘rsatmalar Surunkali jigar va buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlarga preparatni uzoq muddat qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Meldoniyni bolalarda qo‘llash bo‘yicha yetarli ma‘lumotlar yo‘q. Kardiologiya bo‘limlarida o‘tkir miokard infarkti va nostabil stenokardiyani ko‘p yillik davolash tajribasi, o‘tkir koronar sindromida meldoniy birinchi qator preparatlari emasligini ko‘rsatadi. Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llanilishi. Homiladorlik vaqtida preparatni qo‘llashning xavfsizligi isbotlanmagan. Homilaga mumkin bo‘lgan nohush ta‘sirlardan saqlanish uchun, uni homiladorlik davrida buyurilmaydi. Ona suti bilan preparat chiqarilishi aniqlanmagan. Agar meldoniy bilan davolash ona uchun zarur bo‘lsa, unda bolani emizish to‘xtatiladi. Avtotransport vositalarini boshqarish va boshqa harakatlanuvchi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri Psixomotor reaksiyalar tezligiga meldoniyning nohush ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin. Dozani oshirib yuborilishi Simptomlari: arterial bosimni pasayishi, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, bosh aylanishi, umumiy holsizlik. Davolash: simptomatik. Chiqarilish shakli In‘eksiya uchun eritma 10%. 10 dona ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampulani ochish pichog‘i bilan birga karton qutiga joylangan.   Saqlash sharoiti Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 4 yil.   Dorixonalardan berish tartibi Resept bo‘yicha. Ulashish:

Новые лекарства

assistant-image
Привет! Что вас беспокоит?