MYATI PERECHNOY LISTYa sire 1g N25
Обновлено: 21.07.2022
Категория:
Ovqat hazm qilish tizimi va modda almashinuvi uchun
Страна производитель:
O'zbekiston
Активное вещество:
---
Производитель:
Qoraqalpoq Dori-Darmак, ООО
Количество в упаковке:
25
Код ATX:
А03
Инструкция MYATI PERECHNOY LISTYa sire 1g N25
Qadoqda soni
25
Umumiy ma'lumot
MYATI PERECHNOY LISTYa sire 1g N25 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA MYATЫ PERECHNOY LISTYa FOLIA MENTHAE PIPERITAE Savdo nomi: Myatы perechnoy listya. Yasnotkadoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub, ko‘p yillik madaniylashtirilgan qalampir yalpiz (Mentha piperita L.) o‘simligining gullash davrida yig‘ib va quritilgan barglari. Dori shakli: Dorivor o‘simlik xom ashyosi. Tarkibida: Efir moyi, uning tarkibida asosan mentol va mentol efirlari, flavonoidlar, ursol va omanol kislotalari bor. Farmakoterapevtik guruxi: Spazmolitik vositalar. Farmakologik xususiyatlari Ichga qabul qilinganda reflektor ta‘siri natijasida spazmolitiq, tinchlantiruvchi va safro xaydovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Qo‘llanilishi Ko‘ngil aynishida, qusishda va silliq mushaklarni spazmini yuqotish uchun spazmolitik vosita sifatida qo‘llaniladi. Qo‘llash usuli va dozalari Damlama ko‘rinishida qo‘llaniladi. Damlamani tayyorlash uchun 5 g qalampir yalpiz barglarini sirlangan idishga solib, ustidan 1 stakan (200 ml) xona xaroratidagi qaynatilgan suv quyiladi, qopqoq bilan yopiladi va qaynayotgan suv xammomida 15 minut davomida qizdiriladi, keyin 45 minut davomida xona xaroratida sovutiladi, doka yordamida suzib o‘tkaziladi, qolgan xom-ashyo siqiladi. Olingan damlama xajmi qaynatilgan suv bilan 200 ml gacha yetkaziladi. Damlamani salqin joyda 2 sutkagacha saqlash mumkin. Ichga 1 osh qoshiqdan kuniga 3-4 marta ovqatdan 15 minut oldin qabul qilinadi. Nojo‘ya ta‘sirlari Preparatga yuqori sezuvchanliqda allergik reaqsiyalar bulishi mumkin. Qullash mumkin bo‘lmagan xolatlar Preparatga shaxsiy yuqori sezuvchanlik. Maxsus ko‘rsatmalar Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin. Chiqarilish shakli 30 g, 50 g, 100 g dan karton yoki polietilen o‘ramlarda yoki 15 kg, 25 kg, 40 kg dan qoplarda, toylarda. Saqlash sharoiti Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 2 yil. Dorixonalarda berish tartibi Reseptsiz. Ulashish: